dunya_di | Unsorted

Telegram-канал dunya_di - Dun'ya_Di🍃

-

( لَا تَحۡزَنۡ اِنَّ اللّٰهَ مَعَنَا ) ,, Mahzun bo‘lmang Alloh biz bilan ‘‘ ( Qur’oni Karim Tavba surasi 40-oyat ) Rek uchun murojat: https://t.me/dunya_di_reklama1 ❗Shahsiy mavzularda javob berilmaydi

Subscribe to a channel

Dun'ya_Di🍃

🌿 Uylanish tashvishida yurgan 25 yashar yigit, tinmay yig‘layotgan 4 yashar bolaga dedi: "Buncha yig‘laysan, maza qilib ovqatlanib, multfilm ko‘rib yotmaysanmi? Biror o‘yloving bo‘lmasa. Senga havasim kelyapti...".

Maoshini u oydan bu oyga yetkazayotgan 35 yashar erkak, uylanish tashvishida yurgan 25 yashar bo‘ydoqqa dedi: "Buncha siqilasan? Uylanarsanam, joninga ham tegar. Mana, qaragin, ahvolimni. Senga juda havasim kelyapti...".

Biznesi o‘xshamagan va bankrot bo‘lib boshi tashvishdan chiqmayotgan 55 yashar kishi, 35 yasharga dedi: "Boriga shukur qiling. Kam maosh olsangizam, qulog‘iz tinch. Mana, umrim bo‘yi borimni bergan biznesim kasodga uchrab, qulog‘imgacha qarzga botib ketdim. Sizga qanchalik havas qilayotganimni tasavvur ham qilolmaysiz..".

Uning gapini eshitib turgan 70 yashar chol dedi: "Buncha siqilasan? Menga o‘xshab, beling qaqshab, oyog‘ing qaltiramayapti-ku, o‘rningda bo‘lganimda tog‘ni urib, talqon qilardim. Havasimni keltirma...".

Qabrda yotgan marhum ularga qarab nido qildi: "Barchangizga havasim kelyapti, chunki sizda tavba qilish imkoniyati bor. Qani edi menda shunday imkoniyat bo‘lganida edi, butun hayotimni unga fido qilardim...".

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Umidsiz bo'lma..

Tur va duo qil..

Qaysi gunohing Allohning marhamatidan katta bo'lishi mumkin?..

@dunya_di🕊

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Yirtiq kalish...

– Bu tilla uzukni men sovg‘a qilganman, e’tiboringiz uchun! Men opketaman!

– Mana bu paltoni men obergandim, tug‘ilgan kunlariga eslasalaring!

– Tilla zanjirim senga qoladi derdilar!

Uch qiz kampiridan qolgan latta putta buyumlarni uch yoqqa tortqilay tortqilay ahiri bo‘lishib olishdi.

Chol ularga birpas tikilib turdi-yu, zinada to‘nkarilib yotgan, kampiri kiya-kiya ado qilgan orqasi yirtiq kalishni bir chetga olib qo‘ydi.

– Shu menga qola qolsin, yo‘q demasalaring... onangni eslatib turadi...

Nursiz ko‘zlardan ikki tomchi yosh sizib, behisob ajinlar orasiga singib ketdi.

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Yemay yedirishadi, kiymay kiydirishadi.

To‘rt yil tinimsiz ishlab, charchab horigan bu kishi og‘ir mehnati evaziga topgan pullarini borini o‘g‘lining universitetda o‘qishining to‘loviga sarflagan. O‘g‘li diplom olish chog‘ida aytdiki, "Dunyodagi hamma narsadan ham ortiq faxrlanadiganim, otamning borligidir!"

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

• Eng yaxshi kun gunohsiz o‘tgan kuningdir!
• Eng yaxshi sovg‘a o‘zing bilmagan holingda sening haqqinga duo uchun ko‘tarilgan qo‘ldir!
• Eng yaxshi qalb rostgo‘ylik arimaydigan qalbdir!
• Eng yaxshi odam seni hargiz unutmaydigan odamdir, chunki u seni Alloh uchun yaxshi ko‘radi.
• Yaxshiliklar bilan o‘tgan kuningizning yaxshiliklarini Allohim yana ham ziyoda qilsin.


@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Dunyoga kelganimiz haqdir!
Undan ketishimiz ham haq bo’ladi!

Bizga Alloh Islomni berdi!
Islomda esa jannat bor!

Jannatga kirganlar haqiyqiy g’olibdirlar☝️

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Jannat 🕊️...

🧔🏻: Senga jannat haqida aytib beraymi ?
🧕🏻: Ha qanday bo’ladi jannat?
🧔🏻: Jannatda barcha mo’minlar g’amsiz, og’riqsiz, siqilishlarsiz, Allohga bo’lgan go’zal muhabbat bilan yashashadi
🧕🏻: Ha keyinchi
🧔🏻: Uyerda tagimizdan anhorlar oqgan holda, qushlar sayrab, havodan mushkambbar hidi taralgan holda payg’ambarimiz bilan suhbatlashib o’tiramiz
🧕🏻: Jannatga kirsak sizni men qanday topib olaman ?
🧔🏻: Agar sen Allohni aytganini qilib, menga itoat qiladigan bo’lsang, Jannatda o’zim seni topib olaman soliham
🧕🏻: Jannatda menga o’xshagan hurlar beriladi sizga, ular mendan chiroyli bo’ladimi shunda aaa?
🧔🏻: Yo’q soliham, bir eshikni ochsam bir hur o’tiradi, u ichkarida mendan go’zali o’tiribdi deydi.
🧕🏻: Ha keyinchi, keyin
🧔🏻: U ham mendan go’zali ichkarida o’tiribdi deydi.
🧕🏻: U kim bo’ladi jannat hurumi u ?
🧔🏻: Yo’q u dunyoyimni go’zal qilgan, men uchun umrini bag’ishlagan, hurlarni huri sen bo’lasan soliham In Shaa Allah 😊

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

😊PAYG’AMBARIMIZ MUHAMMAD ROSULULLOH SOLLOLLOHU ALAYHI VASSALLAM kabi Xulq sohibi bòling🥷

1. 🍃 Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam yolg‘on so‘zlamasdilar, ko‘zbo‘yamachilik qilmasdilar va aldamasdilar.

2. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam odamlarni g‘iybat qilmasdilar va ularning obro‘larini to‘kmasdilar.

3. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam tungi tahajjudni o‘qiyman deb oyoqlari shishib ketar edi.

4. 🍃 Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam bag‘ritosh va qo‘pol bo‘lmaganlar.

5. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam kattaga hurmat va kichikka izzatda edilar.

6. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam qo‘shnilariga ozor bermasdilar.

7. 🍃 Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamning qalblarida zarra miqdoricha takabburlik va kekkayish yo‘q edi.

8. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam yomonlik qilgan kishini kechirib, u bilan qasdlashmasdilar.

9. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam qadarning yaxshi va yomoniga iymon keltirib, shikoyat qilmasdilar.

10. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam odamlar orasini haq bilan va yaxshi so‘z orqali isloh qilardilar.

10. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam rostgo‘y va ishonchli edilar.

🍃Siz ham Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamning xulqlari bilan xulqlanib, u zot kabi xulq egasi bo‘lishga harakat qiling.


@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Bugun hamma uchun har xil kun

Bugun payg’ambarimiz Muhammad s.a.v ning tavallud kunlari.

Payg’ambarimizga ko’p-ko’p salovat ayting aziz opa singil, aka ukalarim

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Qush qorni to‘ygandan keyin o‘grildi va uchib ketdi...
Qolgan donlarni o‘ylamadi...
Yonimga olib olay, zaxira qilib qo‘yaman, ertaga yeyman, demadi...
Hammayoq qor, ertaga och bo‘lsam, yegulik topolamanmi? - deb tashvishlanmadi!...
Chunki rizq beruvchisidan ko‘ngli xotirjam edi. Rizq beruvchisi uni unutib qo‘ymasligini juda yaxshi bilardi....


@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Juma kuni to‘rt narsa yodingizda bo‘lsin!

1⃣ - Allohning eng suyukli bandasi, Payg‘ambar alayhissalomga salavot aytishni unutmang:
(Allohumma solliy va sallim a’la Sayyidina Muhammad).

2⃣ - Shunday sura borki, sizni nurga burkaydi. U–Kahf surasi. O‘qing yoki eshitishni unutmang.

3⃣ - Bu kunda bir vaqt borki, duo qilishingiz uchun sizga muntazir. Uni zoye qilmang! O‘zingizga qo‘shib barcha musulmonlarning haqqiga ham duo qilishni unutmang!

4⃣ - Ota-onangiz, do‘st va yaqinlaringiz sizni ularga bildirmay duo qilishingizni kutadi. Qalbdan qilgan duolaringizda ularni xam unutmang!

@dunya_di

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Taom pishirayotganda "Ixlos" surasini o‘qimoqlik, taomni yeyuvchilarni hidoyat va ixloslariga vasila bo‘ladi.

• "Kavsar" surasini o‘qimoqlik esa, taomni lazzatli bo‘lishiga vasila bo‘ladi.

• "Attahiyotu" ni o‘qimoqlik, taomni barakotli bo‘lishiga vasila bo‘ladi. InщaAllah!

Ayollaringizga aytinglar taom pishirayotgan vaqtda tahoratli va robitali bo‘lsinlar.

• Bu xilda pishgan taomda zulmat bo‘lmas. Badanga shifo, qalbga davo bo‘ladi! Ibodatga quvvat, iymonga nur bo‘ladi...

🌴Jannatda yoningizda bo‘lishini istagan yaqinlaringizga yuboring🌴

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Eslatdik! Sizham eslating

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Qog‘ozdagi yozuv:

"Aziz birodarim, agar puling bo‘lmasa, aslo xijolat bo‘lma, oilangni yeguliksiz qoldirma. Marhamat, narsalarimdan farzandlaring uchun qancha ehtiyojing bo‘lsa, o‘shancha olaver. Zero, mening rizqim ham, sening rizqing ham Allohning zimmasida!"

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Aslida men siz uylaganchalik ilmli emasman;

Lekin harakat qilayabman

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Sevgi bu..
Qabilalar Rasululloh salollohu alayhi vasallamni o'ldirish uchun to'planganini, o'lishi mumkunligini bila turib U zotning to'shaklarida yotgan ALIDIR!
Sevgi bu..
Rasululloh salollohu alayhi vasallamning "Oisha haqida menga ozor bermanglar" degan gaplarida, harfiy va fe'liy mujassamlashgan OISHADIR!
Sevgi bu..
"Rasulullohning hujralarini yo'lida edik, juda chanqadim va suv qo'shilgan sut keltirdim. Uni Rasulullohga uzatib "Iching" dedim. Payg'ambar alayhissalom ichdilar, mening esa chanqog'im bosildi" degan ABU BAKRDIR!
Sevgi bu...
Rasululloh salollohu alayhi vasallamning o'ldirilganliklari haqidagi (yolg'on) habar tarqalganda, endigina o'n besh yoshga to'lgan bo'lishiga qaramay, Makka yo'llarida qilichini sudrab yurgan, Islomda ilk qilichini yalang'ochlagan ZUBAYRDIR!
Sevgi bu..
Rasululloh salollohu alayhi vasallam: "Nima tilagingiz bor?" deb so'raganlarida, "Jannatda Siz bilan birga bo'lishni so'rayman" degan ROBIA IBN KALBDIR!
Sevgi bu..
Rasululloh salollohu alayhi vasallam: "Nima rangingizni o'zgartirdi?" deganlarida, "Men bemor emasman, hech qayerim ham og'rimayapti, faqat Sizni ko'rmagunimcha daxshatga tushaman (ya'ni Sizni ko'rmasdan tura olmayman, Rasululloh salomatmikinlar, degan havotirda bo'laman)" degan SAVBONDIR!
Sevgi bu..
Rasululloh salollohu alayhi vasallam vafot etganlarida eng qattiq yig'lagan UMARDIR!
Sevgi bu..
G'orga kirishlaridan oldin Rasululloh salollohu alayhi vasallamga: "Allohga qasam, kirmay turing, Sizdan oldin men kiraman. Agar unda (aziyat beradigan) biror narsa bo'lsa, Sizgamas menga yetsin" degan ABU BAKRDIR!

Sevgi bu..
Ushbu jumlalarni o'qib ko'zi yoshlanib, "Ota Onam sizga fido bo'lsin, Yo Rasululloh" degan SIZDIR..

@dunya_di🕊

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Tasavvur qil?
Mahshar maydoni...
Yuz milionlab insonlar, ularning ichida 124.000 ta payg’ambarlar...
Ularning ichida Habibimiz alayhissalom...
Milionlab avliyolar...
Ulardan bir necha barobar ko’proq jinlar...
Milionlab hayvonlar, baliqlar, qushlar va 1-7 osmon qavatini o’rab turgan hisobi yo’q farishtalar...
Ulardan keyin qanchaligi noma’lum katta farishtalar...

Va hammani oldida seni qilgan ishlaring birma-bir aytilyabdi. Huddi televizorda ko’rsatilgandek hamma tomosha qilyabdi...
Gunohlar, xaromlar, xatolar...

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🍀 Istigʻfor moʻjizasi

Bir ayol oʻz boshidan kechirganini shunday hikoya qiladi: “Erim vafot etdi. Oʻshanda men oʻttiz yosh edim. Beshta farzand bilan qoldim. Dunyo koʻzimga qorongʻu boʻlib ketdi. Yigʻlayverib koʻzlarim shishib ketar, umidsizlikka tushib qolardim. Gʻam-alamlar atrofimni oʻrab olgan edi. Farzandlarim hali kichik, bizni taʼminlab turadigan odam yoʻq, erimdan qolgan pullarni tejab ishlatardim.
Bir kuni xonamda oʻtirganimda radioni yoqdim. “Qurʼoni Karim” nomli eshittirish berilayotgan ekan. Unda bir olim “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kim istigʻforni koʻp aytsa, Alloh unga har qanday gʻamdan chiqish yoʻlini, har qanday torlikdan kenglikka oʻtish chorasini koʻrsatib qoʻyadi” deganlar” deb mavʼiza qildi. Oʻshandan keyin istigʻforga astoydil berildim. Bolalarimga ham uni oʻrgatib qoʻyib, koʻp aytishlarini tayinladim.
Oradan olti oy oʻtgach, uyimizga qadimiy buyumlarga pul berilishi haqida xabar keldi. Biz ham shu loyihada ishtirok etib, oʻzimizdagi eski buyumlarni olib borsak, ularni million junayhlarga olib qolishdi. Katta oʻgʻlim mintaqadagi oliygohga oʻqishga kirdi. Qurʼonni yod oldi. Keyinchalik ishi oʻnglanib, odamlarga koʻmak beradigan insonlardan biriga aylandi. Shunday qilib, uyimiz yaxshiliklarga toʻldi. Tinch, xotirjam yashay boshladik. Alloh taolo barcha farzandlarimni isloh qildi. Hammalari yaxshi insonlar boʻlib voyaga yetishdi. Oʻzimdan gʻam, qaygʻu, iztiroblar aridi. Ha, albatta, bularning barchasi istigʻforning ajoyibotlaridan edi”.

Ha, azizlar, koʻplab insonlar istigʻforning foydasidan bexabardirlar. U gʻamlarni arituvchi, mashaqqatlarni ketkazuvchi, rizqning kengayishiga sabab boʻluvchi katta omillardan biridir.

📿 Astag'firulloha va atubu ilayh.

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Aziz Birodarlarim Tez kunlarda
Yana bir yaxshi loyiha Boshlamoqchmiz!!!

Bu loyiha Ehson ya'ni Nochor insonlarga yordam qo'lni uzatish

Bu loyiha na faqat O'zbekiston balki
Musofirda qiynalib qolgan Birodarlarimizga xam Murvat ko'rsatadi!

Musulmon birodarim bu borada
SIZNING Fikringiz juda juda muhim
iltmos Qo'shimcha Takliflar bo'lsa bizga Murojaat QILING!!!

Murojaat uchun :
@wxxizi

Alloh sizdan Va oila azolaringizdan
Rozi bo'lsin!!!

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Ertadan boshlayman deb qancha ertalarni o’tkazdik-a?

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

TAVBA QILISH VAQTI KЕLMADIMI!?

Allohdan qo‘rqishning alomati yetti narsada ayon bo‘ladi:
🔒Tilida – ya’ni,  tilini yolg‘ondan, g‘iybatdan, ortiqcha so‘zlardan tiyadi, Allohning zikri,  Qur’on tilovati, ilmiy muzokaralar bilan mashg‘ul qiladi;

🔒Qornida – ya’ni, faqat halol narsani va hojati miqdoricha yeydi;

🔒Ko‘zida – ya’ni,  haromga boqmaydi, dunyoga rag‘bat nazari bilan emas, ibrat nazari ila  qaraydi;

🔒Qo‘lida – ya’ni, uni haromga cho‘zmaydi, Alloh toatidagi ishlarga 
uzatadi;

🔒Oyog‘ida – ya’ni, Alloh gunoh, degan ishlarga yurmaydi;

🔒Qalbida –  ya’ni, undan birodariga dushmanlik, g‘azab, hasad kabi illatlarni chiqarib  tashlaydi va musulmonlarga nisbatan mehr-shafqat uyg‘otadi;

🔒Toatda – ya’ni, toati Alloh yo‘lida xolis bo‘ladi, riyo va nifoqdan saqlanadi.

©️Abu Lays Samarqandiy

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Mahzun bo'lma qalbim...
Jannatda aslo yigʻlamaymiz...!
Jannatda aslo mahzun boʻlmaymiz..!
Jannatda aslo ajralmaymiz...!
Jannatda aslo kek saqlamaymiz...!
Jannatda aslo rashk qilmaymiz...!
U yerda ogʻriq ham yoʻq, kutish ham yoʻq..!
Jannat birdan-bir orzu qilinadigan narsaki, uning salohiyati tugamaydi...
Allohim! Sendan roziligingni va jannatni soʻraymiz!
Gʻazabing va doʻzaxingdan panoh tilaymiz!

🌙 Tuningiz osuda oʻtsin, aziz dindoshim 🙂

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilarki:🌾

"Uch turli koʻz borki, ular Qiyomat kuni doʻzaxni koʻrmaydi.

– Allohdan qoʻrqib yigʻlagan koʻz.
– Alloh yoʻlida qoʻriqchilik qilgan koʻz.
– Alloh harom qilgan narsalardan tiyilgan koʻz", deb aytdilar.

✍📚(Imom Tabaroniy rivoyati)

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Bugun 20-aprel. Nimani his qildingiz?

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Goʻzal gumon...

Bir ayol dedi:
“Xudo xohlasa, men albatta solih insonga turmushga chiqaman! U bilan baxtli hayot kechiraman”. Aytgani boʻldi.

Dedi:
“Men universitetda oʻqishga qabul qilinishimga ishonaman va shunga intilaman! Oʻzim istagan mutaxassislikga kiraman!” Aytgani boʻldi.

Unga dedilar:
“Yetar shuncha tuqqaning! Bolalar charchatishdan boshqasiga yarashmaydi”.
Dedi:
“Alloh yordam beradi. Farzandalarim qobil, koʻzimning quvonchi boʻlishadi”. Aytgani boʻldi.

Eri katta tuhmatga qolib qamaldi. Dedilar:
“Ering tuhmatga qolib qamaldi. Yaqin orada chiqmasa kerak. Uning faqat oʻligi chiqadi”.
Dedi:
“Yoʻq, Xudo xohlasa, albatta chiqadilar. Men ularni juda ham chiroyli kutib olaman”. Aytgani boʻldi. Erining qanday chiqqani hammani hayratda qoldirdi...!

Bir kishi dedi:
“Men ishdan haydalishdan qoʻrqaman. Shuning uchun ishsiz qoladigan kunlarimga ham pul yigʻmogʻim kerak!” Aytgani boʻldi. Ishdan boʻshatildi.

🌿 Nimaga bizning aytganlarimiz roʻyobga chiqadi?

Chunki Alloh taolo: “Bandam Meni qanday oʻylasa, shundayman!” deydi. Agar Alloh haqida chiroyli gumon qilsa, oʻziga yaxshi. Yomon oʻylasa, oʻziga yomon.

Shuning uchun ham Muso alayhissalom Nil daryosiga kelib, qochishga yoʻl qolmaganda ham Robbisi haqida chiroyli gumon qildilar. Qavmlari: “Endi qoʻlga tushdik” deyishsa ham, ular: “Yoʻq! Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur” dedilar. Alloh ularning aytganlarini roʻyobga chiqardi. Aql bovar qilmas holda daryo qoq ikkiga boʻlindi. Yoʻl ochildi...!

Hatto arzimas narsalar haqida gapirish, oʻylashda ham diqqat qiling!

Doim nekbin (optimist) boʻling! Alloh haqida chiroyli gumon qiling! U - Kariym, U Rohiym!

Inshaalloh hali hammasi yaxshi boʻladi 🙂

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

☹️☹️☹️

©️Iamalimuslim

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Alloh taolo yaratgan kunlarning ichida eng aʼlosi Juma kunidir!
Bu muborak kunda Sarvari koinot Rasululloh salollohu alayhi vasallamga salovatlar aytishni unutmang! Keyingi Juma ayyomlarigacha salomat yetib olish har birimizga nasib aylasin!

Jumaning xayri va barokati sizga boʻlsin azizlar!

Allohumma solli aʼla Sayyidina Muhammad”
Allohumma solli aʼla Sayyidina Muhammad”
Allohumma solli aʼla Sayyidina Muhammad”

@dunya_di🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

#qisqa_hikoya

U ertaga tavba qilaman dedi,
Uxladi va (umuman) turmadi

P/s: Xozir ayni payti, ertanggi kunni kutmang chunki ertanggi kunda siz yo’q bo’lishingiz mumkin!


@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

NAFL NAMOZLARI

🔵  1. ISTIQSO namozi:
Alloh taolodan ekinlar, chorvalar uchun yomgir talab qilib oqiladigan namoz.

🔵  2. KUSUF namozi:
Quyosh tutilib, Nuri xiralashgan paytda imom va jamoat bilan masjidda oqiladigan namoz.

🔵  3. XUSUF namozi:
Oy tutilib nuri xiralashganda oqiladigan 2 rakatli namoz. Har bir odam oz uyida oqiydi.

🔵  4. XAVF namozi:
Qattiq yomgir, Suv toshqini, Zilzila yoki dushmandan saqlanish uchun oqiladigan 2 rakatli nafl namoz. Uni oqib bolgach Tavba va istigfor aytib , quyidagi duo qilinadi.

''YO RAB SHU VOQEANING ZARARIDAN SAQLAGIN"

🔵  5. ISTIXORA namozi:
Bir ulug ishni boshlashdan oldin xayrli yoki xayrli bolmaydimi degan shubhaga borsa oqiladigan 2 rakatli namoz.

🔵  6. HOJAT Namozi - har bir kishining Alloh taolodan talab qiladigan bolgan paytda maqsadining hosil bolishini goyat ixlos bilan iltijo qilib oqiladigan Namoz.

🔵  7. SHUKUR namozi:
Biror kishining  maqsad qilib yurgan ishi hosil bolganida,Allohning inoyati ila turli nematlar nasib etganida oqiladigan 2 rakatli namoz.

🔵  8. TAVBA va ISTIG'FOR namozi:
Biror kishi bilib bilmay qilib quygan xatolikka yol quyib gunoh ish qilib quysa va undan pushaymon bolsa tavba qilib oqiladigan 2 rakatli namoz.

🔵  9. SHURUQ (ishroq) namozi:
Quyosh toliq chiqib bolgandan keyin oqiladigan namozdir.Bu namozni 2,4,6,8 rakat qilib oqiladi.
8 rakatdan oshirilmaydi.

🔵  10. ZUHO namozi:
Zuho (choshgoh) namozi ham quyosh biroz kutarilgandan song oqiladigan Nafl namoz.Bu namoz 12 rakatdan oshirilmaydi.

🔵  11. AVVOBIN namozi:
Shom namozidan keyin oqiladi.
2,4,6 rakatdan oqiladi.

🔵  12. TAHAJJUD namozi:
Kechasi yarim kechada uyqudan turib tong otguncha, yani bobdod  namozi vaqtigacha.2,4,6,8 oqiladigan nafl namozidir.

ALBATTA ,UYQUDAN KECHIB OQIGAN NAMOZNING AJRI KO‘P.


@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Nega kanalga post kam qilinayapti?

Bu kabi savollar ko’p

Inson ulg’aygani sari vaqtham shavqat qilmasdan tez utaverar ekan

Hayot tashvishlari bilan bo’lib kanalga post ham qilolmay qolayapman

Va meni to’g’ri tushinasizlar degan umitdaman

Читать полностью…
Subscribe to a channel