dunya_di | Unsorted

Telegram-канал dunya_di - Dun'ya_Di🍃

-

( لَا تَحۡزَنۡ اِنَّ اللّٰهَ مَعَنَا ) ,, Mahzun bo‘lmang Alloh biz bilan ‘‘ ( Qur’oni Karim Tavba surasi 40-oyat ) Rek uchun murojat: https://t.me/dunya_di_reklama1 ❗Shahsiy mavzularda javob berilmaydi

Subscribe to a channel

Dun'ya_Di🍃

Allohdan qarzdormisiz?!

Xoʻja Nasriddin bozorda oʻrik sotayotgan edi. Shunda, oldiga mahallasida yashaydigan chala tanish bir ayol kelib:
--Oʻrigingiz shirinmi, deb soʻradi.
Xoʻja Nasriddin:
--Tatib koʻring, dedi.
Ayol:
--Men roʻzaman.
Xoʻja nasriddin:
Unday boʻlsa, olib borib yeng. Pulini keyin berasiz.
Oʻrikni tortib berar ekan, oʻylab qoldi: Xozir ramazon oyi boʻlmasa, demak....
--Qanaqa roʻza tutyapsiz?
Ayol:
--Uch yil avval ramazonda qarzim qolgan edi, shuni qazosini tutyapman.
Shunda Afandi oʻrikni qaytarib joyiga qoʻydi.
--Hozirgina bermoqchi edingiz. Nima boʻldi?
Afandi:
--Allohga boʻlgan qarzingizni uch yilda berayotgan ekansiz, menikini kim biladi qachon berasiz. Boring, sizga qarzga bermayman, debdi.

🌿 Roʻza turmoqlik biz uchun farz.... biz uchun qarz...!

Tutgan ro'zalaringizni Alloh dargohida qabul qilsin ilohim 🍀 o'zi go'zal sabr bersin...!


@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Ramazonda ayollarning ajru savobi naqadar bisyor; ular ro‘zaning savobini, uy yumushlarining savobini hamda ro‘zadorga iftor qilib berish savobini oladilar.

Allohim, ayollarimizni barcha gunohlardan pokla, jannating bilan siyla!

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Aziz dindoshim, roʻza tutishda 7 ta sunnat borligini bilasizmi? ☺️

✨ Foydali boʻlgan boʻlsa, yaqinlarinizga ham ulashib qoʻying ))

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

U sevdirsa, har narsa seviladi.

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

#foyda

🏷Har bir amal qalb bilan boshlanadi, shuning uchun ham Islom dini avvalam bor qalbni poklashlikka buyurgan.

♥️Qalb- a’zolarning rahbaridir. Barcha a’zolar qalbga tobe’-ergashuvchidir.

Agar qalb haqga ergashsa, a’zolar ham unga itoat qiladi. Agar qalb haqdan toyilsa, a’zolar ham toyiladi.

🎃Alloh taolo qaraydigan eng birinchi narsa ham, aynan qalbdir. Sababi, inson qalbi bilan Allohni taniydi, qalbi bilan Uni yaxshi ko’radi, qo’rqadi, tavakkal qiladi; Alloh taologa birinchi o’rinda qalb bilan ibodat qiladi, keyin a’zolar ibodati kelib chiqadi.

🟤Rosululloh ❕shunday deganlar: “Alloh taolo sizlarning suratlaringiz va mollaringizga nazar solmaydi, balki Alloh sizlarning qalblaringiz va amallaringizga boqadi” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

🟤Yana Rosululloh ❕aytganlar: “Ogoh bo‘linglarki, tanada bir parcha go‘sht bor. Agar u tuzalsa, butun tana tuzaladi. Agar u buzilsa, butun tana buziladi. Ogoh bo‘linglarki, u qalbdir”,  (Imom Buxoriy rivoyati).


🍂 Shunday ekan Alloh taologa itoat qilmagan odam, “Men Allohni yaxshi ko’raman” deya olmaydi. Alloh taoloni yaxshi ko’rish qalbdan boshlanadi va tana-a’zolarga ta’sir qiladi.
(Axir yaxshi ko’rgan insonimiz nimani yaxshi ko’rsa biz ham o’sha narsalarni yaxshi ko’rib qolamiz-ku, u yaxshi ko’rgan narsalarni qilamiz-ku?! Alloh taologa muhabbat esa batariqa avlo.)

Allohni yaxshi ko’rish 🟰itoat qilish;

🍂 Xuddi shunday Alloh taologa osiy bo’lgan odam “Men Allohdan qo’rqaman” deya olmaydi.

Allohdan qo’rqish 🟰itoat qilish;

📎Shuning uchun ham birinchi o’rinda qalbni isloh qilish kerak, shunda jasad ham isloh bo’ladi.

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Misr metrolaridan birida bir yigit iftorlik vaqti paketga uchta hurmo solib bir qog‘oz parchasi bilan ro‘zadorlarga tarqatibdi. Qog‘ozda shunday deyilgan:

"Haqqimga duo qiling, unga uylanayin"

Tinib tinchimagan bo‘ydoqlar)😅

Ozgina tabassum 🙃

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

#latoif

• Bir erkak kitob doʻkonida sotuvchiga: “Sizlarda ayollar bilan kurashib, zafar qozongan erkaklar haqida kitob bormi?” deb soʻrabdi.
• Sotuvchi qoʻli bilan nariroqqa ishora qilib: “Bor janob, ertak kitoblar anavi qatorda” diyarmish😁

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

#tabassum

Shaʼbiy aytadi: “Mugʻiyra ibn Shoʻbaning bunday deganini eshitdim: “Meni shu vaqtgacha hech kim yengolmagan edi. Lekin Bani Horis ibn Kaʼb qabilasidan bir gʻulom ustun keldi.

Men Bani horislik bir qizga sovchi qoʻygandim, yonimda u‌sha yigit bor edi.

U meni talabgor ekanimni ko'rib, “Ey amir, unga xaridor boʻlmay qoʻyaqol”, dedi.

“Nega unday deysan?” desam, “Bir kishi uni oʻpganini koʻrdim”, dedi.

Shu zahoti U qizdan voz kechdim. Keyin eshitsam, oʻsha yigit xuddi shu qizga uylanibdi.

Uni topib, “Sen bir kishi uni oʻpganini koʻrdim degandingku!” desam, jilmayib, “Ha, otasi peshonasidan oʻpganini koʻrgan edim”, dedi”. (😁)

Honiy Al Haj “Solihlar gulshani” kitobidan

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Hijobini yechkanlardan yoki umuman hijoblanmaganlardan ushbu so’zlarni eshitish mumkun: “Islom hijob o’rashlikdan ustundir”.

Ya’ni Islom “qandaydir hijobdan” unstunroq deya, o’zlarini oqlashdi, biroq shu bilan birga Alloh taoloning amrini yerga urishdi.

Shayton shu tarzda o’z shahvatiga ergashgan kimsalarning aqllari, tushunchalari bilan o’ynaydi.

©️Alif

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

#biroz_tabassum

Qoʻqon xoni Anjan aholisiga qarab: “kimda kim men bilan maʼlum bir vaqt suhbat davomida soʻziga soʻz qoʻshmasdan , yaʼni osh-posh , non-pon , tuz-puz qilmasdan gaplasha olsa shu tovoqdagi tillani oʻshanga beramiz” , desa xalqni orasidan bittasi chiqib : “men gaplashaman” , debturib , “tillani tovoq-povogʻi bilan bervorassimi?” dermish ))

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

☝️​​​​ENG KO‘P TARQATING!!!

🌙RAMAZONGA ENG YAXSHI TAVSIYA

✅ Ramazon oyida har kecha ikki rakaat tahajjud namozi o‘qib qo‘ying!

- Shunda Qadr kechasini topsangiz ming oy tahajjud o‘qiganlikdan ko‘ra ham afzal savobga erishasiz...


✅ Ramazon oyida har kecha alohida uch bora «Ixlos” surasini o‘qib qo‘ying!

- Shunda Qadr kechasini topsangiz ming oy Qur’on xatm qilganlikdan ko‘ra ham afzal savobga erishasiz...


✅ Ramazon oyida har kecha imkon topib, ma’lum mablag‘ni sadaqa qilib qo‘ying!

- Shunda Qadr kechasini topsangiz ming oy sadaqa qilganlikdan ko‘ra ham afzal savobga erishasiz...


— Qadr kechasi ming oydan ko‘ra yaxshidir!
(Qadr surasi, 3-oyat)

✅‼️ Bu tavsiyani imkon qadar tarqating-ki, unga kim amal qilsa savobiga siz ham sherik bo‘lasiz!

وعَنْ أَبِي مَسْعُودٍ الْأَنْصَارِيِّ رضي الله عنه قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : مَنْ دَلَّ عَلَى خَيْرٍ فَلَهُ مِثْلُ أَجْرِ فَاعِِل رواه مسلم
Abu Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim yaxshilikka dalolat qilsa, unga o‘shani qiluvchining mislicha ajr bor”, dedilar”.
Muslim rivoyati

☝️SAVOB UMIDIDA DO‘STLARINGIZGA HAM ULASHING!!! ALLOH ROZI BO‘LSIN!!!

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Ramazon oyining fazilatlaridan biri, unda ijobat boʻluvchi duo bordir.
Bu haqda imom Ahmad Jobir roziyallohu anhudan yaxshi sanad bilan rivoyat qiladilar.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Har bir musulmonning Ramazonda ijobat boʻladigan duosi bor”, deganlar.
Ushbu duo iftor paytida ekaniga koʻplab hadislar vorid boʻlgan. Demak, banda iftor paytida, oʻzida koʻplab narsalarni jamlagan duoni qilishga oshiqishi darkor!

🌿 Tutgan ro'zalaringizni Alloh dargohida qabul qilsin ilohim


@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌱...

Hafamisiz?
Namoz bor...
Qalbingiz ogʻridimi ?
Qurʼon bor...
Havfsirayapsizmi ?
Istigʻfor bor...
Kelajagingizdan havotir qilyapsizmi ?
Duo bor.
Dunyoda yetisholmagan barcha orzuyingiz uchun Jannat bor.
Chorasizman demang...
Alloh bor…

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿...
... Bir tanishim aytib qoldi:
— Ertalab bomdoddan oldin aeroportda arab mehmonlarni kutib oldim...
Aeroportdan mashinada mehmonxona taraf yo‘l oldik... Arab shayx to‘satdan yo‘laklarni supurayotgan ayollarni ko‘rib, "Bular kimlar..?" deb savol berib qoldi...
Men ahamiyat bermasdan "Ha shu ko‘cha supuruvchilari...", dedim...
Shayx "Ular musulmonmi..?" dedi...
Men "Ha alhamdulillah..." desam, Shayx ho‘ngrab yig‘lab yubordi, "Nahot biz musulmonlar onalarimizni shu holatga solib qo‘ygan bo‘lsak..?! O‘z onalarini ko‘cha supuruvchilari qilib qo‘ygan qavm qaydan najot topsin..?!"

Uni yig‘laganini ko‘rib men terlab ketdim, shuncha vaqt o‘sha ayollarga ahamiyat bermagan ekanman, deydi...

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

◉ Alloh taolo yaxshi ko'ruvchi insonlarning 8 turi:

1. Yaxshilik qiluvchi insonlar (2:195)
2. Tavba qiluvchi insonlar (2:222)
3. O'zini poklab turuvchi insonlar (2:222)
4. Sabrli insonlar (3:146)
5. Taqvodor insonlar (3:76)
6. Allohga tavakkal qiluvchi insonlar (3:159)
7. Adolat qiluvchi insonlar (5:42)                                  
8. Alloh yo'lida boshqalar bilan birga
jips holda kurashuvchilar (61:4)

Allohuma soli ala sayiddina Muhammad❤️

@Dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Madinada 40 yildan beri ko‘chada o‘tgan-ketganga bepulga choy-qahva va haftada bir xurmo tarqatadigan nuroniy inson ☺️
Alloh taolo jannatda qasrlar bilan mukofotlasin!

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Ozgina tabassum))

Iftor vaqtida hotirjam ovqatlanib olishni boshqa chorasini topa olishmapti 😅

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Hayotning barchasi ikki oyatda mujassam:

1. "Kim mening to‘g‘ri yo‘limga ergashsa, yo‘ldan ozmas va baxtsiz bo‘lmas", (Toha surasi, 123 oyat).

2. "Kim mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta uning uchun tang – baxtsiz hayot bo‘lur", (Toha surasi, 124 oyat).

Mana shu hayot formulasi bo‘lib, inson uchun ulardan birini tanlashi qolgan...

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Ibn Qoyyim aytadilar: "Tana kasalligi yengil, osondir, nari borsa o'lim bilan tugaydi. Qalb kasalligi og'irdir, Alloh asrasin, jahannam bilan tugaydi".

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Ozgina tabassum 🙃

Ayol shu rasmni tarmoqqa qo‘yib, quyidagicha yozibdi:
— Kimdir yurishni o‘rganib olibdi, mana oqibat. 🙂

Bunga qaynonasi izoh yozibdi:
— Kimdir uy polini anchadan beri artmagan koʻrinadi... 🙄

🤭🤭🤭

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Universitetda professor talabalarga shunday savol berdi: - Barcha mavjudotlar Xudo tomonidan yaratilganmi?

Bir talaba dadil turib javob berdi: - Xa, Xudo tomonidan yaratilgan.

- Xudo xamma narsani yaratganmi? – soʻradi professor.

- Xa, ser, - javob berdi talaba.

Professor soʻradi: - Agar Xudo xamma narsani yaratgan boʻlsa, demak Xudo yomonlikni xam yaratgan ekan-da, agar u mavjud boʻlsa. Va, biz qanday boʻlsak, qilmishlarimiz xam shunga yarasha boʻladi, tamoyiliga koʻra, Xudo yomonlik ekan.

Talaba bunday javobni eshitib jim boʻlib qolibdi. Professor oʻzi bilan juda faxrlanibdi. U talabalarga, Xudoga ishonish - bu afsona ekanligini yana bir bor isbotlaganini maqtanibdi.

Yana bir talaba qoʻlini koʻtarib, soʻrabdi: - Sizga savol bersam maylimi, professor?

- Albatta, - javob beribdi professor.

Talaba turib soʻrabdi: - Professor, sovuqlik mavjudmi?

- Nima deganing bu? Albatta mavjud. Sen xech qachon sovuq yemaganmisan?

Talabalar uning savoliga kulishibdi.

Yigit javob qilibdi: - Aslida, ser, sovuqlik mavjud emas. Fizika qonunlariga muvofiq, biz sovuqlik deb ataydigan narsa, aslida issiqlikning yoʻqligidir. Insonni yoki predmetni, ular energiyani yutadimi yoki ajratadimi, bilish uchun oʻrganish mumkin. Mutloq nol – bu issiqlikning umuman yoʻqligidir. Bunday temperaturada butun modda inert boʻlib qoladi. Sovuqlik mavjud emas. Biz bu soʻzni, issiqlik yoʻq xolatini taʼriflash uchun oʻylab topganmiz.

Talaba davom etdi: - Professor, qorongʻulik mavjudmi?

- Albatta mavjud.

- Siz yana noxaqsiz, ser. Qorongʻulik xam mavjud emas. Qorongʻulik aslida yorugʻlikning yoʻqligidir. Biz yorugʻlikni oʻrganishimiz mumkin, ammo qorongʻulikni oʻrganolmaymiz. Biz oq nurni turli ranglarga ajratib, xar bir rang toʻlqinining turli uzunliklarini oʻrganish uchun Nyuton prizmasidan foydalanishimiz mumkin. Biroq siz qorongʻulikni oʻlchay olmaysiz. Oddiy yorugʻlik nuri qorongʻulikka teshib kirib, uni yoritishi mumkin. Biror bir makon qanchalik qorongʻu ekanligini siz qanaqa qilib bilasiz? Siz yorugʻlikning qancha miqdori borligini oʻlchaysiz. Shunday emasmi? Qorongʻulik – bu yorugʻlik yoʻqligida nima sodir boʻlishini taʼriflash uchun inson ishlatadigan tushunchadir.

Oxir oqibat, talaba professordan soʻradi: - Ser, yomonlik mavjudmi?

Bu safar, professor ishonchsizlik bilan javob berdi: - Albatta, xali aytganimdek, biz uni xar kuni koʻramiz. Insonlar oʻrtasidagi shafqatsizlik, butun dunyo boʻylab sodir etilayotgan koʻplab jinoyatlar. Bu misollar yomonlikning namoyon boʻlishidir.

Bunga talaba quyidagicha javob qildi: - Yomonlik mavjud emas, ser, yoki, xar xolda, u uning oʻzi uchun mavjud emas. U xam qorongʻulikka va sovuqqa oʻxshaydi. Yomonlik – bu Xudoning yoʻqligini taʼriflash uchun inson oʻylab topgan soʻzdir. Xudo yomonlikni yaratmagan. Yomonlik, yorugʻlik va issiqlik kabi mavjud boʻlgan ishonch yoki muxabbat emas. Yomonlik inson yuragida Xudoga boʻlgan Muxabbatning yoʻqligi natijasidir. Bu xuddi sovuqlikka oʻxshaydi, qaysiki issiqlik boʻlmaganda keladi, yoki qorongʻulikka oʻxshaydi, qaysiki yorugʻlik boʻlmaganda keladi.

Professor oʻtirdi. Yosh talabaning ismi –Albert Eynshteyn edi.

©️Abdulloh Abdulhamid

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Xotin nikohlariga oʻn yil toʻlganda eridan soʻramoqda: Men bilan yashashdan xursandmisiz?

Eri kuldi va: “Alloh seni yorlaqasin! Bu gaping bilan menga ”Oʻzbekiston havo yoʻllari“ning ishini eslatib yubording.
Oʻzi undan boshqa aviakompaniyamiz yoʻq. Ammo har uchganimda: ”Bizni tanlaganingiz uchun sizdan minnatdormiz" deb qoʻyadi.(😄)

Ayman Yogʻiy

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Allohning farzini bajaraman deb saharlikka turganlarga Allohning salomi va jannati bòlsin🤲

🗓 Ramazonning 4-kuni muborak bòlsin🌸
Saharlik qilayotganlarga yoqimli ishtaxa☕

1. Qornim toq tursin deb kop ovqat yemang
2. Kamroq yeng,
3. Ochlik hissini tuying,
4. Qiynalish nimaligini biling.
5. Kunduzi uxlamang,
6. Zero gunohlar shu tufayli yuvilsa.

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

#biroz_tabassum

Ayol kishi pulni yaxshi ko‘rmaydi, shuning uchun undan tezroq xalos bo‘lishni xohlashadi😄

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Universitetda professor talabalarga shunday savol berdi: - Barcha mavjudotlar Xudo tomonidan yaratilganmi?

Bir talaba dadil turib javob berdi: - Xa, Xudo tomonidan yaratilgan.

- Xudo xamma narsani yaratganmi? – soʻradi professor.

- Xa, ser, - javob berdi talaba.

Professor soʻradi: - Agar Xudo xamma narsani yaratgan boʻlsa, demak Xudo yomonlikni xam yaratgan ekan-da, agar u mavjud boʻlsa. Va, biz qanday boʻlsak, qilmishlarimiz xam shunga yarasha boʻladi, tamoyiliga koʻra, Xudo yomonlik ekan.

Talaba bunday javobni eshitib jim boʻlib qolibdi. Professor oʻzi bilan juda faxrlanibdi. U talabalarga, Xudoga ishonish - bu afsona ekanligini yana bir bor isbotlaganini maqtanibdi.

Yana bir talaba qoʻlini koʻtarib, soʻrabdi: - Sizga savol bersam maylimi, professor?

- Albatta, - javob beribdi professor.

Talaba turib soʻrabdi: - Professor, sovuqlik mavjudmi?

- Nima deganing bu? Albatta mavjud. Sen xech qachon sovuq yemaganmisan?

Talabalar uning savoliga kulishibdi.

Yigit javob qilibdi: - Aslida, ser, sovuqlik mavjud emas. Fizika qonunlariga muvofiq, biz sovuqlik deb ataydigan narsa, aslida issiqlikning yoʻqligidir. Insonni yoki predmetni, ular energiyani yutadimi yoki ajratadimi, bilish uchun oʻrganish mumkin. Mutloq nol – bu issiqlikning umuman yoʻqligidir. Bunday temperaturada butun modda inert boʻlib qoladi. Sovuqlik mavjud emas. Biz bu soʻzni, issiqlik yoʻq xolatini taʼriflash uchun oʻylab topganmiz.

Talaba davom etdi: - Professor, qorongʻulik mavjudmi?

- Albatta mavjud.

- Siz yana noxaqsiz, ser. Qorongʻulik xam mavjud emas. Qorongʻulik aslida yorugʻlikning yoʻqligidir. Biz yorugʻlikni oʻrganishimiz mumkin, ammo qorongʻulikni oʻrganolmaymiz. Biz oq nurni turli ranglarga ajratib, xar bir rang toʻlqinining turli uzunliklarini oʻrganish uchun Nyuton prizmasidan foydalanishimiz mumkin. Biroq siz qorongʻulikni oʻlchay olmaysiz. Oddiy yorugʻlik nuri qorongʻulikka teshib kirib, uni yoritishi mumkin. Biror bir makon qanchalik qorongʻu ekanligini siz qanaqa qilib bilasiz? Siz yorugʻlikning qancha miqdori borligini oʻlchaysiz. Shunday emasmi? Qorongʻulik – bu yorugʻlik yoʻqligida nima sodir boʻlishini taʼriflash uchun inson ishlatadigan tushunchadir.

Oxir oqibat, talaba professordan soʻradi: - Ser, yomonlik mavjudmi?

Bu safar, professor ishonchsizlik bilan javob berdi: - Albatta, xali aytganimdek, biz uni xar kuni koʻramiz. Insonlar oʻrtasidagi shafqatsizlik, butun dunyo boʻylab sodir etilayotgan koʻplab jinoyatlar. Bu misollar yomonlikning namoyon boʻlishidir.

Bunga talaba quyidagicha javob qildi: - Yomonlik mavjud emas, ser, yoki, xar xolda, u uning oʻzi uchun mavjud emas. U xam qorongʻulikka va sovuqqa oʻxshaydi. Yomonlik – bu Xudoning yoʻqligini taʼriflash uchun inson oʻylab topgan soʻzdir. Xudo yomonlikni yaratmagan. Yomonlik, yorugʻlik va issiqlik kabi mavjud boʻlgan ishonch yoki muxabbat emas. Yomonlik inson yuragida Xudoga boʻlgan Muxabbatning yoʻqligi natijasidir. Bu xuddi sovuqlikka oʻxshaydi, qaysiki issiqlik boʻlmaganda keladi, yoki qorongʻulikka oʻxshaydi, qaysiki yorugʻlik boʻlmaganda keladi.

Professor oʻtirdi. Yosh talabaning ismi –Albert Eynshteyn edi.

©️Abdulloh Abdulhamid

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Bir kishi quduqqa tushib ketdi. Yordam so‘rab baqira boshladi. Uning faryodini eshitgan odamlar uni quduqdan qutqarib olishdi.
Keyin unga bir kosa sut berishdi. U sutni ichib bo‘lgach undan quduqqa qanday tushib ketding deya so‘rashdi.
Qanday yiqilgani aytib, sifatlab berayotuvdi, oyog‘i toyib yana quduqqa yiqilib tushdi. Odamlar uni yana chiqarib olishdi lekin....
Bu safar u o‘lib bo‘lgan edi. Birinchi marta tirik chiqdi chunki uning bir kosa sut rizqi bor ekan. Qachonki oxirgi rizqini olgach vafot etdi.
"Xech bir kishi dunyodagi rizqini to‘lig‘icha olmagunicha vafot etmaydi." deganlarida Rosulullooh sollallohu alayhi vasallam naqadar haq edilar...

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Ramazon oyining 1-kuni muborak bòlsin🌙🌸🥳

#RAMAZON🌙

11 oyning sultoni
4 haftalik marhamat
30 kunlik ibodat
720 soatlik manaviyat
43.000 daqiqalik tavba
2.592.000 soniyalik baxt

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Ozgina tabassum 🙃

Ota farzandlaridan soʻrabdi:
- Xoʻsh... kimni koʻproq yaxshi koʻrasizlar, onangiznimi yoki menimi?
Bolalar:
- Ikkovingizni ham yaxshi koʻramiz!
Ota:
- Yaxshi, aytinglarchi, agar men Madinaga, onangiz Makkaga ketsak, qaysi birimiz bilan ketar edingiz?
Bolalar:
- Oyimiz bilan!
Ota:
- Demak, onangizni koʻproq yaxshi koʻrar ekansiz-da?
Bolalar:
- Yoʻq, Makkani koʻproq yaxshi koʻramiz!
Ota:
- Xoʻp, men Makkaga, Onangiz Madinaga ketsak, men bilan ketasizlar-a?
Bolalar:
- Yoʻq, Madinaga ketamiz..!
Ota:
- Nima uchun 🤔?
Bolalar:
- Chunki, Makkani ziyorat qilib boʻldik!😊☺️🙃

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Mehmon kelsa eshikdan
Bolani oling beshikdan
Qozonga ovqat tez soling
Retsep «Tilla qoshiq»dan


➖Qaynonamni koʻzi suzilib, qoshi chimirilib turmasin;
➖ Erimni qorni koʻnglidek, toʻq boʻlsin;
➖ Bolam yemayman deb injiqlik qilmasin;
➖Mehmon kelganda tilim uzuun boʻlsin desangiz

😋 Eng soʻnggi inavvatsion taom, pishiriq, salatlarni oʻzida jamlagan «Tilla qoshiq» kanaliga obuna boʻling!

Yutib qolasiz yutqazmaysiz,
Retsep qidirib, vaqt ketkazmaysiz
Taom-u pishiriqlarimiz sinalgan
Tagiga olmagan, tandirdan uzilgan

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Biz yurardik siz kabi!
Siz kelarsiz biz kabi!

P/s: Tayyormizmi? Nega hotirjammiz? Allohga qaytaylik Brodarlar! Vaqtni g’animat bilib savobli amallarga shoshilaylik.

Alloh hech birimizni qalbimizni dunyoga bog’lab quymasin!


@dunya_di 🍃

Читать полностью…
Subscribe to a channel