dunya_di | Unsorted

Telegram-канал dunya_di - Dun'ya_Di🍃

-

( لَا تَحۡزَنۡ اِنَّ اللّٰهَ مَعَنَا ) ,, Mahzun bo‘lmang Alloh biz bilan ‘‘ ( Qur’oni Karim Tavba surasi 40-oyat ) Rek uchun murojat: https://t.me/dunya_di_reklama1 ❗Shahsiy mavzularda javob berilmaydi

Subscribe to a channel

Dun'ya_Di🍃

🌿 Qaysi payg‘ambar qayerda yashaganini bilasizmi?

Otamiz Odam va Onamiz Havvo — janubiy-g‘arbiy Osiyoda yashagan (yashagan joylari hozir qaysi davlatga to‘g‘ri kelishi haqida aniq ma’lumot yo‘q).

Nuh alayhissalom — Iroq Yaman
Idris alayhissalom — Falastin
Solih alayhissalom — Arabiston
Hud alayhissalom — Yaman
Ibrohim alayhissalom — Falastin
Lut alayhissalom — Iordaniya
Ismoil alayhissalom — Arabiston
Is’hoq alayhissalom — Falastin
Ya’qub alayhissalom — Falastin
Yusuf alayhissalom — Misr
Shu’ayb alayhissalom — Arabiston
Ayyub alayhissalom — Suriya
Horun alayhissalom — Misr
Muso alayhissalom — Misr
Zulkifl alayhissalom — Falastin
Dovud alayhissalom — Falastin
Sulaymon alayhissalom — Falastin
Alyasaʼ alayhissalom — Suriya
Ilyos alayhissalom — Suriya
Yunus alayhissalom — Falastin
Zakariyo alayhissalom — Falastin
Yahyo alayhissalom — Iordaniya
Iso alayhissalom — Falastin

Muhammad sollallohu alayhi vasallam — Arabiston

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Aziz Birodarlarim Tez kunlarda
Yana bir yaxshi loyiha Boshlamoqchmiz!!!

Bu loyiha Ehson ya'ni Nochor insonlarga yordam qo'lni uzatish

Bu loyiha na faqat O'zbekiston balki
Musofirda qiynalib qolgan Birodarlarimizga xam Murvat ko'rsatadi!

Musulmon birodarim bu borada
SIZNING Fikringiz juda juda muhim
iltmos Qo'shimcha Takliflar bo'lsa bizga Murojaat QILING!!!

Murojaat uchun : @Xazrati_Sulton

Alloh sizdan Va oila azolaringizdan
Rozi bo'lsin!!!

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Rizqingni keng qilib qoʻyilgani, qoʻlingdagi molingni serobligi Alloh seni yaxshi koʻrishini bildirmaydi….!

Rosulimiz faqir edi, Muso alayhissalom nochor edi, Fir’avn va Qorunda dunyoga teng boylik bor edi…!

Topganlaringga emas berganlaringga quvon birodar…)

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Ko‘zgu...

-Oyijon, keling bir marta xola-xola o‘ynaylik.
-Mayli, qizim. Men kimni o‘ynayman.
-Men oyisi bo‘laman, siz esa mening qizim bo‘lasiz.
-Mayli, qizim, men nima qilay?
-Men ishdan kelaman, siz meni kutib olasiz?
-Mayli, qizim...

-Oyijon, ishdan keldingizmi?

- Yo‘qol, charchaganman.. Hammasi jonimga tegdi. Gapiraverma...

Ona turgan joyida o‘tirib qoldi, chunki qizcha uning doimiy gapiradigan gapini o‘ziga ko‘rsatib berdi..

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Bir ayol 20 dinor pulini yoʻqotib qoʻyib, koʻchaga quyidagicha eʼlon ilib qoʻydi:

“Men 20 dinor pulimni yoʻqotib qoʻydim. Kim uni topib olsa, falon manzildagi falon xonadonga qaytarsin, chunki maoshim oz boʻlgani uchun pulga juda muhtojman. Hozir yeyishga nonim ham yoʻq”.

Bir kishi “Men oʻsha pulni topib oldim” deb, hamyonidan 20 dinor pulni chiqarib, oʻsha xotin yashaydigan manzilga bordi. Pulni olgan xotin yigʻlab yuborib, “Oʻgʻlim, sen oʻsha pulni topib oldim deb kelgan oʻn ikkinchi kishisan”, dedi.

Pulni olib kelgan odam bir tabassum qildi-da, lift tomon yurdi. Shu payt haligi xotin yigʻidan toʻxtab, shunday dedi: “Bolam! Sen borib oʻsha eʼlonni yirtib tashla. Uni men yozmaganman, oʻzi yozishni bilmayman ham. Shuncha odamning menga qilgan gʻamxoʻrligidan hayotga yana umidim uygʻondi, dunyo koʻzimga goʻzal koʻrinib ketyapti”.

🍀 Yaxshi odamlar borliklari uchun ham dunyo joyida turibdi aslida. Boringizga shukur, yaxshilar ☺️
))

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Bahor hamma joyda har-xil keladi) Ammo eng goʻzal bahor qishloqda kelishini hech kim inkor eta olmaydi^_^


#kameraortidamen

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Kimnidir go‘zalligi, chiroyi uchun yaxshi ko‘rsang, bu sevgi emas, shahvatdir.

Kimnidir zakovati uchun yaxshi ko‘rsang, bu muhabbat emas, hayratdir.

Kimnidir boyligi uchun yaxshi ko‘rsang, bu ham muhabbat emas, balki moddaparastlikdir.

Kimnidir o‘z nazdingda yaxshi bo‘lgani uchun yaxshi ko‘rsang, bu ham sevgi emas, balki his-tuyg‘ularingdan minnatdorligingdir.

Ammo yaxshi ko‘rgan kishingni nima uchun yaxshi ko‘rishingni o‘zing ham bilmasang, mana shu haqiqiy sevgidir.

• Sharif Abdullatif

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Muqaddas oy 🌙

Doʻsti Azizning kutilmaganda mehmonga kelishi Gʻayratning yuragini oʻynatib yubordi. Qanday uyat. Ayni uzilish payti kelib qolganini...
Bir necha kunki, Gʻayratning uyida qotgan-qutgan nondan boʻlak hech vaqo yoʻq. Haliyam bolalar qishloqda, ota-onasining yonida, yoʻqsa shu qotgan non ham boʻlmas edi. Qadrdon doʻsti Aziz uch yil deganda uyiga bir kelsayu, uni oldiga qoʻyishga hech vaqo topa olmasa.
Gʻayrat Aziz bilan hol axvol soʻrashgach, “hozir” deya xotini yoniga, oshxonaga kirdi. Yaxshiyamki Farangiz ogʻir, bosiq, sabri keng ayol. Er-xotin bir-biriga uzoq tikilib qolishdi. Oradan bir choy qaynagulik vaqt oʻtdi. Bu orada Gʻayrat Azizning yoniga ikki marta kirib chiqdi. Xuddi katta narsaga taraddud koʻrayotgan odamdek, “hozir, sen oʻtirib tur” deya chiqib, Farangizni yoniga keladi. Farangizning ham boshi egik. U choy damlab, choynakni Gʻayratga uzatdi. Gʻayrat bir qoʻlida choynak, bir qoʻlida piyola bilan, qizargancha Azizning yoniga kirdi. Shunda Aziz Gʻayratning qoʻlidagi choynakka qarab jilmaygancha dedi:
-Men roʻza edim doʻstim, sen oʻzing bemalol... Seni bir koʻrib ketay degandim.
Gʻayratning yuzida bolalarcha quvonch paydo boʻldi.
-Iya shunaqami? Men ham roʻza edim. Kelining ham roʻza. Ramazon muqaddas oyda. Muqaddas oy! - dedi entikib...

©Umid Abduhakimov


@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Bu Bangladeshlik qariyani xech kimi yo‘q. U butun umr yig‘gan jamg‘armasini(o‘n ming dollar qiymatiga teng) masjidga olib kelib xammasini elektr energiyasiga to‘lov qildi. Nega aynan elektrga otaxon, deyishsa, orqamdan duo qiladigan odam yo‘q, zora masjidni yoritishim qabrimni yorishiga sabab bo‘lsa deb javob berdi...

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Har bir kishi ibrat olishi mumkin bo‘lgan bo‘rilar karvoni

Oldinda ketayotgan 3 bo‘ri - yoshi o‘tgan, kasal bo‘rilar.

Keyingi 5 bo‘ri - eng kuchli bo‘lganlari. To‘dasini oldindan kelgan har qanday havfdan himoya qilishadi.

O‘rtadagilari - himoyaga muhtoj bo‘lgan, ayollari va bolalari bo‘lsa kerak.

Orqadan kelayotgan 5 tasi ham, eng kuchli bo‘lganlari. Orqadan kelgan xatarni bartaraf etadi.

Eng orqadan kelayotgan 1 tasi - to‘daning lideri «to‘da boshi». Hech qaysisi orqada qolib ketmaganligiga ishonch hosil qilib, hammasini ko‘rib, kuzatib keta oladi va xatar kelgan vaqtda, hammasiga yetisha oladi.

Xulosa: Liderlik, bir jamoatga bosh bo‘lish, oldindan faqat o‘ziga mahliyo bo‘lib yurish emas. O‘z to‘dasiga sohiblik qilib, ularni havsizligini ta’minlay olishdir.
Hayvonlar qanday aqlli jonzotlar ekan... Hatto eng aqlli bo‘lgan inson zotiga ibrat bo‘la oladigan darajada!

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Madinada 40 yildan beri ko‘chada o‘tgan-ketganga bepulga choy-qahva va haftada bir xurmo tarqatadigan nuroniy inson ☺️
Alloh taolo jannatda qasrlar bilan mukofotlasin!

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Ozgina tabassum))

Iftor vaqtida hotirjam ovqatlanib olishni boshqa chorasini topa olishmapti 😅

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Hayotning barchasi ikki oyatda mujassam:

1. "Kim mening to‘g‘ri yo‘limga ergashsa, yo‘ldan ozmas va baxtsiz bo‘lmas", (Toha surasi, 123 oyat).

2. "Kim mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta uning uchun tang – baxtsiz hayot bo‘lur", (Toha surasi, 124 oyat).

Mana shu hayot formulasi bo‘lib, inson uchun ulardan birini tanlashi qolgan...

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Ibn Qoyyim aytadilar: "Tana kasalligi yengil, osondir, nari borsa o'lim bilan tugaydi. Qalb kasalligi og'irdir, Alloh asrasin, jahannam bilan tugaydi".

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Ozgina tabassum 🙃

Ayol shu rasmni tarmoqqa qo‘yib, quyidagicha yozibdi:
— Kimdir yurishni o‘rganib olibdi, mana oqibat. 🙂

Bunga qaynonasi izoh yozibdi:
— Kimdir uy polini anchadan beri artmagan koʻrinadi... 🙄

🤭🤭🤭

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Yaxshi ayol bir vaqtni o‘zida hamma narsang bo‘la oladi.

U Bomdodga uyg‘otuvchi- budilnik, qorningni to‘yg‘azuvchi- oshpaz, g‘amgin paytlaringda- hamdard, hursand paytingda- hamsuhbat, kasal paytingda- tabib, mulkingni asrovchi- xazinabon, ko‘nglingni ovlovchi xuri-g‘ilmon, adashganingda yo‘lingni yorituvchi- fonus, bolalaringga-tarbiyachi, gunohlaringdan qo‘rib, poklovchi-masihingdir!.

Yaxshi erkak ham xuddi shu kabi, sen o‘sib ulg‘aygan va tashlab kelganing- u ortda qolgan yaqinlaring o‘rnini to‘ldirguvchi, otangday suyanch bo‘ladigan, onangday g‘amho‘rlik qiladigan, akangday sha’ningni o‘ylaydigan, opangday og‘riqlaringni so‘ramay o‘rnini topadigan, singlingday qalbingni izzat qiladigan, ukangday yoningga tirkog‘ichlik qiladigan, o‘ksitmaydigan, injitmaydigan va yolg‘iz ayollikni havas qildirmaydigan bo‘ladi!

Chunki umr qisqa. U yaxshi hamroh bilan o‘qilgan eng go‘zal hikoyaga aylanishi uchun ikki tomon ham bir-birini qadrlashi kerak!

©️Ummu Zaynab Ummu

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

#orzu

Shu yili kindle olishni niyyat qildim. Kitobdan oʻqishni gashti boshqa albatta, yangi kitob isi, varoqlar ovozi, bookmark bilan belgilash,kerakli joylarni markerlab qoʻyish….)

Ammo ba’zi kitoblarni elektron oʻqish kerak boʻladi. Asl nusxasini sotib olish qimmatlik qilishi yoki sotuvda boʻlmasligi kabi muammolarga ham duch kelamiz…)

Ana shunday vaqtda eng yaxshi yoʻl bu kindle^_^

Ps/ hayitga kitobxoʻrlar uchun nima sovgʻa qilishni bilmayotgan boʻlsangiz albatta kindle olib bering💕

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Ona:
-- "Ixlos surasini oʻn marta oʻqisang, jannatda senga qasr quriladi..."
Bola oʻqiy boshladi. Ona takrorladi..
Bola:
-- "Siz oʻqimang! Men bilan yashaysiz.."!


🌿 Tutgan roʻzalaringizni Alloh dargohida qabul qilsin qadrligim, kechgacha goʻzal sabr tilayman...

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Bugun sizga shu gaplarni xech kim aytmagan bo‘lsa, tinglang:

🥰 Siz ajoyibsiz!
💞Siz sevimlisiz!
👨‍👩‍👦‍👦 Siz keraksiz!
👏 Siz o‘ylaganingizdan xam kuchlisiz!
✊ Siz uddalaysiz!
🤲 Inshaalloh, hammasi yaxshi bo‘ladi!
❗Faqat siz olgʻa yuring, chekinmang....

🌙 Tutgan roʻzalaringizni Alloh dargohida qabul qilsin ilohim.. Kechgacha goʻzal sabr tilayman))

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Rizqingni keng qilib qoʻyilgani, qoʻlingdagi molingni serobligi Alloh seni yaxshi koʻrishini bildirmaydi….!

Rosulimiz faqir edi, Muso alayhissalom nochor edi, Fir’avn va Horunda dunyoga teng boylik bor edi…!

Topganlaringga emas berganlaringga quvon birodar…)

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Ramazonda meni eng ko’p qo’rqitadigan narsa, qilayotgan gunohlarimizga shaytonning hech qanday a’loqasi yo’qligi... Balki bi haqiqiy o’zimiz, nafsimiz ekanligi….

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Er-xotin orasida nizo chiqdi. Ayol yotoq chetiga o‘tirib yum-yum yig‘lardi. Shu vaqt eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi. Ayol eshikni ochib qarasa, uni ko‘rgani ota-onasi kelibdi. Qizining yig‘idan qizargan ko‘zlarini ko‘rgan ota-ona tabiiyki, xavotirga tushdi.
— Tinchlikmi, qizim? Nega buncha yig‘lading?
Qizi mungli yuzini nim tabassumga aylantirib, shunday dedi:
— Aytsam ishonmaysizlar, sizlarni juda sog‘ingandim, ko‘rgim kelganidan ichim gumirib yig‘lab o‘tirgandim. Ne ajabki, eshik qoqib kelib o‘tribsizlar!

Bu gapni nargi xonadagi er eshitib turgandi. Xotinining matonati, oila sirini diydiyo qilmaganidan unga hurmati oshdi, o‘z qilmishidan esa xijolat torti.

Oila hikmat, sabr-toqat va matonat bilan qo‘riqlanadi.

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Ozgina tabassum 🙃

Sizlar ham oldin qo‘l artib, keyin telefonni, keyin ochkini keyin sumkani, stolni, keyin artadigan narsa topilmasa, oyoq kiyimilardi artib keyin tashislami vlajniy salfetkelarni 😁😁😁

🤭 Xamma ayollar shunaqa shekilli a manga o‘xshab 😉😄 ha boʻlsa, reaksiyalaringizni kutaman ))

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Taom pishirayotganda "Ixlos" surasini o‘qimoqlik, taomni yeyuvchilarni hidoyat va ixloslariga vasila bo‘ladi.

• "Kavsar" surasini o‘qimoqlik esa, taomni lazzatli bo‘lishiga vasila bo‘ladi.

• "Attahiyotu" ni o‘qimoqlik, taomni barakotli bo‘lishiga vasila bo‘ladi. InщaAllah!

Ayollaringizga aytinglar taom pishirayotgan vaqtda tahoratli va robitali bo‘lsinlar.

• Bu xilda pishgan taomda zulmat bo‘lmas. Badanga shifo, qalbga davo bo‘ladi! Ibodatga quvvat, iymonga nur bo‘ladi...

🌴Jannatda yoningizda bo‘lishini istagan yaqinlaringizga yuboring🌴

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Allohdan qarzdormisiz?!

Xoʻja Nasriddin bozorda oʻrik sotayotgan edi. Shunda, oldiga mahallasida yashaydigan chala tanish bir ayol kelib:
--Oʻrigingiz shirinmi, deb soʻradi.
Xoʻja Nasriddin:
--Tatib koʻring, dedi.
Ayol:
--Men roʻzaman.
Xoʻja nasriddin:
Unday boʻlsa, olib borib yeng. Pulini keyin berasiz.
Oʻrikni tortib berar ekan, oʻylab qoldi: Xozir ramazon oyi boʻlmasa, demak....
--Qanaqa roʻza tutyapsiz?
Ayol:
--Uch yil avval ramazonda qarzim qolgan edi, shuni qazosini tutyapman.
Shunda Afandi oʻrikni qaytarib joyiga qoʻydi.
--Hozirgina bermoqchi edingiz. Nima boʻldi?
Afandi:
--Allohga boʻlgan qarzingizni uch yilda berayotgan ekansiz, menikini kim biladi qachon berasiz. Boring, sizga qarzga bermayman, debdi.

🌿 Roʻza turmoqlik biz uchun farz.... biz uchun qarz...!

Tutgan ro'zalaringizni Alloh dargohida qabul qilsin ilohim 🍀 o'zi go'zal sabr bersin...!


@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Ramazonda ayollarning ajru savobi naqadar bisyor; ular ro‘zaning savobini, uy yumushlarining savobini hamda ro‘zadorga iftor qilib berish savobini oladilar.

Allohim, ayollarimizni barcha gunohlardan pokla, jannating bilan siyla!

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Aziz dindoshim, roʻza tutishda 7 ta sunnat borligini bilasizmi? ☺️

✨ Foydali boʻlgan boʻlsa, yaqinlarinizga ham ulashib qoʻying ))

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

U sevdirsa, har narsa seviladi.

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

#foyda

🏷Har bir amal qalb bilan boshlanadi, shuning uchun ham Islom dini avvalam bor qalbni poklashlikka buyurgan.

♥️Qalb- a’zolarning rahbaridir. Barcha a’zolar qalbga tobe’-ergashuvchidir.

Agar qalb haqga ergashsa, a’zolar ham unga itoat qiladi. Agar qalb haqdan toyilsa, a’zolar ham toyiladi.

🎃Alloh taolo qaraydigan eng birinchi narsa ham, aynan qalbdir. Sababi, inson qalbi bilan Allohni taniydi, qalbi bilan Uni yaxshi ko’radi, qo’rqadi, tavakkal qiladi; Alloh taologa birinchi o’rinda qalb bilan ibodat qiladi, keyin a’zolar ibodati kelib chiqadi.

🟤Rosululloh ❕shunday deganlar: “Alloh taolo sizlarning suratlaringiz va mollaringizga nazar solmaydi, balki Alloh sizlarning qalblaringiz va amallaringizga boqadi” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

🟤Yana Rosululloh ❕aytganlar: “Ogoh bo‘linglarki, tanada bir parcha go‘sht bor. Agar u tuzalsa, butun tana tuzaladi. Agar u buzilsa, butun tana buziladi. Ogoh bo‘linglarki, u qalbdir”,  (Imom Buxoriy rivoyati).


🍂 Shunday ekan Alloh taologa itoat qilmagan odam, “Men Allohni yaxshi ko’raman” deya olmaydi. Alloh taoloni yaxshi ko’rish qalbdan boshlanadi va tana-a’zolarga ta’sir qiladi.
(Axir yaxshi ko’rgan insonimiz nimani yaxshi ko’rsa biz ham o’sha narsalarni yaxshi ko’rib qolamiz-ku, u yaxshi ko’rgan narsalarni qilamiz-ku?! Alloh taologa muhabbat esa batariqa avlo.)

Allohni yaxshi ko’rish 🟰itoat qilish;

🍂 Xuddi shunday Alloh taologa osiy bo’lgan odam “Men Allohdan qo’rqaman” deya olmaydi.

Allohdan qo’rqish 🟰itoat qilish;

📎Shuning uchun ham birinchi o’rinda qalbni isloh qilish kerak, shunda jasad ham isloh bo’ladi.

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Misr metrolaridan birida bir yigit iftorlik vaqti paketga uchta hurmo solib bir qog‘oz parchasi bilan ro‘zadorlarga tarqatibdi. Qog‘ozda shunday deyilgan:

"Haqqimga duo qiling, unga uylanayin"

Tinib tinchimagan bo‘ydoqlar)😅

Ozgina tabassum 🙃

@dunya_di 🍃

Читать полностью…
Subscribe to a channel