TAVBA QILISH VAQTI KЕLMADIMI!?
Allohdan qo‘rqishning alomati yetti narsada ayon bo‘ladi:
🔒Tilida – ya’ni, tilini yolg‘ondan, g‘iybatdan, ortiqcha so‘zlardan tiyadi, Allohning zikri, Qur’on tilovati, ilmiy muzokaralar bilan mashg‘ul qiladi;
🔒Qornida – ya’ni, faqat halol narsani va hojati miqdoricha yeydi;
🔒Ko‘zida – ya’ni, haromga boqmaydi, dunyoga rag‘bat nazari bilan emas, ibrat nazari ila qaraydi;
🔒Qo‘lida – ya’ni, uni haromga cho‘zmaydi, Alloh toatidagi ishlarga
uzatadi;
🔒Oyog‘ida – ya’ni, Alloh gunoh, degan ishlarga yurmaydi;
🔒Qalbida – ya’ni, undan birodariga dushmanlik, g‘azab, hasad kabi illatlarni chiqarib tashlaydi va musulmonlarga nisbatan mehr-shafqat uyg‘otadi;
🔒Toatda – ya’ni, toati Alloh yo‘lida xolis bo‘ladi, riyo va nifoqdan saqlanadi.
©️Abu Lays Samarqandiy
@dunya_di 🍃
🌿 Mahzun bo'lma qalbim...
Jannatda aslo yigʻlamaymiz...!
Jannatda aslo mahzun boʻlmaymiz..!
Jannatda aslo ajralmaymiz...!
Jannatda aslo kek saqlamaymiz...!
Jannatda aslo rashk qilmaymiz...!
U yerda ogʻriq ham yoʻq, kutish ham yoʻq..!
Jannat birdan-bir orzu qilinadigan narsaki, uning salohiyati tugamaydi...
Allohim! Sendan roziligingni va jannatni soʻraymiz!
Gʻazabing va doʻzaxingdan panoh tilaymiz!
🌙 Tuningiz osuda oʻtsin, aziz dindoshim 🙂
@dunya_di 🍃
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilarki:🌾
"Uch turli koʻz borki, ular Qiyomat kuni doʻzaxni koʻrmaydi.
– Allohdan qoʻrqib yigʻlagan koʻz.
– Alloh yoʻlida qoʻriqchilik qilgan koʻz.
– Alloh harom qilgan narsalardan tiyilgan koʻz", deb aytdilar.
✍📚(Imom Tabaroniy rivoyati)
@dunya_di 🍃
🌿 Goʻzal gumon...
Bir ayol dedi:
“Xudo xohlasa, men albatta solih insonga turmushga chiqaman! U bilan baxtli hayot kechiraman”. Aytgani boʻldi.
Dedi:
“Men universitetda oʻqishga qabul qilinishimga ishonaman va shunga intilaman! Oʻzim istagan mutaxassislikga kiraman!” Aytgani boʻldi.
Unga dedilar:
“Yetar shuncha tuqqaning! Bolalar charchatishdan boshqasiga yarashmaydi”.
Dedi:
“Alloh yordam beradi. Farzandalarim qobil, koʻzimning quvonchi boʻlishadi”. Aytgani boʻldi.
Eri katta tuhmatga qolib qamaldi. Dedilar:
“Ering tuhmatga qolib qamaldi. Yaqin orada chiqmasa kerak. Uning faqat oʻligi chiqadi”.
Dedi:
“Yoʻq, Xudo xohlasa, albatta chiqadilar. Men ularni juda ham chiroyli kutib olaman”. Aytgani boʻldi. Erining qanday chiqqani hammani hayratda qoldirdi...!
Bir kishi dedi:
“Men ishdan haydalishdan qoʻrqaman. Shuning uchun ishsiz qoladigan kunlarimga ham pul yigʻmogʻim kerak!” Aytgani boʻldi. Ishdan boʻshatildi.
🌿 Nimaga bizning aytganlarimiz roʻyobga chiqadi?
Chunki Alloh taolo: “Bandam Meni qanday oʻylasa, shundayman!” deydi. Agar Alloh haqida chiroyli gumon qilsa, oʻziga yaxshi. Yomon oʻylasa, oʻziga yomon.
Shuning uchun ham Muso alayhissalom Nil daryosiga kelib, qochishga yoʻl qolmaganda ham Robbisi haqida chiroyli gumon qildilar. Qavmlari: “Endi qoʻlga tushdik” deyishsa ham, ular: “Yoʻq! Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur” dedilar. Alloh ularning aytganlarini roʻyobga chiqardi. Aql bovar qilmas holda daryo qoq ikkiga boʻlindi. Yoʻl ochildi...!
Hatto arzimas narsalar haqida gapirish, oʻylashda ham diqqat qiling!
Doim nekbin (optimist) boʻling! Alloh haqida chiroyli gumon qiling! U - Kariym, U Rohiym!
Inshaalloh hali hammasi yaxshi boʻladi 🙂
@dunya_di 🍃
Alloh taolo yaratgan kunlarning ichida eng aʼlosi Juma kunidir!
Bu muborak kunda Sarvari koinot Rasululloh salollohu alayhi vasallamga salovatlar aytishni unutmang! Keyingi Juma ayyomlarigacha salomat yetib olish har birimizga nasib aylasin!
Jumaning xayri va barokati sizga boʻlsin azizlar!
“Allohumma solli aʼla Sayyidina Muhammad”
“Allohumma solli aʼla Sayyidina Muhammad”
“Allohumma solli aʼla Sayyidina Muhammad”
@dunya_di🍃
#qisqa_hikoya
U ertaga tavba qilaman dedi,
Uxladi va (umuman) turmadi
P/s: Xozir ayni payti, ertanggi kunni kutmang chunki ertanggi kunda siz yo’q bo’lishingiz mumkin!
@dunya_di 🍃
NAFL NAMOZLARI
🔵 1. ISTIQSO namozi:
Alloh taolodan ekinlar, chorvalar uchun yomgir talab qilib oqiladigan namoz.
🔵 2. KUSUF namozi:
Quyosh tutilib, Nuri xiralashgan paytda imom va jamoat bilan masjidda oqiladigan namoz.
🔵 3. XUSUF namozi:
Oy tutilib nuri xiralashganda oqiladigan 2 rakatli namoz. Har bir odam oz uyida oqiydi.
🔵 4. XAVF namozi:
Qattiq yomgir, Suv toshqini, Zilzila yoki dushmandan saqlanish uchun oqiladigan 2 rakatli nafl namoz. Uni oqib bolgach Tavba va istigfor aytib , quyidagi duo qilinadi.
''YO RAB SHU VOQEANING ZARARIDAN SAQLAGIN"
🔵 5. ISTIXORA namozi:
Bir ulug ishni boshlashdan oldin xayrli yoki xayrli bolmaydimi degan shubhaga borsa oqiladigan 2 rakatli namoz.
🔵 6. HOJAT Namozi - har bir kishining Alloh taolodan talab qiladigan bolgan paytda maqsadining hosil bolishini goyat ixlos bilan iltijo qilib oqiladigan Namoz.
🔵 7. SHUKUR namozi:
Biror kishining maqsad qilib yurgan ishi hosil bolganida,Allohning inoyati ila turli nematlar nasib etganida oqiladigan 2 rakatli namoz.
🔵 8. TAVBA va ISTIG'FOR namozi:
Biror kishi bilib bilmay qilib quygan xatolikka yol quyib gunoh ish qilib quysa va undan pushaymon bolsa tavba qilib oqiladigan 2 rakatli namoz.
🔵 9. SHURUQ (ishroq) namozi:
Quyosh toliq chiqib bolgandan keyin oqiladigan namozdir.Bu namozni 2,4,6,8 rakat qilib oqiladi.
8 rakatdan oshirilmaydi.
🔵 10. ZUHO namozi:
Zuho (choshgoh) namozi ham quyosh biroz kutarilgandan song oqiladigan Nafl namoz.Bu namoz 12 rakatdan oshirilmaydi.
🔵 11. AVVOBIN namozi:
Shom namozidan keyin oqiladi.
2,4,6 rakatdan oqiladi.
🔵 12. TAHAJJUD namozi:
Kechasi yarim kechada uyqudan turib tong otguncha, yani bobdod namozi vaqtigacha.2,4,6,8 oqiladigan nafl namozidir.
ALBATTA ,UYQUDAN KECHIB OQIGAN NAMOZNING AJRI KO‘P.
@dunya_di 🍃
Nega kanalga post kam qilinayapti?
Bu kabi savollar ko’p
Inson ulg’aygani sari vaqtham shavqat qilmasdan tez utaverar ekan
Hayot tashvishlari bilan bo’lib kanalga post ham qilolmay qolayapman
Va meni to’g’ri tushinasizlar degan umitdaman
Shu yaqin kunlardan beri boshimga turli — tuman sinovlar kelayapti va buning hammasi Allohdan!
Alhamdulillah Allohimga behisob shukur
🌿 Turkiyada tarqalgan chiroyli odatlardan biri.
Ular masjidga kirgan vaqtlarida ostonada yosh bolalar oyoq kiyimini ko‘rishsa, imkonlari boricha unga pul solib qo‘yishar ekan.
Ular bolalarning masjidda bardavom bo‘lishligi uchun shunday qilishar ekan...
@dunya_di 🍃
Har bir musulmonga taskin beruvchi oyatlar..
"Mahzun bo'lma, albatta, Alloh biz bilan".
(Tavba surasi, 40-oyat, 9:40)
"Sabr qil, sening sabring faqat Alloh ila bo'lur".
(Nahl surasi, 127-oyat, 16:127)
"Ular (holi)ga xafa bo'lma. Ular qilayotgan makrdan siqilma".
(Nahl surasi, 127-oyat, 16:127)
"Allohning rahmatidan noumid bo'lmang!".
(Zumar surasi, 53-oyat, 39:53)
"Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman".
(Ibrohim surasi, 7-oyat, 14:7)
"Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman".
(G'ofir surasi, 60-oyat, 40:60)
"Alloh qiyinchilikdan so'ng, tezda osonlikni berur".
(Taloq surasi, 7-oyat, 65:7)
"Albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir".
(Sharh surasi, 6-oyat, 94:6)
@dunya_di 🍃
🌿 Hayot kitoblarda bitilgan rivoyatlarga o‘xshaydi…
🌿 Har kuni yangi saxifa…
🌿 Bir beti mahzun kechsa…
🌿 Keyingi saxifasi quvonchga to‘la bo‘ladi…
🌿 Shuning uchun ham "Xavotir olmang!" Qorong‘ulikdan keyin yorug‘lik, musibatdan keyin albatta omad keladi...
🌿 Hayot sahifalarini varoqlayvering-da, Allohga tavakkal qiling, o‘zi shundoq ham hayot qisqa, zavqlanib yashang!
@dunya_di 🍃
Jannat 🕊️...
🧔🏻: Senga jannat haqida aytib beraymi ?
🧕🏻: Ha qanday bo’ladi jannat?
🧔🏻: Jannatda barcha mo’minlar g’amsiz, og’riqsiz, siqilishlarsiz, Allohga bo’lgan go’zal muhabbat bilan yashashadi
🧕🏻: Ha keyinchi
🧔🏻: Uyerda tagimizdan anhorlar oqgan holda, qushlar sayrab, havodan mushkambbar hidi taralgan holda payg’ambarimiz bilan suhbatlashib o’tiramiz
🧕🏻: Jannatga kirsak sizni men qanday topib olaman ?
🧔🏻: Agar sen Allohni aytganini qilib, menga itoat qiladigan bo’lsang, Jannatda o’zim seni topib olaman soliham
🧕🏻: Jannatda menga o’xshagan hurlar beriladi sizga, ular mendan chiroyli bo’ladimi shunda aaa?
🧔🏻: Yo’q soliham, bir eshikni ochsam bir hur o’tiradi, u ichkarida mendan go’zali o’tiribdi deydi.
🧕🏻: Ha keyinchi, keyin
🧔🏻: U ham mendan go’zali ichkarida o’tiribdi deydi.
🧕🏻: U kim bo’ladi jannat hurumi u ?
🧔🏻: Yo’q u dunyoyimni go’zal qilgan, men uchun umrini bag’ishlagan, hurlarni huri sen bo’lasan soliham In Shaa Allah 😊
@dunya_di 🍃
😊PAYG’AMBARIMIZ MUHAMMAD ROSULULLOH SOLLOLLOHU ALAYHI VASSALLAM kabi Xulq sohibi bòling🥷
1. 🍃 Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam yolg‘on so‘zlamasdilar, ko‘zbo‘yamachilik qilmasdilar va aldamasdilar.
2. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam odamlarni g‘iybat qilmasdilar va ularning obro‘larini to‘kmasdilar.
3. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam tungi tahajjudni o‘qiyman deb oyoqlari shishib ketar edi.
4. 🍃 Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam bag‘ritosh va qo‘pol bo‘lmaganlar.
5. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam kattaga hurmat va kichikka izzatda edilar.
6. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam qo‘shnilariga ozor bermasdilar.
7. 🍃 Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamning qalblarida zarra miqdoricha takabburlik va kekkayish yo‘q edi.
8. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam yomonlik qilgan kishini kechirib, u bilan qasdlashmasdilar.
9. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam qadarning yaxshi va yomoniga iymon keltirib, shikoyat qilmasdilar.
10. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam odamlar orasini haq bilan va yaxshi so‘z orqali isloh qilardilar.
10. 🍃Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam rostgo‘y va ishonchli edilar.
🍃Siz ham Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamning xulqlari bilan xulqlanib, u zot kabi xulq egasi bo‘lishga harakat qiling.
@dunya_di 🍃
Bugun hamma uchun har xil kun
Bugun payg’ambarimiz Muhammad s.a.v ning tavallud kunlari.
Payg’ambarimizga ko’p-ko’p salovat ayting aziz opa singil, aka ukalarim
🌿 Qush qorni to‘ygandan keyin o‘grildi va uchib ketdi...
Qolgan donlarni o‘ylamadi...
Yonimga olib olay, zaxira qilib qo‘yaman, ertaga yeyman, demadi...
Hammayoq qor, ertaga och bo‘lsam, yegulik topolamanmi? - deb tashvishlanmadi!...
Chunki rizq beruvchisidan ko‘ngli xotirjam edi. Rizq beruvchisi uni unutib qo‘ymasligini juda yaxshi bilardi....
@dunya_di 🍃
Juma kuni to‘rt narsa yodingizda bo‘lsin!
1⃣ - Allohning eng suyukli bandasi, Payg‘ambar alayhissalomga salavot aytishni unutmang:
(Allohumma solliy va sallim a’la Sayyidina Muhammad).
2⃣ - Shunday sura borki, sizni nurga burkaydi. U–Kahf surasi. O‘qing yoki eshitishni unutmang.
3⃣ - Bu kunda bir vaqt borki, duo qilishingiz uchun sizga muntazir. Uni zoye qilmang! O‘zingizga qo‘shib barcha musulmonlarning haqqiga ham duo qilishni unutmang!
4⃣ - Ota-onangiz, do‘st va yaqinlaringiz sizni ularga bildirmay duo qilishingizni kutadi. Qalbdan qilgan duolaringizda ularni xam unutmang!
@dunya_di
🌿 Taom pishirayotganda "Ixlos" surasini o‘qimoqlik, taomni yeyuvchilarni hidoyat va ixloslariga vasila bo‘ladi.
• "Kavsar" surasini o‘qimoqlik esa, taomni lazzatli bo‘lishiga vasila bo‘ladi.
• "Attahiyotu" ni o‘qimoqlik, taomni barakotli bo‘lishiga vasila bo‘ladi. InщaAllah!
Ayollaringizga aytinglar taom pishirayotgan vaqtda tahoratli va robitali bo‘lsinlar.
• Bu xilda pishgan taomda zulmat bo‘lmas. Badanga shifo, qalbga davo bo‘ladi! Ibodatga quvvat, iymonga nur bo‘ladi...
🌴Jannatda yoningizda bo‘lishini istagan yaqinlaringizga yuboring🌴
@dunya_di 🍃
🌿 Qog‘ozdagi yozuv:
"Aziz birodarim, agar puling bo‘lmasa, aslo xijolat bo‘lma, oilangni yeguliksiz qoldirma. Marhamat, narsalarimdan farzandlaring uchun qancha ehtiyojing bo‘lsa, o‘shancha olaver. Zero, mening rizqim ham, sening rizqing ham Allohning zimmasida!"
@dunya_di 🍃
Ushbu kanal uchirilmaydi va sotilmaydi Insha Allah!
Kanalni eski egasi xozir oilali bahtli bo’lsinlar va yangi egasi ya’ni qariyb 1 yildan beri boshqarib kelayotgan admininglar men bo’laman
To’g’ri kanalda reklama ko’payip ketgandi lekin biz ularni kamaytirishga o’zimizda kuch topa bildik.
Moddiy kumakga muhtoj edik shu sababli ko’p reklamalar tushayotgan edi….
Aslida xozirham yetarlicha muammolar bor lekin hammasi Allohdan
Alloh 1 risq eshigini yoptimi, 10 tasini ochib qo’yishga qodir yagona zotdir!
Hechkim va hech qachon mukammal bo’lmagan! Mukammal shaxs yuq!
Inson kamchiliklari bilan guzaldir!
Atrofdagilarning gap so’zlariga ko’pham parvo qilmang ular gapirishaveradi
Siz Allohdan so’rang Alloh so’raganingizdanda afzalroqini berur!
Kimniki hayoti o‘xshamayotgan bo‘lsa, turmushi kechikayotgan bo‘lsa va hayrlisini kutayotgan bo‘lsa, ushbu zikrlarni Allohga ishongan holda niyat qilib har kuni takrorlasa InshaAlloh niyatiga yetadi.
100 marotaba salovat!
100 marotaba ixlos surasi!
100 marotaba fotixa surasi!
99 marotaba bismillaxir roxmanir roxim!
66 marotaba Allohumma ya Alloh
526 marotaba Allohumma ya shukur!
86 marotaba Allohumma ya badi!
1000 marotaba Allohumma ya hayy!
10 marotaba oyatal kursi!
@dunya_di 🍃
Hayotda eng muhimi nima?
Hayotda eng muhimi mehr.
Mehr o‘zi bilan barcha hamma ne’matlarni olib keladi.
Mehrda muhabbat, hurmat, e’tibor, qadr, oqibat, ishonch, samimiyat barcha inja tuyg‘ular mavjud.
Bu tuyg‘ularning ichida esa eng yorqini, eng nurlisi muhabbat.
Muhabbat Allohning insonlar ko‘ngliga jo aylagan eng ulug‘ ne’mati. Muhabbatni qanday ne’matligini his etgan, uning shirin tabassumidan bahra olgan ko‘ngil esa, o‘zida mehr gulshanini barpo etadi.
Muhabbat ko‘ngillarga tushsa, ko‘ngillarni bahor kabi yangilab, unda turfa go‘zalliklar yaratadi.
Alloh taolo har ko‘ngilga muhabbatni bermas, muhabbat esa har ko‘ngilni maskan etmas.
Muhabbat ham sadoqatli, vafodor ko‘ngillarni o‘z nuri ila yoritmoq istaydi.
Alloh ham o‘ziga sodiq qullarini sevadi, shu qullarining ko‘ngillariga O‘zining mehri bo‘lmish muhabbatni in’om etadi.
Inson muhabbatni tanlamaydi, muhabbat insonni tanlaydi....
🌱
Mehr muhabbat ne’matini bizga berilgan sanoqsiz ne’matlarni qadrlang qadrligim
@dunya_di 🍃
Bu ajoyib qisqa video rolikda har kim oʻzini koʻra oladi... Har birimizning hayotimizda bizni avval tushkunlikka tushirgan ammo vaqt oʻtib, hammasi yahshilikka boʻlganini tushunib yetishimizga sababchi boʻlgan dardlarimiz bisyor )) Nima boʻlgan taqdirda ham unutmang, Allohning har ishida bir hayr bor ☺️
🌿 Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo‘lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo‘lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz...
(Baqara surasi 2-216)
@dunya_di 🍃
🌿 Ushbu rasmdagi daraxtga Alloh taolo yaratgan eng muborak ko‘zlar — Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ko‘zlari tushgan ekan.
• U zot sollallohu alayhi vasallam savdo ishlari bilan Shomga borganlarida, uning soyasida dam olgan ekanlar.
• Allohning qudratini qarangki, ushbu sahroda bundan boshqa daraxt yo‘q.
• Shuningdek, daraxt biror marta qurimagan.
• Hozir u Iordaniya hududidadir.
@dunya_di 🍃