🌿 Goʻzal gumon...
Bir ayol dedi:
“Xudo xohlasa, men albatta solih insonga turmushga chiqaman! U bilan baxtli hayot kechiraman”. Aytgani boʻldi.
Dedi:
“Men universitetda oʻqishga qabul qilinishimga ishonaman va shunga intilaman! Oʻzim istagan mutaxassislikga kiraman!” Aytgani boʻldi.
Unga dedilar:
“Yetar shuncha tuqqaning! Bolalar charchatishdan boshqasiga yarashmaydi”.
Dedi:
“Alloh yordam beradi. Farzandalarim qobil, koʻzimning quvonchi boʻlishadi”. Aytgani boʻldi.
Eri katta tuhmatga qolib qamaldi. Dedilar:
“Ering tuhmatga qolib qamaldi. Yaqin orada chiqmasa kerak. Uning faqat oʻligi chiqadi”.
Dedi:
“Yoʻq, Xudo xohlasa, albatta chiqadilar. Men ularni juda ham chiroyli kutib olaman”. Aytgani boʻldi. Erining qanday chiqqani hammani hayratda qoldirdi...!
Bir kishi dedi:
“Men ishdan haydalishdan qoʻrqaman. Shuning uchun ishsiz qoladigan kunlarimga ham pul yigʻmogʻim kerak!” Aytgani boʻldi. Ishdan boʻshatildi.
🌿 Nimaga bizning aytganlarimiz roʻyobga chiqadi?
Chunki Alloh taolo: “Bandam Meni qanday oʻylasa, shundayman!” deydi. Agar Alloh haqida chiroyli gumon qilsa, oʻziga yaxshi. Yomon oʻylasa, oʻziga yomon.
Shuning uchun ham Muso alayhissalom Nil daryosiga kelib, qochishga yoʻl qolmaganda ham Robbilari haqida chiroyli gumon qildilar. Qavmlari: “Endi qoʻlga tushdik” deyishsa ham, ular: “Yoʻq! Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur” dedilar. Alloh ularning aytganlarini roʻyobga chiqardi. Aql bovar qilmas holda daryo qoq ikkiga boʻlindi. Yoʻl ochildi...!
Hatto arzimas narsalar haqida gapirish, oʻylashda ham diqqat qiling!
Doim nekbin (optimist) boʻling! Alloh haqida chiroyli gumon qiling! U - Kariym, U Rohiym!
Yomonlik haqida oʻylamang! Agar qiyin vaziyatga tushib qolsangiz, Muso alayhissalom aytganlaridek:
U (Muso) “Yoʻq! Albatta, Robbim Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur”, dedi, deb ayting...!
Inshaalloh hali hammasi yaxshi boʻladi 🙂
@dunya_di 🍃
🌱 Shifoxonada yotgan qariyaning ahvoli to‘satdan og‘irlashib qoldi. Shifokor cholning aft-angorini ko‘rib, cho‘chib tushdi:
— Hamshira!
O‘limi yaqinlashganini sezgan chol:
— Shoshma, o‘g‘lim. Senga bir vasiyatim bor.
— Bolalaringizga xabar beraman...
— Yo‘q, shoshma! Avval gapimni eshit.
— Mayli, ayting.
Qariya ko‘zlarida yosh bilan:
— Uyimdagilarga kechqurun, soat 10 dan keyin xabar ber, bu juda zarur! Sababini so‘rama. So‘nggi iltimosim va vasiyatim shu...
Shifokor noiloj rozi bo‘ldi. Cholning joni peshinga yaqin uzildi. Vasiyatga amal qilib, uyidagilarga kechasi xabar qilishdi.
Tunda yetib kelgan to‘ng‘ich o‘g‘il:
— Kech xabar beribsiz? — dedi.
— Otangiz shunday vasiyat qildi.
— Vasiyat? — o‘g‘il turgan joyida kotib qoldi. Ko‘z yoshlari yonoqlariga oqib tusha boshladi, — Eh otaginam-a! Bugun men to‘y qilgandim... O‘g‘limning to‘yi buzilmasin deb, bechora otam hatto yaqinlari bilan ham vidolashmabdi-ya…
@dunya_di 🍃
Usmon r.a aytadilar:
«Kim besh vaqt namozni o‘z vaqtida ado etib, shunday bardavom bo‘lsa, Alloh taolo uni to‘qqizta ne’mat ila ikrom qiladi» :
🟢Alloh uni yaxshi ko‘radi.
🟢Badani sog‘lom bo‘ladi.
🟢Farishtalar qo‘riqlaydi.
🟢Hovlisiga baraka yog‘iladi.
🟢Yuzida solihlarning belgisini zohir qilib qo‘yadi.
🟢Qalbini muloyim qilib qo‘yadi.
🟢Sirot ko‘prigidan chaqmoq chaqqandek (tez) o‘tib ketadi.
🟢Alloh unga do‘zaxdan najot beradi.
🟢Xavf va g‘am-g‘ussasi bo‘lmagan kishilar bilan birga (jannatda) yonma-yon qilib qo‘yadi.
@dunya_di 🍃
Ey Ibrohim! Nima uchun
qalblar Allohdan uzoqlashdi?
Chunki qalblar Alloh g‘azab qilgan narsalarni yaxshi ko‘rdi, dunyoga muhabbat qo‘ydi, oxirat uchun amal qilishni tashladi, befoyda o‘yin-kulgilarga berilib ketdi…
@dunya_di 🍃
🌿 Ishq bir hasratdir..
Hojar onamizdek bir goʻdak bilan choʻllarda Allohga omonat yashamoqdir.
🌿 Ishq ishonchdir...
Ibrohim Xalilullohdek eng sevganini eng sevganiga ikrom qilmoqdir.
🌿 Ishq hayodir..
Odam Atodek gunohlardan uyalib qirq yil osmonga qaray olmasdan yigʻlab, avf soʻramoqdir.
🌿 Ishq fidoyilikdir..
Yaʼqub alayhissalom kabi Allohga qilgan birgina xatosi uchun eng suyganining firoqida hijronda yashamoqdir.
🌿 Ishq fidokorlikdir.. Xuddiki bor davlatini din uchun fido qilgan Xadicha onamizdek.
🌿 Ishq rashkdir..
Xuddiki Oisha onamizdek, vafot etgan boʻlsalar ham sevganlarini Xadicha onamizdan qizgʻanib koʻz yosh toʻkkandek.
🌿 Ishq kechirishdir..
Yusuf alayhissalomdek oʻziga minglarcha xiyonatlarga sevgi bilan javob bergandek.
🌿Ishq yigʻlamoqdir.. Tanimaydigan ummatining gunohlari uchun yigʻlamoq kabi..
🌿Ishq Alloh uchun moʻminni sevmoqdir...Xuddiki Sevimlisi Hamzaning jigarini sugʻurib olgan Vahshiydan moʻmin boʻlgani uchun nafratlanmagan Habibimiz (s.a.v)dir..!
@dunya_di 🍃
🌿 Ko‘rinishidan boy bo‘lgan yigit keksa yoshli bir MISKIN kishidan:
—- Tuxumingiz necha pul..? - deb so‘radi.
U:
—- Bir donasi besh yuz so‘m, - dedi.
Yigit:
—- 2000 so‘mga 6 ta berasizmi..? Yoki ketaveraymi...? - dedi.
Qariya:
—- Olavering, men bugun hali hech narsa sotganim yo‘q. Mayli, bugun shunday bo‘lsa ham savdoyimni boshlab olay. Oxirgi vaqtlarda judayam kam sota olyapman, - dedi...
... Yigit 1000 so‘m FOYDA qilganidan xuddi katta sovg‘ani qo‘lga kiritgandek xursand bo‘ldi...
Sal nariroqdagi qimmatbaho mashinasiga o‘tirdi. Do‘stlari bilan choyxonaga borishga kelishishdi...
Har doimgidek go‘sht ortidan osh buyurtirishdi. Ulardan yeyilmay qolib ketgani ham bo‘ldi (har galgidek).
Choyxona xodimlari buyurtma hisobini keltirishdi. Hammaga taqsimlanganda 45 ming so‘mdan to‘g‘ri keldi.
Yigit 50 ming berib, qaytimi kerakmasligini aytdi...
Bu voqea choyxona uchun oddiy hol bo‘lsa - da, FAQIR keksa kishi uchun alamlidir...
U yigit qariyadan 1000 so‘mni qizg‘ondi... Yeb - yemagan, yeb tugata olmagan taomi uchun 50 ming so‘mni shundoq berib yubordi...
@dunya_di 🍃
Uylanish(oila qurish arafasi)da lozim bo‘lgan niyatlar
1. Uylanish orqali Allohga ibodatni niyat qilish.
2. Allohning roziligini istash.
3. Nikohdan so‘ng Allohning toatida bo‘ladigan solih zurriyot tug‘ilishini niyat qilish.
4. Musulmonlarni sonini ko‘payishini (hissa qo‘shish) niyat qilish. (Hadis mazmuniga binoan).
5. Uylanish ortidan iffatni saqlashni niyat qilish.
6. Toat, taqvo va yaxshilikda o‘zaro hamkorlik qilishni niyat qilish. (Muslima ayol bilan oila qurish bilan)
7. Musulmonlarning avrati (nomusi, sha’ni)ni berkitishni niyat qilish.
8. Zikr qiluvchi erkaklar va zikr qiluvchi ayollardan bo‘lishni niyat qilish.
9. Ko‘zni harom (nomahramlarga qarash)dan tiyishni niyat qilish.
10. Baxtiyor musulmon oila barpo etishni niyat qilish.
11. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashishni niyat qilish.
12. Uylanish vositasida dunyo fitnalari va Shaytondan himoyalanishni niyat qilish.
13. Qalbni vasvasa va turli chalg‘ituvchi fikrlardan asrashni niyat qilish.
14. Farzandlarim Qur’on hofizlari bo‘lib, meni ham shafoat qilishsin, deya niyat qilish.
15. Uylanib fasod, buzg‘unchiliklardan himoyalanishni niyat qilish.
16. (Soliha ayolga uylanish ila) dinini yarmini komil qilishni niyat qilish.
@dunya_di 🍃
Shunday narsani his qilganmisan?
Yig‘lasang ko‘z yosh, kulsang sabab yo‘q. Iching shunchalar bo‘m-bo‘sh, shu bilan birga to‘lib ham ketgan.
Tushuntirsang, tushuntirib bo‘lmaydi, ichingga yutsang, ichingga sig‘maydi. Qochib qutula olmaysan, qolsang, bir yerda tura olmaysan.
Yo‘l yaqindek ko‘rinadi, lekin ayni paytda judayam uzoq. Qayerga bormoqchi bo‘lsang ham, yetib borolmaydigan joydasan.
Atrofingda odamlar judayam ko‘p, ammo birortasi ham yaqin emas. Mehr bepul, lekin berishga eng qizg‘onadiganimiz ham shu mehr.
Aslida shunchalar baland baqiryapsanki, biroq hech kim eshitmayotgandek. Senga bir narsa juda ham zarur, ammo o‘shaning nimaligi mavhum.
Ovqatlanish uchun kafega kirasan, ovqat buyurtma bergach esa qorning to‘qligi yodingga tushadi.
Yuragingni bo‘shatish uchun do‘stingga qo‘ng‘iroq qilmoqchisan, raqamini termoqchi bo‘lganingda, birorta ham do‘sting yo‘qligini eslaysan.
Judayam yomon tuyg‘u, shunday emasmi?
@dunya_di 🍃
Parhez turlarining eng go‘zali, g‘iybat qilib odamlarning go‘shtlarini yeyishdan tiyilishdir.
@dunya_di 🍃
Namozda bo‘lsang, qalbingni ehtiyot qil!
Odamlar orasida bo‘lsang, tilingni ehtiyot qil!
Birovning uyida bo‘lsang, ko‘zingni ehtiyot qil!
Vaqtliroq tur, umrni extiyot qil!
@dunya_di 🍃
Sevgi bu..
Qabilalar Rasululloh salollohu alayhi vasallamni o'ldirish uchun to'planganini, o'lishi mumkunligini bila turib U zotning to'shaklarida yotgan ALIDIR!
Sevgi bu..
Rasululloh salollohu alayhi vasallamning "Oisha haqida menga ozor bermanglar" degan gaplarida, harfiy va fe'liy mujassamlashgan OISHADIR!
Sevgi bu..
"Rasulullohning hujralarini yo'lida edik, juda chanqadim va suv qo'shilgan sut keltirdim. Uni Rasulullohga uzatib "Iching" dedim. Payg'ambar alayhissalom ichdilar, mening esa chanqog'im bosildi" degan ABU BAKRDIR!
Sevgi bu...
Rasululloh salollohu alayhi vasallamning o'ldirilganliklari haqidagi (yolg'on) habar tarqalganda, endigina o'n besh yoshga to'lgan bo'lishiga qaramay, Makka yo'llarida qilichini sudrab yurgan, Islomda ilk qilichini yalang'ochlagan ZUBAYRDIR!
Sevgi bu..
Rasululloh salollohu alayhi vasallam: "Nima tilagingiz bor?" deb so'raganlarida, "Jannatda Siz bilan birga bo'lishni so'rayman" degan ROBIA IBN KALBDIR!
Sevgi bu..
Rasululloh salollohu alayhi vasallam: "Nima rangingizni o'zgartirdi?" deganlarida, "Men bemor emasman, hech qayerim ham og'rimayapti, faqat Sizni ko'rmagunimcha daxshatga tushaman (ya'ni Sizni ko'rmasdan tura olmayman, Rasululloh salomatmikinlar, degan havotirda bo'laman)" degan SAVBONDIR!
Sevgi bu..
Rasululloh salollohu alayhi vasallam vafot etganlarida eng qattiq yig'lagan UMARDIR!
Sevgi bu..
G'orga kirishlaridan oldin Rasululloh salollohu alayhi vasallamga: "Allohga qasam, kirmay turing, Sizdan oldin men kiraman. Agar unda (aziyat beradigan) biror narsa bo'lsa, Sizgamas menga yetsin" degan ABU BAKRDIR!
Sevgi bu..
Ushbu jumlalarni o'qib ko'zi yoshlanib, "Ota Onam sizga fido bo'lsin, Yo Rasululloh" degan SIZDIR..
@dunya_di🕊
Tasavvur qil?
Mahshar maydoni...
Yuz milionlab insonlar, ularning ichida 124.000 ta payg’ambarlar...
Ularning ichida Habibimiz alayhissalom...
Milionlab avliyolar...
Ulardan bir necha barobar ko’proq jinlar...
Milionlab hayvonlar, baliqlar, qushlar va 1-7 osmon qavatini o’rab turgan hisobi yo’q farishtalar...
Ulardan keyin qanchaligi noma’lum katta farishtalar...
Va hammani oldida seni qilgan ishlaring birma-bir aytilyabdi. Huddi televizorda ko’rsatilgandek hamma tomosha qilyabdi...
Gunohlar, xaromlar, xatolar...
@dunya_di🍃
🍀 Istigʻfor moʻjizasi
Bir ayol oʻz boshidan kechirganini shunday hikoya qiladi: “Erim vafot etdi. Oʻshanda men oʻttiz yosh edim. Beshta farzand bilan qoldim. Dunyo koʻzimga qorongʻu boʻlib ketdi. Yigʻlayverib koʻzlarim shishib ketar, umidsizlikka tushib qolardim. Gʻam-alamlar atrofimni oʻrab olgan edi. Farzandlarim hali kichik, bizni taʼminlab turadigan odam yoʻq, erimdan qolgan pullarni tejab ishlatardim.
Bir kuni xonamda oʻtirganimda radioni yoqdim. “Qurʼoni Karim” nomli eshittirish berilayotgan ekan. Unda bir olim “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kim istigʻforni koʻp aytsa, Alloh unga har qanday gʻamdan chiqish yoʻlini, har qanday torlikdan kenglikka oʻtish chorasini koʻrsatib qoʻyadi” deganlar” deb mavʼiza qildi. Oʻshandan keyin istigʻforga astoydil berildim. Bolalarimga ham uni oʻrgatib qoʻyib, koʻp aytishlarini tayinladim.
Oradan olti oy oʻtgach, uyimizga qadimiy buyumlarga pul berilishi haqida xabar keldi. Biz ham shu loyihada ishtirok etib, oʻzimizdagi eski buyumlarni olib borsak, ularni million junayhlarga olib qolishdi. Katta oʻgʻlim mintaqadagi oliygohga oʻqishga kirdi. Qurʼonni yod oldi. Keyinchalik ishi oʻnglanib, odamlarga koʻmak beradigan insonlardan biriga aylandi. Shunday qilib, uyimiz yaxshiliklarga toʻldi. Tinch, xotirjam yashay boshladik. Alloh taolo barcha farzandlarimni isloh qildi. Hammalari yaxshi insonlar boʻlib voyaga yetishdi. Oʻzimdan gʻam, qaygʻu, iztiroblar aridi. Ha, albatta, bularning barchasi istigʻforning ajoyibotlaridan edi”.
Ha, azizlar, koʻplab insonlar istigʻforning foydasidan bexabardirlar. U gʻamlarni arituvchi, mashaqqatlarni ketkazuvchi, rizqning kengayishiga sabab boʻluvchi katta omillardan biridir.
📿 Astag'firulloha va atubu ilayh.
@dunya_di 🍃
Aziz Birodarlarim Tez kunlarda
Yana bir yaxshi loyiha Boshlamoqchmiz!!!
Bu loyiha Ehson ya'ni Nochor insonlarga yordam qo'lni uzatish
Bu loyiha na faqat O'zbekiston balki
Musofirda qiynalib qolgan Birodarlarimizga xam Murvat ko'rsatadi!
Musulmon birodarim bu borada
SIZNING Fikringiz juda juda muhim
iltmos Qo'shimcha Takliflar bo'lsa bizga Murojaat QILING!!!
Murojaat uchun : @wxxizi
Alloh sizdan Va oila azolaringizdan
Rozi bo'lsin!!!
Nafsingizga qarshi uch narsa bilan jihod qiling..
1-Bir ish qilayotganingizda Alloh sizga qarab turishi..
2-Bir kalima aytganingizda Alloh sizni eshitishi..
3-Sukut qilganingizda Alloh sizni ichingizni ham bilishi..
@dunya_di🍃
🌿 Umar ibn Hattob roziyallohu anhuning barcha erkaklarga nasihati.
«Sizlar bu ayollarga qattiq va’dalar berib uylanasizlar. Ular og‘ir mashaqqatlar bilan sizning farzandlaringizni qorinlarida ko‘tarib so‘ngra dunyoga keltiradilar, ularni yedirib ichiradilar, behisob uyqusiz tunlarni boshidan kechiradilar. Qachonki bolalari betob bo‘lsalar
bu ularning sog‘liklari va navqiron yoshliklarini tortib oladi. Qachonki go‘zallik va yoshlik ularni tark etganlarida erlar ulardan yuz o‘giradilar... Agarda ular uy ishlarini va bolalar parvarishini bir chetga surib faqat o‘zlarini chiroyiga zeb berish va erlariga yasanish bilangina mashg‘ul bo‘lganida edi,
ular haqida «Qanday ham yomon ona va uy bekasi ekana...», deb gapirar edingiz.
Qani sizdagi ma’suliyat, javobgarlik hissi...?
Allohdan qo‘rqinglar va o‘z xotinlaringizga bunday munosabatda bo‘lmanglar!»
@dunya_di 🍃
🍃 Sizga g'am yetgan vaqtda, Internetni titib o'tirmang... Telefoningizni o'chiring. O'zingizga eng yoqqan xonangizga kiring...
Qo'lingizga Qur'onni olingda, o'zingizga eng yoqqan surani ochib tilovat qiling...
O'zingiz uchun bu foniy dunyoning barcha muammolarini bir necha daqiqalarga unuting va Allohning kalomini tilovat qilishda davom eting...
U sizning qalbingizni yumshatadi... Va siz iymon lazzatini his eta boshlaysiz...
Allohning mo'jizaviy oyatlari Sizning yuzingizga nur, qalbingizga hotirjamlik in'om etib, chehrangizda tabassum paydo qiladi...
Unutmang! Bu dunyo hayoti–sinovdir... Bu dunyo sizning abadiy qolajak asl uyingiz emas...
Bas... Asl uyingiz –Jannatga mos yashang...
@dunya_di 🍃
Ayol uchun hamma narsa qilishga tayyor erkakni ko‘rsang, bilginki, u ayolni sevib qolgan!
Erkak uchun hamma narsa qilishga tayyor ayolni ko‘rsang, bilginki, u uning onasi bo‘ladi!
@dunya_di 🍃
🌿 Diqqat: hovli sotiladi!
• Darvozalari: sakkizta.
• Kaliti: «Laa ilaaha illalloh».
• Oltin va kumush g‘ishtdan qurilgan.
• Maydoni: Yer va osmon oralig‘icha.
• Narxi: Allohga hech narsani sherik qilmaslik.
• Xarid sanasi: Qiyomat kuni.
• Xususiy egasi: taqvodorlar.
• Manzili: Firdavs.
• Nomi: Jannat.
Alloh taolo barchamizni ana shu makon ahlidan qilsin!
@dunya_di 🍃
Farzandinmi tili uzun, gapga kirmaydi...
Ushbu holatga qanday yechim topsa boʻladi?
@dunya_di 🍃
#Бuсмuллаҳ
Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ.
Аллоҳим, бу улуғ куннинг шарафидан эрта тонгдан қилинган дуоларимизда ихлосни,
тоатларимизда қабулни,
яхшиликларга шукурни,
намозларда хушуъни,
Ўзингга мақбул бўлмаган амалларимизда авфингни сўраймиз.
Бизга Аллохнинг розилига сабаб бўладиган ишларни осон ва маҳбуб қилсин.
Ўзининг розилигини истаб, тутган рўзаларимиз, барча ибодатларимизни бенуқсон қабул қилинган ибодатлар қаторида даргоҳида қабул этсин.
Аллоҳга беҳисоб ҳамду санолар, пайғамбаримиз Муҳаммад Мустафо салоллоҳи алайҳи васалламга беҳисоб саловатлар бўлсин!
Соллаллоҳу ъала Набиййина Муҳаммадин ва ъала аалиҳи, ва соҳбиҳи ажмаъийн!
@dunya_di
🌿 Maylimi?
🌝 Semirib, ozish uchun ming bir usullarni qo'llab, oldingizda xijolat tortib turganimda "Buncha semirib ketding-e-e-e” demasdan, “Menga qanday bo'lsang, shunday yoqasan, bo'g'irsoq" deb ayting, Maylimi?
🌝 “Xotin”, "O‘", "Ey", "Hey", "Fisht" deb chaqirmang. “Erkatoyim”, “kichkintoyim”, “moychechagim”, “malikam” deb ismimni ayta qoling, Maylimi?
🌝 Kasal bo'lganimda "Kasaldan boshing chiqmaydi" deb iddao qilmang. “Shu dorilarni ichib ol”, “Allohim suygan bandalariga dard beradi" “ko'rmaganday bo'lib ketasan” deb gaplaringiz bilan tuzatib yuboring, Maylimi?
🌝 Xato qilib qo'ysam, jahlingizni chiqarsam, urib, so'kib sochlarimdan sudramang. Yaxshi gaplar bilan tushuntirib, "O'zing aqllisan-ku, onashim" deng, Maylimi?
🌝 Menga "Soching uzun, aqling kalta" demang. “O'qi, izlan, rivojlan. Oldimda olima ayol turishini xohlayman” deya menga bir uy kitoblar olib kelib bering“, Maylimi?
🌝 Yig'lasam, "Asabimini buzma uvullab" demang. "Yig'lamagin, yagonam, har bir to'kkan ko'z yoshing uchun Allohdan so'ralaman" deng, Maylimi?
🌝 Meni Alloh uchun, qariligimda ham, betobligimda ham, chiroyim ketganida ham seving, Maylimi?
©️Hubbuna
✨ Reaksiyalaringizni kutaman ))
@dunya_di 🍃
🌿 Uylanish tashvishida yurgan 25 yashar yigit, tinmay yig‘layotgan 4 yashar bolaga dedi: "Buncha yig‘laysan, maza qilib ovqatlanib, multfilm ko‘rib yotmaysanmi? Biror o‘yloving bo‘lmasa. Senga havasim kelyapti...".
Maoshini u oydan bu oyga yetkazayotgan 35 yashar erkak, uylanish tashvishida yurgan 25 yashar bo‘ydoqqa dedi: "Buncha siqilasan? Uylanarsanam, joninga ham tegar. Mana, qaragin, ahvolimni. Senga juda havasim kelyapti...".
Biznesi o‘xshamagan va bankrot bo‘lib boshi tashvishdan chiqmayotgan 55 yashar kishi, 35 yasharga dedi: "Boriga shukur qiling. Kam maosh olsangizam, qulog‘iz tinch. Mana, umrim bo‘yi borimni bergan biznesim kasodga uchrab, qulog‘imgacha qarzga botib ketdim. Sizga qanchalik havas qilayotganimni tasavvur ham qilolmaysiz..".
Uning gapini eshitib turgan 70 yashar chol dedi: "Buncha siqilasan? Menga o‘xshab, beling qaqshab, oyog‘ing qaltiramayapti-ku, o‘rningda bo‘lganimda tog‘ni urib, talqon qilardim. Havasimni keltirma...".
Qabrda yotgan marhum ularga qarab nido qildi: "Barchangizga havasim kelyapti, chunki sizda tavba qilish imkoniyati bor. Qani edi menda shunday imkoniyat bo‘lganida edi, butun hayotimni unga fido qilardim...".
@dunya_di 🍃
Umidsiz bo'lma..
Tur va duo qil..
Qaysi gunohing Allohning marhamatidan katta bo'lishi mumkin?..
@dunya_di🕊
🌿 Yirtiq kalish...
– Bu tilla uzukni men sovg‘a qilganman, e’tiboringiz uchun! Men opketaman!
– Mana bu paltoni men obergandim, tug‘ilgan kunlariga eslasalaring!
– Tilla zanjirim senga qoladi derdilar!
Uch qiz kampiridan qolgan latta putta buyumlarni uch yoqqa tortqilay tortqilay ahiri bo‘lishib olishdi.
Chol ularga birpas tikilib turdi-yu, zinada to‘nkarilib yotgan, kampiri kiya-kiya ado qilgan orqasi yirtiq kalishni bir chetga olib qo‘ydi.
– Shu menga qola qolsin, yo‘q demasalaring... onangni eslatib turadi...
Nursiz ko‘zlardan ikki tomchi yosh sizib, behisob ajinlar orasiga singib ketdi.
@dunya_di 🍃
Yemay yedirishadi, kiymay kiydirishadi.
To‘rt yil tinimsiz ishlab, charchab horigan bu kishi og‘ir mehnati evaziga topgan pullarini borini o‘g‘lining universitetda o‘qishining to‘loviga sarflagan. O‘g‘li diplom olish chog‘ida aytdiki, "Dunyodagi hamma narsadan ham ortiq faxrlanadiganim, otamning borligidir!"
@dunya_di 🍃
• Eng yaxshi kun gunohsiz o‘tgan kuningdir!
• Eng yaxshi sovg‘a o‘zing bilmagan holingda sening haqqinga duo uchun ko‘tarilgan qo‘ldir!
• Eng yaxshi qalb rostgo‘ylik arimaydigan qalbdir!
• Eng yaxshi odam seni hargiz unutmaydigan odamdir, chunki u seni Alloh uchun yaxshi ko‘radi.
• Yaxshiliklar bilan o‘tgan kuningizning yaxshiliklarini Allohim yana ham ziyoda qilsin.
@dunya_di 🍃
Dunyoga kelganimiz haqdir!
Undan ketishimiz ham haq bo’ladi!
Bizga Alloh Islomni berdi!
Islomda esa jannat bor!
Jannatga kirganlar haqiyqiy g’olibdirlar☝️
@dunya_di 🍃