dunya_di | Unsorted

Telegram-канал dunya_di - Dun'ya_Di🍃

-

( لَا تَحۡزَنۡ اِنَّ اللّٰهَ مَعَنَا ) ,, Mahzun bo‘lmang Alloh biz bilan ‘‘ ( Qur’oni Karim Tavba surasi 40-oyat ) Rek uchun murojat: https://t.me/dunya_di_reklama1 ❗Shahsiy mavzularda javob berilmaydi

Subscribe to a channel

Dun'ya_Di🍃

🌿 Ayoldan so’rashdi:
Sizningcha haqiqiy er kim?
•Ayol javob berdi:

-Jerkiyvermay chiroyli nasihat qiladigan;

-Titkilayvermay ishonadigan;

-Yig’latavermay kuldiradigan;

-Oyoq-osti qilavermay boshiga
ko’taradigan;

-Itoatni qadrlaydigan;

-Ibodatni sevadigan;

-Suyansa bo’ladigan;

-Xaromdan hazar qiladigan;

-Robbisiga bandalikda ahli-ayolini ham ergashtira olgan er haqiqiy erdir!

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Bo‘ri poda ichiga kirib podaning
bittasini yeydi, ammo suruvdagi qo‘ylardan hammasini yorib tashlaydi. Podadagi qo‘ylarning yorib ketilishi cho‘ponlarning och qolishi, inqirozga uchrashi demakdir. Cho‘ponlar keyin nima qilardi, bilasizmi? Bo‘rini tiriklay tutish uchun yo‘lga tushardi. Usullarini bilar, tutardi ham. Bo‘rini ushlaganidan keyin uni urib, qiynab, o‘chini olmasdi.
Silab-siypab o‘pardi, faqat bo‘yniga bitta serkaning qo‘ng‘irog‘ini taqib, ko‘yib yuborar edi. Bo‘ri ham xursand bo‘lib qochib qolgan. Qo‘ng‘iroqli bo‘ri bundan keyin hech qaysi jonliga yaqinlasha olmaydi, chunki qo‘ng‘iroq ovozini eshitgan hayvon undan qochadi. Bo‘ri tog‘-adirda behuda yugurib, hech nima ovlay olmasdan ozib-to‘zib, oxiri ochlikdan bo‘kirib-bo‘kirib o‘lib ketardi. Bu inson xayoliga kelgan iskanja va zulmdan eng qo‘rqinchlisi edi. Zulm turlari aslida hech qachon eskirmaydi...

Bo‘ri faqat ochlikdan o‘layotganida tushunib yetardi bo‘yniga qo‘ng‘iroq taqqanlarning va uni silab-siypab, o‘pganlarning niyatini.

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 ​​‍Maylimi?

🌝 Semirib, ozish uchun ming bir usullarni qo'llab, oldingizda xijolat tortib turganimda "Buncha semirib ketding-e-e-e” demasdan, “Menga qanday bo'lsang, shunday yoqasan, bo'g'irsoq" deb ayting, Maylimi?

🌝 “Xotin”, "O‘", "Ey", "Hey", "Fisht" deb chaqirmang. “Erkatoyim”, “kichkintoyim”, “moychechagim”, “malikam” deb ismimni ayta qoling, Maylimi?

🌝 Kasal bo'lganimda "Kasaldan boshing chiqmaydi" deb iddao qilmang. “Shu dorilarni ichib ol”, “Allohim suygan bandalariga dard beradi" “ko'rmaganday bo'lib ketasan” deb gaplaringiz bilan tuzatib yuboring, Maylimi?

🌝 Xato qilib qo'ysam, jahlingizni chiqarsam, urib, so'kib sochlarimdan sudramang. Yaxshi gaplar bilan tushuntirib, "O'zing aqllisan-ku, onashim" deng, Maylimi?

🌝 Menga "Soching uzun, aqling kalta" demang. “O'qi, izlan, rivojlan. Oldimda olima ayol turishini xohlayman” deya menga bir uy kitoblar olib kelib bering“, Maylimi?

🌝 Yig'lasam, "Asabimini buzma uvullab" demang. "Yig'lamagin, yagonam, har bir to'kkan ko'z yoshing uchun Allohdan so'ralaman" deng, Maylimi?

🌝 Meni Alloh uchun, qariligimda ham, betobligimda ham, chiroyim ketganida ham seving, Maylimi?

©️Hubbuna

✨ Reaksiyalaringizni kutaman ))


@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Inson doim bir qalbga muhtoj...
Sizni sizdan koʻproq tushunadigan, oʻzingizdan koʻproq qayg'uradigan, mehr beradigan..!

🌿 Inson insonga muhtoj..!
Yelkasiga boshingizni qoʻyib dunyoni unitadigan, qoʻllariga qoʻlingizni berib hotirjamlik tuyadigan, koʻzlariga boqib tabassum qiladigan, eslab zavq oladigan bir insonga muhtoj..!

🌿 Ket deganda keladigan, jahil qilsangiz kuldiradigan, kulganingizda qayg'usini unitadigan, butun dunyoni faqat siz deb biladigan bir insonga muhtoj..!

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Islomni yaxshilab o‘rganib chiqqan rohib Islomni qabul qilganidan keyin shunday deydi:

- Tabbat (ya’ni Masad) surasida juda g‘aroyib moʻjizaga guvoh bo‘ldim. Alloh taolo bu surada Abu Lahabning iymon keltirmasligini bildirgan edi. Bu sura nozil bo‘lganidan keyin yana 8 yil yashadi. Agar Abu Lahab xohlaganida yolg‘ondan bo‘lsa ham iymon keltirib, bu surani yolg‘onga chiqarishi mumkin edi. Lekin shunda ham Abu Lahab iymonsiz o‘lib ketdi. Agar Qur’oni Karimni Muhammad sollallohu alayhi vasallam o‘ylab topganida edi, bunday katta xavfga (Abu Lahabga tuhmat qilish xavfiga) yaqinlashmagan bo‘lardi.
Bu shuni anglatadiki, Alloh taolo qadimni ham, kelajakni ham kamchiliksiz, mukammal tarzda biladi. Mana shuning uchun ham men Islomni qabul qildim.

© Abdulloh Rahimboyev tarjimasi


@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Sukut koʻnglim...

Koʻp gapirma... Kamroq soʻylaki, ishimiz oldinga siljisin. Oz soʻylaki, Haqqa qarshi yanglish kalom chiqmasin... Sukut koʻnglim. Bir alif miqdoricha sukut...
Bahorga oz qoldi.
Chida koʻnglim. Dengizdagi koʻrinmas toʻlqinlarga oʻxshaydi qalbing, bilaman. Kutishdan boshqa choramiz boʻlganida, seni toʻxtatmasdim, ishon menga. Lekin boshqa choramiz yoʻq... Unutmaki, dori ham kuttirib taʼsir qiladi, hatto gul ham vaqtidan avval ochilmaydi.
Sukut koʻnglim... Bu qish bahorga doʻnguncha. Bu kecha kunduzga aylangunicha.
Uzoq yoʻllar yaqinlashgunicha... Bu tashvishning ortidan farogʻat kelgunicha. Va yuzimiz diydor yoshlari bilan namlangunicha...
Sukut koʻnglim... Seni sendan ham yaxshi bilgan Robbingning hukmi voqeʼ boʻlgunga qadar. Sening nasibing senga kelguni qadar...
Erishmaganlaring sening nasibing emasligini bilganing qadar sukut qil...

©️Rumiy

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

40 FARZNI BILASIZMI?

Islomda 5 farz bor.
Iymonda 7 farz bor.
Namozda 12 farz bor.
Tahoratda 4 farz bor.
Tayammumda 4 farz bor.
G‘uslda 3 farz bor.
Amru ma’rufda 1 farz bor.
Nahiy munkarda 1 farz bor.
Hayzda 1 farz bor.
Nifosda 1 farz bor.
Ilm izlashda 1 farz bor.

Islomdagi 5 farz:
1. Iymon;
2. Namoz;
3. Ro‘za;
4. Zakot;
5. Haj.

Iymondagi 7 farz:
1. Alloh Taologa iymon keltirish;
2. Farishtalarga iymon keltirish;
3. Allohning kitoblariga iymon keltirish;
4. Payg‘ambarlariga iymon keltirish;
5. Qiyomat kuniga iymon keltirish;
6. Yaxshilik va yomonlik ham Allohdan ekanligiga iymon keltirish;
7. O‘lgandan so‘ng qayta tirilishga iymon keltirish.

Namozdagi 12 farz:
Namozdan tashqaridagi 6 farz:
1. Namoz o‘quvchining badani katta va kichik betahoratlikdan pok bo‘lishi;
2. Joyi pok bo‘lishi;
3. Kiyimi pok bo‘lishi va avratlarining berk bo‘lishi;
4. Qiblani topishi;
5. Niyat;
6. O‘z vaqtida o‘qish.

Namozning ichidagi 6 farz:
1. Takbiri tahrima (Dunyo ishlarini harom qilib, oxirat ishlarini halol qiluvchi takbir. "Allohu Akbar" deb namozga kiriladi);
2. Qiyomda turish;
3. Qiroat qilish;
4. Ruku;
5. Sajda;
6. Qa’dai oxir (Attahiyoti miqdorida o‘tirish)

Taxoratdagi 4 farz:
1. Yuzning soch chiqqan joyidan iyakning ostigacha va ikki quloqning yumshoqlarining oralarini bir marta yuvish;
2. Ikki qo‘lning chig‘anoqlari bilan bir marta yuvish;
3. Boshning to‘rtdan biriga mas'h tortish;
4. Ikki oyoqning to‘piqlari bilan bir boradan yuvish.

Tayammumning 4 farzi:
1. Namoz o‘qishni niyat qilib tayammum qilish;
2. Toza tuproqni qasd qilishi (Yer jinsidan bo‘lgan, tuproq, tosh, qum kabilar);
3. Ikki qo‘lini tuproqqa urib yuziga mas'h tortish;
4. Ikki qo‘lini yana urib ikkala qo‘lining chig‘anoqlarini qo‘shib mas'h tortish.

G‘usldagi 3 farz:
1. Og‘izga suv olib yuvish;
2. Burunga suv olib yuvish;
3. Butun badanga suv yetkazib yuvish.

Amru ma’rufdagi 1 farz:
Yaxshi amallarni o‘zi bajarib, boshqalarga ham buyurish.

Nahiy munkardagi 1 farz:
Yomon amallardan avval o‘zi saqlanib, boshqalarni ham qaytarish.

Hayzdagi 1 farz:
Hayz xukmlarini bilish. Hayz kunlarining ozi uch kun, ko‘pi o‘n kun. Hayzdan pok yurishning eng ozi o‘n besh kun, ko‘pining chegarasi yo‘q. (Bir umr hayz ko‘rmasa, namoz o‘qiyveradi).
Hayz kunlarida namoz o‘qilmaydi, ro‘za tutmaydi, jinsiy aloqa qilmaydi. Hayz to‘xtashi bilan g‘usl qilib poklanib namozini davom ettiradi, ro‘zasini tutadi. Hayzli kunlarining namozlarini qayta o‘qimaydi. Ro‘zaning qazolarini tutadi. Hayzli ayol Qur’on tilovat qilmaydi, Mus'hafni ushlamaydi va Ka’bani tavof qilmaydi.

Ilm izlashdagi 1 farz:
Ilm izlash, o‘qish farz.

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

​​🌿 Novza masjidi oldida doim bir ayol sadaqa so‘rab o‘tiradi. Namoz vaqti kirsa niqobini taqib oladi. Boshqa vaqtlar yuzi ochiq. Qo‘lida 20 mln sig‘adigan paket ushlab olgan, lekin "Ming so‘m bering!" deydi.

▫️ Oldin ofisim Novzada edi. Har masjidga chiqqanimda "Ha, opa! Bizneslar bo‘layaptimi?" deb qo‘yardim. Kulib, "Rahmat, bo‘layapti" derdi.

▪️ Yana shu masjid oldida yoshi katta, soch-soqoli oppoq qariya turadi. Uzun chopon kiyib olgan (qishin-yozin). Boshida panamasi bor. Ko‘zini ko‘r insonday qiladi. Qo‘lida hassasi bor. Namoz vaqtlari masjid oldiga keladi. Juma namozlarda 30yoshlar atrofidagi o‘g‘li bilan birga keladi. Asosan har kuni "Buyuk Ipak Yo‘li" metrosi yonidagi "MaxWay" taomxonasida katta lavash va Coca-Cola sotib oladi.

▫️ Maksim Gorkiydagi yangi masjid oldida niqob kiygan qiz qo‘lida paket ushlab, tilanchilik qiladi. Qarashlari mayus, ovozini ingichka qilib gapiradi. Masjiddan uzoqlashsa niqobini ko‘taradi. Bir marta telefonda gaplashib ketayotganini ko‘rgandim: "Mmm qan*iq qattasan? Kemisami, lavash yirdu..

Nega bularni aytayapman?

Umuman masjid oldida turganlarga ehson berish kerak emas.
Mana shunday insonlar sabab asl muhtojlarga shubha bilan qaraymiz.

Ehson qilmoqchimisiz?

Mardikor bozorga boring. Ayollar ko‘p. Halol mehnat ilinjida, badanini faxshdan qizg‘onib, mardikorlik qiladiganlar bor.

Ehson qilmoqchimisiz?

Onkologik shifoxonaga boring. Bemorlar ko‘p. Istaganingizni surishtirsangiz dori va muolajadan qiynalayotgan bo‘ladi.

Ehson qilmoqchimisiz?

Ko‘cha-ko‘yda xonim va somsa sotib kun kechiradigan onaxonlar bor. 4000 so‘mlik xonimni 10.000 so‘mdan olib, qaytimini olishni "unutib" keting. Bu ham ehson...

Shaydoyi Jannat

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

—Erkak kishi chiroyli bo‘lishga majburmi?
—Yo‘q.. Erkak kishi erkak bo‘lishga majbur! Erkaklik sifat emas, fe’ldir..

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Boshiga musibat tushib,og‘ir kunlarni kechirayotgan insonga hadeb nasihat qilavermang.
Koyiyvermang,sabrsizlikda ayblamang...

🌿 Undan bir og‘iz “Qalbing nimani his qildi”, “Qalbingni holi qanday”,
deb so‘rang...

🌿 “Og‘irligini bilaman,
lekin mana ko‘rasan bu kunlar ham avvalgilaridek o‘tib ketadi.
Seni kelajakda eng oliy baxtlar qarshilaydi”,deya tasalli bering...

🌿 Chunki uni qalbidagi zambil yukni bo‘shatishi uchun yaqin do‘stga ehtiyoji bor.
Nasihatgo‘y aqlliga emas.
Nasihat va o‘gitni hamma ham beraveradi ammo muhabbatni faqat hoslargina his qildiradi...

Qalbingizni holi qanday?..

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Yolg’on dunyodan haqiqat izalamang!

Dunyoni sevmang undagi hamma narsa utkinchidir!

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Sizni natijasiz hayotdan qutqarishi mumkin bo‘lgan fikrni ulashmoqchiman.

Cheksiz ma’lumotlar oqimi bor dunyoda o‘zingizni go‘yoki “foydali” ish bilan shug‘ullanyapman deb aldashingiz juda ham oson.

Internetda navbatdagi “foydali” video, hissiyotlar uyg’otadigan iqtiboslar va muvvafaqiyatga erishgan insonlarning aqlga sig’mas gaplari.

Barchasi bir tiyn!

Chunki inson hayot sifatining u yig’ib kelgan ma’lumotlar emas, balki kundalik hayotiga tadbiq qilgan ma’lumotlari oshiradi.

Dunyodagi eng zo’r aqllar sizga maslahat bergan taqdirda ham, ularni amalda qo’llamasangiz, siz “foydali” video emas, “foydasiz” video ko’rgan hisoblanasiz.

O’zingizni aldamang!

©️abdusattor

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Mus'ab jon taslim gilib yerda yotgan bir paytda
Rasululloh (s.a.v.) uni jangda bayroq tutgan holda ko'rdilar va "Olg'a yur, Mus'ab!" deb buyurdilar.
Lekin u ortga o'girilib: "Men Mus'ab emasman", degach, uning Mus'ab qiyofasida kurashayotgan
farishtalardan biri ekani ma'lum bo'ldi.
Mus'ab ibn Umayr shahid etilganida girq yoshlarda edi. Umrining eng gullagan davrini Payg'ambarimiz (s.a.v.) o'gitlarini tinglab, Alloh
rizosini topishga sarflagan Mus'ab Islom tarixida o'z o'rniga ega shaxs bo'lib qoldi.


@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

ALLOH HAR BIRINGIZNI SO‘ROQQA TUTADI

Nega parishonsan, hayollaring qayga sochilgan? O‘zingni yig‘ib, bir jiddiy o‘yla. Alloh aybingni o‘zgalardan bekitdi! Mahsharga chorlanaëtgan sas qulog‘ingga chalinmayaptimi? Agar bilsang, bu gunohlaringga kifoya qilgulik qo‘rqinchdir. Tasavvur qil, peshona sochlaringdan ushlab, seni sudrab ketishyapti. Ranglaring bo‘zargan, a’zolaring shalviragan, tizzalaring titroqda, hushing boshingdan uchgan, qalbing iztirobga to‘la, olam ko‘zingga qorong‘u, ko‘zlar esa senga tikilgan. Faraz qil, xuddi shu holatda muakkil farishtalar oldidasan. Ular yoningga yaqinlashib, seni Rahmonning arshi qadar otishadi. Alloh subhanahu taolo senga ulug‘ kalomini nido kiladi: "Ey Odam farzandi, yaqin kel!” Qo‘rquvdan dukillab urayotgan mahzun qalb bilan ko‘zlaringdan mo‘lt-mo‘lt yosh to‘kib, siniq bir ahvolda yaqinlashasan. Biron narsa qoldirilmasdan yozilgan nomai a’moling beriladi. Evoh! Senga unut bo‘lib ketgan qanchadan-qancha ishlar nomangga bitib qo‘yilgan, eslayapsanmi? Qanchadan-qancha ibodatlarni boy berding, buning ofatlaridan g‘ofil qolding? Bas, mana endi senga ularning oqibatlari! Nomai a’molingga qara, qanchadan-qancha xijolatlik ishlar va O‘zidan o‘zgadan qo‘rqoqliklar! Qanchadan-qancha chekinishlar va o‘rinsiz ojizliklar! Koshki, Allohning huzurida qanday turishingni, qanday javob berishingni, javob berayotib, qalbing qay ahvolga tushishini, ozgina bo‘lsada, sezganingda edi! Keyin gunohlaring birma-bir, oshkora eslatiladi. Fikr et, bundan ortiq uyat va sharmandalik bormi?! "Ey bandam! - deydi o‘shanda Alloh.
- Mendan hayo qilmay, qabih amallarga bosh urdingu, Men xalq etgan mahluqotdan uyalib, ularga chiroyli bo‘lib ko‘rinding. Men senga ulardan haqirroq bo‘ldimmi? Mening nazarimni arzimas bilib, o‘zganing nazarini ulug‘ sanadingmi? Seni
ne’matlantirmadim-mi? Nima seni aldab ko‘ydi? “Bugun ko‘rmayapman, ertaga ham yuzma-yuz bo‘lish yuq" degan gumonga bordingmi? Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Butun olamlar Parvardigori Alloh sizlarning har biringizni hech qanday to‘siq va tarjimonsiz so‘roqqa tutadi” (muttafaqun alayh).

«Fazilatli amallar» kitobidan.

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Odamlardan farishtalikni talab qilmang...

Chunki bu dunyoda ojiz bandalar yashaydi farishtalar emas...
Xar birimiz adashamiz, xato qilamiz, bilib bilmay kimnidir koʻngliga ozor beramiz....

Lekin koʻnglimizga ozor bergan oʻsha yomonni xam, qandaydir bir yaxshi xislati.....
Biz uchun eng mukammal boʻlgan insonni xam bir yomon odati boʻladi...

Bizga ozorlarni eslab yurmasligimiz uchun Unutish va Kechirish tuygʻulari berilgan... Agar kechira olmasak demak biz xam yaxshi odam emasmiz.....

Shunday ekan yomon odamlar yoʻq... shunchaki yomon odatlar bor xalos....
Yaqinlaringizdan va doʻst-u yoringizdan kichkina yomon odati uchun voz kechmang... kechiring... unuting... 🙂

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlarimni hammasini ham tanimayman. Allohim O‘zing ularni barchalarini taniysan va qalblaridagi narsani ham bilasan...

🤲🏻 Allohim dardman va kasallari bo‘lsa shifo ber. Balo va ofatdagilarini ofiyatda qil. Hojatmandlarini hojatini ravo ayla. Gʻam tashvishlilarini g‘amlarini arit. Qarzdorlarini qarziga najot ber. Zurriyot talabida bo‘lganlariga solih va soliha farzanlarni nasib et. Uylanadiganlariga soliha ko‘zni quvontiradigan jamila va mutiy’allarni juft qil. Turmushga chiqadiganlariga taqvoli, jasur erlarni munosib qil. Safardagi va barcha g‘oiblarni ahli oilasiga qaytar. Ey Robb! Har birimizni qalbimizdagi orzu niyatlarimizni bilasan. Undan ziyodasini bizlarga ato et.

✨ Kelayotgan Ramazon oyiga omonlikda yetkazib, ibodatlarimizga kuch-quvvat ber va gunohlarimizdan forig‘ bo‘lishimizni O‘zing nasib et. Amin.

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Farosat...

- Islom tarbiyasiga ko‘ra, ko‘chadan ayol-qizlar o‘tib qolsa, erkaklar ularga teskari o‘girilishi va o‘zaro biroz baland ovozda gapirishlari lozim.
- Baland ovoz nima uchun?
- Yigit-erkaklar ayol haqida emas, boshqa mavzuda gaplashayotganlarini ma’lum qilgan holda, ayol-qizlarni xotirjam va qo‘rquvsiz o‘tib ketishlarini ta’minlash uchun...

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Jarohat olgan joyingizdan malham izlamang...

Kimningdir hayotida bazo‘r turgan bo‘lsangiz, u hayotdan uzoqlashing.... Bu balki nafas olib chiqarishdek oson bo‘lmasligi mumkin, ammo agar shuni eplay olsangiz, avvalo siz o‘z qadringizni bilishni boshlaysiz, vaqt o‘tishi bilan esa qadringizni yuksaltirib borasiz...

Ishoning, bu dunyoga baxtli bo‘lishga haqli bo‘lmagan insonlarni qadrlab, o‘zingiz qadrsiz bo‘lish uchun kelmagansiz....

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

DUODA OTA-ONANGNI UNUTMA

Bir Shayxni huzuriga shogirdlaridan biri kelib:
— Ustoz, duolarim qabul bo‘lmayapti. Nega shunday bo‘lyapti ekan? — deb so‘radi… Shayx:
— Ota-onang bormi? — deb so‘radi.
Shogird yigit :
— Ha, bor, Allohga shukr, ota-onam tirik, hayot…
Shayx kulib:
— Men sendan ota-onang tirikmi deb so‘ramadim. Ota-onang bormi? Qilayotgan duolaringda ota-onang ham bormi? — deb so‘radim.
Shogird boshini egib:
— Yo‘q, ota-onamni duolarimda zikr qilmas ekanman, — deb, nima uchun duolari ijobat bo‘lmayotganini anglab, shayxning huzuridan chiqib ketibdi.

Ey ota-onasiga befarq bo‘lgan g‘ofil do‘stim! Sen tunu kun Allohdan mol-davlat, boylik so‘raysan-u, asl boyligingni, ota-onangning sog‘lig‘ini so‘ramaysan. Ko‘zingni och, ular g‘animat, ularning qadriga yet. Ular uchun Allohdan mahfirat so‘ra. Ular uchun Allohdan umr so‘ra.

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 Soliha ayol-”Qattiq non yesam ham halolidan yegizing”-deydigan ayoldir....

🌿 Soliha ayol-“Yamoq bo’lsa ham Robbim buyurganidek avratlarimni berkitib turibdiku”-deydigan ayoldir...

🌿 Soliha ayol-”Ovqatingizni vaqtida yeng emas,namozlaringizni jamoatsiz o’qimang”-deydigan ayoldir....

🌿 Soliha ayol-“Men xohlagandek hayot bera olmayabsiz” deydigan emas,”Rizq berguvchi Tangrimdir,demakki rizqimizning kalitini ochishga istiğforlarimiz yetmayabdi ekan”-deydigan ayoldir...

🌸 Taqvoli, qanoatli, shukrli solihalarga jannatning eng oliy koshonasi bo’lsin..!

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 AYOLLARNI BAXTLI QILISH YO‘LLARI

01. Ko‘zlarini ichiga qara
02. Kelajagi uchun chiroyli rejalar o‘yla
03. Suhbatlash
04. Birinchi tongda undan oldin uyg‘onib olma
05. Dastak bo‘l
06. Restoranlarga olib bor
07. Kiyim do‘konlarga olib bor
08. Sayoxat qildir
09. Kuldir
10. Tez-tez rag‘batlantir
11. Sokinlashtir
12. Doim kechir
13. Xayratlan
14. Ishon
15. Eshikni och
16. Liftdan chiqarkan tugmani bos
17. Mashinani eshigini och
18. Isit
19. Uni devonalardek yaxshi ko‘r
20. Urishsang, qulog‘iga pichirla
...
...
28. Konsertlarga olib bor
29. Uni hamma joyda har doim kutib tur
30. Birgalikda diyeta qil
31. Birgalikda sport bilan shug‘ullan
...
...
1000. Nima xohlashini oldindan bil
1001. Bir kunda eng kami 7 marta uzr so‘ra
1002. Har doim Uni eshit
1003. Charchagan payt ovozingni ko‘tarma
1004. Adyolni tortib uyqusini buzma, qimirlatma
...
...
6789. Mashina olib ber
6790. Soat olib ber
6791. Uzuk olib ber
6792. Bilak uzuk olib ber
6793. Sochini ukladkasiga, tez-tez salonga yubor
6794. Prichyoskani tez-tez o‘zgartirsin
6795. Oddiy tekkis ko‘ylak kiy
6796. Qasam (ont) ich
6797. Chida, Sabr qil
6798. Bardoshli bo‘l

ERKAKLARNI BAXTLI QILISH YO‘LLARI

01. Qornini to‘yg‘az
02. Telefonini titma
03. Yonida jim o‘tir

#Tabassum

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🧔🏻 Erkaklarga nasixat...

👉 Qachon ayoling oʻzini zaif his qilsa, unga otadek boʻl.

👉 Qachonki ayoling yigʻlasa, unga onadek boʻl.

👉 Qachon u xatoga yoʻl qoʻysa, unga xuddi akadek boʻl.

👉 Qachon u shikoyat qilsa, u bilan xuddi doʻstdek boʻl.

👉 Qachon u qoʻrqganda uni mahkam tutib bagʻringga bos, sevuvchi er boʻl.

👉 Qachon u maslahatga muhtoj boʻlganda sen unga xuddi opadek boʻl.

👉 Unga, sen u bilan doim birga ekanligingni his ettir.

Bu maslahatlarni koʻpchilik erkaklar qabul qilsada, baʼzi erkaklarga shayton: Nimaga endi sen ham er ham ota-ona, ham aka-opa boʻlishing kerak. Senga shuncha ish, bu nima degan gap deb vas-vasa qilsa. Unga aytingki men xotinimni butun yaqinlari ichidan olib kelmadimmi?! U bir meni deb ota-onasini, aka-ukalarini tashlab kelmadimi? Shuning uchun uning butun yaqinlarini oʻrnini bosishim kerak deb ayting...

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

#hayotiy

Bolakay:
- Opa, katta boʻlsam xotinimni ursam boʻladimi?

Men:
- Yoʻq, boʻlmaydi.

Bolakay:
- Nima uchun?

Men:
- Chunki kuchsiz, oʻziga ishonmaydigan ojizlargina ayoliga qoʻl koʻtaradi.

Bolakay:
- Mening dadam kuchsiz ekan.

Men:
- Nimaga unday deysan, seni dadang kuchli, baquvvat va mard inson.

Bolakay:
- Oʻzingiz aytdingiz-ku, faqatgina kuchsizlar ayoliga qoʻl koʻtaradi deb.

Men:
... 😐

Bugun men guvoh boʻlgan vaziyatlar ichida eng yomoni shu boʻldi.
Xulosa oʻzingizdan.


@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

#Erkaklar ayolini uy-joy, yeb-ichish, kiyim-kechak kabi ehtiyojlar bilan ta'minlab qo‘ysa, katta ish qildim deb o‘ylaydi. To‘g‘ri, bu katta ish, lekin buning o‘zi yetarli emas. Ayol bundan tashqari mehr, e'tibor, g‘amxo‘rlik, shirin so‘z ham xohlaydi. Yo‘qsa, u o‘zini faqat to‘shak uchun kerak ekanman deb o‘ylaydi. Uning haqli ravishda ranjiganidan yotoqda ham muammolar kelib chiqadi. Shuning uchun erkaklar ham o‘zlarini isloh qilishi lozim.

©️Mubosharat

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Taslim bo’lmang sizning qo’lingizdan keladi😊!

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Hayot menga judayam ko’p nohaqlik qilayabdi, balki bu Alloh tomonidan menga berilgan kichik bir sinovdir)) Sabr qilaveray-chi In sha Allah hammasi yaxshilikgadir😊☝️

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿 – Bolam, sen yeyaver, mening qornim toʼq.
– Mana bu goʼshtni yegin, men goʼshtni uncha yoqtirmayman.
– Mana bu pulni olaver, menda unga ehtiyoj yoʼq.
– Mana bu choyshabni yopin, men sovqotmayapman.
– Yigʼlama, men kasal emasman....

Ona...

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Menga koʻp narsa kerakmas...
- Sen bilan o'qiladigan namozlar!
- Sen bilan kuladigan hazillar!
- Sen bilan yuradigan yoʼllar!
- Sen beradigan mehr va vafo!
- Sening qadaming nurafshon etgan uy!
- Sen tayyorlab beradigan shirin ovqatlar!
- Sen oʻqib beradigan Qurʼon!
- Sen beradigan cheksiz baxt!
- Sen bilan boʻladigan suhbatlar!
- Senla kirishga umid bogʻlaganim - jannat!
- Sen dunyoga keltirib beruvchi oʻzing kabi shirin qizalogʻ-u shirin farzandlar!
- Sen bilan ichiladigan choy-u qahvalar!
- Sen bilan yengib oʻtiladigan sinovlar!
- Va sen bilan hayotda boshlanib jannatda ham davom etadigan umrni istayman men..!
Shularni men gʻaribingga hadya eta olasanmi..?


#Baxt

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

🌿Suratga olgan kishining izohi:

«Bu bolaning ismi Abdurahmon. Ilgargi uyi masjidga yaqin edi. Keyin boshqa yerga, masjiddan 15 km.dan uzoqroqqa ko‘chib ketishdi. Shomdan oldin masjidga kelsam, u shu o‘tirishda Qur’ondan kunlik vazifasini yodlab o‘tribdi. U masjidga ikki avtobusda keladi, uyiga ham ikki avtobusda qaytadi. Lekin har kuni bomdodga kelib, besh mahal namozini jamoat bilan o‘qib, bu orada darsini yodlab topshirib keyin ketadi. Abdurahmon Qur’onni to‘liq yodlab bo‘lishi uchun 9 pora qoldi.

Hoy jamoat, bunday namunalarga boshqacha e’tibor va rag‘bat ko‘rsatishimiz kerak!

Alloh talo senga va ota-onangga barakasini yog‘dirsin, O‘zi sizlardan rozi bo‘lsin, ey Abdurahmon!»

Men bundan yana Umar ibn Abdulaziz rahimahullohning gaplarini esladim. U zot aytadilar:
«Bu ummat kasal bo‘lishi mumkin, lekin o‘lmaydi. Mudrashi ham mumkin lekin uxlamaydi».

© falsafasi_hayot

@dunya_di 🍃

Читать полностью…

Dun'ya_Di🍃

Ya Robbim bu Juma shunday bir Juma bo’lsinki,
Avf tilagan avfsiz,shifo tilagan shifosiz,farzand tilagan farzandsiz,ofiyat tilagan ofiyatsiz,jannat so’ragan jannatsiz,hidoyat so’ragan hidoyatsiz,najot tilagan najotsiz,sabr so’ragan sabrsiz ,ilm tilagan ilimsiz qoldirilmasin!

Qaysi bandang qayerda nima talabida bo’lsa bu juma hurmatidan ularning duolarini qabul ayla!
Barcha musulmon ahliga rahmat eshiklaringni keng qilib och!
Hayrli murodbaxsh Jumalar❤️

JUMA MUBORAK❤️

@dunya_di🍃

Читать полностью…
Subscribe to a channel