( لَا تَحۡزَنۡ اِنَّ اللّٰهَ مَعَنَا ) ,, Mahzun bo‘lmang Alloh biz bilan ‘‘ ( Qur’oni Karim Tavba surasi 40-oyat ) Rek uchun murojat: https://t.me/dunya_di_reklama1 ❗Shahsiy mavzularda javob berilmaydi
G'amlarni ketgizguvchi Namozimiz bor ekan
G'amginmiz deyishga haqqimiz yo'q..
@dunya_di🍃
💛 Dardingizni dard hisoblaydigan insonni seving...
🍀Joningiz yonganida yolg’on ko’z yosh to’kkanni emas, siz sevinganda quvongan, xafa bo’lsangiz ezilgan, qisqasi dardingizni o’z dardi deb bilgan insonni seving... Kurashsangiz ham ular uchun kurashing... Charchasangiz ham ularni deb charchang...
☀️Unday insonlar yo’q-ku, demang.. Aslida bor, ha, ishoning, chindan sevgan go’zal qalblar mavjud. Uxlasangiz, tepangizda sizni bergani uchun Allohga shukr aytguvchi, nima bo’lsa ham yoningizda qoladigan insonlar bor...
Siz, yo’q deb o’ylaysiz, biroq ular bor... ‼️
@dunya_di 🍃
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh!
Kuningiz hayerli o'tsin
🌿 Xotin:
- Ota-onamlarnikiga borib kelaveraymi?
Er:
- Ha, boraver, salom ayt.
- Yo‘q, ham demaysiz, osongina "boraver", deysiz-a, siz mendan qutulmoqchisizda-a?
Xotin yana:
- Ota-onamlarnikiga borib kelsam maylimi?
Er:
- Xo‘p, lekin bugun emas, ertaga borarsan.
- Men sizni juda yaxshi bilaman, shunaqa, siz meni uyga qamab qo‘yasiz doim.
- Mayli, birga boramiz unda.
- Meni hatto ota uyimda tinch qo‘ymaysizmi endi. Dam olish uchun shu ozgina fursatni ko‘p ko‘ryapsizmi menga?
- tuuut-tuuuut......tugadi)))
P.S: Rasmni qachon tushunib yetsangiz, o‘shanda ayollar tilini ham tushunib yetasiz))
@dunya_di 🍃
🌺🤲🌹«ҚУРБОН ҲАЙИТИНГИЗ» МУБОРАК БЎЛСИН!🌹🤲🌺
🍀🕋Мен учун энг яқин бўлган инсоним, «ҚУРБОН ҲАЙИТИНГИЗ» муборак бўлсин!
🍀Дуога қўл очинг, Толмасин билак,
🍀Бугун сўрайверинг, Хар неки тилак.
🍀Файзи билан берур, Аллоҳ таборак.
🍀Тавба сохибига, ҚУРБОН ҲАЙИТИ муборак...
🤲АЛЛОҲИМ, ШУДАЙ УЛУҒ КУНИДА, Бизларни, Ота-Оналаримизни, Фарзандларимизни, Аёлларимизни, Дўстларимизни ва Барча яқинларимизни
ДЎЗАХДАН ОЗОД ҚИЛ!
Амийн! 🤲
Яқинларга Улашинг.. 🌸
@dunya_di 🍃
Abdulloh domla- Arafa kuni tutilgan ro'za, 1000 kun ro'za tutganning savobini beradi..
G’aflatda qolmang..
@dunya_di 🍃
Ya Robbim bu Juma shunday bir Juma bo’lsinki,
Avf tilagan avfsiz,shifo tilagan shifosiz,farzand tilagan farzandsiz,ofiyat tilagan ofiyatsiz,jannat so’ragan jannatsiz,hidoyat so’ragan hidoyatsiz,najot tilagan najotsiz,sabr so’ragan sabrsiz ,ilm tilagan ilimsiz qoldirilmasin!
Qaysi bandang qayerda nima talabida bo’lsa bu juma hurmatidan ularning duolarini qabul ayla!
Barcha musulmon ahliga rahmat eshiklaringni keng qilib och!
Hayrli murodbaxsh Jumalar❤️
JUMA MUBORAK❤️
@dunya_di🍃
Siz chin erkak bo‘lsangiz, u haqiqiy ayol bo‘ladi!
Siz chin er bo‘lsangiz, u haqiqiy xotin bo‘ladi!
Siz podshoh bo‘lsangiz, u malika bo‘ladi!
Siz oshiq bo‘lsangiz, u sevadi!
O‘zingoz «hech narsa» bo‘la turib, undan har narsa kutmang!
Hoy erkak, sizga jon berilgan vaqtda ayol qornida edingiz, yig‘laganingizda, ayol bag‘rida edingiz, oshiq bo‘lganingizda esa ayol qalbida edingiz..!
Ayol omonatdir. Uni xorlamang!
Yaqinlarga ulashing 😍
@dunya_di 🍃
🌿 Bu otaxon birovning haqidan qattiq qo‘rqqanligi va omonatdorligidan tarozining bir pallasiga bo‘sh paket qo‘yib, so‘ng narsalarni tortar ekan.
Otaxondan so‘rashibdi:
- Nima uchun bir pallaga bo‘sh paket qo‘yib qo‘yasiz?
Otaxon:
- Men paketning ichidagi narsani sotaman, paketni emas, deb javob bergan ekan...
✅ Adolat ila o‘lchang va tarozidan urib qolmang.
Ar-Rohman, 9-oyat.
@dunya_di 🍃
“Nasux tavbasining uch alomati bor:
1. Oz gapirish,
2. Oz yeyish
3. Oz uxlash.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: “Kimki yurakdan “La ilaha illalloh” degan bo‘lsa va uning yuragida bug‘doy donasicha yaxshilik (iymon) bor bo‘lsa, do‘zaxdan chiqqusidir”. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam deganlar: “Iymon uchun yaxshi joy ato qilinmishdir (ya’ni, iymonning o‘rni do‘zaxda emas, jannatdadir)”
"Al-jome' as-sahih" kitobidan
@dunya_di 🍃
Jannat 🕊️...
🧔🏻: Senga jannat haqida aytib beraymi ?
🧕🏻: Ha qanday bo’ladi jannat?
🧔🏻: Jannatda barcha mo’minlar g’amsiz, og’riqsiz, siqilishlarsiz, Allohga bo’lgan go’zal muhabbat bilan yashashadi
🧕🏻: Ha keyinchi
🧔🏻: Uyerda tagimizdan anhorlar oqgan holda, qushlar sayrab, havodan mushkambbar hidi taralgan holda payg’ambarimiz bilan suhbatlashib o’tiramiz
🧕🏻: Jannatga kirsak sizni men qanday topib olaman ?
🧔🏻: Agar sen Allohni aytganini qilib, menga itoat qiladigan bo’lsang, Jannatda o’zim seni topib olaman soliham
🧕🏻: Jannatda menga o’xshagan hurlar beriladi sizga, ular mendan chiroyli bo’ladimi shunda aaa?
🧔🏻: Yo’q soliham, bir eshikni ochsam bir hur o’tiradi, u ichkarida mendan go’zali o’tiribdi deydi.
🧕🏻: Ha keyinchi, keyin
🧔🏻: U ham mendan go’zali ichkarida o’tiribdi deydi.
🧕🏻: U kim bo’ladi jannat hurumi u ?
🧔🏻: Yo’q u dunyoyimni go’zal qilgan, men uchun umrini bag’ishlagan, hurlarni huri sen bo’lasan soliham In Shaa Allah 😊
@dunya_di 🍃
🌿 Dunyoni yigʻlatgan Ali Banat...
Ali Banat.. Kelib chiqishi arab bo‘lgan Avstraliyalik millioner. Unda 33 yoshida to‘rtinchi darajaga yetgan o‘simta aniqlandi.
Vrachlar yetti oylik umri qolganini taxmin qilishdi... 😢
☝️ Ali dovdirab qolmadi. Avvalo Allohning qadariga yana bir bor iymon keltirib shunday dedi: "Bu kasallikni Allohning menga bergan ne’mati deb bilaman. Chunki kasallik, meni yaxshi tomonga o‘zgartirdi. Allohga yanada yaqinlashtirdi.'
Keyin esa shoshildi.. Butun 930 million dollarlik mol mulkini o‘limidan keyin, dunyodagi va afrikadagi miskin oilalarga bo‘lib berishlarini rasmiylashtirdi.
O‘ziyam o‘limini kutib o‘tirmadi. Qoloq davlatlarda maktablar, kasalxonalar,masjidlar, diniy o‘quv yurtlari qurdi.
Xullas Allohga yaqin bo‘lgan inson qiladigan amallarni qildi.. O‘limidan keyin unga savob yetib turadigan barcha amallarni..
2018 yili Ramazon oyida esa kasalxonada omonatini topshirdi.
Ali kasallikni ne’mat deb qabul qilganda haq edi. Zero Allohga xush kelgan amali bor ekanki, oz vaqti qolgani xaqida ogoxlantirildi. U xam ulgurganicha qo‘lidan kelganini qildi...
Bizlarchi? Qachon o‘lishimizni bilmaymiz.Balki yuz yil yasharmiz, balki Alidan xam kam.Lekin solih amallarni qoyillatib qilyapmizmi?
😭 Ulgurarmikinmiz?
@dunya_di 🍃
Biz qasos oluvchi yoki nafratlanuvchi emas, hammasini Allohga havola etuvchilardanmiz..
@dunya_di
🌿 Sabr....
Ularning turmush qurganiga o'n bir yil bo'ldi. Ularning oilasi juda ham ahil! Lekin olloh ularga farzand bermadi... Bir kuni er ishdan chiqib ulfatlari bilan ichdi. Ulfatlar unga mast holda juda ko'p gaplarni aytdilar.
-Qo'y u xotiningni, sen ham bizlarga o'xshab farzand o'stirishni xoxlaysanmi o'zi?
Bu gaplardan qattiq jahli chiqqan er uyiga keldi. Ayoli ham uning kelishini intizorlik bilan kutayotgan edi. Er uyiga kelishi bilan umrida bir marta ham qo'l ko'tarmagan ayoliga qo'l ko'tarib, qattiq do'pposladi. Uydagi shovqinni eshitgan qo'shnilar kelishdi. Ayolning ahvolini ko'rgan qo'shnilar tez yordam chaqirishdi. Ertasi kuni tongda bo'lib o'tgan ishlardan xabar topib er ayolini ko'rish uchun shifohonaga keldi. Ayoli ma'yus kulimsirab ko'zida yosh bilan eriga qaradi.
- Kecha siz ishdaligingizda doktorga borgandim. Sizga bir yangilik aytish uchun ishdan kelishingizni intizorlik bilan kutgandim. Kechagi yangilik endi yo'q! Afsus....
Ayol tinmasdan yig'lardi...
@dunya_di 🍃
🌿 Ishonmang...
Yaxshi o‘g‘lim bor deya, ishonmang: uylantirmasdan...
Yaxshi qo‘shnim bor deya ishonmang: katta dardga yo‘liqmasdan...
Yaxshi tanishim bor deya ishonmang: boshing baloga kirmasdan...
Yaxshi ishim bor deya ishonmang: xastalanib, to‘shakka mixlanmasdan...
Yaxshi aka-ukam bor deya ishonmang: oraga moddiyat kirmasdan...
Yaxshi hosilim bor deya ishonmang: omboring bug‘doyga to‘lmasdan...
Yaxshi do‘stim bor deya ishonmang: oraga do‘st ko‘ringan birisi kirmasdan...
Raxmattulloh Doniyor
@dunya_di 🍃
🌙 Eng yaqin insonim, “Arafa” kuni muborak bo‘lsin.
O‘tib borayotir muborak kunlar,
Allohning rahmati yog‘ilmish tunlar.
Ko‘zlarda yosh ila tilaymiz tilak,
Arafa kuningiz bo‘lsin muborak!
🕌 Yaqinlarimizni birinchi bo‘lib tabriklaymiz!
@dunya_di 🍃
🪴✿Agar uyqungiz kelmayotgan bo‘lsa, istig‘for ayting... ko‘p-ko‘p ayting. Istasangiz sanang, istamasangiz yo‘q..
Oradan bir soat o‘tsa ham aytavering, baribir uxlab qolasiz. Ajr olganingiz qoladi...
Bu har holda qo‘zichoq yoki yulduz sanab yotishdan ming chandon afzal ish..)
Tushingizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kirsinlar...
🌙 Tuningiz hayrli oʻtsin qadrligim )) ✿
@dunya_di 🍃
Yosh bolalarning “Sevgi nima?” mavzusida fikrlari.
Kichik bolakaydan so‘rashdi:
–Sevgi nima?
–Sevgi bu – o‘zim sovuqqotishimni bilsam-da kurtkamni singlimga kiydirib qo‘yishim.
Boshqa bolakaydan so‘rashganda esa:
Singlim sumkamdagi shokoladimni mendan so‘ramay olib qo‘yishini bilsam-da, har kun yana boshqasini uning o‘rniga solib qo‘yishim sevgi, deb javob berishibdi.
Naqadar beg'ubor tuyg'ular.
@dunya_di 🍃
NASUH TAVBASI XAQIDA
Xo‘ja, Nasux, tavbasi ne, anglagil,
So‘ylayin, jonu taning-la tinglagil,
Sharhi ne bul tavbaning mendin eshit,
Aylamishding tavba, takror tabva et.
Mavlono Jaloliddin Rumiy rohimahulloh Masnaviy sharifda Nasux tavbasini izohlashda ushbu yuqoridagi baytlar bilan boshlaganlar.
Tavbatan Nasuh yoki Nasuh tavbasi! Biz bu iborani juda ko‘p eshitganmiz. Ammo uning moxiyatini doim ham xis eta olmaymiz. Kur’oni Karimda ham Nasuhga o‘xshab tavba qilishlik xaqida aytib o‘tilgan. Xo‘sh Nasuh o‘zi kim? Uning Tavbasi qanday bo‘lgan? Qanday gunoxlar qilganu va gunoxlari kanday mag‘firat qilingan? Bu xaqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Bir zamonlar Nasuh ismlik bir kishi bor edi. U o‘zi erkak kishi bo‘lib, yuzlari ayol kishinikidek chiroyli edi. Uni ko‘rgan, ovozini eshitgan odam uni ayol kishi deb o‘ylar edi.
U juda ayyor va shaxvatiga berilgan inson bo‘lib, o‘zini ayollarga o‘xshashligidan foydalanib ayollar hammomida dallok bo‘lib ishlar edi va chiroyli ayollarga xizmat qilar edi. Ularni badanlariga qo‘l tekkazib rohat topardi. U bu ishidan bir necha martta tavba qildi. Lekin nafsi shaxvati dardida yana xammomga boraverardi.
Bir kuni u bir orif, zoxid Xudoning do‘stlaridan bo‘lgan bir zotni ko‘rdida, u zotga meni duo qiling dedi. Orif zot unga qaradilar va Allohning inoyati bilan uning badkir ishlaridan voqif bo‘ldilar. Ammo buni birovga aytmadilar. Shunchaki kulib, Alloh senga tavba nasib qilsin –deb qo‘ydilar xolos va o‘shanda u zotning duolari ijobat bo‘lgandi.
Bir kuni shoh qizi xammom ixtiyor qilib, hammomga keladi va qimmatbaho gavxar ko‘zli ziragi hammomda yo‘qolib qoladi. Zirakni topish uchun har yerni, har tirqishni, quloqlaru og‘izlarni, har bir ayolni tintib chiqadilar. Malika hamma yoshu qari ayollarni bir saf bo‘lib tizilib turishlarini buyuradi va uning yordamchilari bir bir hammani yalang‘och qilib, teshirib chiqadilar. Shunda Nasuh qattiq qo‘rqib ketadi. U o‘ziga o‘lim kelgandek xis etadi. Qani edi onadan tug‘ilmagan bo‘lganimda, Qani endi sher meni yesayu men shu sharmandalikdan qutilsam deb qattiq xijolat bo‘ladi. U o‘zining o‘sha damdagi xoliga ming pushaymonlar chekdi. Allohdan mag‘firat so‘radi. Ilgarigi soxta tavbalari uchun ham mag‘firat so‘rab Allohga qattiq yolvordi.
Ey Xudo derdi, Xudo derdi nuqul,
Ey Xudo aksi sado erdi nuqul,
Yo Rabu Yo Rablar ichra ming maxal,
Yetdi ovozkim, Nasuhga keldi gal.
U o‘ziga navbat kelganligini eshitib, xuddi eski devordek hushdan ketib yerga yiqiladi. O‘sha payt hamma undan gumonsiragandi. Chunki shoh qizining xos dallokki edi. Uni shu sabab, ya’ni malikaning xurmati sabab oxirgi safga qo‘yishgandi. Nasuh Allohga juda qattiq qalban yolvorgan holida bexush yiqilgandan keyin, zirak topildi degan ovoz yangraydi. Bir zumda xursandchilik boshlanib ketadi. Nasuhni hushiga keltirishib undan uzr so‘rashadi. Malika undan shubha qilganiga uzr aytadi va aybini yuvish uchun unga bugun yolg‘iz o‘zi dalloklik qilishini so‘raydi.
Nasuh tavba qilgandi. Uning tavbachi chin edi. Endi u qilgan ishlaridan nafratlanar. Tezroq bu yerdan ketgisi kelar edi. U malikaga behol bo‘lib mazasi yomonligini aytib uzr aytadi va u yerdan ketib qaytib kelmaydi.
Tavba qildim buzmagayman Ey Xudo,
Bo‘lmaguncha toki jon tandin judo,
Ul qaro mehnatga o‘zni kim solar,
Solsa, odam ermas ul, eshshak magar...
Nasux tavbaning lug‘atdagi ma’nosi xolis, jazm,sodiq,nasixat qiluvchi ma’nolarini anglatadi. Demak tavbatan nasuxa birikmasi xolis tavba, sodiq tavba, jazm tavba, nasixat ma’nosidagi tavba ma’nolarini anglatadi. Bu ma’no xaqida ko‘pgina ulug‘lardan ta’riflar rivoyat qilingan.
Jumladan, Xazrati Umar roziyollohu anhu Ibni Mas’ud roziyollohu anhu, Ubay ibn Ka’b roziyalloxu anxumlarning ta’riflariga ko‘ra, Nasux tavba – sut yelinga qaytmagani kabi, yana gunoxga qaytilmagan tavbadir.
Quzariy rohimahulloh aytadilar: Nasux tavbasining ushbu to‘rtta xususiyati bor:
1.“Til bilan mag‘firat so‘rash,
2.Qilingan gunoxdan xolis nadomat chekish,
3.Gunoxga qaytmaslikka qalbdan qaror qilish,
4.Yomon do‘stlardan uzoqlashish.
Xazrati Zunnuni Misriy rohimahulloh aytadilar:
– Pokizalar, kimlarniki?
– Pokizalarniki!
Bu haqiqat:
– Go‘zal, go‘zallikni sevadi, go‘zallikni istaydi. Shuni bilgin ki, go‘zal go‘zalni jazb etadi (tortadi).
"Pokizalar, pokizalar uchundir" oyatini o‘qi!
Dunyoda har bir narsa, boshqa bir narsani jazb etadi. Issiq issiqni tortadi, sovuq sovuqni. Asli bo‘lmaganlar, asli bo‘lmaganlarni tortmoqda. Qolganlar ham, qolganlari bilan sarxush bo‘lmoqda.
Jahannam ahli bo‘lganlar, jahannam ahli bo‘lganlarni jazb etadi. Nurga mansub bo‘lganlar, faqatgina nurga mansub bo‘lganlarni istaydi. Ko‘zingni yumdingmi, joning sug‘urib olinayotgandek bir alamga, bir iztirobga tushasan. Ko‘zingni, kunduzning nuridan ayrilishga toqati yo‘q!
@dunya_di 🍃
💕...
•Dadasi, tahoratingizga suv tayyorlab qo‘ydim.
• Dadasi, nonushta tayyor, turaqoling.
• Dadasi, tashqarida sovuq bo‘lyapti, qalin kurtkangizni kiyaqoling.
• Dadasi, yo‘llarda ehtiyot bo‘ling.
• Dadasi, tushlik qilib oling.
• Dadasi, kech qolmay keling.
• Dadasi, kelyapsizmi, taom tayyor bo‘ldi.
• Dadasi, charchamadingizmi.
Bular ayolning eriga “Dadasi, men sizni yaxshi ko‘raman” degan gapining turli uslubdagi izhorlari.
• Onasi, yaxshi o‘tiringlar, O‘ziga omonat.
• Onasi, ro‘zg‘orda nima kam, kelishimda nima olib kelay?
• Onasi, bolalarimiz seni qiynamadimi?
• Onasi, kun bo‘yi charchamadingmi?
• Onasi, pishirgan taoming juda mazali bo‘pti.
• Onasi, kiyininglar, ko‘chani aylanib kelamiz.
• Onasi, uzr, kel yarashaylik.
• Onasi, qanaqa ko‘ylak oberay?
• Onasi, meni duo qil.
Bular erning ayoliga “Onasi, seni yaxshi ko‘raman” degan gapining turlicha izhorlari.
Yaratgan Egam hamma oilalarni totuv, saodatli qilsin, janjaldan asrasin. Oila ne’matiga erishmaganlarga solih-soliha juftlar ato etsin.
@dunya_di 🍃
🌿 Bir yigit ushbu suratni ijtimoiy tarmoqqa joylab shunday deb yozibdi:
― Men uch yildan beri ishlayman va birinchi olgan maoshimdan boshlab har oy bir qismini onamga beraman, toki menga qilgan yaxshiliklarini oz bo‘lsada qaytarmoqchi bo‘laman.
Kuni kecha meni chaqirib, menga bir sumkacha berib, shunday dedi: "Bu, menga bergan pullaring, ol! Undan bir riyol ham ishlatmadim. Uni sening to‘yinga yig‘ib qo‘ydim, ol, 18,000 riyol (salkam 5000$)".
🌺 Chunki bu ona...
@dunya_di 🍃