e_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал e_kutubxona - Elektron kutubxona

52744

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Tijoriy takliflar uchun: @e_kutubxonabot

Subscribe to a channel

Elektron kutubxona

Liberal mahmadonalar

"Har bir kishi yuksak aqidalarga tayangandagina kuchli bo‘ladi”.

  
Chexov hech qachon shaxsiy axloqni ijtimoiy axloqdan ajratib qaragan emas. Shaxsiy hayotda baxtsiz bo‘lgan odamlar Chexovning e’tiqodiga ko‘ra, ijtimoiy adolat uchun otashin kurashchi bo‘la olmaydilar.
Shu tufayli u liberal mahmadonalarning restoranlarda o‘tirib, mast holda xalqqa nisbatan otashin muhabbat haqida nutq so‘zlashlaridan qattiq nafratlanar edi.
Chexov o‘z kundaligiga shunday yozadi:
“Tushlik paytida sharob ichib valdirashadi, xalq ongini oshirish, vijdon, erkinlik va hokazolar haqida gap sotishadi, stol atrofida esa frak kiygan kechagi krepostnoy qullar xizmat qilishadi, kucherlar sovuqda qotib ko‘chada ularni kutib o‘tirishadi − shuning o‘zi Haqqa xiyonat emasmi?


Umumrossiyaga xos yolg‘on hammadan ko‘ra qora xalq ongiga chuqur singib ketgan edi. Shunday bo‘lsa ham jaholat va nodonlik ichida qolgan ana shu yagona ijtimoiy kuch, Chexovning nazarida, haqiqatga intiluvchi va unga teran sadoqat saqlovchi odamlar sifatida gavdalanadi.

- Korney Chukovskiy

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"Fahm ilmidan saboqlar" turkumidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"Jo‘nash vaqti yaqin, umrdan oz qoldi, xalq esa bundan g‘ofil".

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Ahmad Yassaviy bilan Mashrabning she’rlari aslida bu ikkalasi tomonidan yozilmagani aytiladi.

Bunga sabablar:

1. Ikkalasining qo‘lyozmasi bilan yoki ulardan yozib olganlarning qo‘lyozmasi bilan aniq bir nusxa yetib kelmagan.

2. Yassaviy bilan zamondosh yoki hatto u zotdan bir necha asr keyinroq yashagan kishilarning she’rlarini o‘qisangiz, Yassaviyniki deyiladigan she’rlardan ancha qiyinroq so‘zlar ishlatilgan, eskicharoq, arabiy-eski turkiy va forsiy tillar aralashgan shaklda bo‘lgan. Qolaversa, Yassaviyniki deyiladigan ko‘p she’rlarda vazn ham aruz emas, barmoq. Tilning o‘ta oddiyligi va vaznning soddaligi bu she’rlar ko‘proq folklor asarlar ekaniga dalolat  qiladi.

3. Mashrab taxallusi bilan she’r yozgan 30 dan ortiq shoirlar bo‘lgan, ulardan biri Nodiraning o‘g‘li Muhammad Amin (edi shekilli ismi). Mashrabga tegishli deyiladigan she’rlarning vazn, lug‘at va boshqa uslublaridagi o‘ta katta farqlar bular bir odam tomonidan yozilmaganini ko‘rsatib turadi.
Yassaviyniki deyiladigan she’rlarda ham shunday.

4. Ikkala zotga nisbat beriladigan she’rlarda ham ularning tarjimai hollariga nomunosib gaplar, ba’zida kufr so‘zlar bor.

Va umuman, islomda biror asar bir kishiga nisbat berilishi uchun o‘sha odamdan yo og‘zaki sahih sanad - ishonchli odamlar zanjiri bilan yoki imzolangan va muddati va xattot ma’lumotlari yozilgan qo‘lyozma orqali yetib kelishi shart. Bu ikkala zotga tegishli deyiladigan asarlar shu yo‘l bilan ularga nisbati isbotlanmagan.

Endi tasavvuf qismiga kelsak, tasavvuf diniy olimlar emas, adabiyot ahli - shoirlar qo‘liga ko‘chgach, ilmiyligini yo‘qotib, boshqa dinlar fikrlari aralashib ketgan bo‘tqaga aylangan.
Shuning uchun tasavvufni ilmiy o‘rganmoqchi bo‘lgan odam shar’iy ilmlarni egallagan olimlar kitoblariga murojaat qilishi kerak.

- Mahmud Usmon

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Keltirma

Ustunlik hirsi

   Bolaligimizda o‘zimizga bo‘lgan ishonchga qanchalik ko‘p putur yetkan bo‘lsa, ulg‘ayganimizda shunchalik ustun bo‘lishga moyil bo‘lamiz. Aslida, ongsiz ravishda yo‘qotgan kuch va ishonchimizni tiklashni istaymiz. Zo‘ravonlik ko‘rsatadigan, bezorilik qiladigan, jamiyat qonun-qoidalariga zid bo‘lgan, odob-axloq qoidalarini mensimaydigan insonlar o‘tmishini o‘rganar ekanmiz, ularning aksariyatida xazon bo‘lgan bolalikni uchratamiz. Biroq bu zo‘ravonlikka bahona bo‘la olmaydi, albatta.

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Siz TALABAsiz yoki ta’lim massasalarida USTOZ, yohud IZLANUVCHI, lekin ilmiy yuklamalarni bajarishga vaqtingiz yetmayabdi😔, ustiga-ustak nashriyot ham topa olmayabsiz😔. Havotir olmang😉🫠

Xizmatlarning eng sifatlisi va arzonlarini faqat bizda😎

✅ Mahalliy / Xalqaro tezis
✅ Mahalliy / Xalqaro OAK maqola
✅ Mustaqil ish / Kurs ishi
✅ Scopus maqola
✅ Bitiruv malakaviy ish (BMI)
✅ Tarjima (ingliz tili)
✅ O’quv va uslubiy qo’llanma
✅ Portfolio

Ikki tilda: INGLIZ, O'ZBEK✅

💯Aytgancha bizning kanalimizda ko’plab GRANTlardan ham bohabar bo’lib borasiz😊


Ish boshlagandan keyin oxirigacha boramiz...✅💯

Murojaat uchun➡️ @iiy_admin

Tanlovda adashmadingiz 😎
Biz bilan birga bo’ling 🤝

Kanalga ulanish⬇️⬇️⬇️
@ilmiy_ishlar_yordam

Читать полностью…

Elektron kutubxona

So‘rovnoma

Siz uchun o‘zbek adabiyotidagi eng yaxshi 5 ta kitob qaysi?

20.10.2024

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Naqadar go‘zal bu Damashq!

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Qora_oqqush

"Intellektualning g‘oyasiga emas, uning o‘ziga qilingan hujum, aslida xushomadgo‘ylikdir. Bu "hujum qilayotgan" insonning dalili yo‘qligini ko‘rsatadi".


- Nassim Taleb, «Qora oqqush»

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Oyiga 800$ gacha online oylik olish endi muammo emas!

Imkoniyatlarimiz:
-350$-700$ gacha oylik;
-Ish turi online;
-Oshib boruvchi oylik;

Batafsil ma'lumot uchun kanalimizga qo'shiling va soat 21:30 dagi ovozli chatimizda qatnashing:
/channel/+BDbBFuGAboAxZGRi
/channel/+BDbBFuGAboAxZGRi

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#isloh

Sen avvalo nafsingga hukmron bo‘lmay turib, boshqaga hukmingni o‘tkaza olmaysan. O‘zingni o‘zgartirishga ojiz bo‘la turib, millatni o‘zgartirishga kuching yetmaydi. Masofa uzoq tuyulishi mumkin, lekin yagona yo‘l shu.


- Mustafo Mahmud, "Niqobingizni yeching, janoblar" kitobidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Kreyser_sonatasi

«Shaharda baxtsiz odamlar uchun yashash qulay. Odam shaharda yuz yil yashashi mumkin, biroq uning allaqachon o‘lib, chirib ketganini hech kim bilmaydi. Bunaqa narsalar bilan hisob-kitob qilib o‘tirishga vaqt yo‘q, hamma o‘zi bilan o‘zi ovora. Ish, jamoat topshiriqlari, salomatlik, san’at, bolalar sog‘ligi, ularning tarbiyasi. Ba’zan uni yoki boshqalarni qabul qilish, kimnikigadir borish kerak; nimanidir ko‘rish yoki eshitish lozim. Shunisi e’tiborliki, har qanday sharoitda ham shaharda bir, ba’zan ikki, uch muhim narsa borki, bularni kanda qilib bo‘lmaydi. Hayot esa quruqdan quruq o‘tib ketaveradi».

- Lev Tolstoy, "Kreyser sonatasi"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Ihyou_ulumid_din

«Faqat ko‘z ko‘rib, hislar sezadigan narsanigina tasdiqlaydigan bo‘lib qolishdan saqlan. Bu hayvonlarga xos tabiat. Sen insonni hayvondan ajratuvchi ilohiy sirga egasan. Bu sir osmonlarga, yerga va tog‘u toshlarga oshkor etilganida ular uni ko‘tarishdan bosh tortdilar va undan qo‘rqdilar. Beshta sezgi olamidan tashqaridagi narsalarni idrok qilish insonni hayvondan ajratuvchi o‘sha sir olamidagina mavjud. Kimki bu haqiqatni unutsa, uni e’tiborsiz tashlab qo‘ysa, hayvoniy daraja bilan qanoatlanib, moddiyatdan nariga o‘tmasa, demak, u o‘zligini o‘ldiribdi».

- Imom G‘azzoliy. "Ihyou ulumid-din"

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Nabaviy axloq turkumidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Koʻrilma

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"Aytgan gapiga avval o‘zi amal qilib ibrat ko‘rsatish tarbiyaning ta'sirchan, samarali usulidir".


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

So‘rovnoma

Siz uchun jahon adabiyotidagi eng yaxshi 5 ta kitob qaysi?

27.10.2024

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Koʻrilma

"Bo‘ylab" turkumidan

25.10.2024

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Maqola
📓 ISLOM va FOBIYA: Hissiyotga berilish yoki ilmiy tahlil?!
Hamid Sodiq
⚙ Maqola
🔎 PDF

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Qora_oqqush

Nassim Taleb, «Qora oqqush» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar

Biz o‘z miyamizni juda oson yo‘l bilan alday olamiz.


"Odamlar meni jiddiy qabul qilishlari uchun men o‘zim uchun o‘tmishdoshlarni o‘ylab topishim kerak edi".


Ilm-fanda tasodifiy biror kuzatuvni amalga oshirgan inson emas, balki nuqtalarni bog‘lay olgan kishi katta g‘oyaning timsoliga, o‘z "brendining nomi"ga ega bo‘ladi.


Bu keng tarqalgan tuzoq: odamlar ilm-fan orqali bashorat qilish haqida o‘ylashadi (hatto noto‘g‘ri bo‘lsa ham). Men uchun esa, fan qanday qilib laqma bo‘lib qolmaslikni o‘rgatadi.


Aqliy toifalar bizga biror g‘oyani "yuqtirishi" uchun, avval bizning tabiatimizga mos kelishi kerak.


"Yo‘lda uchratgan yuqorilab borayotgan insoningni bir kun kelib pastga tushayotganda ham uchratasan".


Omad — bu tenglashtiruvchi omildir, chunki deyarli hamma omadli bo‘lish imkoniyatiga ega.


Sotsialistik hukumatlar o‘zlarining gigantlarini himoya qilishgan va bu orqali istiqbolli omadlilarni nobud qilishgan.


Aksariyat odamlar, afsuski, juda tez yurishni mashqlar bilan adashtirishadi, ammo shunday sekin tezlikda yurish kerakki, hatto yurayotganingizni ham unutishingiz kerak.


Ular faylasuf ismidan oldin har doim "fransuz", "nemis" yoki "amerikacha" so‘zlarini qo‘llashadi, go‘yoki bu narsa fikrlar yo‘nalishini belgilaydigandek.


Olim kutubxona yaratish uchun kutubxona vositasiga aylanmasligi kerak.


Katta hajmdagi ma'lumotlar hali ham hech narsani tasdiqlamaydi, lekin bitta holat hamma narsani rad etishga qodir.


Yuqori maoshli ishni tark etish, agar bu sizning tanlovingiz bo‘lsa, bu tanlov sizga siz topgan puldan ko‘ra ko‘proq foyda keltiradi.


Qoidalarni o‘zingiz yaratadigan o‘yinda mag‘lub bo‘lish ehtimoli kamroq.


Ko‘pchilik tomonidan tan olingan prognozchilarning natijalari borgan sayin yomonlashaveradi, chunki ular har safar jamoatchilikning e’tiborini tortish uchun yanada radikal bashoratlar qilaverishadi.


"Kimki sabablarni bilsa, u kelajakni tushunadi, faqat Xudodan boshqa hech kimda bunday qobiliyat yo‘q..." (Sitseron)


📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Nazm

OTAM O‘GITI

Otamning gaplari esimda hamon:
“O‘g‘lim, mayda gapga berma e’tibor!”
Qachon shu o‘gitga bo‘ysunsam omon,
Bo‘ysunmasam nolon qolganlarim bor.

Bolam, derdi otam, borma uzoqqa,
Ibrat ol oddiy bir toqqa tikilib.
Birgina tosh kelib urilsa toqqa,
Javob bersa, tamom – tugar to‘kilib.

Nimayam der edim, shugina so‘zim,
Tushundim bu tuyg‘u ko‘p yurakka yot.
Katta gaplaringni qiloldim hazm,
Mayda gaplaringdan charchadim, hayot!

- Xayrulla Hamidov

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Oltin qoida

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Maqola
📓 «Tegma, kuyasan!» yoxud siyosat va biz
Mubashshir Ahmad
⚙ Maqola
🔎 EPUB

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

AVVAL ANGLA, SO‘NGRA SO‘YLA

   Hind mutafakkiri Rabindranat Thakur bir zot tufayli tez-tez noqulay ahvolga tushib turar, xijolatpazlikdan o‘zini qayoqqa urishni bilmay qolardi.
   Bu odam bobosining do‘sti edi, ularnikiga tez-tez kelib turardi. Har safar yigitga nayzasini sanchmasdan ketmasdi.
   Odatdagidek yosh shoirning eshigini ochib so‘radi:
— Haliyam she’r yozyapsanmi? O‘zi, Xudoni angladingmi?
Ishq nimaligini chini bilan bilasanmi?
Kimningdir hajrida kuyib ko‘rdingmi?
Ayt-chi menga, yozgan gaplaringga aqalli o‘zing ishonasanmi? Ehtimol, shunchaki so‘zbozlik qilayotgandirsan…
Ko‘chada tentirab yurgan har qanday daydi ham muhabbat haqida, Xudo haqida, qalb haqida aljirashi mumkin.
Ko‘rib turibman, afsuski, sening ham ulardan farqing yo‘q.
   Rabindranat cholga javob qaytara olmaydi.
   Qariyaning dakkisida jon bor edi-da.
   Bir kuni bozorda ham duch kelib qolishadi, donishmand chol yosh shoirning qo‘lidan siqqancha yana savolga tutadi:
— Ha-a, Tangrini tanidingmi? Yo hanuz hamdu sano o‘qish bilan ovoramisan?
Ko‘r-ko‘rona maddohlikdan uyalmaysanmi?
Yodingda tut:
Yaratgan haqida yozmoq bilan Uni anglamoq mutlaq boshqa-boshqa tushunchalardir.
   Ommani esankiratib qo‘yish keksa donishmand uchun tabiiy hol edi, odamlarning gap-so‘ziga umuman pinagini buzmasdi.
  Katta bir ijodiy uchrashuvda shoirga tag‘in duch keldi.
   Endi Rabindranat xalqaro Nobel mukofoti sovrindori, hurmat-e’zozdagi mashhuri jahon edi. O‘sha izdihomda ham xaloyiq ko‘z o‘ngida Thakurning yoqasidan tutib, istehzo qila ketdi:
— Bo‘tam, ko‘pam hayajonlaverma, hali hech nima o‘zgarganicha yo‘q. Sen nega manavi pandavaqilarni laqillatib yuribsan, hayronman. Ahmoqona tomoshang kimga va nimaga kerak?
Seni olqayotganlar mayda nodonlar bo‘lsa, o‘zing esa ana shu ahmoqlarning sardori — riyokor tentaksan; bu bechoralarni hatto mamlakatda ham tanishmaydi, seni esa dunyo taniydi.
Lekin olamshumul e’tirof Xudoni anglaganingni bildirmaydi.
Sen hech kimsan!
  Shoir kundaligida yozadi:
“U savollari bilan jonimdan to‘ydirib yubordi, hayot tatimay qoldi; qariyaning shunaqangi o‘tkir ko‘zi borki, aldashning hech iloji yo‘q.
Shafqatsiz nigohi tinimsiz ta’qib etadi, faqat bir gapni ta’kidlaydi:
“Gapirsang haqiqatni gapir, bo‘lmasa jim tur!”.

  Farahbaxsh tongda Rabindranat sayrga chiqadi.
   Ayni sahar, tuni bilan yomg‘ir yog‘ib chiqqan, quyosh ko‘tarilib kelyapti.
   Ko‘chada tungi yomg‘irdan qolgan ko‘lmak.
   Ko‘lmakda quyosh bor jozibasi bilan jilvalanadi, shu’lasi ko‘zni qamashtiradi.
   Tabiat himmatidan hayrati oshgan shoir o‘z ruhiyatida shu kungacha hech kuzatilmagan nedir sodir bo‘lganini his etadi, yuragida uyg‘ongan ichki sasni tinglaydi:
“Axir, olam muhim va nomuhim, birlamchi va ikkilamchi degan tushunchalar asosida yaratilmagan; Dunyoni Dunyo qilib turgan hodisa BORLIQning yaxlit bir butunligidir”.

   Rabindranat darhol qariyaning uyiga qarab yuguradi. Donishmandning ko‘ziga tik boqadi:
— Hozir mendan nimani so‘raysiz? 
Chol undagi o‘zgarishni fahmlaydi: 
— Hech bir savolga hojat yo‘q… Nihoyat ro‘y beribdi. Oq fotiham senga bo‘lsin!

   Ishq ajalga o‘xshaydi. To o‘zing yuzma-yuz kelmaguningcha faqat xayolotga suyanasan, shu kunga qadar yiqqan-tergan ko‘nikmalaringga tayanasan.
   Bir odam boshqa odamga ko‘ngil qo‘yganiga qarab turib, muhabbatni taniyman deb o‘ylaysanmi?
   Sen nimani ko‘ryapsan?
   Ha, bir-birini bag‘riga bosishyapti. Nima, qo‘llarning tutashishimi? Hey, g‘ofil do‘stim, chetdan turib muhabbatning butun zalvoriga, bor bo‘yiga fahming qanday yetsin? Nahot, kuzatib bilishing mumkin?!

   Sen o‘zgalar iztirobining tomoshabinisan, xolos.
   Agar yolg‘iz tomoshabin bo‘lib qolmaganingda edi, tuyg‘ular haqida bu qadar ravon va yengil gapirmasding.

   Cheklangan onging bilan o‘zga taqdirni xomcho‘t etmasding. Har qancha kuzat, eshit, o‘qi, o‘yla, so‘yla, yoz, baribir suratni ko‘rasan, siyratni emas.
   Sevgining mohiyatiga qachon yeta olasan?
  Qachonki o‘zing shu girdobga duchor bo‘lsang, o‘zga tiynatga ipsiz bog‘lanib qolsanggina anglaysan.

   ISHQ NELIGINI IDROK ETMOQCHI BO‘LSANG, XUDODAN ULUGʻ DARD SO‘RA.

©

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

"Fahm ilmidan saboqlar" turkumidan

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Maxsus loyiha: Kitob almashamiz

Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.

Читать полностью…

Elektron kutubxona

Baxt haqida ballada

Men baxtni ko‘rganman. Ko‘rganman. Aniq.
O‘rdada nogahon kelgan ro‘baro‘.
Qish kuni. Paltoga olgan o‘ranib,
Besas bir hayratda qotganman:  – Voy-bo‘!..

Yo‘lkalar chetida baland chinorlar,
Qator tizilishgan. Beharakat. Jim.
Dong qotgan bekatlar, qorlar, shiorlar...
Ammo baxt ekanin bilmagan – hech kim.

Baxt juda chiroyli edi! Chiroyli!
Chiroyli! – sovuqda yuzin yashnashi.
Hatto qor poyida g‘irchillar edi,
Tanini ezsa ham o‘tkir poshnasi.

Yuzi tegrasida ro‘moli – tuman.
Bir uchi kiftiga tashlangan edi.
Lollikdan boshqa hol bo‘lgan edi man’ –
Uni ko‘rib bu ish boshlangan edi.

Men baxtni ko‘rganman. Ko‘rganman. Aniq.
Hatto ko‘zlarimiz uchrashgan bir zum.
O‘rtada bo‘lmagan salomu alik,
Faqat lablariga qo‘ngan tabassum.

Shu tarz o‘tib ketgan yonimdan. Tashxis:
Jonim chiqmaslikka u dam yaragan.
O‘grilib qarasam, ortimga ilkis,
Ishoning-ishonmang, baxt ham qaragan!

Shundan buyon menga bu dunyo bir pul! 
Nomard g‘alvalari berolmas ozor.
Yuragim erta-kech she’r bilan mashg‘ul –
Baxtni uchratganman! Nima g‘amim bor!

Yonib kirib kelsam (yurishim – sarbast!) –
Fasod davralarga – g‘iybat tinadi,
Axir, menga hech kim kelolmaydi bas –   
Baxtga duch kelganim barcha biladi.

Mardligim bilishar (do‘stu yov ogoh!):
Nechun “yur” deb baxtni qistamaganman,
Baxtni etmaganman ne uchun hamroh?..
Bebaxt bo‘lishini istamaganman.

- Usmon Azim

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Hikoya
📓 "Qismat"
Isajon Sulton
⚙ Hikoya
🔎 PDF

📚
@e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

#Hikoya
📓 "Navoiyni o‘qigan bolalar"
Erkin A'zam
⚙ Hikoya
🔎 EPUB

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…

Elektron kutubxona

🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Suvosti mamlakatida"
✍ Akutagava Ryunoske
⚙ Qissa
⚖ 0,5 MB
🔎 PDF
📄 26 sahifa

📚 @e_kutubxona

Читать полностью…
Subscribe to a channel