eduuz | Unsorted

Telegram-канал eduuz - Edu.uz

115316

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yangiliklari/Новости Министерства высшего и среднего специального образования Instagram - https://www.instagram.com/edu.uz/ Facebook - https://www.facebook.com/eduuzrasmiy Youtube - https://www.youtube.com/channel/

Subscribe to a channel

Edu.uz

#Muhandislik_tanlovi #Ishlanma

“Meva qoqish mashinasi” – muhandislik tanlovi yakuniy bosqichida taqdim etilgan innovatsion ishlanma haqida videolavha


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan muhandislik yo‘nalishidagi respublika tanlovining yakuniy bosqichida namanganlik ixtirochi Farhod Alimbayev tomonidan ishlab chiqilgan “Meva qoqish mashinasi” taqdim etildi.

📌 Qurilma to‘liq mahalliy xomashyodan qo‘lda tayyorlangan bo‘lib:

🟢1 daqiqada bitta daraxtdagi mevalarni yig‘ib oladi;

🟢Mevalarni barglardan ajratish funksiyasiga ega;

🟢100 kishining ishini bitta qurilma bajara oladi;

🟢Gidravlik tizim orqali meva turiga mos tezlikda ishlaydi.


Ushbu mashina hozircha Markaziy Osiyoda yagona bo‘lib, Yevropadagi shunga o‘xshash qurilmalardan texnik jihatdan farqlanadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

📢 NAVBATDAGI SAT IMTIHONI UCHUN RO‘YXATDAN O‘TISH BOSHLANDI!

🌟 2025-yil 23-avgust sanasiga mo‘ljallangan imtihon uchun barcha joylar to‘ldi! Ammo xavotirga o‘rin yo‘q — navbatdagi imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

📌 YAQINLASHAYOTGAN IMTIHON SANASI:

🗓 2025-yil 13-sentyabr

📍 Imtihon o‘tkaziladigan hududlar:
1. Farg‘ona
2. Namangan

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun manzil:
👉 USTIGA BOSING

📞 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

📱 (95) 515-68-68

📨 Telegram: @IlmiyMarkazUz

✍️ Barchangizga SAT imtihonida ulkan omad tilaymiz!

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | ilmiy-oquvamaliymarkaz">YouTube

Читать полностью…

Edu.uz

#MuhandislikTanlovi #3kunlik_tafsilotlar

“INNO” Texnoparkda 3 kun davomida o‘tkazilgan “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlaridagi Muhandislik tanlovining yakuniy bosqichi yurtimizdagi ilg‘or fikrli yoshlar, ustozlar va amaliyotchilar uchun katta sahnaga aylandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#ImtiyozliKvota #Qabul2025

Bojxona organlari xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha kvota


Bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, ish jarayonida ma’lum natijalarga erishgan bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Jami: 710 ta qo‘shimcha kvota.

❗️ Diqqat! Ushbu kvota tanlovda birinchi tanlangan taʼlim yo‘nalishining kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi. Shu bois, ushbu tavsiyanomaga ega abituriyentlar birinchi taʼlim yo‘nalishiga albatta kunduzgi ta’lim shaklini tanlashi lozim.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Davlat granti kvotasi ulushining chegarasi (foizgacha)

2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining ta’lim sohalari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti (ilova).

#Qabul2025 #Grant_chegarasi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#xalqaro_hamkorlik #bitiruvchi2025

O‘zbekiston-Tojikiston o‘rtasidagi akademik hamkorlikning yangi sahifasi: TDIU va TDHBSDU o‘rtasidagi qo‘shma ta’lim dasturining ilk bitiruvchilariga diplom topshirildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti o‘rtasida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturining ilk bitiruvchilariga tantanali ravishda diplom topshirildi.

Tojikiston Respublikasi Xo‘jand shahrida o'tkazilgan mazkur diplom topshirish marosimida TDIU rektori To‘lqin Teshabayev hamda TDHBSDU rektori Muminzoda Sheroz Abdujabbor ishtirok etib, ushbu loyihaning ilmiy, madaniy va ijtimoiy ahamiyatiga alohida to‘xtalib o'tdi.


Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

2025/2026-oʻquv yilida yangi tashkil etilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi (rasm)

#Qabul2025 #Yangi_yoʻnalishlar

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

📹 Ushbu video “Tanlov ustuvorligi nima?” deb so‘rayotgan abituriyentlar uchun

#Abituriyent2025 #TanlovUstuvorligi #Foydali

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Bitiruvchilar bandligini ta’minlash va “Kelajakka qadam” markazlari faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Adilov, Respublika va viloyat Markaziy bank vakillari, shuningdek, viloyatdagi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda prorektorlari ishtirokida bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda “Kelajakka qadam” markazlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchilarning bandligini ta’minlash yo‘nalishida ko‘rilgan chora-tadbirlar va “Kelajakka qadam” dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

#Dolzarb90kun #Xizmat_safari #Buxoro

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega fuqarolarga tavsiyanoma berish huquqiga ega vazirlik, idoralar va yirik xo‘jalik birlashmalari ro‘yxati

Eslatma: Mazkur tavsiyanomaga ega abituriyentlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining masofaviy yoki kechki ta’lim shakllariga suhbat natijalariga ko‘ra, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadilar.

Mazkur toifadagi talabgorlar 2025-yil 1-avgustdan 15-avgustgacha (shu kuni ham) Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

#Qabul2025 #Tavsiyanoma #Vazirlik_idoralar

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasidagi oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi

25-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Janubiy Koreyaning Seul shahri maʼmuriy ishlar boʻyicha birinchi vitse-meri Kim Te Gyun bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqot davomida tomonlar oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/72530

#XalqaroHamkorlik #Uchrashuv #Seul

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

25-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, ichki nazorat bo‘limlari va hududiy bo‘linmalar ishtirokida korrupsiyaning oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov tizimda shaffoflikni kuchaytirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va ichki nazoratni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov va Senat qo‘mitasi raisi Abdulhakim Eshmurodov tizimdagi xatarlar, ularni bartaraf etish va qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan fikr bildirdi.

Yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi va ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi qayd etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/72525

#Yigʻilish #Korrupsiyaga_qarshi_kurash #chora_tadbirlar

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Qabul2025 #QoʻshimchaKvota #QurolliKuchlar

⚡️Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha besh foizli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 766 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

➡️ kunduzgi7420 ta (grant - 1 775 ta, to‘lov-kontrakt - 5 645);
➡️ kechki1 436 ta (to‘lov-kontrakt);
➡️ masofaviy910 ta (to‘lov-kontrakt).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Qabul2025 #Magistratura_turdosh

⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati

Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin.

Magistratura kvotasi bu yerda:
👉 KUNDUZGI
👉 KECHKI
👉 MASOFAVIY

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Qabul2025
#magistratura_masofaviy

⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi


2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga MASOFAVIY ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.

JAMI: 420 ta.

Shundan, o‘zbek tili – 352 ta, rus tili – 53 ta,
qoraqalpoq tili – 15 ta.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Guliston davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazadi

Aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqotni kengaytirish, dolzarb muammolarga yechim berish, ularni bartaraf etish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov 2025-yil 29-iyul kuni soat 11:00da Guliston davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazadi.

Professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlar sohaga doir muammo va takliflari yuzasidan qilgan murojaatlariga javob olishlari mumkin.

#Eʼlon #Sayyor_qabul #Vazir #Murojaatlar

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Olimlar_minbari
#21-27.07.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston transport yo‘lagi: mintaqalararo taraqqiyot manzillari” — Sadriddin TUROBJONOV, Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik;

«Актуальные 90 дней»: призыв участвовать в реформах» — Баходиржон ШЕРМУХАММАДОВ, ректор Ферганского государственного университета, профессор;

Ekologik barqarorlik va eksport sari yo‘l” — Muhiddin KALONOV, Navoiy davlat universiteti rektori vazifasini bajaruvchi, professor;

«Интеллект, наука и молодежь — движущие силы страны» — Отабек ЮСУПОВ, проректор по научной работе и инновациям Узбекского государственного университета мировых языков;

Ta’lim va tarbiyada noyob tajriba – bilimlarni boyitish, ijtimoiy faollikni oshirish va ko‘nikmalarni shakllantirish fursati” — Alisher SAMADOV, TDTU Olmaliq filiali direktori, professor;

Ta’limda muhim davr, yozni imkoniyatga aylantirish fursati” — Otabek YUSUPOV, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti prorektori;

Xotin-qizlar ta’limi jamiyat taraqqiyotida muhim omil” — Sayyora AHMEDOVA, Toshkent davlat tibbiyot universiteti professori;

Jizzax zamonaviy, obod va go‘zal maskanga aylanmoqda” — Jalil HAMIDOV, Jizzax politexnika instituti professori;

«Учиться всю жизнь: как непрерывное образование формирует устойчивое будущее» — Джамиля АБДУГАНИЕВА, доцент Узбекского государственного университета мировых языков, доктор философии (PhD);

«Время для саморазвития, творчества и достижений» — Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, старший преподаватель Ташкентского государственного экономического университета.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

🎓 Qonun ustuvorligi yo‘lida xizmat qilishni xohlaysizmi?

✅Unda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi aynan siz uchun!

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi — O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari uchun ixtisoslashtirilgan kadrlar tayyorlaydigan davlat muassasasi bo‘lib, prokuratura va tergov tizimlari uchun zarur bo‘lgan kadrlar aynan shu yerda davlat buyurtmasi asosida tayyorlanadi.

🔸Ta’lim jarayonlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar amaliyoti bilan integratsiyalashgan va zamonaviy o‘quv infratuzilmasi asosida tashkil etilgan. O‘quv mashg‘ulotlari sohaga oid amaliy tajribaga ega mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

☎️Tel.: 71 202 04 96 (1727)

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Bitiruvchi_2025

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi saroyida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir bitiruvchilar, professor-o‘qituvchilar, davlat idoralari vakillari hamda diplomatik korpus a’zolarini bir joyga jamladi.

Tantanali tadbirni ochishda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev onlayn tarzda bitiruvchilarni qutlab, ularning universitet taraqqiyoti va O‘zbekiston istiqboliga qo‘shgan hissasini alohida ta’kidladi.

JIDU bitiruvchilariga O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, shuningdek, tantanali tadbirga tashrif buyurgan xorijiy davlatlarning Favqulodda va Muxtor elchilari o‘z tabriklarini yo‘lladilar. Ular orasida Fransiya elchisi Oreliya Bushez, Chexiya elchisi Lyubomir Frebort, hamda Hindiston, BMT va boshqa xorijiy tashkilotlar elchixonalari vakillari bor edi.

2025-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavriat yo‘nalishini muvaffaqiyatli 385 nafar talaba bitirdi. Bitiruvchilarning katta qismi Yevropa, Osiyo va AQShning nufuzli universitetlarida o‘qishni davom ettiradi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#diqqat_tanlov

Hujjatlar qabuli Avgust oyining 1-sanasida yakunlanadigan tanlovlar⬇️


📥 Elektrotexnika sohasidagi innovatsion loyihalar tanlovi
Muddat: 01.08.2025

📥 Davlat maqsadli dasturi tanlovi
Muddat: 01.08.2025

Bizni kuzating

Web-site | Instagram | Facebook | innovation.gov-uz">YouTube

Читать полностью…

Edu.uz

#xushxabar

Germaniyadan xushxabar:
Butunjahon yozgi Universiada oʻyinlarida yengil atletikachimiz Sharifa Davronova oltin medalni qoʻlga kiritdi

Bugun yengil atletika sport turida ayollar o‘rtasida uch hatlab sakrash bo‘yicha oʻtkazilgan final bahslarida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi, yengil atletikachimiz Sharifa Davronova ikkinchi urinishda barcha ishtirokchilar orasida eng yuqori 14,33 m natija ko'rsatib, yozgi Universiada oʻyinlari oltin medalini qoʻlga kiritdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegramw

Читать полностью…

Edu.uz

#qabul2025 #kvota #xotin_qizlar #4_foiz

Joriy yil xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qo‘shimcha 4 000 ta davlat granti ajratildi (o‘tgan yili 2000 ta edi)

Quyida ushbu qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti:

✅ Unga ko‘ra:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 284;
📍Andijon viloyati – 312;
📍Buxoro viloyati – 180;
📍Jizzax viloyati – 233;
📍Qashqadaryo viloyati – 337;
📍Navoiy viloyati – 196;
📍Namangan viloyati – 382;
📍Samarqand viloyati – 508;
📍Surxondaryo viloyati – 318;
📍Sirdaryo viloyati – 140;
📍Toshkent viloyati – 218;
📍Farg‘ona viloyati – 529;
📍Xorazm viloyati – 275;
📍Toshkent shahri – 88.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

25-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning navbatdagi jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo‘yicha qabuli bo‘lib o‘tdi.

Ushbu qabul doirasida mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan fuqarolar, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda ularning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita vazirga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, uzoq hududlarda yashovchi va vazirlik binosiga shaxsan kela olmagan fuqarolar uchun videokonferensiya aloqasi orqali masofaviy qatnashish imkoniyati ham yaratildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/72670

#Vazir_qabuli #fuqarolar_murojaati #masala_yechim

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Muhandislik_tanlovi #3_kun
#Yakuniy_bosqich

“INNO” Texnoparkda muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika tanlovining yakuniy bosqichi — 3-kun tafsilotlari bilan tanishing.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Qabul2025 #Texnikum

📣 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish muddati 10-avgustga qadar uzaytirildi

🔰 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2025-yil 9-sinfini bitirgan o‘quvchilarini 519 ta texnikumning birida o‘qish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 10-avgustga qadar (shu kuni ham) qadar uzaytirildi.

Bitiruvchilar davlat granti asosida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.

✔️Bundan tashqari, ular 14 ta texnikumda tashkil etiladigan xalqaro ta’lim dasturiga grant asosida o‘qish uchun ham 10-avgustga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn hujjat topshirishlari mumkin.

➡️Ta’lim shakli: kunduzgi

▪️Platformaga:
tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;
3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

Shoshiling! Imkoniyatni boy bermang!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida JICA tadqiqot guruhi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning Sanoat inson resurslarini rivojlantirish boʻyicha tadqiqot guruhi rahbari Eichi Imamura boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda JICAning Yaponiyadagi markaziy ofisi – Sharqiy, Markaziy Osiyo va Kavkaz departamenti direktori birinchi oʻrinbosari Yuka Sonoyama hamda ushbu departamentning Oʻzbekiston boʻyicha masʼul xodimi Shunichi Matsuda onlayn tarzda ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan taʼminlash, ushbu uskunalardan oqilona va samarali foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, ilmiy va muhandislik salohiyatiga ega kadrlarni maqsadli tayyorlash va ularni qayta tayyorlash masalalari muhokama etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/72529

#XalqaroHamkorlik #Uchrashuv #JICA

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Navoiy davlat universitetining yangi kampusi qurilmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hududlarga xizmat safari doirasida Navoiy davlat universiteti yangi kampusining qurilish jarayonlarini o‘rgandi.

Vazir o‘rinbosariga universitet rektori Muhiddin Kalonov hamda qurilish tashkiloti mas’ullari hamrohlik qildi. Ular tomonidan loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar, amalga oshirilgan bosqichlar va rejalashtirilgan qurilish ishlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

S.Buzrukxonov mazkur infratuzilma obyektining qurilishida xavfsizlik qoidalariga rioya etish, texnik reglamentlarga qat’iy amal qilish muhimligini qayd etib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Qayd etilganidek, yangi kampus foydalanishga topshirilgach, talabalar uchun nafaqat zamonaviy bilim olish, balki ularning ijodiy salohiyati va jismoniy rivojlanishi uchun ham har tomonlama qulay muhit yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.

#Jarayon #Xizmat_safari #Talabaga_qulaylik

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#QoʻshimchaKvota #Qabul2025 #grant #1_foizli

⚡️Mehribonlik uyi va bolalar shaharchalarining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kvota


Mehribonlik uylari, kichik hajmli bolalar uylari, bolalar shaharchalari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvchilari bo‘lgan, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar hamda ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi, bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi sababli ota-ona yoki yolg‘iz ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shuningdek, topib olingan, ota-onasi noma’lum bo‘lgan bolalar hamda nikohda bo‘lmagan onaning vafot etganligi natijasida boquvchisiz qolgan bolalar uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

▪️ Jami: 1 953 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:

kunduzgi1 484 ta;
kechki287 ta;
masofaviy182 ta.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Qabul2025 #Oʻtish_bali

⚡️2025/2026-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal oʻtish bali o‘zgarishsiz qoldi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Qabul2025
#magistratura_kechki

⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi


2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga KECHKI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti tasdiqlandi.

JAMI: 1 319 ta.

Shundan, o‘zbek tili – 1 107 ta, rus tili – 138 ta,
qoraqalpoq tili – 74 ta.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…
Subscribe to a channel