eduuz | Unsorted

Telegram-канал eduuz - Edu.uz

115316

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yangiliklari/Новости Министерства высшего и среднего специального образования Instagram - https://www.instagram.com/edu.uz/ Facebook - https://www.facebook.com/eduuzrasmiy Youtube - https://www.youtube.com/channel/

Subscribe to a channel

Edu.uz

#Qabul2025
#magistratura_kunduzgi

⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi


2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.

JAMI: 20 210 ta.

Davlat granti: 9 922 ta;
shundan, o‘zbek tili – 8 725 ta, rus tili – 1 197 ta,

Kontrakt: 10 288 ta;
shundan, o‘zbek tili – 8 538 ta, rus tili – 1 750 ta.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi #chellenj

Jizzax politexnika instituti yoshlari Ginnes rekordini o‘rnatishga tayyor! Siz ham tayyormisiz?

🛠 Biz robot yasash va o‘z nomini tarixga muhrlashga tayyor 2 000 nafar ixtirochini izlayapmiz!

📌 Reja: 25 daqiqada 2 000 ta konstruktor robot yig‘iladi.
🎯 Maqsad: Ginnes rekordini o‘rnatish!

📣 Yoshlar, sizni yirik muhandislik missiyasi kutmoqda!

Agar siz:
✔️texnologiyaga qiziqsangiz;
✔️ yoshingiz 15–20 oralig‘ida bo‘lsa;
✔️ Vatan nomidan tarixga kirishni xohlasangiz — bu imkoniyat aynan Siz uchun!

➡️Ro‘yxatdan o‘ting: missiya.edu.uz
🗓 Muddat: 25-iyul (shu kuni ham)

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

😄"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti yoshlari Yangi O‘zbekiston uchun Ginnes rekordini o‘rnatamiz!

🛠 Biz robot yasash va o‘z nomini tarixga muhrlashga tayyor 2 000 nafar ixtirochini izlayapmiz!


📌 Reja: 25 daqiqada 2 000 ta konstruktor robot yig‘iladi.
🎯 Maqsad: Ginnes rekordini o‘rnatish!

📣 Yoshlar, sizni yirik muhandislik missiyasi kutmoqda!

Agar siz:
✔️Texnologiyaga qiziqsangiz
✔️ Yoshingiz 15–20 oralig‘ida bo‘lsa
✔️ Vatan nomidan tarixga kirishni xohlasangiz — bu imkoniyat aynan Siz uchun!

➡️Ro‘yxatdan o‘ting: missiya.edu.uz
🗓 Muddat: 25-iyulgacha!

#YangiOʻzbekiston #MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi

Bizni
kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Akademik_litsey #Qabul_2025

Akademik litseylarga kirish test sinovlari birinchi kuni yakunlandi


Bugun, 24-iyul kuni Toshkent shahri va respublikamizning barcha hududlarida akademik litseylarga kirish bo‘yicha test imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib, jarayonlarni test2025.uz platformasi orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi.

Ertaga, 25-iyul kuni test sinovlari Toshkent shahridagi maxsus belgilangan hududlarda davom etadi.

📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud, sanasi hamda vaqti har bir abituriyentning ruxsatnomasida ko‘rsatilgan.

❗️Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda👈
👉 IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

E’LON: Pedagog kadrlar uchun malaka oshirish va qayta tayyorlov kurslariga qabul boshlandi

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi tomonidan pedagog kadrlar uchun 6 oylik ta’lim dasturlari 15 ta yo‘nalish bo‘yicha tashkil etiladi.

O‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston Milliy universitetining malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.

Shuningdek, Yangi yo‘nalish “Sun’iy intellekt asoslari” bo‘yicha 36 soatlik qisqa muddatli kurs tashkil etiladi.

O‘qish muddati: 6 oy (864 soat)
O‘qish shakli: kunduzgi (an’anaviy va masofaviy ta’lim elementlari uyg‘unligida – aralash/gibrid shaklda)

Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
☎️ (71) 246-93-79
📞 (93) 993-37-17
📞 (94) 530-24-00

Batafsil ma’lumot va kurslar ro‘yxati bu yerda 👈

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Muhandislik_tanlovi #2_kun

Yangi gʻoyalar maydonida: muhandislik tanlovining qizgʻin taqdimotlari

Muhandislik sohasidagi eng yaxshi gʻoyalar, loyihalar va ixtirolarni ilgari surayotgan tanlovining yakuniy bosqichi qizgʻin tarzda davom etmoqda.

Ikkinchi kun taqdimotlarida qatnashchilar oʻz loyihalarini hakamlar va ishbilarmon doira vakillari oldida namoyish etdilar. Innovatsion yondashuv, muammolarga amaliy yechim va milliy iqtisodiyotga qoʻshiladigan hissa tanlovning asosiy mezonlaridan bo'ldi.

Ushbu videolavhalarda mamlakatimiz boʻylab saralangan 135 nafar iqtidorli yoshlar va mutaxassislarning amaliy gʻoyalari hamda ilmiy ixtirolaridan ayrimlarini eʼtiboringizga havola etamiz.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Live #Jarayon #TalabaEkspo_2025 #Fargʻona

Fargʻonada “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi rasman ochib berildi


Bugun Farg‘ona shahrida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligiga koʻmaklashish, ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Sherzodjon Polvonov, “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Hoshimov hamda Fargʻona davlat texnika universiteti rektori Oʻktam Salomov kirish so‘zi bilan ochib berishdi. Ular Toshkent va Samarqand shaharlaridan so‘ng ko‘rgazmaning Farg‘onada o‘tkazilishi viloyat yoshlari uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidlashdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/71691

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Iftixor #Universiada_2025

Universiada – 2025: Yurtimiz sportchilari jahon arenalarida yuksak natijalarga
erishmoqda

Germaniyada boʻlib oʻtayotgan Butunjahon Yozgi Universiada oʻyinlarida Oʻzbekiston sportchilari yurtimiz sha’nini munosib himoya qilishmoqda.

Dzyudo bo‘yicha -48 kg vazn toifasida ishtirok etgan Navoiy davlat universiteti talabasi Laziza Haydarova bronza medali uchun kechgan bahsda polshalik raqibi Paulina Shlyaxtani magʻlubiyatga uchratib, bronza medaliga sazovor boʻldi.

Shuningdek, -57 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan terma jamoamiz a’zosi, Toshkent Xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnоlogiya universiteti talabasi Shukurjon Aminova italiyalik raqibi Juliya Karnani bor-yo‘g‘i 25 soniyada ippon usulida yengib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Taekvondo sporti boʻyicha esa yurtimiz vakillari: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabari Qosimxojiyev Nadjmiddin va Karimboyev Shoxjahon hamda O‘zbekiston milliy universiteti talabalari Mirabzalova Madina va Azizova Diyora — aralash jamoaviy dasturda finalda Misr jamoasiga qarshi keskin jang o‘tkazishdi va sharafli g‘alabaga erishib, oltin medalni qo‘lga kiritishdi.

Sportchilarimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

“TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi Fargʻonada!

📍Bugun Farg‘ona shahri Kasbga yo‘naltirish markazida tashkil etilgan “Talaba Expo – 2025” ko‘gazmasi oʻtkaziladi.

Ayni damda tadbirlar boshlanish arafasida.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

🔘 Qabul-2025 statistikalarini qayerdan ko‘rish mumkin?

🖥 Oliy, o‘rta-maxsus hamda kasbiy ta’lim muassasalari qabuliga oid statistikalarni stat.edu.uz portalidan onlayn kuzatishingiz mumkin.

Magistraturaga hujjat topshirganlar soni (qabul 30-iyulga qadar);

OTMlarga suhbat asosida o‘qishga hujjat topshirganlar soni (qabul 25-iyulga qadar);

Ikkinchi ta’lim uchun hujjat topshirganlar soni (qabul 10-avgustga qadar);

O‘qishni ko‘chirish va tiklash uchun hujjat topshirganlar soni (qabul 5-avgustga qadar).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi #chellenj

Samarqand davlat universiteti yoshlari Ginnes rekordiga yo‘l olmoqda! Siz-chi?

🛠 Biz — texnologiyaga oshno, ijodkor va g‘ayratli yosh ixtirochilarmiz. Endi esa rekord o‘rnatish va o‘z nomimizni tarixga muhrlash vaqti keldi!

📌 Reja: 25 daqiqada 2 000 ta konstruktor robot yig‘iladi.
Maqsad: Ginnes rekordini o‘rnatish!

Agar siz:
✔️Texnologiyaga qiziqsangiz
✔️ Yoshingiz 15–20 oralig‘ida bo‘lsa
✔️ Vatan nomidan tarixga kirishni xohlasangiz — biz bilan bir safda bo‘ling!

📲 Ro‘yxatdan o‘ting: missiya.edu.uz
🗓 Muddat: 25-iyulgacha!


🚀 Birgalikda o‘z salohiyatimizni namoyon qilamiz. Rekord o‘rnatamiz!
Samarqandim_jurnali/videos">

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#xalqaro_yutuq

Talaba – chempion! Taxmina Ikromova Universiada-2025 musobaqalarida 4 ta medalni qoʻlga kiritdi


2025-yil 16–27-iyul kunlari Germaniyaning Reyn-Rur shahrida o‘tkazilayotgan XXXII Butunjahon yozgi “Universiada” sport o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi tarkibida ishtirok etayotgan Taxmina Ikromova yurtimiz sha’nini munosib himoya qilmoqda.

Badiiy gimnastika bo‘yicha bahslarda T. Ikromova jami 4 ta medal:
– 🥇 2 ta oltin
– 🥈 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Taxmina Ikromova – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 3-bosqich talabasi bo‘lib, nafaqat sportda, balki ta’limda ham faol, izlanuvchi yoshlarimizdandir.

Mamlakatimiz bayrog‘ini xalqaro sport maydonlarida baland ko‘targan sportchi-yoshlarga minnatdorchilik bildiramiz va ularga kelgusi musobaqalarda ham zafarlar tilaymiz.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Bitiruvchi_2025

Andijon davlat universitetida bitiruv oqshomi bo‘lib o‘tdi


Andijon davlat universitetida 2024/2025 o‘quv yilini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun “Yuksak bilim bilan — buyuk maqsadlar sari!” shiori ostida tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchi bakalavrlar hamda ularning ota-onalari ishtirokida o‘tkazildi.

Joriy yilda universitet bo‘yicha umumiy bitiruvchilar soni 5603 nafarni tashkil etdi. Shundan kunduzgi ta’lim shaklida 1449 nafar, sirtqi ta’lim shaklida 4011 nafar, jami 5460 nafar talaba bakalavr bosqichini tamomladi. Magistratura bosqichi bo‘yicha 143 nafar talaba o‘qishni yakunladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Vazir muhandislik tanlovi doirasidagi loyihalar bilan tanishdi

2025-yil 23-iyul kunidan boshlab “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlari bo‘yicha muhandislik sohasidagi respublika ko’rik tanlovining yakuniy (respublika) bosqichi o‘z ishini boshladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tanlovda ishtirok etayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Tanlovda 40 yoshgacha bo‘lgan talabalar, o‘qituvchilar va amaliyotchi muhandislar ishtirok etmoqda. Ular alohida 3 toifada baholanadi.

Joriy yilda tanlov.muhandis.edu.uz platformasi orqali 1262 ta ariza qabul qilindi. Saralash bosqichda 1055 ta ariza texnik ekspertizadan o‘tdi va 135 nafar ishtirokchi yakuniy bosqichga yo‘llanma oldi.


Yakuniy bosqich “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z g‘oya, loyiha va ixtirolarini Tashkiliy qo‘mita a’zolari va soha mutaxassislaridan iborat komissiya oldida himoya qilmoqda.

Tanlovning barcha jarayonlari shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

🟦🟦
#Muhandisliktanlovi

Ayni damda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o’tkazilayotgan Muhandislik sohasidagi respublika tanlovining loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.

Quyidagi havola orqali jonli efirni tomosha qilishingiz mumkin:

➡️ https://youtube.com/live/th_l40oIEII?feature=share

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

🟦🟦
#Muhandisliktanlovi
3-kun


Ayni damda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o’tkazilayotgan Muhandislik sohasidagi respublika tanlovining loyihalar taqdimoti 3-kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Quyidagi havola orqali jonli efirni tomosha qilishingiz mumkin:

➡️ https://www.youtube.com/live/S1F-iruF2Wc?si=bmTz2XdVDaD4Vlaj

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Muhandislik_tanlovi #2_kun
#Yakuniy_bosqich

“INNO” Texnoparkda muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika tanlovining yakuniy bosqichi — 2-kun tafsilotlari bilan tanishing.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Nukus davlat texnika universiteti xalqaro grantlar bilan Yevropaga yo‘l oldi

Nukus davlat texnika universiteti Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida ikkita yirik xalqaro grant loyihasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

1-loyiha: DIANA — Ayollarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Qozog‘iston va O‘zbekistonda qishloq turizmi tadbirkorligini rivojlantirish va joriy etish.
Maqsad: Qishloq ayollarining raqamli savodxonligini oshirish, ularni yashil iqtisodiyot asosida tadbirkorlikka jalb qilish.

2-loyiha: MECAS — Orol dengizi havzasiga ta’sir doirasida Eko-informatika bo‘yicha magistrlik dasturlarini ishlab chiqish.
Maqsad: Orolbo‘yi ekologik inqiroziga javoban O‘zbekiston va Qozog‘iston OTMlarining salohiyatini oshirish.


Grant loyihalari amalga oshirilishi orqali universitetda yangi fanlar, malaka oshirish dasturlari, xorijiy treninglar va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari kengayadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#dolzarb90_kun #bitiruvchi2025_bakalavr

🎓 Buxoro davlat texnika universitetida “Bitiruvchi-2025” tadbiri o‘tkazildi! 🎉

Buxoro davlat texnika universitetida “Bitiruvchi-2025” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu muhim voqea bitiruvchilar uchun hayotlaridagi yangi bosqichning boshlanishi, yuksak marralarga intilishlari uchun motivatsiya bo‘ldi.

Tadbir davomida universitet rektori Sadoqat Siddiqova so‘zga chiqib, bitiruvchilarimizning kelajakdagi faoliyatlariga omad tiladi. Shuningdek, tadbirga taklif qilingan san’atkorlar tomonidan jonli kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Bitiruvchi_2025

Andijon davlat pedagogika institutida bitiruv oqshomi bo‘lib o‘tdi

Andijon davlat pedagogika institutida 2024/2025 o‘quv yilini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun “Sifatli ta'lim — taraqqiyot garovi!” shiori ostida tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchi bakalavrlar hamda ularning ota-onalari ishtirokida o‘tkazildi.

Joriy yilda institut bo‘yicha umumiy bitiruvchilar soni 1471 nafarni tashkil etdi. Shundan kunduzgi ta’lim shaklida 1449 nafar bakalavr bosqichini 31 nafar magistratura bosqichi bo‘yicha o‘qishni yakunladi. Bitiruvchilarning 75% ish bilan ta’minlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Yangi O‘zbekiston bunyodkori — mamlakat 8 yilda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida:

- OTMlarga kirish test imtihonlari shaffoflashdi

- Qabulda “avval test, so‘ngra tanlov” tamoyili joriy qilindi

- Abituriyentlarga 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati berilib, talaba bo‘lish ko‘rsatkichi oshdi

- Bitiruvchilarning oliy ta’lim bilan qamrovi 42 %ga yetdi

- Oliy ta’lim muassasalari transformatsiya qilindi

- Oliygohlar soni 200 tadan ortdi

- 40 dan ortiq OTMlarga akademik va moliyaviy mustaqillik berildi

- Ta’lim dasturlari optimallashtirilib, 1200 dan ortiq ta’lim yo‘nalishlari xalqaro mezonlar asosida qayta ishlab chiqildi

- Xotin-qizlar ta’limiga e’tibor kuchaytirildi. Ular uchun alohida kvotalar soni 4000 mingtaga yetkazildi

- Inklyuziv ta’lim rivojlandi

- 3 ta OTM dunyoning Top-1000 universitetlari ro‘yxatidan joy oldi

- Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovi davlat byudjetidan to‘lanadigan bo‘ldi

- Doktorantura kvotalari ikki barobarga oshirildi

- Ilmiy tadqiqotlar uchun davlat granti va loyihalari soni ko‘paytirildi

- Talabalar uchun Prezident stipendiyalari hamda xorijda tahsil olish dasturlari joriy etildi

- Hududlarda yangi zamonaviy kampuslar, muhandislik maktablari, ixtisoslashtirilgan ilmiy markazlar, texnoparklar tashkil etildi.


Bular hammasi emas. Bundan-da katta marralar oldinda!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Rasmiy_bayonot

Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda sertifikat talabi bekor qilinmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda 2025-yil 19-iyuldagi PF–114-sonli Prezident Farmoni noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mazkur Prezident Farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi va ba’zilarining ayrim bandlari o‘z kuchini yo‘qotdi.

Xususan, 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-sonli Qarorning 6-bandi to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlandi. Ushbu bandda magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikati talabining ilk joriy etilishi nazarda tutilgan edi.

Biroq, mazkur normaning chiqarib tashlanishi xorijiy til bo‘yicha sertifikatlar talabi butunlay bekor qilindi degani emas.

Sababi, 2024-yil 24-maydagi PF–81-sonli Prezident Farmoni bilan magistratura mutaxassisliklari va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etilishi belgilangan:

🟢xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha — kamida C1 darajasida;

🟢gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat koʻrsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohalari boʻyicha — kamida B2 darajasida;

🟢boshqa taʼlim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari boʻyicha — kamida B1 darajasida.

Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi PF–81-son Prezident Farmoni bilan belgilangan xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar talabi hozirda ham amalda ekanini eslatadi va bu borada tarqalayotgan noto‘g‘ri talqinlarga e’tibor bermaslikni so‘raydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

🟦🟦
#Muhandisliktanlovi
2-kun


Ayni damda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o’tkazilayotgan Muhandislik sohasidagi respublika tanlovining loyihalar taqdimoti 2-kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Quyidagi havola orqali jonli efirni tomosha qilishingiz mumkin:

➡️ https://youtube.com/live/RGhkDoznmY8?feature=share

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Muhandislik_tanlovi #1_kun
#Yakuniy_bosqich

“INNO” Texnoparkda muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika tanlovining yakuniy bosqichi — 1-kun tafsilotlari bilan tanishing.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Muhandislik_tanlovi #Yakuniy_bosqich

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o’tkazilayotgan Muhandislik sohasidagi respublika tanlovining loyihalar taqdimoti doirasida iqtidorli yosh muhandislar yangi loyihalarni taqdim etishmoqda.

Yakuniy bosqichda har bir yo‘nalish bo‘yicha saralangan 135 nafar ishtirokchi o‘z g‘oya, loyiha va ixtirolarini mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati oldida taqdim etmoqda. Hakamlar tarkibi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, yirik sanoat korxonalari mutasaddilari va tajribali ekspertlardan iborat.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bosqich yakunida 1-o‘rinni egallaganlar BYD Chazor elektromobili, 2-o‘rin sohiblari esa xorijiy amaliyotga yo‘llanma, 3-o‘rin egalari esa BHMning 50 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#soʻragan_edingiz

Savol: Men Yangi O‘zbekiston universitetining magistratura bosqichiga hujjat topshirmoqchiman. Agar kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinsam, kontrakt to‘lovi ayollar uchun davlat tomonidan qoplab beriladimi?


Javob: Ha, ushbu universitet davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Shu bois, belgilangan tartibga muvofiq ushbu oliygoh uchun ajratilgan qabul parametri (kvota) doirasida talabalikka tavsiya etilgan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab beriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

⚡️ESLATMA! Ertaga akademik litseylarga kirish test sinovlari boshlanadi

Kirish test sinovlari 2025-yil 24-iyul kuni Toshkent shahri va respublikamizning barcha hududida, 25-iyul kuni Toshkent shahrida maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.

Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:
🟢birinchi smena soat 9:00 da;
🟢ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.

📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud, sanasi hamda vaqti har bir abituriyentning ruxsatnomasida ko‘rsatilgan.

❗️Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda👈
👉 IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)

#Qabul2025 #Imtihon

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Xalqaro_musiqa_tanlovi

⚡️ Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan “Meikin Asia 2025” xalqaro musiqa tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi

Ushbu tanlovda Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti o‘qituvchisi To’lqin Tojiyev 3-o‘rinni egalladi.
madaniyatvazirligirasmiy">

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

🎓 Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi va talabalari uchun “YOSH GIDLAR MAKTABI” DASTURIga start berilmoqda!

🎯 Dastur maqsadi:
Turizm va gidlikka qiziqqan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;
Tajribali gidlar bilan “ustoz-shogird” tizimida stajirovka tashkil etish;
Yozgi ta’tilni mazmunli va samarali o‘tkazish
.

❇️Dastur bosqichlari:
- dasturda qatnashish istagida boʻlgan oliy va kasbiy taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalarini saralash;
- “Yosh gidlarni tayyorlash” bo'yicha qisqa muddatli kursda o'qish (4 hafta);
- oʻquvchi va talabalarga tajribali gidlarni biriktirish orqali 15 kunlik stajirovka tashkil etish.

Ishtirokchilarga beriladigan imkoniyatlar:
▪️Tajribali gidlar bilan stajirovka (15 kun);
▪️Yo‘l haqi (500 ming so‘m) va yashash xarajatlari (1 mln so‘m) uchun moliyaviy ko‘mak;
▪️30% chegirma bilan gid-tarjimonlar tayyorlash bo'yicha 6 oylik to'liq kursda o‘qish huquqi.

🗓 Arizalar qabul qilinadi:
📅 22–26 iyul, 2025-yil
📧 Ariza va 200–300 so‘zli motivatsiya xatlarini quyidagi oliy ta’lim muassasasining elektron manziliga yuboring.

❗️Nomzodlar kamida bitta horijiy tilni bilishi zarur.

🏫 Kurslar o‘tkaziladigan OTMlar:1️⃣Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (info@tsuos.uz);
2️⃣O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (uzdjtu@uzswlu.uz)
3️⃣“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti (info@univ-silkroad.uz)
4️⃣Urganch davlat universiteti (info@urdu.uz)
5️⃣Samarqand davlat chet tillari instituti (info@samdchti.uz)
6️⃣Andijon davlat chet tillari instituti (asifl@edu.uz)
7️⃣Buxoro davlat universiteti (buxdu_rektor@buxdu.uz)

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#YangiOʻzbekiston #MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi #chellenj

Fargʻona davlat texnika universiteti talabalari Ginnes rekordlari tarixida yangi sahifa ochishga bel bog‘laganlar!


⚡️Yangi O‘zbekiston yoshlari muhandislik missiyasini birgalikda amalga oshiramiz, rekord o‘rnatib tarix yaratamiz, bu biz uchun katta imkoniyat!


Reja: 25 daqiqada 2 000 ta konstruktor-robot yig‘iladi!

⚙️ Maqsad: Ginnes rekordini o‘rnatish!

🔰 Agar siz:
✔️robototexnikaga qiziqsangiz,
✔️ yoshingiz 15–20 oralig‘ida bo‘lsa,
✔️ Vatan nomidan tarixga kirishni xohlasangiz,

BIZ BILAN BIR SAFDA BO‘LING!

📱 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: missiya.edu.uz
🗓 Muddat: 2025-yil 25-iyulgacha!

“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…
Subscribe to a channel