Biz bila olmagan sir-sinoatlar hali bisyor. Ular bizni sinamoq, irodamizni mustahkam qilmoq uchun yuborilgan.
©️Shoniyoz Meliboyev (Chayon
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ba’zan shunday hodisalar ro‘y beradiki, ularning oldini ololmaymiz. Ularning sabablarini izlab topish qiyin,
iloji ham yo‘q.
©️Sabohiddin Ali (Mo‘ynali mantodagi madonna
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yaxshi bo’lishiga umid qilganimiz sari xayollarimiz chippakka chiqyapti…
©️Halis Karabenli (Zamonga yengilma
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Vaqt ajinlardan tashqari hamma narsani silliqlaydi.
©️Sal Melamed
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ayollarning eng katta xatosi shundaki, ular o‘zlarining sevgisi insonni o‘zgartiradi deb ishonishadi va ko‘pincha xudbin erkaklarga bog‘lanib qolishadi.
©️Robindranat Tagor
Telegram | Instagram | Audiokitob
Buvim rahmatli bomdod namoziga uyg‘otayotganlarida doim: “Hoy, namozga turinglar! Jannatda birontamiz kamayib qolishimizni istamayman”, derdilar.
©️Ayman Yog‘iy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Tashqi goʼzallik oʼzining pinhoniy ichki olami bilan yanada qimmatlidir. Kitob muqovasi zarhalli boʼlibgina qolmay, ichidagi mazmuni ham oltinga teng boʼlsa, u alohida ahamiyat kasb etadi.
©️Uilyam Shekspir
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hayotda sizga faqat ikkita yo'l beriladi: boshqalarga ta'sir o'tkazish yoki boshqalarning sizga ta'sir o'tkazishiga imkon berish!
©️Brayan Treysi (Lider shaxsiyati
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Boyliklar orasida eng qimmati oltin bo'lsa, hislar qatorida sadoqat hisoblanadi.
©️Erkin Malik (Champo otli ilon
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Insonni keksaytiradigan omil ortda qolgan yillarning ko'pligi emas, balki maqsadning yo'qligidir. Yashab o'tilgan yillar yuzga ajin tushirar, ammo bemaqsad o'tgan yillar kishining ruhini o'ldiradi.
©️Muhammad Bo'zdag' (Tushun va bajar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yomon o‘rtoq chivinga o‘xshaydi. Uning yomonligini seni chaqib ketganidan keyin bilasan.
©️Mustafo Manfulutiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
- Nega mening oyim yo’q, deb so’rama, dedi yuragim menga. Savolni to’g’ri ber. Biladigan biron odamdan “Oyim qayerda?” deb so’ragin. Biladigan odam… Xayolimga birinchi kelgan odam otam bo’ldi.
- “Dadajon, oyim qayerda?”
Bir muddat sassiz-sadosiz qolgan otam:
- ”Oying Tangrining huruzida, bolajonim”, dedi.
©️Serdar O’zkan (G’oyib bo’lgan atirgul
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ayol qanchalik go‘zal bo‘lsa, shunchalik aqlli bo‘lishi kerak. Chunki u faqat aqli bilan go‘zalligining o‘ziga yetkazadigan zararlaridan saqlana oladi.
©️Lev Tolstoy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Olomonning muammosi shundaki, ilmli va tarbiyali kishilarga shubha bilan qaraydilar, ahmoqlarga esa to‘la ishonch bilan.
©️Charlz Bukovski
Telegram | Instagram | Audiokitob
Agar sen farishta bo‘lgan taqdiringda ham qanotlaringning shitirlashini yoqtirmaydigan odamlar topilgan bo‘lardi.
©️Xitoy maqoli
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yigit kishi har qanday qiyinchiliklarni jilmayib mag'rurlik bilan yengib o'ta oladigan va oxirida sharaf bilan g'alaba qozonadigan inson.
©️Erkin Malik (Yigit va nomus
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
“Kimki bir kunda yuz marta: “Subhanallohi va
bihamdihi”, deb aytsa, garchi uning xatolari dengizning ko‘pigicha bo‘lsa-da o‘chirib yuboriladi”
©️Jaloliddin Suyutiy (Saralangan hadislar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kattalar ertakni haqiqatga, bolalar esa aksincha – haqiqatni ertakka aylantiradilar.
©️Sal Melamed
Telegram | Instagram | Audiokitob
O‘zingizni nazorat qilish juda muhim, ammo haddan oshiq nazorat shaxsiyatingizni o‘ldirishi mumkin. Chunki doimiy ravishda his-tuyg‘ularini bostirgan kishi ruh bilan aloqani yo'qotadi. Uning nima istayotganini tushunishdan to‘xtaydi. Endi u nima yaxshi yoki nima yomonligini o‘zini qurshab turgan muhitning fikri bilangina anglay oladigan so‘qir kabidir.©️Goratsiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ketmayman, deganlarga ishonma.
Ayniqsa, seni tark etmoqchi bo‘lgan odamlarni
qolishga majburlama. O‘zingni behuda koyitma.
©️Mirach Chag'ri Oqtosh (O'zingga xush kelding
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Menda ko'rayotgan hamma narsa menga emas, aslida sizga tegishli.
Sizda ko'rayotgan narsalarim esa menga.
©️Erix Mariya Remark
Telegram | Instagram | Audiokitob
Agar biror narsa haqida toʻxtovsiz orzu qilsangiz, oʻsha narsa sizda yoʻqligini ongingizga beixtiyor singdirib boraverasiz.
©️Mark Menson (Beparvolikning nozik san'ati
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Oqibat, mehr, sevgi ustiga qurilgan har qanday munosabat bardavom bo'ladi. Oilada ham aynan shu tamoyillarga amal qilinsa farzandlar oqil va barkamol bo'lib yetishadi.
©️Erkin Malik (Duo olgan kelinchak)
asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kutubxona ham xontaxta, yotoqxona, kursi va oshxona kabi zaruratga aylansagina, biz oʼzimizni mutaraqqiy millat hisoblasak boʼladi.
©️Mikhail Naima
Telegram | Instagram | Audiokitob
Vaqt betaraf bo'lmaydi, yo senga qadrdon do'st yoki ashaddiy raqib bo‘ladi.
©️Abdul Fattox Abu G‘udda (Ulamolar nazdida vaqtning qadri
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yo’l ham Seniki, yo’lovchi ham, manzil ham Seniki.
©️Fotih Duman (LOL. Har shaharning o’z egasi bor…
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Inson chuqur va jiddiy fikrlasa, unga keng jamoatchilik orasida qiyin bo’ladi.
©️Iogann Gyote
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ikki tur inson bor: biri vaqt o‘tib xatolari bilan yuzlashgan, ikkinchisi yuzsizlashgan.
©️Mehmet Akif Ersoy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Uning yo‘li bor.
Mening yo‘lim bor.
Sizning yo‘lingiz bor.
To‘g‘ri yo‘lga kelsak, yo‘q,
bunday yo‘l mavjud emas.
©️Fridrix Nitshe
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ranjimagin, xayr, yaxshi bor,
Meni tinch qo‘y, sadoqatli do‘st.
Yuragimda yashayotgan mor
Yechinmoqda - tashlayapti po‘st.
Peshonangga chiziq tortar kin,
Yuzlaringga gina chaplaysan.
Lablaringda ulkan bir yig‘in,
Eng murakkab qo‘shma gapdaysan.
Olomondan zada bo‘lganman,
Erk berma, do‘st, mehr kuchiga.
Men o‘lganman, axir o‘lganman
Shilliqurtday kosam ichida.
Sen sodiqsan, xiyonatman - men,
O‘zimga ber o‘zimni bir dam.
Sen sobitsan, omonatman men,
Sen do‘stsan, men odamman, odam.
Ranjimaysan, pinak buzmaysan,
O, sodig‘im - ezgu tushuncha.
Olovsanu go‘yo muzdaysan.
Ayt, nimamni sevasan buncha?!
©️Vohid Luqmon
Telegram | Instagram | Audiokitob