Sevish oson, lekin sevgining ortidagi mojarolarni yechish qiyin.
©️Xurshid Abdurashid (Dardisar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Odam baxtli chogʻida oʻzi kabi baxtiyorni koʻrsa, bundan quvonmaydi, biroq omadsizlik changalida oʻziday bir shoʻrpeshonani uchratib qolsa bormi, tanga topgan tentakdek suyunadi.
©️Xurshid Abdurashid (Dardisar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hasratli hujramda
Qayg‘udan bo‘lak
Hamma ketib bo‘ldi birma-bir... birma-bir...
Dasturxonda faqat kemtilgan yurak
Va bir kosa sabr...
Hasratli hujramda
Zilzila tindi...
Angraygan eshikni yopib qo‘yaman.
Yurakning qolganin yeyman-da, endi
Bir kosa sabrni ichib qo‘yaman.
Hasratli hujramda
Dunyo ham, men ham
Bir-birovdan to‘ydik noiloj...
Faqat qayg‘u och-da, qayg‘u juda och!
©️Eshqobil Shukur
Telegram | Instagram | Audiokitob
Inson qanchalar mashhur boʻlmasin, baribir oʻzi bilan oʻzi yashaydi.
©️Yeji Koshinskiy (Rangin qushcha
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Nima istashini bilmay oʻtib ketadigan sutemizuvchi jonzot bu - inson.
©️Xurshid Abdurashid (Dardisar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hozir koʻpchilik oʻgʻirlik, gʻarlik qilib boʻlsa ham yashab qolsam boʻldi deydigan zamon..
©️Nazar Eshonqul (Urush odamlari
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Uddaburon
— Mening o'g'lim shunaqa uddaburonki, tegirmonga tushsa, butun chiqadi!
— Meniki tegirmonga tushsa bir qop un orqalab chiqadi!
©️O’tkir Hoshimov (Daftar hoshiyasidagi bitiklar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hayotimga yangi kirib kelgan va uni go'zal bo'lishiga hissa qo'shgan barcha odamlardan minnatdorman. Va hayotimdan chiqib ketib uni yanada yorqinroq bo'lishiga sababchi bo'lganlar oldida esa ta'zim qilib rahmat aytaman.
©️Rey Bredberi
Telegram | Instagram | Audiokitob
Raqamli dunyoda qancha ko'p vaqt sarflaydigan bo'lsak, diqqatni jamlash xususiyatimiz yomonlashgani sababli idrokimiz shunchalik pasayib boradi.
© Klaus Shvab (To'rtinchi sanoat inqilobi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Demokratiya odamzod o'ylab topgan eng dabdala siyosiy tizim, agar boshqa siyosiy tizimlarni hisobga olmasa.
©️Uinston Cherchill
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yurakka har oqshom o'g'ri mushukday uyalmay sog'inching kirib keladi...
©️Xurshid Abdurashid
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ko'klarda ko'k kaptar qushdaymiz, jonim,
Qayg'urma kel ko'ngil "xushlaymiz" jonim,
Mening tanishim yo'q narigi dunyoda
Baribir "Jannatga tushmaymiz jonim"...
Yorug' dunyoda kim yashaydi to'yib,
Umr o'tib ketgay kiprik qoqquncha:
Onang ko'ksiga bir boshingni qo'yib,
Bolang ko'ziga bir kulib boqquncha...
©️Muhammad Yusuf
Telegram | Instagram | Audiokitob
Inson atom bombasini yaratdi. Hozirgacha hech bir sichqon qopqon yasash haqida o'ylab ko'rmagan.
©️Verner Mich
Telegram | Instagram | Audiokitobt
Namoz besh mahal, odob esa yigirma to'rt soat farzdir.
©️Marziya Saydam (Fantom og'rig'i
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Biz salom xasislari, sevgi baxillarimiz.
©️Marziya Saydam (Fantom og'rig'i
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Uloqtirib yuborilgan tosh uchyapman deb oʻylaydi, baʼzida biz insonlar ham oʻzimizni ozod hisoblaymiz.
©️Benedikt Spinoza
Telegram | Instagram | Audiokitob
Inson tirik ekan, uni umid tark etmasligi kerak!
©️Ato Hamdam,
Leonid Chigrin (Yapon zobiti
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
“Qachondir Samarqand oshi bilan vodiy oshi oʻrtasidagi farqni ilmiy jihatdan oʻrganib chiqaman. Fizika hamma narsaga qodir. Oʻshanda koʻrasiz, qaysi osh zoʻrligi haqidagi bahslarga nuqta qoʻyiladi. Oʻylab qarasam, bizga eng kerakli ilm shu ekan…”
©️Xurshid Abdurashid (Dardisar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Choʻqqiga olib chiquvchi yoʻllar qanchalar koʻp boʻlmasin, inson u choʻqqini bir doʻstning yordamisiz aslo zabt etolmaydi.
©️Yeji Koshinskiy (Rangin qushcha
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Inson ham barcha tirik mavjudotlar singari xavfsiz muhitni qidiradi, ammo bu yetarli emas. U oʻz hayotining mazmun kasb etishini ham xohlaydi.
©️Doʻgʻan Joʻjeloʻgʻlu (Bormisan
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
—Mening o'g'lim — do'xtir!
—Mening o'g'lim — mol do’xtiri.
—Shuyam hunar bo'ldi-yu?! Bolangga boshqa kasb qurib qolganmidi?
—Unaqa dema, o'rtoq, hunarning yomoni bo'Imaydi. Men kasal bo'lsam, sening o'g'ling davolaydi. Sen kasal bo'lsang, mening o'g'lim davolaydi!
©️O’tkir Hoshimov (Daftar hoshiyasidagi bitiklar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Uzr aytishga "usta" bo‘lgan odam kamdan-kam hollarda boshqa ishni ustasi bo'ladi.
©️Benjamin Franklin
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sening yerdagi vaqting chegaralangan. Shu sababli, boshqalarning hayotiga aralashib, uni birovlarning hayotida behuda sarflama. Odamlarning fikri bilan yashashdek tuzoq aqidadan uzoqda bo'l!
©️Stiv Jobs
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sovchi der: - Otaxon, beringiz duo,
Juda to'g'ri yigit bo'lg'usi kuyov.
Ota der: - To'g'rilik yaxshi-yu, ammo
Bundaylar ro'zg'orin boqolmaydi-yov.
©️Abdulla Oripov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ko'pchilik insonlar kelgan omadga rad javobini berib yuborishadi, chunki uning ko'rinishi mehnat degan narsani eslatadi.
©️Tomas Edison
Telegram | Instagram | Audiokitob
📚 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 4-mavsumini e’lon qiladi!
Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
Optimist yomg'irda qolib ketmaydi,
u bulut tagida dush qabul qiladi.
©️Tomas Romanu
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sochlarimni silaydi qorlar,
Yuzlarimga tomchilar yomg'ir.
Mening ko'kdan tushganim yolg'on
Sen ham yerlik emassan axir.
Uzoqlarda qolganliging rost,
Yolg'on mening baxtiyorligim.
Sening shodon kulgilaring rost,
Albat yolg'on vafodorliging.
Ishqsizligim rostligi rostdir,
Malakliging yolg'ondir sening.
Men bilaman sendaylar ozdir,
Topilmaydi seni ham tenging.
Yolg'izlikka o'rganganim chin,
Lekin aslo sensizlikkamas.
Sen ham ko'nik bari-bariga,
Lekin aslo mensizlikkamas.
©️Ahad Muhammad (Eski daftar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Agar o'tinni o'zingiz yorsangiz , u sizni ikki marta isitadi.
©️Fridrix Nitsshe
Telegram | Instagram | Audiokitob
EGIL, O‘ZNI PANA QIL
Egil, o‘zni pana qil,
Borligingni bildirma.
Yo‘talganga o‘n besh yil,
Aksirganga yigirma.
Kar bo‘l, ko‘r bo‘l, tishla til,
Boshga balo keltirma.
Gapirganga o‘n besh yil,
Eshitganga yigirma.
Qalamingni dushman bil,
Qog‘oz uzra jildirma,
Roman yozsang – o‘n besh yil,
Doston yozsang – yigirma...
©️Erkin Vohidov
Telegram | Instagram | Audiokitob