Bir joyda qimirlamay turish ortga harakatlanish bilan teng. Yaqinlashishga xizmat qilmagan daqiqalar uzoqlashishga sabab bo’ladi.
©️Sabohiddin Ali (Mo'ynali mantodagi madonna
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
…zero, muhabbat – bu eng olisdagi va eng befarq narsalarni hushyorlikka chorlovchi va hamma narsani ajoyib musiqaga aylantiruvchi qo‘ng‘iroqdir.
©️Gotfrid Keller (Qishloqlik Romeo va Julyetta
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Men shuni tushundimki, odamlar indamaganlarni qo’rqoq, ko’z yumganlarni ahmoq, kechirishni bilganlarni esa to’rvadagi kaklik deb o’ylaydi. Vaholanki, ular biz istaganimiz uchun hayotimizda borlar.
©️Mirach Chag'ri Oqtosh (O'zingga xush kelding
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Telegram kanallarda ham Storieslar qo’yib borish funksiyasi paydo bo’ldi. Buning uchun Telegram premiumi bor obunachilarning ovozi kerak.
Agar sizda telegram premium bo’lmasa, premiumi bor tanishlaringizga yuborib yordam berishingiz mumkin. 36ta ovoz yig’ilsa funksiya ochiladi.
Agar qo’llab yuborsangiz kitoblar haqida qiziqarli videolar va she’rlar joylab boramiz.
Bir payg'ambar amr qilsa-yu, buyrug'iga itoat qilishmasa, bu Allohning g'azabini keltiradigan xatodir. Faqat onalar bu holatni go'zal tarzda tuzatadi. Farzand bir xato qiladi, otalar darhol jahli chiqib, bolasiga jazo berishni istaydi. Ona tezda himoyaga shoshiladi. Holatni to'g'irlaydi.
©️Murat Tosun (Olim yetishtirgan onalar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Urush nimaligi haqida faqat o‘liklar haqiqiy bahoni bera olishadi. Faqat marhumlar barchasini oxirigacha bilishadi.
©️Erix Mariya Remark (Qora haykal
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
– Boshiga og‘ir musibat tushib, sizlardan najot izlab kelgan baxtiqaro bir qizni masxara qilib kulish gunohmasmi?
©️Gotfrid Keller (Zirapcha qiz
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Mazlum yengilish zolim yengilishdan afzaldir doimo. Umid bilan yengilgan, lekin umidini yengmagan, go'zal ishq kabi go'zal yengilish kerak bizga.
©️Said Chamlija (Iymon va huzun
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
— Men shunchalar telbaman, Alixon! Sening keng koʻchalar va yashil oʻtloqlarni sevishingni, muhabbatni mendan-da chuqurroq anglashingni, Osiyo shaharlarining devorlarida oʻralashmasligingni istayman. Oʻn yildan keyin mutlaqo oʻzgarib, loʻttiboz, ikkiyuzlamachi boʻlishingdan qoʻrqaman, bir kun tongda uygʻonib: “Nino, sen shunchaki soyasan!”, deyishingdan doimo xavotir olaman. Javob ber: nima sababdan meni sevasan?
©️Qurbon Said (Ali va Nino
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Muhabbat nima?
Ba’zan bir kulgida, bitta tabassumda… Ba’zan bir kiprik qoqishda…
©️Ramazon Demir (Yelkangga ishq qo’nsa
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
OʻQI
Oʼzingni malol va charchoqlarga to‘la bir xil hayotda yashashga mahkum qilma. Oʼqi, kitobdan kitobga koʼch. Bir hikoyadan boshqasiga oʼt. Barcha oʼqigan hikoyalaring tafsilotlari ila yasha. Uning qahramoni yangligʼ hikoya tubiga shoʼngʼi. Ana shunda zamiringda oldingidan afzal shaxs paydo boʼlganini koʼrasan!!!
©️Abdulqodir Polvonov
Telegram | Instagram | Audiokitob
... men yuz marta o'lib-tirildim, holbuki, faqat bir marta o'lib qo'ya qolishim mumkin edi. Modomiki, boshimni asrab qololmas ekanman, bo'lar ishning tezroq amalga oshgani ma'qul.
©️Paulo Koelo (IXLOS yoxud BESHINCHI TOG
') kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kema suzishi uchun suv qanchalik zarur bo'lsa, pul ham inson uchun shunchalik muhimdir. Kema faqat suvdagina o'z vazifasini bajara oladi. Pul ham inson uchun shunchalik ahamiyatli. Ammo suv kemaning ichiga kirsa, uni cho'ktiradi.
©️Said Chamlija (Iymon va huzun
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Shunchaki yashashdan ma'no yo'q yoki yashash kerak yoki yashnatish...
©️Mary Johnson
Telegram | Instagram | Audiokitob
Banda Allohga Uning Kalomidan ko'ra mahbubroq boshqa biror narsa bilan yaqinlasholmaydi.
©️Nozimjon Hoshimjon (Qur'on oshiqlari
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Biz so’z bilan emas, nigohlarimiz bilan suhbatlashgan bo’lardik.
©️O’rxon Kamol (Yetmish ikkinchi kamera
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Dunyodagi ba'zi qayg'ular doim bir xil bo'ladi: bosimlar, ayriliq, hijron va masofalar. Qalbingdagi og'riqlarni tindirmaguningcha dunyoning hech qaysi og'rig'iga davo topa olmaysan degandi u.
📔Atirgul o‘g‘risi kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Men har doim jannat kutubxonaga o’xshagan joy bo’lsa kerak, deb o’ylayman…
©️Jorj Luis Borxes
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hayot o'zi shunday beshavqat: rishtalar uzilsa — kimdir qoladi, kimlardir esa ketadi. Ikki tomon ham yuragi o'rtanib qolaveradi.
©️Alvaro Yunke (Atirgul o‘g‘risi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hech qanday hozirlik koʻrmadim. Faqat bolamni oldim. Falastindan bu dunyoni tark etayotgandek chiqdim.
Quvilayotgan edim… Soʻnggi marta falastinga qaradim. Unda qora koʻzlar aks etgan edi. Chuqur oh tortdim. Oʻzimcha gʻoʻldiradim: Ayriliq diyori Falastin. Uni vatan bilganlarni baxti qaro qilgan Falastin…
©️Nuriya Cheleyen (Har ayol hojardir
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yalang‘ochlar kamerasi to‘yga tayyorgarlik ko‘rilayotgan xonadonga o‘xshab borardi. Barcha tashvishlarni unutib, “yaramaslar” o‘zlariniki bilan So‘lezlikning kamerasi o‘rtasida zir yugurishar edi. Axir ularning og‘asi zafar quchgan! Yana deng, ketma-ketiga. Hazilakam gapmi! Endi ularning kamerasida har doim qora qozon qaynaydi, har kecha to‘q qoringa uyquga ketishadi. Och qoringa uxlamagan odam esa aloq-chaloq tushlar emas, durkungina hurliqolarni ko‘radi. Qorni to‘q odamga hatto sovuq ham chikora. Qorning to‘yib ovqat yeyishga ne yetsin?! Yashasin to‘qlik!
©️O’rxon Kamol (Yetmish ikkinchi kamera
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Shuhrat o‘limga o‘xshaydi: odamni yaqinlaridan judo qiladi.
©️Sal Melamed
Telegram | Instagram | Audiokitob
Charchadim azizim... Qattiq charchadim. Suvning oqishidan, ustimda suzib yurgan bulutlardan, yurgan yo'llarim doim bir manzilga eltishidan, insonlarning nihoya bilmagan ma'noli kulishlaridan juda charchadim...
©️Halis Karabenli (Zamonga yengilma
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Erta tongdan sizni hech kim uyg’otmasa yoki biror kimsa sizni tun tushganda kutmasa, ko’nglingiz tusaganini qilaversangiz, buni nima deb ataysiz?
Erkinlikmi yoki yolg’izlik?
©️Charlz Bukovski
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kitoblar meni mutaassiblikdan, gʼazabdan, jinnilikdan, oʼzni barbod qilishdan qutqardi. Ular menga muhabbatni, balki undan ham koʼproq narsalarni oʼrgatdi!
©️Elif Shafaq
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kitob bu qayta va qayta ochishing mumkin boʻlgan sovgʻa!
©️Garrison Keillor
Telegram | Instagram | Audiokitob
Agar pul insonni baxtiyor qilganida, bugun G'arbda har bir oilaning shifokori bilan birga o'z psixologlari ham bo'lmas edi.
©️Said Chamlija (Iymon va huzun
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ahvolimni so'ramang! Nima deyishimni xohlaysiz? Bilsangiz, nima o'zgaradi?! Yaxshiman desam, xursand bo'lasizmi yoki xafami? Aslo qayerdaligimni so'ramang! Jahannamning tubidaman desam, kelasizmi? Yo'qsa, mendan qochishda davom etasizmi? Shuning uchun holimni so'ramang, aslo qiziqmang! Yoki kim bilansan, demoqchimisiz? Yolg'izman. Qo'llarimdan tutishga jasoratingiz yetadimi? Sevasanmi, deb aslo so'ramang! Sevaman, deyishimni kutyapsizmi? Endi bu savollarning nima ahamiyati bor? Axir meni tark etib, butun savollarni javobsiz qoldirmadingizmi?
©️Ramazon Demir (Yelkangga ishq qo’nsa
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kim to’rt narsani da’vo qilsayu, to’rt narsaga amal qilmasa: jannatni sevaman desa-yu, Allohga itoat etmasa, Payg’ambarni yaxshi ko’raman desa-yu, uning go’zal axloqiga ergashmasa, kambag’al va faqiru benavolarni yoqtirmasa, jahannamdan qo’rqaman desa-yu, gunoh qilishdan chekinmasa, Allohni sevaman desa-yu, musibatlarga duchor bo’lganda, ingrab zorlanishdan tuyilmasa, u yolg’onchidir.
©️Imom G’azzoliy (Mukoshafatul qulib
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ishq-
tilingdan chiqishga jasorati yetmagan soʻzlarning qalbingda boʻronlar koʻtarmogʻidir!!!
©️Usmon Sungur Yeken
(
Yo Nasib!..
)
kitobidan