elektron_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал elektron_kutubxona - Kutubxona™

50838

Telegramdagi yetakchi kutubxona kanaliga xush kelibsiz! 🎶 Audio™ | @Audio_Kutubxona_uz 📮Takliflar | @Kutubxona_Elektron_bot 📈 Reklama | @Marketolog1 📩 Instagram.com/Elektron_Kutubxona

Subscribe to a channel

Kutubxona™

Alloh bir bandani azoblamaslikni iroda qilsa unga istig’for aytishni ilhom qiladi.

©️Ali Roziyallohu Anhu

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Sizda baxtsizlik yuz berganida, hamdardlik bildirish uchun Sizga qoʻngʻiroq qilayotgan odamlar odatda tafsilotlarni bilishni istaydilar xolos.

©️Edgar Uotson Xovi

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Kechikish!

"Maktabni bitirib, institutga kirsam onamga sovgʻa olib boraman" dedim. Keyin..
"Institutni bitirib ishga kirsam, albatta, onamga sovgʻa olib boraman." dedim. Keyin esa...
"Lavozimim koʻtarilsa onamga sovgʻa olib boraman" dedim.
Mana bugun ishxonamdan qaytayotib sovgʻa uchun toʻxtatdim. Yoʻl chetidagi gul doʻkonidan gul sotib oldim.
Esga olsam, onamdan ayrilganimga 4 yil boʻlibdi.


©️Abrorbek Abduhoshimov

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Iffatli qizni yo'ldan ozdirib, keyin tashlab ketish mard yigitning ishi emas.

©️Syuzen Foks (Samoviy ahd-u paymon) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Sen bu dunyoda qanchalik antiqa ishlar qilmoqchi bo'lsang, hayot sening qarshingda shunchalik odatiy hodisalarni chiqaradi.

©️Sabohiddin Ali
(Ichimizdagi shayton) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Kim haq, kim nohaqligini Xudo ko'rsatadi. Balki, siz to'g'ri qilayotgandirsiz, balki, biz adashgandirmiz. Lekin biz ishongan yo'limizni tutdik.

©️Baxtiyor Abdug'afur
(Uzbechka) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bu yerda omon qolishni istasang, o'z fikringni baland ovozda ifodalashing kerak. Bunga majbursan.

©️Nensi Kleynbaun (O'lik shoirlar jamiyati) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Sevish va sevilish og'ir gunoh sanalgan, ayollarga qul kabi munosabatda bo'linadigan qishloqda tug'ilib, hayotning og'ir sinovlarini boshdan kechirgan qizaloq haqidagi qissa...

©️Suad (Alanga ichidagi ayol) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Biror narsaning vaqti anchadan beri kelmayotgan bo'lsa, ehtimol, vaqti allaqachon o'tib ketgandir?

©️Berkutay Soysal (Kelmasang ham kutaman) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bir kuni koʻchada kinnidir sevib qolgan tilanchini uchratib qoldim. Boshida eski qalpoq, paltosi tirsagidan yirtilgan, tuflisining uchi oqib tushgan, ammo qalbida yulduzlar charaqlab turardi.

©️Viktor Gyugo

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Yo’qchilik eshik qoqib kelganda, muhabbat oynadan sakrab qochadi.

©️Markus Klark

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Kulmaganing uchun yig'lading, jim tura olmaganing uchun gapirding, o'lolmaganing uchun yashayapsan...

©️Bob Marley

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Odamlar magʻrurlikdan koʻr boʻlib qolganlar. Ular sizning rasmlaringizni saqlab qoʻyadi, eski xatlaringizni oʻqiydi, birgalikda oʻtkazgan daqiqalaringizni eslaydi va sizni ich-ichdan sogʻinishadi. Ammo oʻzlari koʻrinmaydi, koʻringan taqdirlarida ham oʻzini beparvo koʻrsatishga harakat qiladi. Aslida bular bari inson zotigagina xos boʻlgan odatlar, ha aynan inson zotiga... Ahmoqlik!

©️Stefan Sveyg

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Yomon xotin hayotni zaharlaydi, yaxshisi esa jonga tegadi. Ular orasidagi farq ana shunda, xolos.

©️Leonard Djevetskiy

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Agar kerak boʻlib qolsam, Sizga kerak boʻlmay qolgan joyda boʻlaman.

©️Al Pachino

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bilasizmi, baʼzida uzoq vaqtdan beri sogʻinayotgan insoningizni unutishning eng yaxshi yoʻli — uni uchratishdir...

©️Stefan Sveyg

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Barcha hissiyotlar bizni ahmoqona ishlarni qilishimizga undaydi, lekin eng tentaknamo ishlarni muhabbat sababli qilamiz.

©️Fransua Laroshfuko

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Soatlab suhbatlashib, o’tmishda bo’lib o’tganlarni o’zgaga anglatsang ham, shunday bir siring borki, qiynayveradi, ziddiyatlar domiga tashlayveradi. Hatto o’zingga ham aytmoqlikdan, anglatmoqlikdan qo’rqasan…

©️Ramazon Demir (Yelkangga ishq qo’nsa) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Mana, oyijon, kitobim ana shular haqida. Biroq tuzuk-quruq tushuntiroldimmi, bilmayman. Menimcha, bu qissani anglab yetishdan ko‘ra boshdan o‘tkazgan ma’qul. Zaynab xonimga birgina zaytunning ta’mini 
tushuntirib berolmagan menday bir noshud gulzorning sehrini qanday ham aytib bera olardim?..


©️Serdar Oʻzkan (G’oyib bo’lgan atirgul) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Yaxshilik degani — birovga yomonlik qilmaslik emas, yomonlikka undaydigan javhar ichingda bo'lmasligi, demak.

©️Sabohiddin Ali
(Ichimizdagi shayton) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Muhabbat ortiq o‘zingda ushlab turolmaydiganingni o‘zgaga berishdir.

©️Erix Mariya Remark (Qora haykal) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Yig'lama. Sen doim shunday sof bo'lib qolasan, hali hayotda yig'lashga ancha vaqting bo'ladi.

©️Joze Mauro de Vaskonselos (Azizim, Po'rtaxol) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Odamlarni azoblardan halos qilish kerak, agar buni o'zlari istashsa.

©️Agata Kristi (G'amgin sarv) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bilasizmi, aqli raso bo‘lgan birontayam rassom yo‘q. Aqli butun odam esa rassom bo‘lolmaydi.

©️Irving Stoun (Hayotga tashnalik) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Qalbingni
- shishadek tutsang sindirarlar...
- toshdek tutsang uzoqlasharlar.
- guldek tutsang yulib olishga urinarlar...
Sen qalbingni dengiz kabi tut!
- kirgan koʻmilsin
- suzishni bilgan qutulsin
- bilmagan boʻgʻilsin!


©️Mahbubiy

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Sabr bizga
• Tabassum qilishni,
• Duo qilishni,
• Minnaddorchilik bildirishni,
• Odamlarga salom berishni,
• Kechirim soʻrashni,
• Alloh xush koʻradigan goʻzal kalomlarni soʻzlashni,
• Sadoqatni,
• Ahdga vafo qilishni
OʻRGATADI!


©️Bilol Jivalek (Dard etma, sabr et) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Duolar faqat bizni qamrab oladigan darajada kichik ta’sirga ega, deb o‘ylash eng katta xatodir. Eng go‘zal duo boshqalarni ham o‘z ichiga olgan duodir. Bunday duolar tezroq qabul bo‘ladi. Alloh taolo bunday duolarni qabul qiladi...

©️Bilol Jivalek (Dard etma, sabr et) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Sabr – bu taqdirning to‘g‘ri yo‘li. Shoshqaloqlik va xudbinlik taqdir yo‘liga to‘siq qo‘yuvchi shaytonlardandir. Sabr nafsning dushmanidir, chunki shayton bizni aldash uchun nafsimizdan foydalanadi. Nafs bilan kurash so‘nggi nafasgacha davom etadi. So‘nggi nafas chiqqanda, hamma o‘z yo‘lidan ketadi. Biri tuproqqa, ikkinchisi Haqqa...

©️Bilol Jivalek (Dard etma, sabr et) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

“Sabr har doim insonga eng yaxshilarini in’om qiladi. Sabr dardlarga darmon va yuraklarga malhamdir. Rabbim qalblarimizni o‘z sevgisi bilan sug‘orsin, faqat O‘zi tomon bursin va u yerni boshqa sevgilar egallab olishiga yo‘l qo‘ymasin.”

©️Bilol Jivalek
(Dard etma, sabr et) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Allohni sevgan banda nafasini zoye qilmaydi. Chunki sen olayotgan nafas Unikidir. Usiz bir yutum nafas ham ololmaysan!

©️Bilol Jivalek (Dard etma, sabr et) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…
Subscribe to a channel