Sevadigan ko‘p, ammo sevishni biladiganlar kam. Ayniqsa, bugungi davrda sevgi inqirozini boshdan kechirmoqdamiz. Sevgining nomi hamma joyda bor, ammo uning o'zi yo’q.
©️Sema Marashli (Jannat sevishni biladiganlarniki
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Isyonlardaman, dedi. Yo'q, imtihonlarda edi. Buni bilganda bormi, hammasidan qutulgan bo'lardi.
©️Jaloliddin
Rumiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Uchtagina harfdan tashkil topgan so'z o'z ichiga hamma narsani sig'dira oladi. Uning yordami bilan xohlagan narsangni so'rashing mumkin. Qanday yaxshi-ya, nima deding? Yaxshiyam borsan, ey DUO, yaxshiyam borsan....
©Atham Amin Nemutlu (Duo taqdirni o'zgartiradi)
kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Nima ham deya olaman: men yolg'izlik saltanatining qirolichasiman. Oxirgi paytlarda shuni tushundimki, insonlar yolg'izlikdan juda ham qo'rqishar ekan, ammo aslida yolg'izlik sizga o'zligingizni kashf etishingizga yordam beradi. Yolg'iz qolmaslik uchun hayotingizga kirib kelishni istagan har kimsaga izn beraversangiz, ichingizdagi go'zalliklar o'zingizga ham sezdirmasdan, asta-sekin tugab, yemirilib yo'qolib ketaveradi. Chunki hayotingizga kirib kelgan har bir yangi inson sizdan o'zi bilan nimalarnidir olib ketadi.
Hayotingizga munosib bo'lgan inson o'z vaqtida keladi va sizni topadi.
©️Songul Unsal (Kaktuslar ham gullaydi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hammaga yordam berishning iloji yo'q, deydi berahm odam va umuman hech kimga yordam bermay qo‘ya qoladi.
©️Mariya fon Ebner- Eshenbax
Telegram | Instagram | Audiokitob
Musulmon ham boshqalarga o‘xshab kuladi va yig‘laydi. Xursand va xafa bo‘ladi. Gʻami bor, tashvishi bor. Orzusi bor, havasi bor.
Faqat uning farqi - nima uchun yashayotganini biladi.
©️Mubashshir Ahmad
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sevgan insoningni kutish bilan o‘tgan ikki daqiqa uning uyi tomon yurishga ketgan bir soatdan ko‘proqdir.
©️Ayman Yog‘iy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Qiz boladan nima kitob o‘qiyotganini so‘rang. Qo‘lini so‘rash qochib ketmaydi.
©️Bill Geyts
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ba'zi insonlar hattoki achinishga,
qayg'urishga ham arzimaydi.
Ba'zi insonlar yashayotgan bo'lsalar-da, qalblari allaqachon o'lgan. Bunday o'lik tuproqlarga ishq gulini ekmang: eksangiz, faqatgina ayriliq o'sib chiqadi.
©️Songul Unsal (Kaktuslar ham gullaydi
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
SOG'INCH
Parchagina bulut,
Cheksiz osmon,
Adir ortidagi yolg'iz oyoq yo'l.
Barcha tashvishlarni unutib, shodon,
Qaytgim kelayotir qoshingga butkul.
Qismat mayin ichdim - achchiq va taxir,
Tuydim ehtirosning samoviy kuchin.
Dunyoda odamzod yashamas, axir,
Faqat irodasin sinamoq uchun.
Parchagina bulut,
Cheksiz osmon,
Adir ortidagi yolg'iz oyoq yo'l.
Barcha tashvishlarni unutib, shodon,
Qayta olsam edi qoshingga butkul...
©️Abdulla Oripov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Agar oyoqda tik turishga majoling bo’lmasada, tik turishga sababing bo’lsa, qo’rqma yiqilmagaysan.
©️Jaloliddin Rumiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Vaqt - ko‘p narsani davolay oladigan tabib!
Ammo siz barini uning qo‘liga topshirib qo‘ymang...
©️Elchin Safarali
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yoqtirmagan insoningiz bilan ham yaxshi munosabatda boʻlishga siz oqibatchilik deysiz, men esa ikkiyuzlamachilik deyman!
©️Charlz Bukovskiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
O’zini aybini bilganda odam,
Boshqalar aybini so'zlamasdi ham.
©️Firdavsiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hech narsa anglatmaydigan so’zlar bor.
Hamma narsani so’zlaydigan jimliklar bor.
©️Ayman Yog’iy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Dunyo intiho topsa-da,
umringning so'nggi bekatida
turgan bo'lsang-da,
chiqmagan jondan,
joningdagi Allohdan umid uzilmaydi.
©️Atham Amin Nemutlu (Duo taqdirni o'zgartiradi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Chorasiz qolgan paytlarim biror haykaltaroshni topib, uning ishini tomosha qilaman. U toshni yuz marta urganda ham, ba'zida sinish u yoqda tursin, kichkina bolsada yorilmaydi.... So'ngra bir yuz birinchi urishda kutilmaganda ikkiga bo'linib ketadi. O'sha paytda shuni tushunib yetamanki, toshni ikkiga bo'lib yuborgan oxirgi zarba emas, ungacha bo'lganlaridi.
©️Jakob Riis
Telegram | Instagram | Audiokitob
Taraqqiyot uchun, avvalo, insonning o‘zi taraqqiy etishi kerak, inson esa taraqqiyotni barpo qiladi.
©️Vatslav Gavel (Kuchsizlar kuchi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Muhabbati haqida butun olamga jar soladigan inson emas, choyingizga necha qoshiq shakar solishni biladigan inson sizni sevadi.
©️Rashod Nuri Guntekin
Telegram | Instagram | Audiokitob
Inson toki o‘zini mayda gap, o‘chakish, janjal, shikoyat, norozilik, ohu vohlardan ozod qilolmas ekan, u iflos va pastlik tabiatidan xalos bo‘lolmaydi.
©️Abu Ali ibn Sino
Telegram | Instagram | Audiokitob
Inson yiqilib qayta tursa bu - fizika emas. Bu - xarakter.
©️Mayk Tayson
Telegram | Instagram | Audiokitob
Har bir kishining birgina dunyosi bor. U ham bo'lsa o'zi... Undan boshqasi haqida gap bo'lishi mumkin emas.
©️Sabohiddin Ali (Ichimizdagi shayton
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Butun hayoti davomida o'ziga yarashgan bir ishni qilganini eslay olmas, bu umrni boshqa birov yashagandek tuyulardi unga...
©️Sabohiddin Ali (Kuyujaklik Yusuf
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Modomiki, hech narsani o'zgartirishga qodir emas ekansan, unda hammasi azaldan chizib qo'yilgan yo'ldan yurish kerak. Shunday ekan, oqil kishi hammasini bir tabassum bilan kuzatib, navbatini kutishi kerak.
©️Sabohiddin Ali (Kuyujaklik Yusuf
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bizni biz xohlagan saodatga boshlab bormas ekan, zakiy, dohiy va donishmand bo'lishning nima foydasi bor. Aql-hushimiz joyida bo'lmagani yaxshiroq edi.
©️Sabohiddin Ali (Ichimizdagi shayton
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Orzum shul, o‘chmasin yongan chirog'ing,
Yulduzday nur sochsin chashming-qarog‘ing.
Magar chinor bo‘lsang, chinorday yasha,
Bevaqt uzilmasin biror yaprog‘ing!
©️Abdulla Oripov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Odamlar har xil tillarda gaplashadilar. Biroq, faqat bitta tilda – yurak deb atalmish zabonda sevgi izhor qiladilar, quvonadilar, sog‘inadilar.
©️Chingiz Aytmatov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sukut alomati har doim ham rizo emas
Ba’zan inson ahmoqlar bilan tortishishni istamagani uchun sukut saqlaydi.
©️Albert Eynshteyn
Telegram | Instagram | Audiokitob
- Erkak harakat qiladi, Ayol esa kutadi - inson tabiati shunday yaratilgan.
- To’g’ri, Ammo hayotda kutish, harakat qilishdan og’irroqdir. . .
©️Alexandre Dumas
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sening mendan boshqa hammalaring bor,
Mening sendan boshqa yo'qdir hech kimim!
©️Matnazar Abdulhakim
Telegram | Instagram | Audiokitob