Hammaga ichidagi yaxshilik miqdoricha yaxshilik tilayman.
©️Jubron Xalil (Kesik qanotlar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Mashrab osilganda qayoqda eding?
Cho‘lpon otilganda qayoqda eding?
Surishtirganmiding Qodiriyni yo
Qalqon bo‘lganmiding kelganda balo?
Hukmlar o‘qulur sening nomingdan,
Tarixlar to‘qulur sening nomingdan.
Nimasan? Qandayin sehrli kuchsan?
Nechun tomoshaga bunchalar o‘chsan?
Qarshingda hasratli o‘yga tolaman,
Qachon xalq bo‘lasan, ey sen, olomon?!
©️Abdulla Oripov
Telegram | Instagram | Audiokitob
🌸Bugun tunda kelarmish bahor...
Derazangdan mo‘ralab asta,
Gul yuzingdan bo‘lib shikasta,
Uzun qishga siltab qo‘lini,
Ham qalbingdan boshlab yo‘lini,
To‘qqiz oyki, yelarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Qoru muzni suvga g‘arq qilib,
Izg‘irinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga o‘rab olamni -
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Go‘zallikni eltib jahonga,
Sano aytib har o‘tgan onga,
Jamolingga bo‘lib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo-
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Unutilar hazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga og‘dirib,
Yomg‘irlarin yerga yog‘dirib,
Suvlarini elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Hissiyotga to‘ldirib dilni,
Kengaytirib kichik ko‘ngilni,
Duolarga ijobat yetib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
🗞@Elektron_Kutubxona
– Necha kun azoblanaman, Portuga?
– Uzogʻi qirq kun.
– Qirq kundan keyin oʻtib ketadimi?
– Yoʻq, koʻnikasan.
©️Joze Vaskonselos (Azizim, poʻrtaxol
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bu hayotda hech kimga o‘zingni isbotlashga majbur emassan. Shuni unutmaki, insonning qalbida nima bor bo‘lsa, uning ko‘zlari ham o‘sha narsani ko‘radi.
©️Mirach Chag’ri Oqtosh (O’zingga hush kelding)
kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Jismoniy mashqlar ko‘plab dorilarning o‘rnini bosishi mumkin, lekin ko‘plab dorilar ham jismoniy mashqning o‘rnini bosolmaydi.
©️Anjelo Mosso
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hatto nafrat ham insonni chala muhabbatchalik haqoratlamaydi.
©️Ayman Yog‘iy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Do‘sting bo‘lsa yaxshi-da, qo‘rqmay o‘limga ham boraversang bo‘ladi.
©️Antuan de Sent-Ekzyuperi (Kichkina Shahzoda
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Dunyoda har bir narsa boshqa bir narsani tortadi. Yaxshi kishilar bilan do‘st bo‘lmagan yomonlarning yonidan joy oladi, ularga qo‘shni bo‘ladi.
©️Jaloliddin Rumiy (Qalb ko‘zingni och
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
O'lim-kimlargadir bayram, kimlar uchundir to'y ekan. Yana shuni angladimki, qalbi ishqdan mosuvolar o'lishdan qo'rqar ekan...
©️Fotih Duman (Sir
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
O’tmish - sizning xotirangizdan boshqa joyda mavjud emas.
©️Jaggi Vasudev
Telegram | Instagram | Audiokitob
Agar sog‘lom payting yugurishni xohlamasang, kasal bo‘lgach, yugurishga majbur bo’lasan.
©️Goratsiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Qachonki ikki kishi o‘rtasida sukut hukmron bo‘lsa, demak, u yerda qaysidir yo‘l bilan sindirilgan qalb bor.
©️Jubron Xalil
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bahonalardan iborat poydevor ustiga muvaffaqiyat binosini qurib bo'lmaydi.
©️Robin Sharma
Telegram | Instagram | Audiokitob
Qanchalik salbiy fikrlasangiz, o'zingizga salbiy narsalarni shunchalik jalb qilasiz.
©️Songul Unsal (Kaktuslar ham gullaydi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Qalbga istarsan shifo gar,
bo‘l yomon so‘zdan yiroq,
«Karvalol» ichmoq kerakmas,
kar va lol bo‘lmoq kerak.
©️Erkin Vohidov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ketayotgan nimagaki
achinsang, o‘sha yo‘qotishdir.
©️Usmon Azim (So‘ngso‘zlar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yo'qotganlarim ichida eng ko'p sog'inganim Aqlimdir.
©️Mark Tven
Telegram | Instagram | Audiokitob
Anchadan beri yuragim bilan emas, aqlim bilan yashayapman..
©️Mixail Lermontov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ibrohim Adham uning boshini yorgan odamni Alloh kechirishini so'rab duo qilgan edi. Buning sababini so'rashganida u shunday javob qilgan edi: "Axir men u tufayli ajr-mukofot qozonaman-ku! U menga yaxshilik qildi. Endi men unga yomonlik tilaymanmi?"
©️Imom G'azzoliy (Shuhratparastlik va riyo
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Biz qayg'udan saqlanish uchun atrofimizga qurgan devorlarimiz bizni quvonchdan ham saqlaydi.
©️Jim Ron
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hasad - pisib yotgan bahaybat Bo‘ridir.
©️Jaloliddin Rumiy (Qalb ko‘zingni och
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Xafa bo‘lish vaqtni behuda sovirishdir. Xursand bo‘lish uchun sabab toping.
©️Janob Bin
Telegram | Instagram | Audiokitob
Xiyonat qilish menimcha eng avval "o'zlik" dan boshlanadi. Inson o'ziga xiyonat qila olsa boshqa birovga xiyonat qilishi oson bo'ladi. O'ziga xiyonat qilishni eng keng tarqalgan ko'rinishi o'ziga, Alloh bergan kuchiga emas, boshqa birovning muvaffaqiyatiga, boshqaning yaratgan baxtiga ishonishidir. Inson boshida ko'p bor o'ziga "Xiyonat" qiladi va hayot unga ana shu "Xiyonat" larni kamaytirishi uchun do'sti, yor-birodari orqali "xabar" yo'llaydi va "Yolvoraman, xiyonat qilma!" deydi.
©️Amina Sheliko'g'lu (Yolvoraman Xiyonat qilma
!) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bu bevafo dunyoda bir-birini ming bir mashaqqat bilan topgan ikki qalbni bogʻlagan rishtalar aslo uzilmasligi kerak!
©️Sabohaddin Ali (Mo’ynali mantodagi Madonna
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
So‘rdilar, umr nedir, deya,
Dedik: o‘tkan kun o‘tdi, endi qaytmas sira.
Ertamiz noma’lum, kelarmi bilmas kimsa…
Bizga ma’lumi bugundir, bugun!
Shu sababdan umr asli bir kun,
U kun esa bugundir…
©️Ramazon Demir (Yelkangga ishq qo’nsa)
kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
“Afsuski yigitchilik mavsumi bitdi.
Ko'klam o'tib ketdi, qish kelib yetdi.
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi,
Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi.“
©️Umar Xayyom
Telegram | Instagram | Audiokitob
Tirishqoq, izchil, punktual, oqilona muvozanatli, o'ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlar; shu bilan birga e'tiborli, samimiy, adolatli va halol bo’lganlargina g’olib bo’ladilar.
©️Yulo Vooglayd
Telegram | Instagram | Audiokitob
Dunyoni qutqarishni insonlarni bittalab qutqarishdan boshlashingiz zarur. Hammani birdaniga qutqaraman deyish: yo xayolparastlik yoki siyosiy yolg‘on.
©️Gabriel Garsia Markes
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kitoblar va qizlar o‘zlarini fosh qilib orqa o‘girishni yaxshi ko‘radilar.
©️Volter Benjamin
Telegram | Instagram | Audiokitob