Azizlar muborak oyda turibmiz. Roʻza amalini ado etmoqchi boʻlganlar uchun foydali maʼlumotlar yigʻindisi, yaʼni ramazon oyida eng koʻp soʻraladigan savollarga javoblar!
Barchaga ulashing➪
Siz izlagan sahifa👇
👉 @Elektron_Kutubxona 👈
Bir kun jajji farzandim
So‘rab qoldi dilbandim,
Dada, nechun bu oyni
Ramazon oyi deydi,
Nechun kimdir och yurib
Kimlardir taom yeydi?
Go‘yo nayza sanchidi
Bu o‘rtangan yurakka,
Ne javob bersam ekan
Bu kichkina murg‘akka.
Boshim quyi solgancha
Uzoq o‘ylanib oldim,
Bu ko‘zalar dastidan
Men ham uyalib qoldim.
Obbo, jajji qizaloq
Shunga aqling yetdimi,
O’yin kulgu ham qolib
Xayol shunga ketdimi?
Mayli, sen ham so‘rading
Men bir javob aytayin,
Insonlar turfa ekan
Men ham hayron netayin.
Ramazonning ma’nosi
Deganidir “Kuydirdi”,
Bu so‘roving farzandim
Yana ko‘proq suydirdi.
Bu oy bizlarni bolam
Robbimizga suydirar,
O’n bir oy ichra qilgan
Gunohimiz kuydirar.
Bilsang agar farzandim
Bu oy asli uch qism,
Uchoviga bir qilib
Qo‘yilgan ushbu ism.
Eng avvali bizlarni
Rahmat la obod qilur,
O’rtasi gunohlarni
Kuydirib barbod qilur.
Eng oxiri afzali
Do‘zaxdan ozod qilur,
Uchovlari birlashib
Nafsga g‘azot qilur.
Bu oy ichra qalblar
Taqvoga to‘lsin, deya,
Qalbning kasallari
Mutlaqo o‘lsin, deya,
Robbim bizga kunduzi
Yemoqni harom qildi,
Ham behuda so‘zlarni
Demoqni harom qildi.
Lek bu oyning qadriga
Barcha birday yetmaydi,
Turfa yaralgan inson
Bir yo‘l uzra ketmaydi.
Adashgan bechoralar
Kunduzi taom yeydi,
Allohdan qo‘rq, desang gar
Gapirma, tamom, deydi.
Yozda kunlar qizigan
Ham ko‘p ishlar kutarmish,
Qarang, bu nodon inson
Qishda ro‘za tutarmish.
Ozgina sabr qilsang
Molu joning ketarmi,
Do‘zax o‘ti kuydirsa
Bunga sabr yetarmi?
Ey nodonlar nodoni
So‘zlaringni o‘ylab boq,
Muzlab qolgan qalbingga
Ramazonda olov yoq.
So‘rovingga farzandim
So‘nggi so‘zni so‘zlayman,
Bu ro‘zamning ortidan
Rayyonlarni ko‘zlayman.
Bir kun kelib ulg‘aysang
Ro‘zani tark etmagin,
Kechalari qoim bo‘l
Hech g‘aflatda yotmagin.
Shunda Alloh rizosin
Topgan banda bo‘lasan,
Nafsning jilovini
O’z qo‘lingga olasan.
Shunda otang ham sendan
Rozi holda jon berur,
Ro‘zaning mukofoti
Abadiy jannat erur.
Telegram | Instagram | Audiokitob
Tushunsang-chi, shoʻrlik dunyoning
Bizdan boʻlak hech vaqosi yoʻq!
©️Jontemir (Jazba
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Biz ongsiz ravishda Xudo bizni yuqoridan ko'radi deb o'ylaymiz - lekin U bizni ichimizdan ko'radi.
©️Gilbert Sesbron
Telegram | Instagram | Audiokitob
Navro’z keldi azizlar!
Bahmal yopib yillarga,
Adir dala qirlarga,
Gullar olib qo’llarga,
Navro’z keldi azizlar.
Quyosh separ nurlarin,
Yerga zarrin nurlarin,
Erkalatib hurlarin,
Navro’z keldi azizlar.
🌸🌹🌸🌹🌸🌹🌸🌹🌸🌹
@Elektron_Kutubxona
Oqimga qarshi suzish uchun baliq kuchli bo'lishi kerak. Oqim boʻylab oʻlik baliq ham suza oladi.
©️Jon Krou
Telegram | Instagram | Audiokitob
Agar Alloh seni menga yozsa mendan qochishing yo'q. Lekin qadar seni mendan olsa, yig'lashni keragi yo'q.
©️Shams Tabriziy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Har kuni aqalli bitta qo‘shiq eshitish, yaxshi rasm ko‘rish va iloji bo‘lsa, istagan bir hikmatli so‘zni o‘qib olish darkor.
©️Gyote
Telegram | Instagram | Audiokitob
Qiziqishlari qabul qilinmagan bola oʻz qiziqishlarini kattalarnikiga moslashtiradi, qobiliyati qabul qilinmagan bola onasi xohlagan mavzularda koʻzga koʻrinishni xohlaydi. Yigʻlashi va kulishi qabul qilinmagan bola his-tuygʻularidan uzoqlashadi... Shunday qilib, vaqt oʻtishi bilan oʻzligini yoʻqotadi. Rol oʻynashni hamda boshqalar kabi harakat qilishni boshlaydi.
©️Xadicha Kubro Tongar (Men bolamni urmayman
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Men haqiqatni sevardim... Lekin qani u?... Hammayoqda faqat riyokorlik yoki eng kamida, firibgarlik, xatto eng diyonatli, eng ulug' odamlar ham bundan mustasno emas.
©️Stendal (Qizil va qora
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Goʻzal ayollar nigohimizga yoqadi, samimiy,mehribon ayollar esa yuragimizga.Birinchisi chiroyli “buyum” boʻla oladi,ikkinchisi esa xazina.
©️Napaleon
Telegram | Instagram | Audiokitob
📔Ramazon kundaliklari
Kutubxona™️ kanalidan siz kutgan ramazon tuxfasi, bepul RAMAZON KUNDALIKLARI
Barcha yaqinlaringizga yuboring ular ham foydalanib xursand bo’lishsin!😇
Siz izlagan sahifa👇
👉 @Elektron_Kutubxona 👈
Odatda odamlar hamma narsaga tezda koʻnikib qolishadi va bu ularning eng kuchli zaifligidir.
©️Maks Fray
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bizga Xudo muhabbatning barcha ulugʻ onlarini bolalikda hadya etgan. Endi bu tuygʻularga arzimaymiz..!
©️Javlon Jovliyev (Qoʻrqma
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Agar bir insonning qalbida seni sevish uchun mittigina xohish boʻlsa, u seni finjonni qanday ushlashingga ham oshiq boʻla oladi.
©️Mirach Chag‘ri Oqtosh (Toʻsiqlarga qaramay sevdik
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
RAMAZON TAQVIMI—2023
Barcha musulmon ahlini Ramazon oyi bilan muborakbod etamiz. Duolar ijobat qilinadigan mazkur oy Sizlar uchun xayrli va barakotli bo‘lsin!
Saharlik va iftorlik vaqtini bilishingiz uchun Ramazon taqvimi e’lon qilinmoqda. Sizga foydali bo’ladi degan umiddamiz.
@Elektron_Kutubxona
Bugun koʻrishaylik,
Yomgʻirni qara!
Suvga boʻkkan mushukday shahar.
Osmon yaylovlari bulutga qaram,
Koʻngil - tashrifingga
Yoʻq dema faqat...
©️Jontemir
Telegram | Instagram | Audiokitob
Shunday yaqin insonim boʻlishini istaymanki, men u bilan xuddi oʻzim bilan gaplashganday va hamma narsa haqida gaplasha oladigan boʻlsam.
©️Fyodor Dostoyevskiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bir olma tushdi va dunyo tortishish kuchi qonunini bilib oldi. Ammo minglab jasadlar tushgani holda, insoniyat insonlikning ma'nosini anglamadi.
©️Charli Chaplin
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yashasang-chi o‘tmishdan arib!
Yo‘l ochiq-ku, nega jilmaysan?
Baxt kelmaydi seni axtarib,
Boriladi baxtga – bilmaysan.
Sevgi – mardlar umriga ziynat –
Qay yo‘sinda hayotin tarzi...
So‘ng bor aytay: “Faqat muhabbat
Topshirmoqqa taqdirni arzir”.
Qalb falagin toqidan zim-zim
Betoqat nur sochgan o‘sha – baxt.
Beyuraklar ne desa desin,
Baxt degani asli – muhabbat.
© Usmon Azim (Bir parcha osmon
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitobt
Men hatto qizimni turmushga beraman deb o'ylamayman. Xudo haqqi qizg'onaman. Qanday qilib u boshqa odamni o'padi? Yoki qanday qilib u begona bir odamni otasidan ko'ra ko'proq sevadi? Ochig'ini aytsam men uchun buni tasavvur qilish ham juda og'riqli. Abatta bu gaplarning hammasi bema'nilik. Lekin menimcha, uni uzatishdan oldin, men faqat tashvish bilan o'zimni charchatgan bo'lardim. Men sovchilarni birin-ketin rad etardim. Lekin oxirida barbir uni o'zi sevganiga berardim.
©️Dostoyevskiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Tasavvur qiling, butun fojia
shundaki, uning ko’ksida itniki emas, allaqachon inson yuragi urib
turibdi. Boz ustiga tabiatdagi barcha mavjudotlar yuragi ichida eng iflosi va eng yaramasi.
©️Mixail Bulgakov (Ityurak
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hech narsa kashf qilinmagan, hammasi eng boshidanoq tabiatda mavjud bo’lgan. Asliyat- qaytishdan iboratdir
©️Antoni Gaudi
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ramazon kundaligi!
Allohning fazli marhamati ila ”Ramazon kundaligi” tayyor bo’ldi!
Bu kundalikni 🖨printerdan chiqarib olib undan foydalaning va qarindosh-birodarlaringiz hamda taniganu-tanimagan bilan ulashing!
Shu kanaldagi har bir shaxs o’z yaqinlariga yo’ki o’z kanaliga bu kundalikni joylashligini so’rab qolamiz, Zero kim bir yaxshilikka
bir insonni yetaklab qo’ysa o'sha kishi yaxshilik qilayotgan kishidek ajrlanadi.
Agar sizda Printerdan chiqarishni umuman imkoni bo’lmasa unda telefoningizda pdf-format o’qiydigan ilovani yuklab olib o'sha orqali bu kundalikni to’ldirib borishlik imkoniyatiga egasiz.
Xohish-istak bo’lsa albatta imkon topiladi!
Siz izlagan sahifa👇
👉 @Elektron_Kutubxona 👈
Uylanish - bu bamisoli lotoreya, ammo unda yutuqsiz chiptani yirtib tashlash imkoni yoʻq.
©️L.Piter
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sen dunyoga kelganingni bildirgansan, yigʻlagansan va oʻpkang ilk bora uning havosidan jon qarz olgan! Shu bir nafas havo badalini oʻlmay turib toʻlab qoʻy!
©️Javlon Jovliyev (Qoʻrqma
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Tuproqdan yaraldik, tuproq boʻlamiz,
Muhimi balchiqqa aralashmaslik.
©️Aslanov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Mening qanotlarim oʻsdi - lekin uchadigan joy yoʻq.
©️Ivan Turgenev
Telegram | Instagram | Audiokitob