– Xayr, – deding va kuzatdim jim,
– Koʻrishguncha chidarmi yurak?
Hijron bizni halinchak qildi,
Yana oʻzi tebratsa kerak.
– Xayr, – dedim, jimgina qolding,
– Koʻrishguncha chidarmi, yurak?…
Dunyosini angladik, yetdik,
Yashash uchun sogʻinmoq kerak..!
©️Farida Afroʻz
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sevgi - ko'prik qurmoqdir. Insonlar ko'prik qurish o'rniga devor qurganlari uchun yolg'iz qoladilar.
©️Isaak Nyuton
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hayot insonga ko'p narsani o'rgatmasligi mumkin, ammo bir narsa aniq: ortga yo'l yo'q.
©️Yu. Nesbe (Arvoh
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
O’zini- o’zi aldash dahshat, chunki bunda aldovchi hamisha aldanuvchida mujassam bo'ladi.
©️Aflotun
Telegram | Instagram | Audiokitob
Doimo bir-biringizni chin qalbdan seving. Dunyoda sevgidan bo'lak deyarli hech nima yo'q.
©️Viktor Gyugo
Telegram | Instagram | Audiokitob
Baxt uzoqda bo'lsa, kishining o'z baxtini topishga bardoshi yetmasdi, menimcha. Iqbolini uzoqdan izlaganlar hayotdan tez charchaydilar, hayot mazmunini topolmaydilar. Aslida baxt insonning o'zida, uning yonginasida.
©️Xuliyo Kartal (Yosh qizning kundaligi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Har doim rost gapiring, shunda, doim nima deganingizni eslab qolish kerak bo'lmaydi.
©️Mark Tven
Telegram | Instagram | Audiokitob
Birovlarga yoqish uchun vijdonimizga qarshi borib yolg'on gapirgandan ko'ra, yaxshisi, yoqimsiz va og'riqli o'sha haqiqatni aytib qo'yaqolgan ma'qul.
©️Jim Ron (Umr mavsumi
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hazillashmoqchi bo'lganimda - rost gapni aytaman. Rost gap - olamdagi eng kulguli hazil.
©️Bernard Shou
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hayot poyezdga o'xshaydi. Birov chiqadi, birov tushib qoladi. Ma'lum bir bekatlar orasida kim bilandir tanishasan, do'st tutinasan. Ko'nglingga o'tirishib qolsa, yana uchrashishga ahdlashib, xayr-xo'shlashasan. Hayot poyezdidan esa, kimki tushib qolsa, u bilan qayta ko'rishmaysan...
©️Tohir Malik (Charxpalak
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Oʻzimizning pastkashligimiz va ojizligimiz sababini yulduzlardanmas, oʻzimizdan izlashimiz kerak.
©️Jon Grin (Yulduzlar aybdor
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Men gunohga botgan qulingman, menga rahm qil. Qahringga olma… G’azabingdan o’z panohingda asra… Men o’z-o’zimga g’azab qildim; rahming kelsin, xudoyim, men seni sevaman. O’zim o’zimga ablahman, ammo seni sevaman; do’zaxingga tashlasang, do’zaxda ham seni sevarman va do’zaxingda turib butun dunyoga seni sevganimni aytarman… Menga ham oxirigacha sevish uchun ijozat ber…
©️Dostoyevskiy (Aka-uka Karamazovlar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
✍🏻Mahmud As’ad Jo’shon
📕Ramazon va taqvo
Kanalga a’zo bo’lish
⬇️⬇️⬇️
Telegram | Instagram | Audiokitob
Do’stlaringizga ham ulashing
Menga yuksak hayot kechirishim uchun hamma narsa berilgan. Men esa dangasalik, buzuqlik va orzular ichida o‘lyapman...
©️Daniel Xarms
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sevikli odaming sen bilan o‘pishayotganida yuzini o‘girib, ko‘zini olib qochdimi, bilki - ko‘nglida yo xiyonat bor, yo adovat.
©️O‘tkir Hoshimov (Nur borki, soya bor
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Aytmaganingiz uchun bir marta afsuslansangiz, sukut saqlamaganingiz uchun yuz marta pushaymon bo'lasiz.
©️Lev Tolstoy (Hayot yo'li
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bir ko‘rishda muhabbat faqat ona va chaqaloq o‘rtasidagina bo‘lishi mumkin. Chaqaloq tug‘ilgan zahoti onasini ko‘radi va... umrining oxirigacha sevib qoladi.
©️Sharof Boshbekov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Men seni sevaman
beva — faryodni,
baliq —daryoni,
tulpor — keng yaylovni sevsa qanchalik.
Men seni sevaman
noshud — shuhrat-shonni,
quyosh — sof osmonni sevgani yanglig'.
©️O'ljas Sulaymonov (Tungi taqqoslar
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bir xil yo'llardan yursak-da, hech uchrashmaymiz...
©️Elchin Safarli (Qaytganimda uyda bo'l
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ko’ngildagi hislarni yashirishda qalb qancha ko'p matonat ko'rsatsa, ularni izhor etib, ko'ngil bo'shatish undan ham daxshatliroq, kuchliroq bo'ladi. Insonning butun borlig'i birdan mana bu sevgi, minnatdorchilik, erkalik ko'z yoshlarini to'kishga ehtiyoji bilan to'lib toshib ketgan bo'lsa, u o'zini ortiq tutib turolmaydi, bu menga shu chog' ravshan bo'ldi..!
©️Dostoyevskiy (Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kun keladi, oʻshanda siz yuzingizga tabassum yugurishi uchun oʻzini qurbon qiladigan kimsani uchratasiz.
Qalbingizning barcha eshiklarini yopib yubormang, qalbingiz eshigini taqillatgan har bir kimsa ham jarohat yetkazishni niyat qilmaydi.
©️Shayx Shaʼroviy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ey koʻngil, ibrat ol, boq har tushgan yaproqqa. U ham avval koʻkdan boqardi tuproqqa...
©️Jaloliddin Rumiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Siyosatchilar poygachilar kabi homiylik qilingan kurtkalarni kiyishlari kerak, shunda biz ularning haqiqiy egalari kim ekanligini bilib turamiz.
©️Robin Uilyams
Telegram | Instagram | Audiokitob
Inson erta o‘lim topishini bilsa, u o‘z umri tugashiga qadar juda ko‘p narsalar qilib qolmoqchi ekanini anglab yetadi.
©️Stiven Hoking
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hech kim hech qachon kambagʻal, semiz yoki dangasa boʻlishni rejalashtirmagan. Bu narsalar sizda reja boʻlmaganida sodir boʻladi.
©️Larri Uinget
Telegram | Instagram | Audiokitob
Biz odamlar shunaqamiz, birovlarni xudbin deymiz-u, oʻz manfaatimiz uchun boshqalarni qurbon qilayotganimizni oʻylab ham koʻrmaymiz.
©️Iqbol Mirzo (Bonu
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ayollarning qoʻllaridan sevishdan boshqa hech narsa kelmaydi. Sevgiga ular qanchalik ahamiyat berishlarini faqat Xudo biladi. Ular bizni hayotdagi asosiy narsa – sevgi deb ishontirmoqchi boʻlishadi. Lekin sevgi arzimas narsa. Men qoʻmsash va hirsni bilaman. Bu tabiiy, sevgi esa kasallik.
©️Somerset Moem (Oy va sariq chaqa
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Qalbingda birozgina shavq toʻlqini uygʻonsa, buni hammaga koʻz-koʻz qilishga shoshasan. Biroz qaygʻuda qolsang, hammaga gʻamingni namoyish etib, odamzotning rahm-u shafqatini uygʻotishni istaysan. Qilmagan ishlaringni aytib, faxrlanasan, qilgan ishlaring gunohdan boʻla turib, seni madh etishlaridan mastlik, huzur tuyasan. Bundan koʻra kattaroq nohaqlik, bundan kattaroq zulm va kizb boʻlgaymi?!
Bizning holimiz shu...
©️Akrom Malik (Halqa
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
📘Ramazon oylarida yuz bergan muhim voqealar
Barchaga ulashing➪
Siz izlagan sahifa👇
👉 @Elektron_Kutubxona 👈
Taqdirimizni og‘irlashtiradigan narsa sabrsizlik va nafsimizdir. Nafsimiz bizni undagan gunohlarimiz uchun aybdorni qidiradi. “Qismatingda shu bor ekan!” deydi. U shu yo‘l bilan ham o‘zidan aybni soqit qiladi, ham qahramonga aylanadi. Vaholanki, taqdir begunoh, u Xudoning bitigidir...
©️Bilol Jivalek
(Dard etma, sabr et
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob