«O'zimiz bid'atlarga mubtalo bo'lganimiz yetar. Keyingi avlodimizning xurshidi saodatlarin zavolg'a yetkurmaylik. Bundan keyin bid'at va majusiyat odatlarini yo'q qilmoq uchun yolg'iz ikki kalima so'zni yaxshi tushunmoq lozim: o‘qimoq va uqimoq»
©Nabijon Boqiy (Qizil toshbo'ron
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Biz qiziqchi bo'lganimiz uchun qiziqchilik qilmaymiz, faqat ana shu tuyg'uni yo'qotmaslikka tirishamiz, aks holda xarob bo'lamiz.
©️Erix Maria Remark (G'arbiy frontda o'zgarish yo'q
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Tarixdan maqtanadigan qurol sifatida foydalanish yaramaydi – bu oʻsha millatning kelajagiga urilgan boltadir.
©️Li Kuan Yu
Telegram | Instagram | Audiokitob
Eng katta yolgʻon - bu butun umr davomida bitta insonni sevishga vaʼda berishdir.
©️Genri Miller
Telegram | Instagram | Audiokitob
Insonlar doim o'zlarini ovutib yashaydilar. Bu esa ulardagi jasoratni so'ndiradi.
©️Albert Eynshteyn (Tasavvurimdagi dunyo
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Siz tanlagan yo'l har doim ilm olishdan boshlansin. shunda maqsad tomon parvozingizda manzilingiz aniq va xotiringiz jam bo'ladi!
©️Albert Eynshteyn (Tasavvurimdagi dunyo
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
1- oktabr o'qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo'lsin aziz ustozlar
@Elektron_Kutubxona
BIRINCHI OKTABR TONGI!🎊
Shabnamlar pichirlab yaproqlariga,
Shivirlab nimadir aytmoqchi goʻyo,
Lol qolib bu tongning titroqlariga,
Nimadir demoqchi, oʻtkinchi dunyo.
Sokin tun ohista sochin turmaklab,
Yoʻqlikka yoyildi, tong keldi peshvoz,
Tong bilan uchrashdi, muqaddas, dilkash,
Joynomoz ushlagan, nuroniy ustoz.
Oʻzgacha bu tongda,oʻzgacha husn,
Bosh qoʻydi sajdaga,ustoz ham bu dam,
Hamdu,sano aytdi Yaratgan uchun,
Parvona boʻlishdi farishtalar ham.
Soʻng asta quyosh ham nur sochdi zarrin,
Ziyoga toʻlishdi atrof ham goʻyo,
Aylanib bir zumga jajji bolaga,
Tilaklar aytmoqchi,bu koʻhna dunyo.
Ustozning mehridan chamanlar unar,
Doim manglayidan oqar halol ter,
Gar uni quyoshga qiyos aylasak,
Bir jajji bolaga oʻxshaydi bu Yer.
©️XURSHID KARIM
@Elektron_Kutubxona
— Nima qilyapsan, Zeze?
— Hech narsa. Qoʻshiq aytayotgandim.
— Qoʻshiq?!
— Ha.
— Unda men kar ekanman-da!
Tavba, odam ichida ham, ovoz chiqarmay qoʻshiq kuylashi mumkinligini nahot bilmasa? Indamadim. Bu yoshga kelib ham ovozsiz musiqani eshitolmabdimi, bundan keyin ham eshitolmaydi. Mening tushuntirishim behuda...
©️Joze Mauro de Vaskonselos (Azizim po'rtaxol
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
✍🏻 Rauf Parfi
📙 Sabr daraxti
Kanalga a’zo bo’lish
⬇️⬇️⬇️
Telegram | Instagram | Audiokitob
Do’stlaringizga ham ulashing
Ayni damda biz faqatgina aysbergning uchi bo'lmish ong qismidan xabardormiz, ammo, ong osti shaxsiyatimizning juda katta va chuqur ko'milgan qatlamlaridan iborat.
©️Poll Kleynman (Psixologiya 101
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Urushlar tugaydi, rahbarlar qo'l berib ko'rishadi va ona shahid bo'lgan o'g'lini kutib qoladi.
©️Erix Mariya Remark (Uch og'ayni
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bari menga o'rgatmoqlik uchunmidi sevgi neligin?
Yo'q, Uni o'rgatasiz siz o'zingizga. Gar bilsangiz, bu ishlarning ustasiman men va agar kim bo'lsa sevgi parisi, Ayting, kelsin va o'rgansin sevmoqni mendan.
©️Nensi Kleynbaum (O'lik shoirlar jamiyati
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
“Qachondir uysiz bo‘lganing ahamiyatli emas, ayni paytda kim ekanliging muhim. Kurashni davom ettir va sen kimdir bo‘lasan, balki ketayotgan yo‘lingdan to‘xtasang ham nimagadir erisharsan, ammo unda o‘zingga o‘xshamaysan”, degandi boy otam.
©️Robert Kiyosaki (Pul oqimining kvadranti
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sevish oson, unga munosib bo‘lish, muhabbati uchun kurashish, turmushning mushtlariga o‘z jufti bilan baravar yelka tutish hammaning ham qo‘lidan kelmaydi.
©️Erik Sigal (Love story
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
✍🏻 Umar Xayyom
📗 Tiriklik tilsimi
Kanalga a’zo bo’lish
⬇️⬇️⬇️
Telegram | Instagram | Audiokitob
Do’stlaringizga ham ulashing
Men anchadan buyon sizning taqdiringizni o‘zimcha fikrlab yuraman. Dmitriy Fyodorovich, men uni kuzatib, o‘rganib yuraman… O, ishoning, men tajribakor yurak do‘xtiriman, Dmitriy Fyodorovich.
— Xonim, agar siz tajribakor do‘xtir bo‘lsangiz, unda men tajribakor bemorman, — zo‘r-bazo‘r lutf qildi Mitya.
©️Dostoyevskiy (Aka-uka Karamazovlar
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kunlardan bir kun, bu dunyoga kelish kabi baxtsizlikka uchraganman...
©️Fyodor Dostoyevskiy (Telba
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Turmush o‘rtoqlar o‘zlarining shaxsiy xususiyatlarini, individual farqlarini oila hayotida ham saqlab qolishlari va shaxs sifatida mavjudlikni davom ettirishlari baxtli va osoyishta turmush uchun juda muhimdir. Aks holda, oilada faqat bir kishining aytgani bo‘ladi, faqat bir tomon istayotgandek yashaladi, boshqalar esa shunchaki itoat qiladi. Bunday holda, maʼlum vaqt o‘tgach, turmushda muammolar paydo bo‘la boshlaydi. Individuallashish muhim, lekin turmushda “men” dan “biz”ga o‘tilgan taqdirdagina oila sog‘lom darajada saqlanib qolinadi.
©️A.Bulut & A.Akin (Uyimiz jannatga aylansin
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
✍🏻 Usmon Azim
📘 Kuz she’riy to’plam
Kanalga a’zo bo’lish
⬇️⬇️⬇️
Telegram | Instagram | Audiokitob
Do’stlaringizga ham ulashing
Vijdonga ozor bersang, bir kun kelib qasos oladi.
©️Benjamin Franklin (Yuksalish San'ati
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ustozlar
Chin insonlik kitobiga baxtu hikmat bitibsiz,
Odob ila bilim oldim so‘zingizdan, ustozlar.
Qalbingizning yo‘q g‘ubori, mehribonsiz shunchalar,
Quyosh olsin haroratin yuzingizdan, ustozlar.
Fan bog‘ining bog‘bonisiz, charog‘bonsiz ko‘ngilga,
Ming ehtirom o‘g‘lingizdan, qizingizdan, ustozlar.
Joy oldingiz bir umrga shogird yurak to‘ridan,
Mo‘min hayot darsin o‘qir o‘zingizdan, ustozlar.
Po‘lat MO‘MIN,
O‘zbekiston xalq shoiri.
@Elektron_Kutubxona
Bayramingiz muborak bo’lsin aziz ustoz va murabbiylar!
MUALLIM
Yodimda, bir choqlar misrlik mehmon
Shoirdan bayt aytdi soʻz tekkan zamon.
Oʻsha gap yodimdan chiqmaydi hamon:
Muallimni koʻrsang, taʼzim bajo qil,
Uni martabada rasul kabi bil.
Tangri irodasi, hayot xohishi, –
Haq yoʻlida daʼvat rasullik ishi.
Iymoni nur sochgan fonusdir kishi,
Muallimni koʻrsang, taʼzim bajo qil,
Uni martabada rasul kabi bil.
Muallim – bolaga mehrda timsol,
Nabirasin suyib, ul qalbi zilol,
Sajdada yelkasin tutmish bemalol.
Muallimni koʻrsang, taʼzim bajo qil,
Uni martabada rasul kabi bil.
Tarix – ulugʻ maktab komillik sari –
Bordir Buxoriylar, Navoiylari.
Dondek hikmat terar koʻngil qushlari,
Muallimni koʻrsang, taʼzim bajo qil,
Uni martabada rasul kabi bil.
Burgutga qanotioʻzi bir maktab,
Buyuklar hayoti oʻzi bir maktab.
Oʻzbekiston oti oʻzi bir maktab,
Muallimni koʻrsang, taʼzim bajo qil,
Uni martabada rasul kabi bil!
@Elektron_Kutubxona
Ziyorat uchun shunday bir vaqtni tayin qilginki, u uzun ham, mezbonga mashaqqat keltiradigan ham bo'lmasin. Ya'ni, mehmondorchilikka taomlanish, uyqu, dam olish va xordiq chiqarish kabi nomunosib vaqtlarda bormaslik kerak.
©️Abdulfattoh Abu G'udda (Musulmonning 35 odobi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Odamlar doimo sizni ortga qaytarishga va "Buni amalga oshirib bo'lmaydi" deb sizni ishontirishga harakat qilishadi, ammo, agarda siz o'zingizga ishonsangiz va maqsadlaringiz tomon tinimsiz harakat qilsangiz, albatta, hamma narsaga erisha olasiz!
©️Richard Branson (Qani boshladik!
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Agar bolalarni sho‘xliklari uchun jazolamoqchi bo‘lsangiz, tog‘liklar odatiga ko‘ra istagan joyiga urishingiz mumkin, lekin yuziga qo‘l tegizish mumkin emas. Tog‘liklarni yozilmagan qonuni shu: inson yuzi daxlsizdir.
Dog‘iston - mening yuzim. Hech kimning mening yuzimga daxl qilishiga yo‘l qo‘ymayman!
©️Rasul Hamzatov (Mening Dog’istonim
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ikki soat qiziqarli roman o’qib o’tkazilgan vaqt ko’pincha ikki yil hayot kechirgandan ko’ra muhimroq.
©️Sabohaddin Ali (Mo’ynali mantodagi madonna
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
✍🏻 R. Gordin
📘 Buni har bir yosh matematik bilishi kerak
Kanalga a’zo bo’lish
⬇️⬇️⬇️
Telegram | Instagram | Audiokitob
Do’stlaringizga ham ulashing
Qashshoqlik - bu kitob doʻkonlaridagi sotilmagan kitoblar ustidagi changdir!!!
Qashshoqlik - kechasi ovqatlanmasdan uxlamoq emas, balkim kunni fikrsiz oʻtkazmoq qashshoqlikdir!
©️Ali Shariati
Telegram | Instagram | Audiokitob
Agar kitob sotib olmasam, pulni nimayam qilardim..
©️G.Lihtenberg
Telegram | Instagram | Audiokitob