elektron_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал elektron_kutubxona - Kutubxona™

50838

Telegramdagi yetakchi kutubxona kanaliga xush kelibsiz! 🎶 Audio™ | @Audio_Kutubxona_uz 📮Takliflar | @Kutubxona_Elektron_bot 📈 Reklama | @Marketolog1 📩 Instagram.com/Elektron_Kutubxona

Subscribe to a channel

Kutubxona™

Ayol qanchalik go‘zal bo‘lsa, shunchalik aqlli bo‘lishi kerak. Chunki u faqat aqli bilan go‘zalligining o‘ziga yetkazadigan zararlaridan saqlana oladi.

©️Lev Tolstoy

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Olomonning muammosi shundaki, ilmli va tarbiyali kishilarga shubha bilan qaraydilar, ahmoqlarga esa to‘la ishonch bilan.

©️Charlz Bukovski

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Agar sen farishta bo‘lgan taqdiringda ham qanotlaringning shitirlashini yoqtirmaydigan odamlar topilgan bo‘lardi.

©️Xitoy maqoli

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ayollar nikohdan oldin aprel, nikohdan keyin noyabr. Erkaklar esa nikohdan oldin iyun, nikohdan keyin dekabrdir.

©️Uilyam Shekspir

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Biz, aslida, hamma hayotning o‘zi Nima ekanligini unutgan davrda yashayapmiz. Biz insonni bemalol Oyga yo‘llay olamiz, lekin shundoq yonimizga ko‘chib kelgan yangi qo‘shnilar bilan tanishishga sira fursat topolmaymiz. Biz ballistik raketani yer sharining boshqa qismiga uchirib, mo‘ljalga aniq ura olamiz, biroq negadir bolalar bilan kutubxonaga borishni doimo orqaga suramiz. Bizda bir-birimiz bilan aloqani yo‘qotib qo‘ymaslik uchun elektron pochta, fakslar, uyali telefonlar bor, ammo insoniyat hali hech qachon bu qadar tarqoq bo‘lmagan.

©️Robin Sharma
(O‘lsang, kim yig‘laydi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Kutmang: "Fursati" degan narsa yo’q. Qayerda bo'lsangiz, o'sha yerdan boshlang. Qo'lingizda qanday qurol bo'lsa, shu bilan boshlang. Undan yaxshirog'i yo'l-yo'lakay topiladi.

©️Napoleon Xill

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Vatanparvarlik — yolg‘iz o‘z vataniga mehr qo‘yishdan iboratgina emas. Bu juda katta his... Bu —
vatan bilan o‘zini bir butun deb bilish, uning yaxshi-yomon kunlarida asqatish demakdir.

©️Tolstoy

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

🇺🇿14-yanvar 🇺🇿 Vatan himoyachilari
kuni bilan barcha aka- ukalarimizni tabriklaymiz!

KO'KSINGIZDA YASHAMOQDA IKKI YURAK

Shu kun sizni qutlagaymiz sizni har dam,
Bosmoqdasiz vatan deya shaxdam qadam,
Urib turgan yurakmidi yoki qasam,
Kerak bo'lsa vatan uchun sizdir kerak.
Ko'ksingizda yashamoqda ikki yurak.

U onadir sizning bilan yurib turgan,
Yuraklari yurak bilan urib turgan,
Kunduziga uhlamagan,tunda yurgan,
Kerak bo'lsa vatan uchun sizdir kerak.
Ko'ksingizda yashamoqda ikki yurak.

Siz qanchasiz onalar ham shuncha bo'lar,
Shuncha yurak ming-tirilib ming bor o'lar
Kelsangiz gar ostonaga shodlik
to'lar,
Kerak bo'lsa vatan uchun sizdir kerak,
Ko'ksingizda yashamoqda ikki yurak.

Ikki yurak ko'zi tanda yonib tursin,
Dushman izi izingizdan tonib tursin
Yurak bilan yuragingiz mangu ursin,
Kerak bo'lsa vatan uchun sizdir kerak,
Ko'ksingizda yashamoqda ikki yurak.


@Elektron_Kutubxona

Читать полностью…

Kutubxona™

Muhabbat - abadiy yopilmas eshik.
Ochilish bor unda, yopilish yo'qdir.
Bir umr izlaysan o‘zingni o‘zing,
Yo'qolish bor unda, topilish yo'qdir...


©️Mirzo Kenjabek

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Insonning eng birinchi burchi aslidagiday bo‘lishi, “bu – yaxshi, bu – yomon” degan gapni mardona ayta olishidir.

©️Romen Rollan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Inson qanchalik o’qimishli bo‘lsa,  shunchalik yolg‘izlikka mahkum: u doim turli davrning buyuk insonlari bilan muloqot qiladi va bu yuksak jamiyat unda ehtiyotkorlikni tarbiyalaydi.

©️Fridrix Nitshe

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Iltijo

Kunlar oyga, oylar yilga aylanar,
Aylanadi charxi beshafqat,
Guli xas, g‘unchasi gulga aylanar,
Jon ota, sen
Qarima faqat....

Kim qonibdi neʼmatiga bu hayot?
O‘tgan kunni qanday etib bo‘lar rad
Ammo bo‘lsa bu dunyoning g‘ashiga
Qon, ota, sen
Qarima faqat!..

Yoshing falon derlar, kimda g‘anim yo'q.
G‘animsiz ham hato yozuv, hato xat. Hayqir ota: bunchaga kirganim yo'q.
Ton, ota, sen
Qarima faqat....

Kim qonmasa neʼmatiga bu hayot
O‘tgan kunni etsa bo‘lar rad.
Yurgancha yur, turgancha tur chin
Osmon, ota, sen
Qarima faqat!


©️Muhammad Yusuf

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Shunday yashash kerakki, oʻlgandan keyin ham oʻlmaslik lozim.

©️Musa Jalil

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Yomon qonunlar va yaxshi amaldorlar bilan davlatni boshqarsa bo‘ladi. Ammo amaldorlar yomon bo‘lsa, eng yaxshi qonunlar ham foyda bermaydi.

©️Otto fon Bismark

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

BARDOSH

Mudom chappor urib uchgan qaldirg‘och,
Qishu yoz uyimdan ketma, orom ol.
Men senga tegmasman, yayrab bola och,
Faqat qanotlaring menga beraqol.

Musicha in qurgan xonadonimda,
Hech kimdan cho‘chimas, shunchalar yovvosh.
Xay qushim, fazilat bo‘lsa qonimda,
Mo‘minliging bilan aylay ayirbosh.

Osmon-falaklarning egasi burgut,
Bir umr shahdingga qilganman havas.
O‘sha armonimni esla, yodda tut,
Menga shijoating hadya qil birpas.

Qushlar jam bo‘lishar, pasayib osmon,
Yerga qaray-qaray, chug‘urlashib der:
–Barcha xislatimiz olginu, Inson,
Bizga tirnoqchalik bardoshingdan ber.

©Abdulla Oripov

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ikki tur inson bor: biri vaqt o‘tib xatolari bilan yuzlashgan, ikkinchisi yuzsizlashgan.

©️Mehmet Akif Ersoy

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Uning yo‘li bor.
Mening yo‘lim bor.
Sizning yo‘lingiz bor.
To‘g‘ri yo‘lga kelsak, yo‘q,
bunday yo‘l mavjud emas.

©️
Fridrix Nitshe

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ranjimagin, xayr, yaxshi bor,
Meni tinch qo‘y, sadoqatli do‘st.
Yuragimda yashayotgan mor
Yechinmoqda - tashl
ayapti po‘st.

Peshonangga chiziq tortar kin,
Yuzlaringga gina chaplaysan.
Lablaringda ulkan bir yig‘in,
Eng murakkab qo‘shma gapdaysan.

Olomondan zada bo‘lganman,
Erk berma, do‘st, mehr kuchiga.
Men o‘lganman, axir o‘lganman
Shilliqurtday kosam ichida.

Sen sodiqsan, xiyonatman - men,
O‘zimga ber o‘zimni bir dam.
Sen sobitsan, omonatman men,
Sen do‘stsan, men odamman, odam.

Ranjimaysan, pinak buzmaysan,
O, sodig‘im - ezgu tushuncha.
Olovsanu go‘yo muzdaysan.
Ayt, nimamni sevasan buncha?!


©️Vohid Luqmon

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ko'z quloqqa nisbatan ishonchliroq guvohdir.

©️Buqrot

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Iymon ber ruhimga, jismimga jon ber,
Loyimni qorishtir, poklab ber menga,
Ojiz tomirimga pokiza qon ber,
Ravshan qil qoramni oqlab ber menga.
Oxirat ilmidan qil meni ogoh,
Murodim shamini so‘ndirma, Alloh.

©️Rauf Parfi (Tavba) sheridan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Umr yo’llarining baland-pastida
yolg’iz men telbaman,
boshqalar sog’dir...


©️Orifjon Komil

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

1⃣4⃣❤️❤️❤️❤️❤️❤️VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUBORAK BO'LSIN!

🇺🇿 Xonadon obro‘yi, taxti-erkakdir, 
🇺🇿 Bolalar quvonchi, baxti-erkakdir. 
🇺🇿 Ayollar qudrati mulki-erkakdir, 
🇺🇿 Vatanim g‘ururi ko‘rki-erkakdir!

BARCHANGIZ BIZNING G'URURIMIZSIZ, AZIZ O'ZBEK O'G'LONLARI!

Yaqinlaringizni tabriklang
🇺🇿
@Elektron_Kutubxona

Читать полностью…

Kutubxona™

Men hech kimni tark etmayman, lekin ketmoqchi bo’lganning ham qo’lidan tutib qolmayman.

©️Mahmud Darvish

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Tinglovchi so‘zlovchini tushunmasa, so‘zlovchi esa nimani nazarda tutayotganini o’zi ham bilmasa – mana shuni falsafa deydilar.

©️Volter

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Oila - xalqni saqlab qolish va uni kengaytirishning asosidir.

©️Yulo Vooglayd

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bizning talqinimizga ko'ra, maktabda asosiy jarayon - o’qish, o’qitish, o’quv ishi yoki davlat o’quv rejasini bajarish emas, balki bolaning rivojlanishidir.

©️Yulo Vooglayd
(Vatandoshlik dasturi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

O’zlari bajarishi lozim va shart bo'lgan narsalarni boshqalar uchun bajarib bermang!

©️Yulo Vooglayd
(Vatandoshlik dasturi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bobom menga bir kuni ikki turdagi odamlar bor, dedi: ishlaydiganlar va bahona izlaydiganlar. U mendan birinchi turdagi odamlar qatorida bo’lishni so’radi: u yerda raqobat anchagina kam.

©️Indira Gandi

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Shunday o’ylangki, umr degani bir kun va o’sha kun bugundir.

©️Fotih Duman

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Hech bo'lmasa bir kishi bilan - hamma narsa haqida - xuddi  o'zim bilan gaplashgandek gaplashishni xohlayman.

©️Dostoyevskiy

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…
Subscribe to a channel