elektron_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал elektron_kutubxona - Kutubxona™

50838

Telegramdagi yetakchi kutubxona kanaliga xush kelibsiz! 🎶 Audio™ | @Audio_Kutubxona_uz 📮Takliflar | @Kutubxona_Elektron_bot 📈 Reklama | @Marketolog1 📩 Instagram.com/Elektron_Kutubxona

Subscribe to a channel

Kutubxona™

​​Alvido Ramazon

Alvido ey nuri Rahmon alvido,
Alvido ey koni irfon alvido,
Alvido ey quti iymon alvido,
Alvido ey mohi Qur'on alvido.

Chun hiloling yerga nur sochgan zamon,
Bo'ldi yer xushbo'y, munavvar osmon,
Barcha dillarga yetib amnu amon,
Chin ibodat bo'ldi har on, alvido.

Senda ko'kdan yerga nurlar sochilur,
Barcha jannat boblari lang ochilur,
Yetti do'zaxning eshigi yopilur,
Senda mug'laq bo'ldi shayton, alvido.

Kim qudumingdan agar masrur o'lur,
Mahzun ul sendan qachon mahjur o'lur,
Jurmu isyoni aning mag'fur o'lur,
Xushxabardir anga rizvon, alvido.

Kunlaring o'tkazsa kim hirmon ila,
Tunlaring bedor o'lib Qur'on ila,
Kim bularni aylasa iymon ila,
Marhabo der anga Rayyon, alvido.

Senda tushdi ilk bor Qur'onimiz,
Ravshan etdi yo'limiz Furqonimiz,
Qo'lni ixlos birla ochgan onimiz,
Ayladi maqbul Mannon, alvido.

Poklagaymiz senda mulku molimiz,
Tark etarmiz senda qiylu qolimiz,
Sen­la sof o'lgay hama ahvolimiz,
Nafsu shayton bo'ldi vayron, alvido.

Shubhasiz sen birla ruhning chog'ligi,
Hamda ketgaydir ko'ngilning dog'ligi,
Tiklanar ham senda tanning sog'ligi,
Sen o'zingsan dori darmon, alvido.

Senga sig'mas hech bir sum'a, riyo,
Bas, mukofoting berar yolg'iz Xudo,
Sen shafoatxohimiz kelsa jazo,
Do'zax o'tidin­da qalqon alvido.

Bir tuning bor mingcha oylardan fuzun,
Zotan ummat umri ermasdi uzun,
Sen bila armonlari ketdi butun,
To'ldirurlar senda xirmon, alvido.

Xullas, etsam bir umr vasfing agar,
Ayta olgum minggidin birrin magar,
Haq Rasul madh etdi, shu senga yetar,
Ham guvohlik berdi Qur'on, alvido,

YO Ilohiy, fazlu lutf aylab ato,
Et qabul bizdan namoz, ro'za, duo,
Ham umid aylar Hasan kelsa qazo,
Ro'za ichra chiqsa bu jon, alvido.


🥰🧺@Elektron_Kutubxona

Читать полностью…

Kutubxona™

Yaxshigayam, yomongayam birdek yaxshi ko'rinishga urinadigan odam eng xavfli odamdir...

©️O'tkir Hoshimov
(Daftar hoshiyasidagi bitiklar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Menga yolg'on gapirganingizdan xafa emasman, endi sizga ishona olmasligimdan xafaman.

©️Fridrix Nitsshe

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bir kishi soʻrab qoldi:
– Allohni koʻrdingmi?
– Ha.
– Qachon?
– Ayblarimni yashirganida, rizq berganida, dardimga shifo berganida, yedirganida, ichirganida...

©️Nozimjon Hoshimjon
(Allohning mo‘jizalari) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

#qadr_kechasi

Qadr kechasini foydali o‘tkazish uchun 27 tavsiya:

1. Kechasi tetik turish uchun peshindan keyin biroz dam oling.

2. Ibodatga xalal bermaslik uchun iftorda ko‘p ovqat yemang.

3. Bu kechani ibodat bilan o‘tkazayotganda tavba qilishga azm qilish.

4. Barcha mo‘minlar va mo‘minalar uchun istig‘for va duoni ko‘paytiring.

5. Butun a’zolaringiz bilan Allohga yuzlaning, hattoki, aqlingiz va qalbingiz U Zotdan boshqasidan uzilsin.

6. Janjal va tortishuvlardan uzoqda bo‘ling, sizning haqqingizni poymol qilganlarni kechiring.

7. Fikringizni bir joyga qo‘yib, ibodat qiling, Qadr kechasida xayol boshqa narsalarda bo‘lib, yuz rakatni tugatib qo‘yishni foydasi yo‘q.

8. Duo va ibodatda ixlosli bo‘lish qalbingiz Allohdan boshqasi bilan mashg‘ul bo‘lib rakatlarni ko‘paytirishdan muhimroq.

9. Qadr kechasida imkon boricha tahoratli bo‘lishga harakat qiling.

10. Duoingiz ijobat bo‘lishiga aniq ishoning. Chunki ijobat bo‘lishiga ishonmaslik duoning orasiga to‘siq paydo qiladi.

11. Alloh duolaringizni qabul qilib, ijobat qilishiga ishonchingiz komil bo‘lsin.

12. Duoda bor vujudingiz bilan yolvorib so‘rang, chunki Alloh azza va jalla yolvorib duo qilgan bandasini yaxshi ko‘radi.

13. Har bir gunohingiz uchun Alloh taologa istig‘for ayting, U Zot sizni afv qilishini so‘rang.

14. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga, U zotning oilalariga ko‘p salovot va salomlar ayting, sahobalarga Allohdan rozilik so‘rang (ya’ni “Roziyallohu anhu” deb aytish).

15. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytib ortidan: “Allohumma innaka a’fuvvun, tuhibbul a’fva fa’fu annaa” (ya’ni: “Ey Alloh, albatta Sen gunohlarni afv qiluvchi zotsan, afv qilishni yaxshi ko‘rasan, bizlarni afv et”), duosini ko‘p ayting.

16. Alloh taolo barcha musulmonlarni do‘zaxdan ozod qilishini ko‘p so‘rang.

17. Halol rizqni oson qilib berishini va holatlarni yaxshi tomonga o‘zgartirishini so‘rab duo qilish.

18. O‘tgan ota-onalaringizning haqiga duo qilib, Allohdan gunohlarini kechirishini so‘rang.

19. Duo qilganda ushbu duolarni ham aytish: “Robbanaa hab lanaa min azvajinaa va zurriyaatinaa qurrota a’yun”, (ya’ni, Ey Robbimiz, bizlarga jufti halollarimizdan, farzandalarimizdan ko‘z quvochnchlari ber).

20. Er yoki xotin bir-birining haqiga go‘zal holat, nafs va fikrning rohatini tilab duo qilishi kerak.

21. Sajda qilgan holatingizda ko‘p duo qiling. Chunki bandaning Robbisiga eng yaqin bo‘lgan holati sajda qilgan holatidir.

22. Sajdada uzoq vaqt duo qilib turing. Chunki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu haqda shunday deganlar: “Bellaringiz gunohlaringizdan og‘irlashib ketgan. Ularni sajdada uzoq turish bilan yengillatinglar”.

23. Bir soniyani ham zoye ketkazmang, vaqtni g‘animat biling. Chunki, ilohiy rahmat va shabbodalar bu tunda ochik bo‘ladi.

24. Qodir bo‘lganingizcha Qur’on o‘qing.

25. Qadr kechasini ibodat bilan o‘tkazish tong otgunicha davom etadi, o‘sha vaqtda farishtalar osmondan tushib, chiqib turishadi.

26. Alloh taolo sizni bu kechani ibodat bilan o‘tkazishga muvaffaq qilganiga shukrlar ayting, sizdan boshqa qancha-qancha kishilar bu baxtdan bebahra qoldi.

27. Qadr kechasida imkon qadar sadaqa berishni unutmang. Chunki bu kechada qilingan har bir amalning ajri ulug‘.

Ushbu postni maksimal tarqating, hamda boshqalarga ham yaxshilik ulashing.

📖🫴💥📚@Elektron_Kutubxona

Читать полностью…

Kutubxona™

Men sokin odamlarni yaxshi ko'raman. Ular xayolida raqs tushayabdimi yoki dunyoning og’irligini ko'tarib yuribdimi, hech qachon bilolmaysiz.

©️John Green

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Allohning dargohidan panoh istab kelgan hech bir banda bo‘sh qo‘l bilan ortga qaytmaydi.

©️Bilol Jivalek
(Dard etma, Sabr et) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Aqlingizga kelgan chiroyli narsalarni duoga to'king. Qarabsizki yo'l bo'ladi, niyat bo'ladi, nasib bo'ladi,
hal bo'ladi.


©️Jaloliddin Rumiy

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Hayotni yashab o’tish, u haqida fikrlashdan osonroq.

©️Maksim Gorkiy

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Barchamizning muhabbatga ehtiyojimiz bor va biz hayot davomida unga muhtojmiz.

©️Muhammad Bo‘zdag
‘ (Muhabbat anatomiyasi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Men bilmayman kimni kutaman?!
Dunyo sog‘inch dahshatli sog‘inch!!!

©️Usmon Azim

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Sevmang demayman, seving. Goʻyo u sizni hech qachon tark etmaydigandek emas, bir kun ketishiga tayyor boʻlib, seving.

©️Mirach Chagʻri Oqtosh
(Oʻzingga xush kelding) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Qayerga boqsang ko'rganing yuzingdir, Kimda nima ko'rsang - asli o'zingdir.

©️Yunus Emro

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Poyon bilmas yo'qlik olami aro, kichik bir zarradir bu borliq dunyo.

©️Iogann Volfgan Gyote
(Faust) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Yoʻldan ozorni olib tashlash iymondan hisoblansa, fikr va qalbdagi ozorni ketkazish qanchalik ekan?

©️Said Chamlija
(Iymon va xuzun) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ochig'ini aytsam, kitob o'qishdan boshqa yaxshiroq mashg'ulotni bilmayman. Boshqa ishdan odam birpasta charchaydi. O'zimning uyim bo'lganda o'z kutubxonam bo'lmasa, o'zimni eng baxtsiz odam deb hisoblayman.

©️Jeyn Ostin
(Andisha va g'urur) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Odamlarning fikri sizning ichki ovozingizni bo'g'ib qo'yishiga yo'l qo'ymang.

©️Stiv Jobs

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Kichkina bir yaxshilik qilish uchun ham odam (balki buyuk odam) bo‘lish kerak; katta yomonlik qilishga kichik odam ham qodir.

©️Asqad Muxtor

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

🫴📖🌙"Qadr kechasida ibodat, zikr va duo qilmaslik Allohning rahmatidan yuz o‘girish bo‘ladi..."

📖@Elektron_Kutubxona

Читать полностью…

Kutubxona™

Bir so‘z bilan aytganda, tahajjud namozi bandaning Alloh bilan bog‘lanish vositasi bo‘lib, unda banda Yaratuvchisi bilan yolg‘iz qolib, unga munojat qiladi. Mana shu ibodat-la ruhiy va ma'naviy lazzat oladi.

©️Abdulatif Tursunov (Tahajjud namozi fazilati, ahkom va odoblari) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Madaniyatning qanchalik balandligi ayollarga bo'lgan munosabat bilan belgilanadi.

©️Maksim Gorkiy

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Aslida dunyoda sevgisiz insonning o‘zi yo‘q. Shunchaki qalbidagi mudrab yotgan sevgini unutib yuborgan insonlar bor. Uni uyg‘otish lozim..

©️Bilol Jivalek
(Dard etma, Sabr et) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Qulog'i eshitgan, ko'zi ko'rgan hamma narsaga ishongan kishi nimani ortidan kelayotganini adashtirib qo'yadi!

©️Topdiq Emro

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Yodda tutingki, jannat ahli Allohni zikr qilmagan soatga afsuslanganchalik biror narsaga afsuslanmaydi.

©️Shayx Ali Tantoviy
(Ey qizim) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

So’zlar yolg’on so’zlashi mumkin, lekin ko’zlar aslo aldamaydi. Ko’zlar yurakning ko’zgusidir.

©️Muhammad Bo‘zdag
‘ (Muhabbat anatomiyasi) asaridan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Yana jimlik. Yana sukunat.
To‘lib ketar hech narsadan dil.
Hech narsadan boshlanadi gap,
Hech narsani so‘zlar yana til.

Qichqiradi bezabon xayol,
Sukunatda qiynaladi jon.
Hech narsani tan olmas go‘yo
Hech narsadan boshlangan jahon.


©️Rauf Parfi

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Muhabbatdan oldin rostlik va chinakamlikni o’rganingiz. Chunki, o’zganing tuyg’ulari ila o’ynashish eng jirkanch jinoyatdir.

©️Muhammad Bo‘zdag
‘ (Muhabbat anatomiyasi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

O'zingiz xohlagan narsani, xohlagan vaqtda, xohlagan insoningiz bilan, xohlaganingizcha qilish qobiliyati bebahodir. Bu pul to'laydigan eng yuqori dividenddir.

©️Morgan Housel
(Pul psixologiyasi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Kimning gʻami Islom boʻlmasa, uning oʻzi islom uchun gʻamdir.

©️Said Chamlija
(Iymon va Huzun) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Yasagan suratini tomosha qilganda hayratda qolib, rassomning o'zini unutgan bo'lsak, bu unutish uning uchun eng katta sharafdir.

©️Fridrix Shiller
(Makr va muhabbat) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…
Subscribe to a channel