Yasagan suratini tomosha qilganda hayratda qolib, rassomning o'zini unutgan bo'lsak, bu unutish uning uchun eng katta sharafdir.
©️Fridrix Shiller (Makr va muhabbat
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Muoviya hazratlari aytgan ekanlar: "Dunyo Abu Bakrga boqmadi. Abu Bakr ham dunyoga boqmadi. Dunyo Umarga boqdi. Ammo Umar unga qiyo boqmadi. Biz esa dunyoga koʻmilib qoldik.
©️Usmon Sungur Yeken (Yo nasib
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kosmonavtika
— Nega o'zbekdan kosmonavt kam chiqayapti?
— Bir emas, o'ntasi chiqqan bo’lardi-yu, uyoqdan nahorga oshga yetib kelish jinday uzoqlik qiladi-da!
©️O’tkir Hoshimov (Daftar hoshiyasidagi bitiklar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bo‘g‘zimdagi toshni urinsam
itqitmoqqa misoli Sizif,
Ona, ona!.. Kurash so‘ngida
Buloq chiqdi ko‘zimdan sizib.
Eski dunda yangimiz deya,
Ko‘p ovutdik o‘zimiz netong.
Yerni har kun qarshilar oftob,
Nega bizning otmayotir tong?
Chalaverar turmush musht tugib,
Asab otli bizdagi torni.
"Uyqu dori" ichdim yetarli
Uyg‘otguvchi dori ham bormi?
©️Charos Avazova
Telegram | Instagram | Audiokitob
Biror narsa oila neʼmatiga teng kelolmaydi. Bundan boshqani afzal bilgan ziyondadir.
©️Mubashshir Ahmad (Olim, odam va olam
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Muhabbat abadiy yonajak tilak
Uni buka olmas g'am, alam so'zi
Sevishdan to'xtadim deysanmi, demak
Sevmagan ekansan avval ham o'zi...
©️Xayrulla Hamidov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Rashkim
Seni yotlar tugul hatto —
Qilurman rashk o‘zimdan ham,
Uzoqroq termulib qolsam
Bo‘lurman g‘ash ko‘zimdan ham.
Ko‘zim yongay senga nargis —
Ko‘zin tiksa chamanlarda,
Yashirmam, lolaga rashkim
Ayon bo‘lgay yuzimdan ham.
Degaylarki, charosu
Ol gilos olmish labingdan rang,
Labing tegsa hasad qilgum
Gilos birlan uzumdan ham.
Seni jonim dedim yolg‘iz,
Seni qalbim dedim tanho,
Chimirding qosh, pushaymonman
Qo‘pol aytgan so‘zimdan ham...
©️Erkin Vohidov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Navro’z keldi azizlar!
Bahmal yopib yillarga,
Adir dala qirlarga,
Gullar olib qo’llarga,
Navro’z keldi azizlar.
Quyosh separ nurlarin,
Yerga zarrin nurlarin,
Erkalatib hurlarin,
Navro’z keldi azizlar.
🌸🌹🌸🌹🌸🌹🌸🌼🌷💐
@Elektron_Kutubxona
Siz barcha gullarni kesib tashlashingiz mumkin, lekin bahorning qayta kelishiga to'sqinlik qila olmaysiz.
©️Pablo Neruda
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yosh va zaif bo’lgan paytimda otam menga shunday maslahatlar berdi-ki, ular o’sha paytlardan beri hayolimda.
©️Frensis Skott (Buyuk Getsbi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bir xato tufayli insonning barcha yaxshiliklarini e’tiborsiz qoldirish adolatsizlikdir.
©️Muhammad Bo‘zdag’ (Muhabbat anatomiyasi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Insonning hayoti Allohdan holi bo’lsa, nihoyasi umidsizlik va o’zni o’ldirishdan iborat muvaffaqiyatsiz loyiha bo’ladi!
©️Doktor Mustafo Mahmud
Telegram | Instagram | Audiokitob
Gohida hammadan yashirinib olishni xohlab qolasan. Aslida esa, seni topib oladigan odamga muhtoj bo‘lasan.
©️Mubashshir Ahmad
Telegram | Instagram | Audiokitob
Xudbinlar ustunlik va pastlik orasida sayr qilib yurishadi.Ularni hamma yaxshi koʻradi va yoki hamma yomon koʻradi.Ular uchun yoki hammasi ajoyib,yoki hammasi rasvo boʻladi.
©️Mark Menson (Hammasi rasvo
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Orzu istaklar shovqin-suroni shu darajada balandki, nasihatlar eshitilmas holga keldi!
©️Ahmad Naqshbandiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Minnatdorchilik va sotqinlik - aslida bitta marosimning boshi va oxiri.
©️Mark Tven
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yolgʻonchi dunyoga aldanib qolma,
Bu majlis tarqalar, devon zavqlanmas.
Ikki eshik orasidir bu dunyo,
Kelgan ketar, mehmon zavqlanmas.
©️Fotih Duman (Men
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Inson uzoq vaqt ikki yuzli bo'lolmaydi, chunki ertami-kechmi u ikki yuzning qaysi biri haqiqiy ekanligini unutadi.
©️Nathaniel Hawthorne
Telegram | Instagram | Audiokitob
Go‘zal gulni, osuda kechani, durust do‘stni hamma xohlaydi. Muhimi, gulni tikani bilan, kechani asrori bilan, do‘stni dardi bilan qabul qila olmoqlikdir.
©️Shams Tabriziy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bir kunni buzishi mumkin bo'lgan yagona narsa - bu odamlar. Odamlar har doim baxtning cheklovchisi bo'lgan, faqat bahor kabi yaxshi bo'lgan juda oz sonli odamlar bundan mustasno.
©️Ernest Hemenguey
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hayotda nima yaxshiligu nima yomonlik, hech qachon farqlab boʻlmaydi, yaxshilik, ayni paytda, kimlargadir yomonlik, yomonlik esa ayni paytda, kimlargadir yaxshilik boʻlib tuyuladi, mening umrimda anglagan xulosam shu.
©️Nazar Eshonqul (Maymun yetaklagan odam
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Biz atirgulning tikanlari bor deb shikoyat qilamiz, tikanlarda atirgul bor deb xursand bo'lamiz.
©️Alphonse Karr
Telegram | Instagram | Audiokitob
Cho‘ntagi boy, ruhi qashshoq bo‘lgan insonlarning ahvollari juda jirkanch. Chunki ular, har narsaning narxini bilishadi, ammo qadrini bilishmaydi.
©️Jaloliddin Rumiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kulgi inson yuzidan qishni haydab chiqaradigan quyoshdir.
©️Viktor Gyugo
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ba’zi telba odamlar dunyoni o’zgartira olaman deb o’ylashadi, va buni uddalashadi ham.
©️Stiv Jobs
Telegram | Instagram | Audiokitob
Insonni abadiy yo’q qiladigan halokatli munosabat - eshitgan hamma narsasini tekshirmasdan ishonish va eshitganlarini shubhasiz tarqatishdir.
©️Muhammad Bo‘zdag‘ (Muhabbat anatomiyasi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Erkak va ayol o‘rtasini farqlashga ojiz g‘arb, haq bilan botil o‘rtasini farqlay olarmidi?!
©️Salohiddin Kaftaru
Telegram | Instagram | Audiokitob
Insonlar hamisha biror narsaga suyanmoqqa oʻzlarida ehtiyoj sezadilar.Kimdir boylikka ishonsa,kimdir goʻzalikka va yana kimdir ilmga ishonadi.Bularning barchasi vaqtinchalik,oʻtkinchi narsalardir.Agar inson Allohga sigʻinsa va Unga tavakkul qilsa,haqiqat,abadiy kuch unga hamroh boʻladi.
©️Sheniz Yujel (Baxt-Allohga ishonmoqlikdir
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ag‘darilishga tayyor turgan ruhing devorini ko‘rib, uni tiklayotgan va bunga haq olishni o‘ylamayotganlarga salomlar bo‘lsin!
©️Jaloliddin Rumiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kerosin tejash maqsadida kataklarni yoritish bekor qilindi. Biroq, koʻrinib turardiki choʻchqalarga bu qisqartirishlar tegishli emasdi, nima boʻlsa ham ular semirib borardilar.
©️Jorj Oruell (Molxona
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob