elektron_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал elektron_kutubxona - Kutubxona™

50838

Telegramdagi yetakchi kutubxona kanaliga xush kelibsiz! 🎶 Audio™ | @Audio_Kutubxona_uz 📮Takliflar | @Kutubxona_Elektron_bot 📈 Reklama | @Marketolog1 📩 Instagram.com/Elektron_Kutubxona

Subscribe to a channel

Kutubxona™

Ehtimol, hech kim birovning azob-uqubatlarini oxirigacha his etmagani uchun ham noming oʻchgur urush takror-takror qaytalanaverar...

©️Erix Mariya Remark (Ortga yo‘l) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Agar insonlarni haddan ziyod qadrlasang, seni tark etishadi. Agar qadrlamasang ham tark etishadi. Xullas, insonlar baribir seni tark etishadi…

©️Berkutay Soysalning (
Kelmasang ham kutaman) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Agar sevish kerak bo’lsa, faqat bir erkakni sevgan ma’qul. Faqat haqiqiy erkakni. Mendan hech nima talab qilmaydigan, meni cho’ri qilib tahqirlamaydigan, doimo qalqon bo’lishga shay, kuchli va mehribon kishini…

©️Sabohiddin Ali (Mo'ynali mantodagi madonna) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Barcha sirlarimni ichimda saqlashga kuchim yetmaydi. Kimgadir ichimdagilarni aytib berishni biram xohlaymanki. Lekin kimga? Judayam keng bu olamda, nazarimda, mendan ko’ra yolg’izroq hech kim yo’q.

©️Sabohiddin Ali
(Mo'ynali mantodagi madonna) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

“Inson” so‘zi shunchalik noaniqki, gohida u faqat erkaklarga taalluqlimi yoki insoniyatning barcha vakillarigami, tushunib bo‘lmaydi.

©️Kerolayn Kriado Peres
(Ko'rinmas ayollar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bugun mohiyatga qaytish fursati keldi. Millat o‘zligini tanishga intilarkan, albatta, Xudoni tanishga majbur...

©️Akrom Malik (Halqa) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Hech qaysi og'riq davomli bo'lmaydi. Uning tugash vaqti albatta keladi. Hamma gap manashu lahzaning kelishiga bo'lgan ishonch va sabrdadir.

©️Bahodir Yangishaharliko'g'li
(Hanna) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bunaqa paytlarda pand yeb qolish ham hech gapmas. Odamlarning yordam berishidan umidvor bo‘lasan, aslida esa ular bunga sira harakat qilishmaydi. Agar ularning dilida qanday niyatlari borligini bilmoqchi bo‘lib so‘rab-surishtirishga tushsang bormi, buning oqibati nima bo‘lishini yolg‘iz Xudo biladi.

©️Syuzen Foks (Samoviy ahdu paymon) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Armon toshdek zil bo‘lgani uchun ham dil tubiga cho‘kadi, deydilar... Toshlari tog‘dek qalashib ketgan yurakni nima deb atash mumkin? Toshyurak deymizmi? Inson shu tariqa bag‘ritoshga aylanadimi?

©️Iqbol Mirzo (
Bonu) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

mabodo, qo‘lingizga o‘zingizning kechirgan umringiz bitilgan kitobni tutqazishsa, uni oxirgi nuqtasigacha o‘qib chiqishga o‘zingizda sabr-toqat topa olarmidingiz? Ko‘rgan kechirganlaringizning barchasini yana bir bor vijdon tarozisidan o‘tkazishga kuchingiz yetarmidi?

©️Irving Stoun
(Hayotga tashnalik) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Sevgi nima oʻzi? Menimcha, sen buni soʻzlar orqali tasvirlay olasan. Sevgi bu kimnidir tushunish, u uchun qaygʻurish, uning quvonch va gʻamlarini birga baham koʻrishdir. Nimanidir boʻlishasan, biror nima berasan, evaziga turmush qurish-qurmasliging yoki farzandli boʻlish-boʻlmasligingdan qatʼi nazar, nimagadir ega boʻlasan. Yashar ekansan, yoningda seni tushunadigan va hech kim bilan boʻlishishing shart boʻlmagan inson borligini bilarkansan, oʻz fazilatlaringni yoʻqotish hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.

©️Anna Frank
(Anna Frank kundaligi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Oradan yillar o'tdi, azizim. Hozir qirq sakkiz yoshdaman va ba'zan eski kunlarni sog'ina turib, ich-ichimdan hamon bolakay ekanligimni sezib qolaman...

©️Joze Mauro de Vaskonselos (Azizim, Po'rtaxol) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ey jon, qachongacha uxlaysan va qachon uyg‘onasan? Sal qolsa, shunchalik uyquga tolasanki, faqatgina uyg‘onish (Qiyomat) kuni o‘rningdan turasan

©️Sa’diya Erol Aykach (Men Robiya) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Xo’sh, nima uchun aqlli ekansiz, xonimcha?
– Chunki men sen bilan qahva ichgani bormayman.
– Seni taklif qilgani ja-a ko’zim uchib turibdi-da.
– Ana, yuz-ko’zing aytib turibdi.

©️Erik Sigal (Love story) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ishq azobiga giriftor necha ming koʻngillar bor. Ular nega azoblanar? Nega gʻussa chekadilar? Sababi oddiy, chunki ishqlari Xoliqqa emas, xalqqadir. Xalq esa foniydir. Foniylik lazzatni koʻngilga begona qiladi. Har qanday harom munosabatlarning natijasi – azob.

©️Usmon Sungur Yeken (
Yo nasib!..) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Yaraning ichidan Yaratganingni
Topasan, sabr ila shifo oningni,
Zirqiratib tursada har bir joyingni,
Yaraga bosilgan tuzdadir sabr.

©️Bilol Javalek
(Dard etma, sabr et) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Atirgul isli Payg‘ambarimga!

Bugun otam Sizning isingiz bir necha ko‘cha naridan kelib turishini aytdi. Bog‘imizdagi gullarning hidi esa uzoqdan hecham sezilmaydi, atayin yoniga borib hidlashimizga to‘g‘ri keladi. Bizning ko‘chadan ham o‘tasizmi? O‘tsangiz, hammayoq ajoyib hidga to‘lib ketadi-da!

©️Onur Qoplon
(Alfido) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

O‘zingni ayricha, alohida inson sifatida his etmog‘ing uchun senga kerak bo‘lgan yagona narsa – bu sensan.

©️Serdar O’zkan
(G’oyib bo’lgan atirgul) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Men hech qachon o’qishni sevmagandim. Odamlar nafas olishni sevmaydilar…

©️Harper Li (Mazaxchini o’ldirish) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Negaligini bilmayman-u, lekin bugun yorug’ olamni tark etgan ajoyib bir qiz bundan ko’p zamonlar oldin aytgan so’zlar yodimga tushdi. Men o’sha so’zlarni takrorladim:
– “Muhabbatda afsus-nadomatga o’rin yo’q”.


©️Erik Sigal (Love story) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Tinimsiz to‘ldirilib-bo‘shatilayotgan bu dunyoning yo‘l chetidagi mehmonxonadan farqi yo‘q-ku! Kayfu safosi bir kechalik, baxt-saodati esa bir lahzalik. Ruhim bu dunyoning tor olamiga sig‘may qoldi. U oxiratni, jamolingni istaydi, Rasulingni ko‘rishga orzumand.

©️Juliya Sano Yamano‘g‘li (Mening ismim Sano) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ishq kapalakka o‘xshaydi. Ortidan yugurganing sari sendan qochadi... Eng yaxshi yo‘l uchishiga qo‘yib berishdir. Shunda kutmagan bir oningda kelib yelkangga qo‘nadi.

©️Ramazon Demir
(Yelkangga ishq qo’nsa) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Qarang, buyuk shoir Oshiq Veysal nima deydi: “Mendagi bu ishq bo’lmasa, go’zalliging hech narsaga arzimas”. Sevgi shuni his qila olmoqlikdir.

©️Ramazon Demir (Yelkangga ishq qo’nsa) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Qalb eshigi har doim ishqqa butkul yopilmaydi, ko’pincha qiya ochiq turadi. Ba’zan muhabbat o’zi tark etgan qalb ostonasini ham yo’qlaydi. O’tmishni eslatish yoki takrorlash uchun emas, balki borgan yo’lida o’zini kutib turganlarga xitob qilguvchi bir bekat istab boradi.

©️Ramazon Demir
(Yelkangga ishq qo’nsa) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Muhabbatning nafratga aylanganini ko’p bora ko’rganmiz. Ammo nafratning muhabbatga aylanganinichi..?

©️Syuzen Foks (Samoviy ahdu paymon) kitobi

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Butun borliq pok va shaffof hisga cho‘mgan – tongning faqat shu soatida hatto qo‘li odam qoniga botgan gunohkorlar ham kechirilishiga ishonasan, ezgulik va yovuzlik esa shunchaki qiymatsiz so‘zlarga aylanib qolgandek go‘yo.

©️Erix Mariya Remark (
Qora haykal) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bayramlarga xushim yo'q. Menimcha, toki havo va quyoshdek tabiiy zaruratga aylanmaguncha, bayramlarni yoqtirmasam kerak. Buni qarangki, mana shunday tantanali kunlarda ba'zi ota-onalarning bolalari o'yinchoqlarini ko'z-ko'z qilib, boshqa bolalarning havasini keltirsa, bundan qo'li kalta onalar ko'z yoshlarini tiyolmay yashirsalar, otalar esa uyatdan lavlagi bo'lishsa, qanaqasiga shod-xurramlik qilishi mumkin odam?

©️O’rxon Kamol
(Yetmish ikkinchi kamera) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ona qiziga achchiqlanib qaragandi, qizaloqning uni o'chdi. Lekin nima qilsin, qorni biram tatalab ketgandiki! Kitob qorin to'ydirmaydi-ku, axir. Qolaversa, kitoblarning dastidan uy to'zib ketgan. Yaxshisi, otasi ularni pullab yuborgani ma'qul. Otasining o'rnida bo'lganda, allaqachon shunday qilgan bo'lardi.

©️O’rxon Kamol
(Yetmish ikkinchi kamera) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Mening senga umuman ehtiyojim yo‘q. Tushunsang-chi axir, men yolg‘iz o‘zim ham baxtsiz bo‘la olaman...

©️Sabohaddin Alli (Mo'ynali montodagi madonna) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Sevgi – baham ko‘rmoqlikdir. Sevmoq – osmondagi hilolni, hayot chirog‘ini, yulduzlarni baham ko‘rishdir. Hayot – bu sevib baham ko‘rmoqlikdir. U xoh sizga tegishli bo‘lsin, xoh birovga, umumiy qadriyatga ega bo‘lgan dunyo haqidagi barcha bilimlarni baham ko‘rmoqlikdir.

©️Ramazon Demir
(Yelkangga ishq qo’nsa) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…
Subscribe to a channel