Tashqarida yomgʻir yogʻar,
Koʻz yoshdan ham ogʻir yogʻar.
Bu yuraksiz dunyo uzra
Yurak yogʻar, bagʻir yogʻar.
Ayriliqqa koʻnim yoʻqdir,
Nahot, ishqqa oʻlim yoʻqdir.
Koʻz yoshingni artmoqlikka
Qoʻlim yoʻqdir,
Koʻnglim yoʻqdir..
©️Usmon Azim
Telegram | Instagram | Audiokitob
So'rayotgan odam besh daqiqa ahmoq bo'lib ko'rinishi mumkin. So'ramagan odam esa umrbod ahmoq bo'lib qolaveradi.
©️ Robin Sharma (O'lsang kim yig'laydi?
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Shaharda ketmon koʻtargan qanday koʻrinsa, qishloqda kitob koʻtargangayam shunday qarashadi.
©️Sh.Bobonor oʻgʻli (Qora suyaklar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Insonlar bilan o'zimizga yoqqan emas, balki ularga qiziq bo'lgan mavzuda gaplashish - xushmuomalalik belgisi.
©️Harper Li (Mazaxchini o'ldirish
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Qalb shunday ummonki, uning bag'rida
Dahshatli dolg'alar silsilasi bor.
Qalb shunday zaminki, otash qa'rida
Vulqonlar otguvchi zilzilasi bor.
U bir sayyoradir, Yerdek shafaqgun,
U bir olamdirki, bilmas nihoya.
Uni mehvaridan chiqarmoq uchun
Atom jangi emas, bir so'z kifoya.
©️Erkin Vohidov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kuzak xonamgacha bostirib keldi.
Tashqariga chiqdim.
Xazondan qochib.
Umrim tugayapti.
Kelgin.
Kel endi.
Yov yenggan shaharday yuragim ochiq.
Kuz bog‘lar boshiga ne ish solmadi,
Ana, daraxtlarning so‘ngaklari - cho‘p…
Senga aytadigan so‘zim qolmadi,
Senga aytadigan jimliklarim ko‘p…
©️Usmon Azim
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bug'doyzorlarga bir boq, boshoqlarga ko'zing tushadi. Tik turganlarining ichi bo'sh, sen to'lasiga nazar qil. To'la boshoqlar doim yerga bosh egib, ona zaminga ta'zim qiladilar.
©️Ismoil Bilgin (57-Polk. Falastin
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Agar siz qonunlar va kolbasalarni yoqtirsangiz, ular qanday tayyorlanishini hech qachon ko'rmasligingiz kerak.
©️Otto fon Bismark
Telegram | Instagram | Audiokitob
Notanish raqamlardan kelgan qo'ng'iroqlarni qabul qilmang. Balki tanishlardandir...
©️Bobur Bobomurod
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hayotimizdagi eng rasvo insonlar - ishonch eshigidan kirib, xiyonat eshigidan chiqib ketganlardir.
©️Fyodor Dostoyevskiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Mashrabning oti nega Mashrab? Ona qornida yigʻlagani uchunmi? Ajabo u nimaga yigʻlagan ekan?
©️Erkin A’zam
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ular orom olib uxlab yotgan chog'da men kitoblardan qancha narsa o'qib o'rganganman.
©️Jek London
Telegram | Instagram | Audiokitob
Men sizni "yaxshi koʻrmoq" fe'lining hamma tuslanish-u zamonlari bilan yaxshi koʻraman.
©️Brem Stoker
Telegram | Instagram | Audiokitob
Eskilar aytib ketishgan: osmonga tosh otsang, o'z boshingga tushadi!
©️Isay Kalashnikov (Shafqatsiz asr
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Erkakka aytganing bir kishiga aytganing, xotin kishiga aytganing - yuz kishiga aytganing.
©️Isay Kalashnikov (Shafqatsiz asr
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ulgurmaganning, hayallaganning har qanday gapi — bahona tuyiladi.
©️Sh.Bobonor oʻgʻli (Qora suyaklar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ko'p uyqu, ko'p so'zni esh etar inson,
Shundan o'z qalbini tosh etar inson.
Boshqalar aybini gapirgan chog'da
Asli o'z borini fosh etar inson.
©️Mirzo Kenjabek
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hayot qiziq ekan, yoʻq shavqatsiz ekan!
©️Ulugʻbek Hamdam
Telegram | Instagram | Audiokitob
Menimcha, odamlar dangasalikdan hayotlarida qanchalar qashshoqlik va baxtsizliklar paydo bo‘lishini tushunmaydilar.
©️Chingiz Aytmatov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bo'laman degich el, bir-birini botirim deydi, bo'lmayman degich el, bir-birini etini yeydi.
©️Tog'ay Murod (Otamdan qolgan dalalar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
"Ilohim, farzandlaring o'z ona tilida so'zlay olmasin!"
Bir ayol ikkinchisini shunday qarg'agan ekan.
©️Rasul Hamzatov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hammayoqdan tinmay ish izlash esa dadamning sillasini qurita boshlagandi. Har safar g'ururini oyoqlari ostiga olib, ish so'rash va rad javobi olish juda og'riqli bo'lsa kerak.
©️Joze Mauro de Vaskonselos (Azizim, po'rtaxol
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kechirdim, kim meni etdi xor, abgor,
Kechdim, gar kimdadir mening haqqim bor.
Rabbim, ikki dunyo biror bandangga
Meni sabab qilib yetkazma ozor!
©️Mirzo Kenjabek
Telegram | Instagram | Audiokitob
Demak, TANLOV! 🎉
1-oʻrin: “Ozor berma” Henri Marsh,
2-oʻrin: “Yolgʻonlar shahri” Ramita Navai,
3-oʻrin: “Din nasihatdir” Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
🔴Tanlov sharti quyidagicha:
Kanalga (@qora_yigit) a’zo boʻlasiz. Shu post ostida ism familiyangizni yozib qoldirasiz. Biz esa har bir kishiga alohida link beramiz. Mana shu link orqali kanalga eng koʻp odam taklif qilgan 3 nafar ishtirokchi gʻolib deb topiladi. Siz orqali kanalga a’zo boʻlgan odamlarni linkning oʻzi avtomatik hisoblab boradi.
Homiy: @Taqriznoma
📖 Dushanbadan boshlayman deyaverib vijdon ham uxlavordi shekilli !
↖️ Hozirgi holatingni bilmadim, tògrisi bu òzingdan boshqa hech kimga qiziq ham emas . Gapni qisqa qilaman , rivojlanishni xohlasang yangi oilada kutaman 😐
✊ @azamat_usmon0v
✊ @azamat_usmon0v
✊ @azamat_usmon0v
Men butun umrim mobaynida tepadan qarovchi odamlardan qoʻrqib yashadim.
©️Markus Zussak
Telegram | Instagram | Audiokitob
Xudo oʻziga yordam beroladiganlarga yordam beradi.
©️Den Braun
Telegram | Instagram | Audiokitob
Qiz bola boʻlganimda, hech qachon turmushga chiqmasdim.
©️Lev Tolstoy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Men qoʻrquv odamlarni bir-biridan qochishga majbur qiladi, dedim; lekin qoʻrquvlari bir-biriga oʻxshash ekanligini koʻrishlari bilanoq insonlarda oʻzaro yaqinlashish istagi paydo boʻladi.
©️Sharl Lui Montesk’e (Qonunlar ruhi haqida
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob