Inson toqat qilolmayman, deb oʻylagan narsalariga birpasda koʻnikadi, chidaydi.
©️Sabohiddin Ali (Mo’ynali mantodagi Madonna
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Nega birinchi marta yeb koʻrayotgan pishlogʻimizning navini aytishga ikkilanamiz-da, birinchi marta toʻqnash kelgan inson toʻgʻrisida bir pasda uzil-kesil xulosa chiqarib olamiz?
©️Sabohiddin Ali (Mo’ynali mantodagi madonna
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hayot meni yoʻqotgani bilan unga hech qanday ziyon yetmaydi.
©️Sabohiddin Ali (Moʻynali mantodagi madonna
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Odamlar negadir izlagan narsasini oʻzi taxmin qilgan joyda boʻladi deb oʻylashadi.
©️Sabohiddin Ali (Moʻyna
li mantodagi madonna
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Qachon qaytishini bilmaydigan odamingni kutishdan ham ogʻirroq yumush bormikan dunyoda?
©️Xurshid Abdurashid (Dardisar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Tinchgina yasha va boshqalarni ham yashashga qoʻy, yoʻqsa kekirdagingdan ikkinchi ogʻizni ochib qoʻyadiganlar doimo topiladi.
©️Stiven King (Shoushenkdan qochish
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sevish oson, lekin sevgining ortidagi mojarolarni yechish qiyin.
©️Xurshid Abdurashid (Dardisar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Odam baxtli chogʻida oʻzi kabi baxtiyorni koʻrsa, bundan quvonmaydi, biroq omadsizlik changalida oʻziday bir shoʻrpeshonani uchratib qolsa bormi, tanga topgan tentakdek suyunadi.
©️Xurshid Abdurashid (Dardisar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hasratli hujramda
Qayg‘udan bo‘lak
Hamma ketib bo‘ldi birma-bir... birma-bir...
Dasturxonda faqat kemtilgan yurak
Va bir kosa sabr...
Hasratli hujramda
Zilzila tindi...
Angraygan eshikni yopib qo‘yaman.
Yurakning qolganin yeyman-da, endi
Bir kosa sabrni ichib qo‘yaman.
Hasratli hujramda
Dunyo ham, men ham
Bir-birovdan to‘ydik noiloj...
Faqat qayg‘u och-da, qayg‘u juda och!
©️Eshqobil Shukur
Telegram | Instagram | Audiokitob
Inson qanchalar mashhur boʻlmasin, baribir oʻzi bilan oʻzi yashaydi.
©️Yeji Koshinskiy (Rangin qushcha
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Nima istashini bilmay oʻtib ketadigan sutemizuvchi jonzot bu - inson.
©️Xurshid Abdurashid (Dardisar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hozir koʻpchilik oʻgʻirlik, gʻarlik qilib boʻlsa ham yashab qolsam boʻldi deydigan zamon..
©️Nazar Eshonqul (Urush odamlari
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Uddaburon
— Mening o'g'lim shunaqa uddaburonki, tegirmonga tushsa, butun chiqadi!
— Meniki tegirmonga tushsa bir qop un orqalab chiqadi!
©️O’tkir Hoshimov (Daftar hoshiyasidagi bitiklar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hayotimga yangi kirib kelgan va uni go'zal bo'lishiga hissa qo'shgan barcha odamlardan minnatdorman. Va hayotimdan chiqib ketib uni yanada yorqinroq bo'lishiga sababchi bo'lganlar oldida esa ta'zim qilib rahmat aytaman.
©️Rey Bredberi
Telegram | Instagram | Audiokitob
Raqamli dunyoda qancha ko'p vaqt sarflaydigan bo'lsak, diqqatni jamlash xususiyatimiz yomonlashgani sababli idrokimiz shunchalik pasayib boradi.
© Klaus Shvab (To'rtinchi sanoat inqilobi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Tiriklar o'liklarning ko'zlarini yopadilar, ammo o'lganlar tiriklarning ko'zlarini ocha olmaydilar!..
©️Mehmed Olaqosh (Devona
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Tarixni otam deb oʻrgan, bolam. Tarix jigitning otasi, til esa onasidir…
©️Javlon Jovliyev (Qoʻrqma
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
- Shuncha dardni bu qalb qanday ko'tarib yuradi?
- Ko'zlaringga qara! Kichkina emasmi? Lekin butun koinotni ko'radi.
©️Mehmet Yildiz
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ne boʻlgan taqdirda ham bu bevafo dunyoda, tirikchilik koʻyida yelib-yugurishlardan iborat hayotda, chirigan goʻngtepada ham koʻzni quvnatadigan, nihoyat darajada goʻzal narsalar uchrab turadi.
©️Stiven King (Shoushenkdan qochish
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Savol ham, javob ham bilimdan kelib chiqadi.
©️Jaloliddin Rumiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Chet el universitetida o’qish uchun endi IELTS shart emas!
🗣️ Ingliz tiliga ixtisoslashgan va O’zbekiston bo’ylab 13 ta filialiga ega Cambrige o’quv markazi xalqaro imtihon tizimiga o’tmoqda.
O’quv markaz o’quvchilarga nafaqat ingliz tilidan sifatli ta’lim beradi, balki o’z sertifikatlari orqali universitetga kirishga yordam beradi.
✔️ Bir so’z bilan aytganda, mahalliy yoki chet el universitetlarida o’qish uchun endi IELTS bo’lishi shart emas, Cambridge sertifikati yetarli.
🔥 Cambridge sertifikati esa Angliya, AQSh va Kanadaning nufuzli universitetlarida o’qish uchun ham tan olinadi. Ajoyib, shunday emasmi?
Ayni paytda Cambridge’da sentyabr mavsumi uchun kurslarga qabul davom etmoqda. Hoziroq quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’ting. 👇
👉 Cambridge ingliz tili kurslariga yozilish
📞 Tel: 78 777 77 74
Uloqtirib yuborilgan tosh uchyapman deb oʻylaydi, baʼzida biz insonlar ham oʻzimizni ozod hisoblaymiz.
©️Benedikt Spinoza
Telegram | Instagram | Audiokitob
Inson tirik ekan, uni umid tark etmasligi kerak!
©️Ato Hamdam,
Leonid Chigrin (Yapon zobiti
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
“Qachondir Samarqand oshi bilan vodiy oshi oʻrtasidagi farqni ilmiy jihatdan oʻrganib chiqaman. Fizika hamma narsaga qodir. Oʻshanda koʻrasiz, qaysi osh zoʻrligi haqidagi bahslarga nuqta qoʻyiladi. Oʻylab qarasam, bizga eng kerakli ilm shu ekan…”
©️Xurshid Abdurashid (Dardisar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Choʻqqiga olib chiquvchi yoʻllar qanchalar koʻp boʻlmasin, inson u choʻqqini bir doʻstning yordamisiz aslo zabt etolmaydi.
©️Yeji Koshinskiy (Rangin qushcha
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Inson ham barcha tirik mavjudotlar singari xavfsiz muhitni qidiradi, ammo bu yetarli emas. U oʻz hayotining mazmun kasb etishini ham xohlaydi.
©️Doʻgʻan Joʻjeloʻgʻlu (Bormisan
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
—Mening o'g'lim — do'xtir!
—Mening o'g'lim — mol do’xtiri.
—Shuyam hunar bo'ldi-yu?! Bolangga boshqa kasb qurib qolganmidi?
—Unaqa dema, o'rtoq, hunarning yomoni bo'Imaydi. Men kasal bo'lsam, sening o'g'ling davolaydi. Sen kasal bo'lsang, mening o'g'lim davolaydi!
©️O’tkir Hoshimov (Daftar hoshiyasidagi bitiklar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Uzr aytishga "usta" bo‘lgan odam kamdan-kam hollarda boshqa ishni ustasi bo'ladi.
©️Benjamin Franklin
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sening yerdagi vaqting chegaralangan. Shu sababli, boshqalarning hayotiga aralashib, uni birovlarning hayotida behuda sarflama. Odamlarning fikri bilan yashashdek tuzoq aqidadan uzoqda bo'l!
©️Stiv Jobs
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sovchi der: - Otaxon, beringiz duo,
Juda to'g'ri yigit bo'lg'usi kuyov.
Ota der: - To'g'rilik yaxshi-yu, ammo
Bundaylar ro'zg'orin boqolmaydi-yov.
©️Abdulla Oripov
Telegram | Instagram | Audiokitob