elektron_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал elektron_kutubxona - Kutubxona™

50838

Telegramdagi yetakchi kutubxona kanaliga xush kelibsiz! 🎶 Audio™ | @Audio_Kutubxona_uz 📮Takliflar | @Kutubxona_Elektron_bot 📈 Reklama | @Marketolog1 📩 Instagram.com/Elektron_Kutubxona

Subscribe to a channel

Kutubxona™

Shundaylar bor, senga lutf aylab,
Do'stman, deya senga qo'lin tutarlar.
Lekin har zum qadaming poylab,
Xato qilishingni ular kutarlar.


©️Abdulla Oripov

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Darhaqiqat, erim va men butunlay boshqa tabiat, boshqa muhit, boshqa qarashlar odamlari edik, lekin har doim oʻzimizday qoldik, bir-birimizga hech qanday taqlid qilmadik va qalbimiz bilan aralashib ketmadik - shuning uchun ikkalamiz ham ruhiy jihatdan oʻzimizni erkin his qildik. Inson qalbining chuqur savollari haqida juda koʻp va yolgʻiz oʻylagan Fyodor Mixaylovich, ehtimol, uning ruhiy hayotiga aralashmasligimni qadrlagan va shuning uchun baʼzida menga: "Meni tushungan yagona ayolsan", derdi.

©️Anna Dostoyevskaya (Xotiralar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Adabiyot yaxshi narsa-da, Varenka, chuqur narsa! Adabiyot - bu suvrat, yaʼni suvrat va oynaga oʻxshagan bir narsa; ehtirosli gaplar, nozik tanqidlar, pand-nasihatlar, hujjatlar - hammasi bor unda.
Shunaqasi ham boʻladiki, yashab yuribsan, ammo shundoq biqiningda kitob borligini, unda butun hayoting koʻrga hassaday qilib koʻrsatib qoʻyilganini bilmaysan
.

©️Dostoyevskiy (Kambagʻallar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Muvaffaqiyat hech qachon xato qilmaslikda emas, balki bir xatoni qayta qilmaslikdadir.

©️Jorj Bernard Shou

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Sadoqat - bir umr o'zini bir insonga tegishli hisoblab yashab o‘tishdir.
Hayolda ham, hayotda ham!

©️Shuxrat Orif

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

O‘zi kutganda shunaqa bo‘ladi, kutilganlar kelavermaydi.

©️Fotih Duman
(Sir) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Kimdir bizga: "Falon joyda pul taqsimlanyapti!" desa, yalangoyoq yuguramiz. Lekin Namoz vaqti keldi, desalar, qulog‘imizni kar qilamiz, eshitmaslikka olamiz.

©️Bilol Jivalek
(Dard etma, Sabr et) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Yaxshilikka qanday shukr qilsak, musibatga ham sabr qilish - vazifamiz.

©️Rauf Jilasun
(Halol luqma) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Mening muhabbatim nimaga arzir,
Nimaga arzirdi yonib-kuyganim.
Mehr bu sunnatdir, mehr bu farzdir,
Seni Xudo suysin, mening suyganim.

Men bir kuyinchaging, tilovching, xolos,
Senga yo'lamasin mendagi qayg'u.
Mendan bu dunyoga bir niyat meros,
Seni Xudo suysin, obod bo'l mangu.


©️Eshqobil Shukur

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Uylanish huquqlarning yarmini kamaytirish, majburiyatlarni esa ikki baravar oshirish demakdir.

©️Artur Shopengaur

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Sen qanotlar bilan tug’ilding, nega sudralib yuribsan?

©️Jaloliddin Rumiy

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Hayotdagi muvaffaqiyatsiz odamlarning aksariyati taslim bo'layotganida muvaffaqiyatga qanchalik yaqin bo'lganliklarini anglamagan odamlardir.

©️Tomas Edison

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Sabr - bu ishqning boqiy yashamog‘ini ta‘minlab beruvchi shifobaxsh malhamdir. Bu dunyoda sabr-toqatsiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi.

©️Bilol Jivalek
(Dard etma, Sabr et) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bir kuni sen mendan "qaysi biri muhim: sening hayotingmi yo menikimi?" deb so‘raysan. "Mening hayotim" degan javobimdan o‘ksinib, meni tark etasan. Ammo bilmaysanki, mening hayotim aslida sensan...

©️Jubron Halil Jubron

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Kurashish kerak, garchi bu axlatxonada oxir-oqibat mag'lub bo'lsang ham kurashish kerak. O'zingga aziz bo'lgan qittaygina narsa uchun kurashish lozim.
Taqdirga yetmishga kirganda tan bersa ham bo'laveradi.

©️Erix Mariya Remark
(Uch og'ayni) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Biz hammamiz singanmiz, yorug'lik shu tarzda bizga kiradi.

©️Ernest Hemenguey

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ulamolardan biridan "Ilmli, hatto qori odamlarning farzandlari nima uchun e'tiqodsiz chiqib qolishadi?" - deb so'raganimizda u janoblari "O'sha ilmlilar tomoqlaridan o'tayotgan taomning halol yoki haromligiga bee'tibor bo'lganlar. Bu demak, ilmlariga amal qilmaganlar. Buning mukofotini esa farzandlari orqali oldilar", - deb javob qaytardilar.

©️Tohir Malik
(Jinoyatning uzun yo'li) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Shunday insonlar borki, masjidga Alloh rizosi uchun emas, atrofidagi odamlar "namoz o'qiydi" deyishlari uchun keladi.

©️ Rauf Jilasun
(Halol luqma) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

G'azab kelganda biz nutqdan ham, harakatdan ham tiyilishimiz kerak.

©️Pifagor

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bandadagi maqtaladigan va yomonlanadigan belgilari orqali bilinib turadigan sifat xulq deb ataladi.

©️Abdulqodir Abdur Rahim
(E'tiqod durdonalari) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bir bo'lak oqqandning ishida qandayin oliyjanoblik bor! Choyga borini beradi-da, darrov ko'zdan g'oyib bo'ladi.

©️Mahmud Darvesh

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Tasodifga ishonganlar ishonaversin, biroq mening e‘tiqodimga ko‘ra, dunyoda hatto chang zarrasi ham tasodif bilan qo‘zg‘almaydi.

©️Fotih Duman
(Sir) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Hammangizni tashlab ketmoqchi edim, lekin hech kim yo'q ekan.

©️Dostoyevskiy
(Telba) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Tadqiqotchi olimlar bir homilador ayolga har kuni ayni bir vaqtda faqat bitta ertakni so'zlashgan. Bola tug'ilib, olti yoshga yetganda turli ertaklarni so'zlab bera boshlashgan. Ayol homiladorlik davrida tinglagan ertakka gal kelganida, dastlabki jumlalarni eshitiboq, bola "Men bu ertakni bilaman", deb so'zlab bergan. Bu rivoyat emas, ilmiy xaqiqat! Demak, bola onaning qornida ekanidayoq tashqi dunyo bilan aloqada bo'lar ekan. Shundanmikin, donishmandlar "tarbiya bola tug'ilmasidan avval boshlansa yanada yaxshi" deyishgan ekan.

©️Tohir Malik
(Jinoyatning uzun yo'li) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Atrofimda yotar gʻarib bir viqor,
Bilmam, nega uchdi qalbim safosi.
Nima ham qilardim, na ilojim bor.
Bahor kunlarida kuzning havosi.

©️Abdulla Oripov

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Insonlar o'zlarini odobliman deb hisoblay boshlagan zahoti hayotga halaqit berishni boshlashadi.

©️Bernard Shou

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Kitobni, ustozni hurmat qilmagan o‘quvchiga ilm va farosat eshiklari yopiq.

©️Muhammad Bo‘zdag
‘ (Muhabbat anatomiyasi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

O‘tmishda ajdodlar ruhiy kasallarni suv tovushi bilan davolaganlar. Soy bo‘yida o‘tirib, oqimning shov-shuviga quloq solsangiz, sizning tarangliklaringiz o‘tib ketadi.

©️Muhammad Bo‘zdag
‘ (Muhabbat anatomiyasi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Qat'iyat juda muhim narsa. Agar taslim bo‘lishga majbur bo‘lmasangiz, taslim bo‘lmang.

©️Ilon Mask

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Sevgi erkaklarda harislik, jamiyatda nufuzli o'rinni egallash, ko'proq pul topish, huzur-halovatga intilish kabi yomon illatlarni yuzaga chiqaradi. Hukmdorlar safdoshlarining oilali bo'lishini bekorga xush ko'rmagan - shunda ular kamroq xavf tug'dirishadi.

©️Erix Mariya Remark
(Uch og'ayni) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…
Subscribe to a channel