Men senga muommosiz hayot va'da qilmayman. Bu dunyo mukammallik uchun yaratilmagan. Lekin jannatda istagan hamma narsamiz bo'ladi. Men o'sha manzilgacha senga yo'ldoshlik qilishni taklif qila olaman, xolos...
©️Muhammad Amin Yildirim (Nikoh axloqi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ayol kishi albatta kimnidir sevishi kerak. Aks holda u hammani yomon ko‘rishni boshlaydi.
©️Shamil Alyautdin
Telegram | Instagram | Audiokitob
Belimizdagi kamarni oxirigacha tortib, og’zimizga bir tishlamdan non solamiz, lekin chaynamaymiz — shimamiz. Chunki uni tejash kerak. Qornimiz piyozposti bo’lib ketgan. Men nonning yumshoq joyini yeb, ustki qatlamini haltamga yashiraman, keyin uni yana olib, har zamonda so’rib-so’rib qo’yaman.
©️Erix Mariya Remark (G’arbiy frontda o’zgarish yo’q
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bir muddat ko'z yumib hayolga tolib
Sog'indim qayg'usiz beboshligimni
Qaytsaydi u damlar varraklar qolib
Sog'indim internetsiz yoshligimni...
©️J. Nurdinboyev
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ehtimol, hech kimsa so'ramas holim,
Yangi xabar kelmas, eski tanishdan...
Lek o'sha, aslida hammadan nolib,
Birinchi yozmagan eski tanish - Man.
©️Nosiro’g’lu
Telegram | Instagram | Audiokitob
O‘zingizni faqat sizni yanada baland qiladigan odamlar bilan o‘rab oling. Hayot allaqachon sizni pastga tushirishni istaganlar bilan to‘lib toshgan.
©️Jorj Klunin
Telegram | Instagram | Audiokitob
Keyingi paytlarda u ham meni ancha qiynadi: buning bari tabiiy, odamlar bir-birlarini qiynash uchun yaralganlar.
©️Fyodor Dostoyevskiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yo'l olib boradigan joyga bormang, yo'l bo'lmagan joyga boring va iz qoldiring.
©️Ralf Uoldo Emerson
Telegram | Instagram | Audiokitob
Achchiq suv ham, shirini ham suv. Aslo ko‘rinishga aldanma. Chunki tashqaridan qaraganda, hamma ham insonga o‘xshaydi.
©️Jaloliddin Rumiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
TANISH TUYG‘ULAR
Meni yerga urasan har on,
Murodingni anglab yetganman.
Bilmaysanki, men allaqachon
Oyoqosti bo‘lib ketganman.
Maqtaysan ham sen meni go‘yo,
Osmonlarga ko‘tarasan, bas.
Menga tanish sen aytgan samo,
Maqtoving ham yangilik emas.
©️Abdulla Oripov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Faqat chidab boʻlmas darajada baxtsiz boʻlgandagina men haqiqiy oʻzligimni topaman.
©️Frans Kafka
Telegram | Instagram | Audiokitob
Siz haqiqatan ham yashashingiz uchun bir necha marta o'lishingiz kerak.
©️Charles Bukovski
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sen - jumboqsan. Atrofda esa uni yechishga qodir birorta oʻquvchi yoʻq.
©️Frans Kafka
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ba'zi insonlar narvonning eng oxirgi pog'onasiga kelganida, noto'g'ri devorga chiqqanini tushunadi.
©️Kolin Alta
Telegram | Instagram | Audiokitob
Seni hamma xislatlari rozi qiladigan kishi dunyoda yo‘q. Kishining sanoqli ayblari bo‘lishi aslzoda ekanligiga kifoyadir!
©️Ali ibn Jahm
Telegram | Instagram | Audiokitob
Men taniydigan va aql bilan ish qiladigan birgina kishi tikuvchidir. U qachon borsam mening o‘lchovimni yangidan oladi. Qolgan insonlar men haqimdagi eski o‘lchovlarini ishlatishadi. So‘ngra meni o‘sha o‘lchovlariga moslashtirishga harakat qilishadi!
©️Jorj Bernard Shou
Telegram | Instagram | Audiokitob
🎹Telegram Analytics'dan @Elektron_Kutubxona jamoasi uchun ajoyib sovg'a.
🔍 Suratda 2023-yil uchun kanalimiz statistikasi. Faoliyatimizga 3 yil- u 10 oy bo'lgan bo'lsada biz bilan birga bo'lgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz.
↗️Kitob kanallari qatorida 4-o‘rin;
↗️Ko‘rishlar 20,6 mln+
↗️Ulashishlar 162 ming +
↗️Reaksiyalar 307 ming+
↗️Iqtibos olgan kanallar 145 ta
Yangi yilni biz bilan kutib oling, Yangi yilda barcha obunachilarimizga yuqori maqsadlarga erishishlarini tilab qolamiz. Asosiysi bizdan uzoqlashmang, do'stlaringizni ham taklif qiling.
🇺🇿 @Elektron_Kutubxona
Men ham sen kabi qiyinchilikdaman, ammo yig‘lashni qoyillata olmayman!
©️Adham Sharqoviy
Telegram | Instagram | Audiokitob
BAHO
Birov seni maqtasa agar
Erkalanib, haddingdan oshma.
Kimdir tanbeh bersa ham magar,
G‘azablanib daryoday toshma.
Bu dunyoda ko‘p erur hakam,
Lo‘ttibozdir va yoki oqil.
Baho bergan senga qay odam?
Eng avvalo o‘shani topgil.
©️Abdulla Oripov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hech kimga ishonma. Bardoshing haqqi !
Soʻngra bir sabringga boʻlar qiyini...
Yelka yoʻq. Janglarda qolasan yakka -
Yengadi hayotning gʻirrom oʻyini.
Bir kun boʻgʻzing yorib chiqadi ohing,
Bir kun inkorlaring toptaydi asli .
Bir kun oʻzingdan ham ishongan togʻing
Suyansang - qulasa ... Fojiyangmasmi ?!
©️Nosiro’g’lu
Telegram | Instagram | Audiokitob
HAQ GAP
Ketganni bilmasdan maqtama, banda,
Garchi marhumlarning yodi porloqdir.
Yovuz yovuzligin qilmagay kanda,
O‘sha joylarda ham ahmoq ahmoqdir.
O‘lim bir nafasda keltirmas obro‘y,
Nogoh aziz bo‘lib qolmagay joning.
Seni qutqarishi mumkin bilib qo‘y,
Ezgu amallaring hamda iymoning||.||
©️Abdulla Oripov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Men sizning uyingizdagi kabi sof havodan nafas olishni istardim, hamma yoq kitoblar, suratlar va har turli chiroyli buyumlar bilan to'lishini, odamlarning sokin va ohista gapirishini, ozoda kiyinishini, niyatlari ham pok bo'lishini istardim.
©️Jek London (Martin Iden
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Iflos iflosligini qiladi, biroq suv tozalashda davom etaveradi.
©️Jaloliddin Rumiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Loyqa suvga qarasangiz, aksingizni tiniq ko‘rolmaysiz. O‘zingizni qayerda izlaganingiz shuning uchun ham muhim.
©️Mehmet Yildiz
Telegram | Instagram | Audiokitob
Albatta, qo‘rquv - baxtsizlik, lekin jasurlik– baxt degani emas, baxt bu qo‘rquv qarshisida dovdirab qolmaslikdir.
©️Frans Kafka
Telegram | Instagram | Audiokitob
Noshukrlik kuchsizlikning ko'rinishidir. Buyuk odamlar hech qachon noshukr bo'lmaydi.
©️Iogann Volfgang Gyote
Telegram | Instagram | Audiokitob
Umr ikki eshik orasiga o'xshaydi. Birinchi eshikdan kirib ikkinchi eshikda chiqib ketamiz. Shu vaqt orasida hayot deb atalmish imoratga bitta g'isht qo'yishga ulgurish kerak.
©️O'tkir Hoshimov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ehtiyot bo'l! Hammaga ham ishonaverma! Mardlik haqida ko'pincha qo'rqoqlar, yaxshilik haqida esa ichi qoralar to'lqinlanib gapiradilar.
©️Lev Tolstoy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Men ko‘tarilishim uchun qurbim yetmaydigan darajada o‘zimdan yuqori qo‘ya oladigan narsanigina yaxshi ko‘rishim mumkin.
©️Frans Kafka
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hech qachon yarim yo‘lda tashlab ketmadim ...
Aslida yo‘l o‘sha joyda tugagan edi xolos...
©️La Adriy
Telegram | Instagram | Audiokitob