elektron_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал elektron_kutubxona - Kutubxona™

46847

Telegramdagi yetakchi kutubxona kanaliga xush kelibsiz! 🎶 Audio™ | @Audio_Kutubxona_uz 📮Takliflar | @Kutubxona_Elektron_bot 📈 Reklama | @Marketolog1 📩 Instagram.com/Elektron_Kutubxona

Subscribe to a channel

Kutubxona™

Oradan yillar o'tdi, azizim. Hozir qirq sakkiz yoshdaman va ba'zan eski kunlarni sog'ina turib, ich-ichimdan hamon bolakay ekanligimni sezib qolaman...

©️Joze Mauro de Vaskonselos (Azizim, Po'rtaxol) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ey jon, qachongacha uxlaysan va qachon uyg‘onasan? Sal qolsa, shunchalik uyquga tolasanki, faqatgina uyg‘onish (Qiyomat) kuni o‘rningdan turasan

©️Sa’diya Erol Aykach (Men Robiya) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Xo’sh, nima uchun aqlli ekansiz, xonimcha?
– Chunki men sen bilan qahva ichgani bormayman.
– Seni taklif qilgani ja-a ko’zim uchib turibdi-da.
– Ana, yuz-ko’zing aytib turibdi.

©️Erik Sigal (Love story) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ishq azobiga giriftor necha ming koʻngillar bor. Ular nega azoblanar? Nega gʻussa chekadilar? Sababi oddiy, chunki ishqlari Xoliqqa emas, xalqqadir. Xalq esa foniydir. Foniylik lazzatni koʻngilga begona qiladi. Har qanday harom munosabatlarning natijasi – azob.

©️Usmon Sungur Yeken (
Yo nasib!..) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Kishi tashqaridan qanday ko'rinmasin, ichki dunyosida farqli bir inson yashashi hayotning inkor etib bo'lmas qonunlaridan biridir.

©️Ahmad Gunbay Yildiz (Bizga sajda yarashadi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Meni shubhalar girdobida qoldirmaydigan va kun kelib afsuslantirmaydigan odamlarning hayotimda bebaho o’rni bor.

©️Mirach Chag'ri Oqtosh
(O'zingga xush kelding) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Hayotda ikkita muhim narsaga amin bo‘ldim. Birinchisi shuki, dunyoda katta muvaffaqiyatga erishgan odamlarning aksari avvalida kambag‘al, qo‘li kalta bo‘lgan. Ular qiyinchiliklarga qarshi tinmay kurashib, muvaffaqiyat sirlarini o‘r­ganishgan va yuksak cho‘qqilarni zabt etishgan. Sen ham o‘zingga so‘z ber, oldingga bir maqsad qo‘y. Rejali ishla, vaqtdan unumli foydalan.

©️Holid Ertug
‘rul (Aysel) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Gapirishi kerak bo’lganlar jim bo’ldi. Ko’z yosh to’kishi kerak bo’lganlar doimo kuldi. Ketishi kerak bo’lganlar hanuz yo’lga chiqolmadi. Uyalishi kerak bo’lganlar mazlumlarning ustidan kuldi. Yolg’izlikni hech qachon satrlar orqali ifodalab bo’lmadi. Men esa bu yo’lning o’rtasida o’z qahrim bilan yolg’iz qoldim.

©️Halis Karabenli
(Zamonga yengilma) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Keraksizlarni ajratib tashlang. Dastlab xayolingizga biror maqsad keladi. Qalbingizdan birma-bir o’tgan orzularning barini maqsad sifatida qabul qilishni xohlashingiz mumkin. Vaholanki, ba’zi orzular lahzalik hayajonlarning va faollikning ta’sirida yuzaga keladi. Siz tanlaydigan maqsad esa mana shu qisqa muddatli faoliyatingiz bilan emas, balki butun umr shug’ullanadigan mashg’ulotlaringiz bilan ham bog’liq bo’lishi lozim.

©️Muhammad Bo’zdag’ (Tushun va bajar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Biz so’z bilan emas, nigohlarimiz bilan suhbatlashgan bo’lardik.

©️O’rxon Kamol (Yetmish ikkinchi kamera) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Dunyodagi ba'zi qayg'ular doim bir xil bo'ladi: bosimlar, ayriliq, hijron va masofalar. Qalbingdagi og'riqlarni tindirmaguningcha dunyoning hech qaysi og'rig'iga davo topa olmaysan degandi u.

📔Atirgul o‘g‘risi kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Men har doim jannat kutubxonaga o’xshagan joy bo’lsa kerak, deb o’ylayman…

©️Jorj Luis Borxes

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Hayot o'zi shunday beshavqat: rishtalar uzilsa — kimdir qoladi, kimlardir esa ketadi. Ikki tomon ham yuragi o'rtanib qolaveradi.

©️Alvaro Yunke (
Atirgul o‘g‘risi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Hech qanday hozirlik koʻrmadim. Faqat bolamni oldim. Falastindan bu dunyoni tark etayotgandek chiqdim.
Quvilayotgan edim… Soʻnggi marta falastinga qaradim. Unda qora koʻzlar aks etgan edi. Chuqur oh tortdim. Oʻzimcha gʻoʻldiradim: Ayriliq diyori Falastin. Uni vatan bilganlarni baxti qaro qilgan Falastin…

©️Nuriya Cheleyen
(Har ayol hojardir) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Yalang‘ochlar kamerasi to‘yga tayyorgarlik ko‘rilayotgan xonadonga o‘xshab borardi. Barcha tashvishlarni unutib, “yaramaslar” o‘zlariniki bilan So‘lezlikning kamerasi o‘rtasida zir yugurishar edi. Axir ularning og‘asi zafar quchgan! Yana deng, ketma-ketiga. Hazilakam gapmi! Endi ularning kamerasida har doim qora qozon qaynaydi, har kecha to‘q qoringa uyquga ketishadi. Och qoringa uxlamagan odam esa aloq-chaloq tushlar emas, durkungina hurliqolarni ko‘radi. Qorni to‘q odamga hatto sovuq ham chikora. Qorning to‘yib ovqat yeyishga ne yetsin?! Yashasin to‘qlik!

©️O’rxon Kamol
(Yetmish ikkinchi kamera) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bayramlarga xushim yo'q. Menimcha, toki havo va quyoshdek tabiiy zaruratga aylanmaguncha, bayramlarni yoqtirmasam kerak. Buni qarangki, mana shunday tantanali kunlarda ba'zi ota-onalarning bolalari o'yinchoqlarini ko'z-ko'z qilib, boshqa bolalarning havasini keltirsa, bundan qo'li kalta onalar ko'z yoshlarini tiyolmay yashirsalar, otalar esa uyatdan lavlagi bo'lishsa, qanaqasiga shod-xurramlik qilishi mumkin odam?

©️O’rxon Kamol
(Yetmish ikkinchi kamera) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ona qiziga achchiqlanib qaragandi, qizaloqning uni o'chdi. Lekin nima qilsin, qorni biram tatalab ketgandiki! Kitob qorin to'ydirmaydi-ku, axir. Qolaversa, kitoblarning dastidan uy to'zib ketgan. Yaxshisi, otasi ularni pullab yuborgani ma'qul. Otasining o'rnida bo'lganda, allaqachon shunday qilgan bo'lardi.

©️O’rxon Kamol
(Yetmish ikkinchi kamera) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Mening senga umuman ehtiyojim yo‘q. Tushunsang-chi axir, men yolg‘iz o‘zim ham baxtsiz bo‘la olaman...

©️Sabohaddin Alli (Mo'ynali montodagi madonna) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Sevgi – baham ko‘rmoqlikdir. Sevmoq – osmondagi hilolni, hayot chirog‘ini, yulduzlarni baham ko‘rishdir. Hayot – bu sevib baham ko‘rmoqlikdir. U xoh sizga tegishli bo‘lsin, xoh birovga, umumiy qadriyatga ega bo‘lgan dunyo haqidagi barcha bilimlarni baham ko‘rmoqlikdir.

©️Ramazon Demir
(Yelkangga ishq qo’nsa) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Siz nimaga qarshilik ko’rsatsangiz, u bor bo’lishda davom etadi.

©️Mirach Chag'ri Oqtosh (O'zingga xush kelding) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Faqat sizga bitta savolim bor, shunga to‘g‘ri javob bersangiz bo‘ldi.
U: “Xudodan qo‘rqmaysizmi, demoqchisizda?
Men: “Saratonga chalinmagansiz-a?
U: “Yo‘q, Xudo saqlasin!
Men: “Xayriyat…

©️Iqbol Mirzo (Bonu) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

...yomg‘irdan so‘ng tuproqdan ko‘tariluvchi hid kabi sevaman seni...

©️Hikmat Anil O’ztekin (
Alifdek sevmoq) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Hozir seni sevmayman, deyolmayman. Ammo ichimda huv o’sha avvalgidek sevinch yo’q. Qanday qilib, sezmasdan halokatli oqibatga duchor bo’ldik? Bu hammasidan ko’ra yomonroq emasmi?

©️Halis Karabenli (
Ba’zilar olisdan sevarlar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bir joyda qimirlamay turish ortga harakatlanish bilan teng. Yaqinlashishga xizmat qilmagan daqiqalar uzoqlashishga sabab bo’ladi.

©️Sabohiddin Ali (Mo'ynali mantodagi madonna) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

…zero, muhabbat – bu eng olisdagi va eng befarq narsalarni hushyorlikka chorlovchi va hamma narsani ajoyib musiqaga aylantiruvchi qo‘ng‘iroqdir.

©️Gotfrid Keller (
Qishloqlik Romeo va Julyetta) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Men shuni tushundimki, odamlar indamaganlarni qo’rqoq, ko’z yumganlarni ahmoq, kechirishni bilganlarni esa to’rvadagi kaklik deb o’ylaydi. Vaholanki, ular biz istaganimiz uchun hayotimizda borlar.

©️Mirach Chag'ri Oqtosh (O'zingga xush kelding) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Telegram kanallarda ham Storieslar qo’yib borish funksiyasi paydo bo’ldi. Buning uchun Telegram premiumi bor obunachilarning ovozi kerak.
Agar sizda telegram premium bo’lmasa, premiumi bor tanishlaringizga yuborib yordam berishingiz mumkin. 36ta ovoz yig’ilsa funksiya ochiladi.
Agar qo’llab yuborsangiz kitoblar haqida qiziqarli videolar va she’rlar joylab boramiz.

Читать полностью…

Kutubxona™

Bir payg'ambar amr qilsa-yu, buyrug'iga itoat qilishmasa, bu Allohning g'azabini keltiradigan xatodir. Faqat onalar bu holatni go'zal tarzda tuzatadi. Farzand bir xato qiladi, otalar darhol jahli chiqib, bolasiga jazo berishni istaydi. Ona tezda himoyaga shoshiladi. Holatni to'g'irlaydi.

©️Murat Tosun (
Olim yetishtirgan onalar) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Urush nimaligi haqida faqat o‘liklar haqiqiy bahoni bera olishadi. Faqat marhumlar barchasini oxirigacha bilishadi.

©️Erix Mariya Remark (Qora haykal) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Boshiga og‘ir musibat tushib, sizlardan najot izlab kelgan baxtiqaro bir qizni masxara qilib ku­­lish gunohmasmi?

©️Gotfrid Keller (Zirapcha qiz) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…
Subscribe to a channel