Bir tomchi yaxshilik bir qop falsafadan afzaldir!!!
©️Lev Tolstoy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Nodonga iltifot qilmoq ne kerak,
Johilni dilbar so'z hurkitar ayon.
Dumini tarasang tepadi eshak,
Boshini silasang nish urar chayon.
©️Erkin Vohidov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kim ko‘p gapirsa, ko‘p adashadi, kim ko‘p kulsa, undan hayo va odob yo‘qoladi.
©️Umar ibn Xattob r.a.
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ishonib bo’lmaydigan odamlarga aslo ishonmayman. Xiyonatdan qo’rqaman. Yuzimga kulib, orqamdan pichoq urganlar ham bo’ldi. Tez aldanib qolaman. Bu mening eng katta kamchiligimdir. Tez g’azablanaman. Oson kechirib yuborolmayman. Sababsiz hech kimdan ranjimayman, besabab hech kimga dushman bo’lmayman.
©️Ramazon Demir (Yelkangga ishq qo’nsa
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ehtimol, hech kim birovning azob-uqubatlarini oxirigacha his etmagani uchun ham noming oʻchgur urush takror-takror qaytalanaverar...
©️Erix Mariya Remark (Ortga yo‘l
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Agar insonlarni haddan ziyod qadrlasang, seni tark etishadi. Agar qadrlamasang ham tark etishadi. Xullas, insonlar baribir seni tark etishadi…
©️Berkutay Soysalning (Kelmasang ham kutaman
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Agar sevish kerak bo’lsa, faqat bir erkakni sevgan ma’qul. Faqat haqiqiy erkakni. Mendan hech nima talab qilmaydigan, meni cho’ri qilib tahqirlamaydigan, doimo qalqon bo’lishga shay, kuchli va mehribon kishini…
©️Sabohiddin Ali (Mo'ynali mantodagi madonna
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Barcha sirlarimni ichimda saqlashga kuchim yetmaydi. Kimgadir ichimdagilarni aytib berishni biram xohlaymanki. Lekin kimga? Judayam keng bu olamda, nazarimda, mendan ko’ra yolg’izroq hech kim yo’q.
©️Sabohiddin Ali (Mo'ynali mantodagi madonna
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
“Inson” so‘zi shunchalik noaniqki, gohida u faqat erkaklarga taalluqlimi yoki insoniyatning barcha vakillarigami, tushunib bo‘lmaydi.
©️Kerolayn Kriado Peres (Ko'rinmas ayollar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bugun mohiyatga qaytish fursati keldi. Millat o‘zligini tanishga intilarkan, albatta, Xudoni tanishga majbur...
©️Akrom Malik (Halqa
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hech qaysi og'riq davomli bo'lmaydi. Uning tugash vaqti albatta keladi. Hamma gap manashu lahzaning kelishiga bo'lgan ishonch va sabrdadir.
©️Bahodir Yangishaharliko'g'li (Hanna
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bunaqa paytlarda pand yeb qolish ham hech gapmas. Odamlarning yordam berishidan umidvor bo‘lasan, aslida esa ular bunga sira harakat qilishmaydi. Agar ularning dilida qanday niyatlari borligini bilmoqchi bo‘lib so‘rab-surishtirishga tushsang bormi, buning oqibati nima bo‘lishini yolg‘iz Xudo biladi.
©️Syuzen Foks (Samoviy ahdu paymon
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Armon toshdek zil bo‘lgani uchun ham dil tubiga cho‘kadi, deydilar... Toshlari tog‘dek qalashib ketgan yurakni nima deb atash mumkin? Toshyurak deymizmi? Inson shu tariqa bag‘ritoshga aylanadimi?
©️Iqbol Mirzo (Bonu
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
…mabodo, qo‘lingizga o‘zingizning kechirgan umringiz bitilgan kitobni tutqazishsa, uni oxirgi nuqtasigacha o‘qib chiqishga o‘zingizda sabr-toqat topa olarmidingiz? Ko‘rgan kechirganlaringizning barchasini yana bir bor vijdon tarozisidan o‘tkazishga kuchingiz yetarmidi?
©️Irving Stoun (Hayotga tashnalik
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sevgi nima oʻzi? Menimcha, sen buni soʻzlar orqali tasvirlay olasan. Sevgi bu kimnidir tushunish, u uchun qaygʻurish, uning quvonch va gʻamlarini birga baham koʻrishdir. Nimanidir boʻlishasan, biror nima berasan, evaziga turmush qurish-qurmasliging yoki farzandli boʻlish-boʻlmasligingdan qatʼi nazar, nimagadir ega boʻlasan. Yashar ekansan, yoningda seni tushunadigan va hech kim bilan boʻlishishing shart boʻlmagan inson borligini bilarkansan, oʻz fazilatlaringni yoʻqotish hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.
©️Anna Frank (Anna Frank kundaligi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yolg’izlik sevmoqlikdir, yolg’izlik baham ko’rilmaydi, baham ko’rilsa yolg’izlik bo’lmaydi. Yolg’izlikni sevgan inson haqiqiy sevgi va do’stlikni bilgan insondir.
©️Ramazon Demir (Yelkangga ishq qo’nsa
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Dardingni eshitadigan hech kim topilmasa, yuraging bilan tanishasan, u bilan dardlashasan.
©️Sa'diya Erol Aykach (Men Robiya...
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Berganiga suyunma, olganiga achinma,
Tutar o’choqni buzib, kulni ranjitma, ko’ngil…
©️Ramazon Demir (Yelkangga ishq qo’nsa
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ba’zan, atrofdagi odamlar menga mehr-muhabbatlarini ravo ko’rmayotganlaridan o’lib qolsam kerak, deb o’ylar va hali ham tirik ekanligidan ajablanar edi. Aftidan, sevmay-sevilmay yashash uning peshonasiga yozilgan bo’lsa kerak…
©️Syuzen Foks (Samoviy ahdu paymon
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yaraning ichidan Yaratganingni
Topasan, sabr ila shifo oningni,
Zirqiratib tursada har bir joyingni,
Yaraga bosilgan tuzdadir sabr.
©️Bilol Javalek (Dard etma, sabr et
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Atirgul isli Payg‘ambarimga!
Bugun otam Sizning isingiz bir necha ko‘cha naridan kelib turishini aytdi. Bog‘imizdagi gullarning hidi esa uzoqdan hecham sezilmaydi, atayin yoniga borib hidlashimizga to‘g‘ri keladi. Bizning ko‘chadan ham o‘tasizmi? O‘tsangiz, hammayoq ajoyib hidga to‘lib ketadi-da!
©️Onur Qoplon (Alfido
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
O‘zingni ayricha, alohida inson sifatida his etmog‘ing uchun senga kerak bo‘lgan yagona narsa – bu sensan.
©️Serdar O’zkan (G’oyib bo’lgan atirgul
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Men hech qachon o’qishni sevmagandim. Odamlar nafas olishni sevmaydilar…
©️Harper Li (Mazaxchini o’ldirish
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Negaligini bilmayman-u, lekin bugun yorug’ olamni tark etgan ajoyib bir qiz bundan ko’p zamonlar oldin aytgan so’zlar yodimga tushdi. Men o’sha so’zlarni takrorladim:
– “Muhabbatda afsus-nadomatga o’rin yo’q”.
©️Erik Sigal (Love story
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Tinimsiz to‘ldirilib-bo‘shatilayotgan bu dunyoning yo‘l chetidagi mehmonxonadan farqi yo‘q-ku! Kayfu safosi bir kechalik, baxt-saodati esa bir lahzalik. Ruhim bu dunyoning tor olamiga sig‘may qoldi. U oxiratni, jamolingni istaydi, Rasulingni ko‘rishga orzumand.
©️Juliya Sano Yamano‘g‘li (Mening ismim Sano
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ishq kapalakka o‘xshaydi. Ortidan yugurganing sari sendan qochadi... Eng yaxshi yo‘l uchishiga qo‘yib berishdir. Shunda kutmagan bir oningda kelib yelkangga qo‘nadi.
©️Ramazon Demir (Yelkangga ishq qo’nsa
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Qarang, buyuk shoir Oshiq Veysal nima deydi: “Mendagi bu ishq bo’lmasa, go’zalliging hech narsaga arzimas”. Sevgi shuni his qila olmoqlikdir.
©️Ramazon Demir (Yelkangga ishq qo’nsa
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Qalb eshigi har doim ishqqa butkul yopilmaydi, ko’pincha qiya ochiq turadi. Ba’zan muhabbat o’zi tark etgan qalb ostonasini ham yo’qlaydi. O’tmishni eslatish yoki takrorlash uchun emas, balki borgan yo’lida o’zini kutib turganlarga xitob qilguvchi bir bekat istab boradi.
©️Ramazon Demir (Yelkangga ishq qo’nsa
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Muhabbatning nafratga aylanganini ko’p bora ko’rganmiz. Ammo nafratning muhabbatga aylanganinichi..?
©️Syuzen Foks (Samoviy ahdu paymon
) kitobi
Telegram | Instagram | Audiokitob
Butun borliq pok va shaffof hisga cho‘mgan – tongning faqat shu soatida hatto qo‘li odam qoniga botgan gunohkorlar ham kechirilishiga ishonasan, ezgulik va yovuzlik esa shunchaki qiymatsiz so‘zlarga aylanib qolgandek go‘yo.
©️Erix Mariya Remark (Qora haykal
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob