Ko’rib turganingning yarmiga ishon, eshitganingga umuman ishonma. ©️Ingliz maqoli
Telegram | Instagram | Audiokitob
Men sukut saqlashni o’rgandim.
Sukut ham bir javob.
©️Fridrix Nitshe
Telegram | Instagram | Audiokitob
Moliga mol qo’shish bilan kechirar hayot,
Vorisiga qolar molni qilar ehtiyot.
Tozi itday ov tutadi, o’zi och mudom,
Hayolida boshqa birov yeydigan taom.
©️Imom G’azzoliy (Mukoshafatul qulib
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ba’zan ruhimiz tushib ketadi.
Ruhimiz bilan birga g‘amga botamiz, yolg‘iz qolamiz, nochorlashamiz...
Qalbimizni go‘yo tuman qoplab oladi.
Go‘yo butun borliq bizning chorasizligimizdan zavqlanayotgandek tuyuladi.
Va birdan xayolimizga Alloh keladi.
“Sen borsan, yo Rabbiy!” deymiz.
©️Bilol Jivalek (Dard etma, sabr et
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Biz, yer yuzidagi barcha odamlar bir tilda gaplashamiz, lekin bir-birimizni tushunmaymiz, chunki bir-birimizning gaplarimizga quloq solmaymiz!
©️Nodar Dumbadze (Hellados
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
“Baʼzan shunchaki kutish kerak. Eng yaxshisi emas, senga eng loyiq boʻlgan hadyalar uchun, hatto ogʻriq va sinovlar uchun. Baʼzan, chindan kutish kerak...”
©️Joze Mauro de Vaskonselos (Azizim po’rtaxol
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Men hamma joyda orom izladim va uni bir burchakda o‘tirvolib, kitob o‘qishdan topdim.
©️Umberto Eko
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ulug’larimizning ba’zilari deyishadi: “Namozda to’rt narsa chalg’itadi: chalqalmoq, yuzini silamoq, sajda qilayotganda has-chop va toshni surib qo’ymoq va ro’parasida yo’l bo’lgan joyda namozga turmoq”
©️Imom G’azzoliy (Mukoshafatul qulib
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Jamila- katta oilaga tushgan kelinchak. Ammo visol uzoq davom etmaydi. Urush yosh oilaga nafaqat hijron va ayriliq, balki parokandalik olib keladi. Turmush oʻrtogʻini frontga joʻnatgan kelin erkaklar mehnatini zimmasiga olib, dalaga chiqadi. Goʻzalligi-yu chaqqonligi sabab qaynonasi uni begona koʻzlardan asrash uchun yoniga "qoʻriqchi" qoʻyadi...
©️Chingiz Aytmatov (Jamila
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ba’zan yuz foiz haq bo’lsang ham, odamlarni xafa qilmaslik uchun sabr qilasan. Ana shu damda ichingdan o’tganlarni Alloh juda yaxshi biladi….
©️Bilol Jivalek (Dard etma, sabr et
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Aql kabi mol, yaxshi xulq kabi do'st, go'zal odob kabi meros, tavfiq kabi rahbar, ilm kabi sharaf topilmaydi.
©️Mustafo Najoti Bursali (Hazrati Ali Murtazo
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
"Insonning nazari doimo tashqi dunyoga qaratilgan bo'lganda ko'pincha ichki yetishmasliklar va xatolarni ko'rmay qoladi. Shuning uchun ham shaxsan men va umuman biz "Yosh Turkiston" yozuvchilari yurtdoshlarimizni shu ichki jihatimizga, o'z kamchiliklarimizga ko'proq diqqat etishga chaqirib kelmoqdamiz. Men bu xotira parchalarida mana shu nuqtaga ayricha ahamiyat berdim"
©️Mustafo Cho’qay o’g’li (Istiqlol jallodlari
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
"Yumshoq kuch nima? Bu o'z istagimizni majburlash yoki badal orqali emas, balki qiziqtirish va ishontirish orqali maqsadga erisha olish qobiliyatidir. Bunda asosiy jalb qiluvchi vosita sifatida mamlakat madaniyati, siyosiy maqsadlari va undagi siyosiy tuzum ahamiyat kasb etadi"
©️Jozef Nay (Yumshoq kuch
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Istasangiz aybga buyuring, ammo shuni eslatmoqchiman: Ayrim narsalarni vaqtidan keyin qadrlaganingizning foydasi yo’q. Buni keyin tuzatib bo’lmaydi.
©️Berkutay Soysal (Kelmasang ham kutaman
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ezgulikni ko’zlagan barcha insonlarga har doim ham omad kulib boqavermaydi.
©️Davron Sultonov (Qor odam xazinasi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hech kimdan qo’rqish kerak emas. Kimdandir qo’rqayotgan bo’lsang, demak sen o’zing ustingdan hukmronlik qilishlariga yo’l qo’ygansan.
©️Hermann Hesse (Demian
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
"Chumolini ham ranjitmayman" dema!
"Ham" degan ifodangni o'ziyoq chumolini xafa qiladi.
So'z so'ylamoq uchun irfon kerak...
So'zni anglamoq uchun inson kerak...
©️Fuzuliy
Telegram | Instagram | Audiokitob
“Men yolg‘iz emasman, chunki Tangrim meni tashlab qo‘ygani yo‘q. Qachonlardir, qanday qilib bo‘lsayam, Yaratganga xizmat qilish uchun o‘z yo‘limni topaman”.
©️Irving Stoun (Hayotga tashnalik
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Qanchalar jonkuyar bo’lmang, siz qilgan barcha fidokorliklarni bir kun kelib unutishadi.
Shu boisdan, joningizni u qadar azobga qo’ymang.
©️Berkutay Soysal (Kelmasang ham kutaman
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Eng muhimi – hammasini qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilish. Bu barcha umidlarimiz barbod bo‘lishining oldini oluvchi yagona vosita... Hammamiz hamdardlikka muhtojmiz, biroq faqat o‘zimizga achinishga haqqimiz bor.
©️Sabohaddin Ali (Mo’ynali mantodagi madonna
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Qabriston bizga sukunat olami bo‘lib ko‘rinadi. Aslida ohu-faryodlar o‘lkasidir! Biz bu faryodlarni eshitmaymiz, bilmaymiz. Shu bois biz mayyitlarning kechmishidan ibrat olmaymiz. Agar tinglay olganimizda edi...
«Murdalar gapirmaydilar», deymiz. Bizga shunday tuyular? Balki ular gapirarlar, biz eshitmasmiz?
©️Toxir Malik (Murdalar gapirmaydilar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Biz og‘zimizda “Vatan” so‘zi bilan urushga ketdik va o‘sha so‘zni qalbimizning tub-tubiga tugib qaytdik.
©️Erix Mariya Remark (Ortga yo’l
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bir tanishim bor. O’lgudek shirintamoq. Shaharning falon yerida yangi taomxona ochilibdi desa bo’ldi, o’ziga o’xshagan ulfatlari bilan o’sha joyni topib boradi. Og’ziga yoqib qolsa, ovqati undoq ekan, ovqati bundoq ekan deb gapirib ham yuradi.
Lekin u yashaydigan ko’chaning narigi betida nima “shirin”u nima “achchiq”ligini aytib turadigan Allohning uyi bor. Ammo u joyni qidirmaydi, biror marta ham qadam ranjida qilmaydi.
©️Erkin Malik (Yigit va nomus
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
“– Mana, eshit! Soddaroq qilib o‘qib beraman: “Agar o‘ng ko‘zing pand bersa, shartta o‘ygin-u uloqtir, illo, butkul badaning do‘zax o‘tida kuyganidan ko‘ra, biron a’zong nobud bo‘lgani ma’quldir. Agar o‘ng qo‘ling pand bersa, shartta kesgin-u uloqtir, illo, butkul badaning do‘zax o‘tida kuyganidan ko‘ra, biron a’zong nobud bo‘lgani ma’quldir”. Uqdingmi?”
©️Nodar Dumbadze (Hellados
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Agar zolim va qudratlilar dunyoni egallay olganlarida edi,
chumchuqlarning rizqini lochinlar tortib olgan bo‘lardi.
©️Mustafo Najoti Bursalining (Hazrati Ali Murtazo
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
"Oxir-oqibat hokimiyat voqeligining talqini sifatida mafkura davlat manfaatlariga doimo bo'ysunadi, shuning uchun mafkuraviy jarayonlar haqsizlik, "xayolot dunyosini" shakllantirish va rituallarni parvarishlash tabiiy tendensiyasiga ega"
©️Vatslav Havel (Kuchsizlar kuchi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
"Televideniya orqali ko'rsatilgan propagandistik lavhalar doim omma tomonidan fosh qilingan: oq ayiqqa uyqu dori ichirilgan, Putin ovlagan yo'lbars hayvonot bog'idan keltirilgan va uning matbuot kotibi keyinchalik tan olganidek, Qora dengizdan olib chiqilgan yunon yodgorligi Putin "topib olishi" uchun suv ostiga maxsus qo'yilgan. Bu harakatlarning barchasi yakunda rus xalqi uchun hayratlanarli emas, kulgili bo'lgan"
©️Sergey Guriyev & Deniel Treysman (Manipulyativ diktatorlar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bildirishim joiz bo’lgan ba’zi eslatmalar bor. Aytishlaricha, ilk sevgiga mubtalo bo’lganlarga ba’zi takliflar beriladi. Misol uchun, agar sevgiling seni sevintirolsa, suhbatlari yoki yozgan ifodalari kamida seni ikki marotaba o’ylashga undasa, shuni aslo unutmaki, u insonning senga bera oladigan ko’p narsasi bor. Uni aslo qo’yib yuborma, unga egalik qil, xato qilib uni ranjitma, qo’lingdan kelgancha ko’nglini ol, unga nisbatan har doim “oliyjanob bo’l” deyiladi.
©️Ramazon Demir (Yelkangga ishq qo’nsa
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
– Lora amma, ayting-chi, faqat rostini ayting. Sevgi har doim baxtmi?
Uelman xonimning yuzi tundlashdi.
– Sen nazarda tutayotgan ma'noda, balki, yo'q, Elinor... Agar sen haddan ortiq sevsang, bu tuyg'u doimo quvonchdan ko'ra ko'proq qayg'u keltiradi. Ammo baribir buni his qilib ko'rish kerak, Elinor. Hech qachon astoydil sevmagan odam chinakamiga yashamagan, desa ham bo'ladi.
©️Agata Kristi (G'amgin sarv
)
kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Xalq ko‘pincha haqiqatni gapirganga emas, chiroyli gapirganga ishonadi.
©️Talleb Nassim
Telegram | Instagram | Audiokitob