Inson og'riqni his
qilar ekan, u tirikdir.
Inson o'zganing dardini
his qilar ekan, u insondir.
©️ Fransua Gizo
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ayolning goʻzalligi koʻrinmaydi, u kashf etiladi.
©️Mahbubiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Qiyin bo'lsa ham sev, lekin sevmasa qiynama.
©️Jalolidin Rumiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Gunohim ko'p savoblarimdan
Gunohlarim yuvib ket yomg'ir
Yuzimga yog', kaftlarimga yog',
Qalbimga yog', dardlarimga yog'
Alamlar alanga, yurak to'la dog'
Yuragimni yuvib ket yomg'ir.
Yopib qo'yolmadim o'tmish darchasin,
Doim ezaverar qalbim parchasin
Xotiralar barcha barchasin
Bitta qo'ymay yuvib ket yomg'ir.
©️Muhammad Yusuf
Telegram | Instagram | Audiokitob
Nima kerak kulni titish, bo‘lmasa uchqun!
Nahot qayta sevolmasam! Nahot endi kech!
©️Abdulla Oripov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ne qilay? Yurakdan bo‘shadi tanim,
Najot — ko‘nishdami, najot — o‘lishda?..
Azizim, azizim, azizim manim,
Ayt, qachon ulgurding jonim bo‘lishga!?...
©️Usmon Azim
Telegram | Instagram | Audiokitob
Tingla, bu abadiy sado bo'ladi,
Gadoning dushmani gado bo'ladi.
Ikkovi bir-birin yegunicha
O'rtada bu dunyo ado bo'ladi.
©️Abdulla Oripov
Telegram | Instagram | Audiokitob
4000 essential english words-5
O’zbek versiya
Kanalga a’zo bo’lish
⬇️⬇️⬇️
Telegram | Instagram | Audiokitob
Do’stlaringizga ham ulashing
Siz menga keraksiz,
Men sizga keraksiz.
©️Rauf Parfi
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sevgi ilk bor tushdi-yu qalbga
Hayotimning bo‘ldi mazmuni.
U qo‘limga tutqazib qalam,
Ko‘zlarimdan oldi uyquni
©️Erkin Vohidov
Telegram | Instagram | Audiokitob
4000 essential english words-3
O’zbek versiya
Kanalga a’zo bo’lish
⬇️⬇️⬇️
Telegram | Instagram | Audiokitob
Do’stlaringizga ham ulashing
Muhabbat - eng yaxshi kosmetika.
Lekin kosmetikani sotib olish chin muhabbatga erishishdan ancha oson. ©️Iv Sen-Loran
Telegram | Instagram | Audiokitob
Boshi berk ko‘chaga olib boruvchi g‘alabalar va yangi yo'llarni ochib beradigan mag‘lubiyatlar bo‘ladi.
©️Paskal Bryukner
Telegram | Instagram | Audiokitob
4000 essential english words-1
O’zbek versiya
Kanalga a’zo bo’lish
⬇️⬇️⬇️
Telegram | Instagram | Audiokitob
Do’stlaringizga ham ulashing
Qo'rqmayman!
Axir bu dunyo
Qo'rqoqlarga qilmaydi shafqat.
Faqat sendan xavotirdaman,
Agar ketsam, qo'rqmaysanmi, ayt?
Agar ketsam...
Maboda qo'rqsang...
Yanchib ketsa dunyo seni ham
O, yo'q!
Bo'ldi! Fikrimdan qaytdim
Qo'rqarkanman o'ylab qarasam.
©️Gulrux Xudoyorova
Telegram | Instagram | Audiokitob
Oxirgi so'zni erkak aytadi.
Oxirgidan keyingisini ayol.
©️Ayman Yogʻiy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hech nimaga hayron qolmaydigan odamdan Olim chiqadi.
Hamma narsaga hayratlanadigan odamdan Shoir chiqadi.
©️O'tkir Hoshimov (Daftar hoshiyasidagi bitiklar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Olloh insonni eng mukammal, eng mukarram zot qilib yaratgan. Bas shunday ekan, yomon odamlar qayoqdan paydo bo'ladi?
Nachora, nur bor ekan, soya ham bo'laveradi. Buyog'i o'zingizga bog'liq: xohlang nur bo'ling, xohlang - soya...
©️O'tkir Hoshimov (Daftar hoshiyasidagi bitiklar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bola tug'dirganlarning hammasi ham Ota bo'lavermaydi.
Bola tuqqanlarning hammasi ham Ona bo'lavermaydi.
Bolaning hammasi ham Farzand bo'lavermaydi.
©️O'tkir Hoshimov (Daftar hoshiyasidagi bitiklar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
To tirik ekansan...
To tirik ekansan: kurash, ishla, yon!
To tirik ekansan: sev, sevil, quvon!
To tirik ekansan: izla, qidir, top!
To tirik ekansan: intil, yuksal, chop!
To tirik ekansan odamday yigʻlab,
Odamday sevinib, qaygʻurib yasha!
Sevdingmi, yoringni dadil qoʻltiqlab,
Odamli koʻchadan odiming tashla!
Dard-alam oʻtganda oshkor yosh toʻkib,
Quvonsang oshkora xandon otib kul!
Dushmaning qaddini beshafqat bukib,
Doʻstingga tuta bil dasta-dasta gul!
Doʻstlaring qoʻl siqib, nurga choʻmganda
Qalb tafting kaftida lovullab qolsin.
Vaqt yetib koʻzingni mangu yumganda
Sen yurgan koʻchalar huvillab qolsin!
©️Shuxrat
Telegram | Instagram | Audiokitob
4000 essential english words-6
O’zbek versiya
Kanalga a’zo bo’lish
⬇️⬇️⬇️
Telegram | Instagram | Audiokitob
Do’stlaringizga ham ulashing
Olimlarning kuzatishlaricha, er-xotin qancha kam gaplashsa, oila shuncha mustahkam bo'larkan.
©️O'tkir Hoshimov (Daftar hoshiyasidan bitiklar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hindikush tog'ida gulxan yonmoqda,
Hirot tepasida olov jolasi.
Holing nima kechdi? Jabhang qayoqda,
Jayhun ortidagi o'zbek bolasi?
Sen tug'ma xiraviy, o'spirin avlod,
Ko'hna shajaramda bitta bandimsan.
Qoning ne bobolar qusridan ozod,
Sen mening bokira jigarbandimsan.
©️Abdulla Oripov
Telegram | Instagram | Audiokitob
4000 essential english words-4
O’zbek versiya
Kanalga a’zo bo’lish
⬇️⬇️⬇️
Telegram | Instagram | Audiokitob
Do’stlaringizga ham ulashing
Yoshligim behuda o‘tmadimikin?
Go‘zal tuyg‘ularim bormikin tirik?
Nogahon buzilib ketmadimikin
Birorta yurakka men solgan ko‘prik
©️Abdulla Oripov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ko'rdum yuzungni devona bo’ldum,
Aqlu hushumdin begona bo’ldum.
©️Boborahim Mashrab
Telegram | Instagram | Audiokitob
4000 essential english words-2
O’zbek versiya
Kanalga a’zo bo’lish
⬇️⬇️⬇️
Telegram | Instagram | Audiokitob
Do’stlaringizga ham ulashing
Qalbdan o’tgan har narsani aytib bo'lmaydi. Shuning uchun ham Xudo ohni, ko'z yoshini, uzun uyquni, sovuq tabassum va qo'l titrog’ini yaratdi...
©️Nizor Qabboniy
Telegram | Instagram | Audiokitob
Gar sevsang, dunyoga keldim deyaver,
Sevilsang, men tirik bo‘ldim, deyaver,
Hijrondan hech kishi o‘lmagan, lekin
Muhabbatsiz qolsang, o‘ldim deyaver!..
©️Mirzo Kenjabek
Telegram | Instagram | Audiokitob
Har qancha yuqoriga ko’tarilsang ham, parvoz qila olmaydiganlar nazarida kichkina ko’rinasan.
©️Andre Jid
Telegram | Instagram | Audiokitob