elektron_kutubxona | Unsorted

Telegram-канал elektron_kutubxona - Kutubxona™

46847

Telegramdagi yetakchi kutubxona kanaliga xush kelibsiz! 🎶 Audio™ | @Audio_Kutubxona_uz 📮Takliflar | @Kutubxona_Elektron_bot 📈 Reklama | @Marketolog1 📩 Instagram.com/Elektron_Kutubxona

Subscribe to a channel

Kutubxona™

​​Ustozlar

Chin insonlik kitobiga baxtu hikmat bitibsiz,
Odob ila bilim oldim so‘zingizdan, ustozlar.
Qalbingizning yo‘q g‘ubori, mehribonsiz shunchalar,
Quyosh olsin haroratin yuzingizdan, ustozlar.
Fan bog‘ining bog‘bonisiz, charog‘bonsiz ko‘ngilga,
Ming ehtirom o‘g‘lingizdan, qizingizdan, ustozlar.
Joy oldingiz bir umrga shogird yurak to‘ridan,
Mo‘min hayot darsin o‘qir o‘zingizdan, ustozlar.

Po‘lat MO‘MIN,
O‘zbekiston xalq shoiri.


@Elektron_Kutubxona

Читать полностью…

Kutubxona™

Bayramingiz muborak bo’lsin aziz ustoz va murabbiylar!

MUALLIM

Yodimda, bir choqlar misrlik mehmon
Shoirdan bayt aytdi soʻz tekkan zamon.
Oʻsha gap yodimdan chiqmaydi hamon:
Muallimni koʻrsang, taʼzim bajo qil,
Uni martabada rasul kabi bil.

Tangri irodasi, hayot xohishi, –
Haq yoʻlida daʼvat rasullik ishi.
Iymoni nur sochgan fonusdir kishi,
Muallimni koʻrsang, taʼzim bajo qil,
Uni martabada rasul kabi bil.

Muallim – bolaga mehrda timsol,
Nabirasin suyib, ul qalbi zilol,
Sajdada yelkasin tutmish bemalol.
Muallimni koʻrsang, taʼzim bajo qil,
Uni martabada rasul kabi bil.

Tarix – ulugʻ maktab komillik sari –
Bordir Buxoriylar, Navoiylari.
Dondek hikmat terar koʻngil qushlari,
Muallimni koʻrsang, taʼzim bajo qil,
Uni martabada rasul kabi bil.

Burgutga qanotioʻzi bir maktab,
Buyuklar hayoti oʻzi bir maktab.
Oʻzbekiston oti oʻzi bir maktab,
Muallimni koʻrsang, taʼzim bajo qil,
Uni martabada rasul kabi bil!

@Elektron_Kutubxona

Читать полностью…

Kutubxona™

Ziyorat uchun shunday bir vaqtni tayin qilginki, u uzun ham, mezbonga mashaqqat keltiradigan ham bo'lmasin. Ya'ni, mehmondorchilikka taomlanish, uyqu, dam olish va xordiq chiqarish kabi nomunosib vaqtlarda bormaslik kerak.

©️Abdulfattoh Abu G'udda (Musulmonning 35 odobi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Odamlar doimo sizni ortga qaytarishga va "Buni amalga oshirib bo'lmaydi" deb sizni ishontirishga harakat qilishadi, ammo, agarda siz o'zingizga ishonsangiz va maqsadlaringiz tomon tinimsiz harakat qilsangiz, albatta, hamma narsaga erisha olasiz!

©️Richard Branson (Qani boshladik!) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Agar bolalarni sho‘xliklari uchun jazolamoqchi bo‘lsangiz, tog‘liklar odatiga ko‘ra istagan joyiga urishingiz mumkin, lekin yuziga qo‘l tegizish mumkin emas. Tog‘liklarni yozilmagan qonuni shu: inson yuzi daxlsizdir.
Dog‘iston - mening yuzim. Hech kimning mening yuzimga daxl qilishiga yo‘l qo‘ymayman!


©️Rasul Hamzatov (Mening Dog’istonim) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Ikki soat qiziqarli roman o’qib o’tkazilgan vaqt ko’pincha ikki yil hayot kechirgandan ko’ra muhimroq.

©️Sabohaddin Ali (Mo’ynali mantodagi madonna) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

✍🏻 R. Gordin
📘 Buni har bir yosh matematik bilishi kerak


Kanalga a’zo bo’lish
⬇️⬇️⬇️

Telegram | Instagram | Audiokitob
Do’stlaringizga ham ulashing

Читать полностью…

Kutubxona™

Qashshoqlik - bu kitob doʻkonlaridagi sotilmagan kitoblar ustidagi changdir!!!
Qashshoqlik - kechasi ovqatlanmasdan uxlamoq emas, balkim kunni fikrsiz oʻtkazmoq qashshoqlikdir!


©️Ali Shariati

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Agar kitob sotib olmasam, pulni nimayam qilardim..

©️
G.Lihtenberg

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

– Demak, ilojini topolmagan.
– Lekin sen ketding-ku, Meddi! Demak, u ham keta olardi.
– Buning uchun menga sakkiz yil kerak bo'ldi. Keyin, menga sen yordam berding. Hammaning ham shunday omadi kelavermaydi. Rostdan ham, omadim chopdi. Yana bir yil o'tganida, u meni o'ldirib qo'yishi tayin edi.

©️Daniela Stil (
Sayohat) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Har bir yangi kun hayotimizga yangi mehmon bo'lib keladi. Biz yaxshi mezbon bo'lib, uni savob amallarimiz bilan mehmon qilaylik. Chunki u qiyomatgacha boshqa qaytib kelmaydi.

©️Erkin Malik
(Sajdada orom bor) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Alloh umringni uzun qilaversa-yu, kitob o'qiyversang...

©️Mubashshir Ahmad
(Olim, odam va olam kitobidan)
kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Telegramni yangilaganlar va Premium akkaunti borlar bo‘lsa, quyidagi havola orqali kanalimiz uchun ovoz berib yuboring iloji bo’lsa.

Ushbu postni premiumi bor tanishlaringizga yuborsangiz xursand bo’lardik.

Agar qo’llasangiz kanalga hikoya (story) qo’yish funksiyasi ochiladi, hamda qiziqdan qiziq kitoblar haqida video joylaymiz.

Ovoz berish:

/channel/Elektron_Kutubxona?boost

Читать полностью…

Kutubxona™

— Yig'lash yomon narsami?
— Yig'lash aslo yomon narsa emas, tentakvoy. Nega so'rab qolding?
— Bilmadim, qandaydir ko'nikolmayapman. Xuddi yuragim bo'm-bo'sh bir qafasdek...

©️Joze Mauro de Vaskonselos
(Azizim, Po'rtaxol) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Zamon ilgarilab oqib borar ekan, bizni sehrlagan o’sha “kelajak” qo’l tegmagan bir bo’lak “o’tmish”dan boshqa narsa emas.

©️Serdar O’zkan (G’oyib bo’lgan atirgul) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

BIRINCHI OKTABR TONGI!🎊

Shabnamlar pichirlab yaproqlariga,
Shivirlab nimadir aytmoqchi goʻyo,
Lol qolib bu tongning titroqlariga,
Nimadir demoqchi, oʻtkinchi dunyo.

Sokin tun ohista sochin turmaklab,
Yoʻqlikka yoyildi, tong keldi peshvoz,
Tong bilan uchrashdi, muqaddas, dilkash,
Joynomoz ushlagan, nuroniy ustoz.

Oʻzgacha bu tongda,oʻzgacha husn,
Bosh qoʻydi sajdaga,ustoz ham bu dam,
Hamdu,sano aytdi Yaratgan uchun,
Parvona boʻlishdi farishtalar ham.

Soʻng asta quyosh ham nur sochdi zarrin,
Ziyoga toʻlishdi atrof ham goʻyo,
Aylanib bir zumga jajji bolaga,
Tilaklar aytmoqchi,bu koʻhna dunyo.

Ustozning mehridan chamanlar unar,
Doim manglayidan oqar halol ter,
Gar uni quyoshga qiyos aylasak,
Bir jajji bolaga oʻxshaydi bu Yer.


©️XURSHID KARIM

@Elektron_Kutubxona

Читать полностью…

Kutubxona™

— Nima qilyapsan, Zeze?
— Hech narsa. Qoʻshiq aytayotgandim.
— Qoʻshiq?!
— Ha.
— Unda men kar ekanman-da!

Tavba, odam ichida ham, ovoz chiqarmay qoʻshiq kuylashi mumkinligini nahot bilmasa? Indamadim. Bu yoshga kelib ham ovozsiz musiqani eshitolmabdimi, bundan keyin ham eshitolmaydi. Mening tushuntirishim behuda...

©️Joze Mauro de Vaskonselos
(Azizim po'rtaxol) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

✍🏻 Rauf Parfi
📙 Sabr daraxti

Kanalga a’zo bo’lish
⬇️⬇️⬇️

Telegram | Instagram | Audiokitob
Do’stlaringizga ham ulashing

Читать полностью…

Kutubxona™

Ayni damda biz faqatgina aysbergning uchi bo'lmish ong qismidan xabardormiz, ammo, ong osti shaxsiyatimizning juda katta va chuqur ko'milgan qatlamlaridan iborat.

©️Poll Kleynman (Psixologiya 101) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Urushlar tugaydi, rahbarlar qo'l berib ko'rishadi va ona shahid bo'lgan o'g'lini kutib qoladi.

©️Erix Mariya Remark (
Uch og'ayni) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bari menga o'rgatmoqlik uchunmidi sevgi neligin?
Yo'q, Uni o'rgatasiz siz o'zingizga. Gar bilsangiz, bu ishlarning ustasiman men va agar kim bo'lsa sevgi parisi, Ayting, kelsin va o'rgansin sevmoqni mendan.

©️Nensi Kleynbaum
(O'lik shoirlar jamiyati) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

“Qachondir uysiz bo‘lganing ahamiyatli emas, ayni paytda kim ekanliging muhim. Kurashni davom ettir va sen kimdir bo‘lasan, balki ketayotgan yo‘lingdan to‘xtasang ham nimagadir erisharsan, ammo unda o‘zingga o‘xshamaysan”, degandi boy otam.

©️Robert Kiyosaki
(Pul oqimining kvadranti) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Sevish oson, unga munosib bo‘lish, muhabbati uchun kurashish, turmushning mushtlariga o‘z jufti bilan baravar yelka tutish hammaning ham qo‘lidan kelmaydi.

©️Erik Sigal
(Love story) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Telbalardek fikrlaydigan, o’ylamay gapiradigan bo’lib qoldim. Gaplarim balki to’g’ri, balki xatodir. Shunga loyiq edim, chunki yolg’on gapirgandim. Qora yuzingni oq dedim. Arzimas xayol dunyongni yulduzlarga teng qildim…

©️Ramazon Demir (Yelkangga ishq qo’nsa) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Taslim bo'lish yo'q!
Ertangi kun sizga nimalar
keltirishini bilmay turib,
kelajagingizni barbod qilmang.
Albatta, yiqilasiz, o'rningizdan turib,
yanada shaxdam qadamlar
tashlamoq uchun ham yiqilasiz.
Yiqilayotgan paytingizda
atrofingizdan qochib ketgan
"do'stlar"ingizni unutmang.
Ko'ngil eshigingiz tagidan
barchasini supurib tashlang.

©️Songul Unsal
(Kaktuslar ham gullaydi) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Odamlar solnomalarga ko'ngliga kelgan narsaning hammasini yozaverishi mumkin, lekin aslida mavjud bo'lmagan narsani hech kim ham xotirasida saqlab yurolmaydi.

©️Paulo Koelo
(Ixlos yoxud beshinchi tog’) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Qilmoqchi bo'lib yurgan ishlaring bilan obro' topa olmaysan! Bajarsanggina obro' topasan.

©️Genri Ford

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Biz bugun erta uchun yashayapmiz. Ertamizning qanaqa bo'lishi esa bugunimizga bog'liq.

©️Erkin Malik
(Yigit va nomus) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Bir ko‘z boshqa ko‘zga nimani anglatishini bilmayman-ku, lekin bir so‘z ikki ko‘zni yillar mobaynida yig‘lata olishi mumkin!

©️Ramazon Demir
(Yelkangga ishq qo’nsa) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…

Kutubxona™

Modomi-ki, kimdir mendan yordam qilishimni o’tinib so’rayotgan ekan, bu yorug’ jahonda hali mening ham keragim bor ekan-da.

©️Paulo Koelo (Ixlos yoxud beshinchi tog’) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob

Читать полностью…
Subscribe to a channel