Bir bolaning otasi har kuni maktabga lyuks mashinada olib kelarkan. Boshqa bola bo‘lsa, har kuni otasining velosipediga mingashib kelarkan. Badavlat ota o‘g‘liga: “Ko‘rdingmi, mening qadr-qimmatimni bil, seni har kuni qimmatbaho mashinamda olib kelaman” debdi. Shunda bola otasiga: “Koshkiydi meni velosipedda olib kelsangiz, o‘shanda men sizni quchoqlab kelgan bo‘lardim” degan ekan.
©️Sheniz Yujel (Go’daklikdan yigitlikka qadar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Baʼzan kechagi kuning o‘tgan yildek tuyuladi. Baʼzida esa o‘tgan yilni kechagi kundek idrok etasan.
©️Хaruki Murakami (Pinbol-1973
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Fikr ifodalanishi kerak, lekin soʻz fikrga boʻysunishni istamaydi.
©️Yan Parandovskiy (Soʻz kimyosi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ota-onasi janjallashayotganda, go‘yo hech narsa bo‘lmagandek o‘ynashda davom etayotgan bola, bu ziddiyatdan o‘zini hissiy jihatdan himoya qilish uchun izolyatsiya (o‘zini yakkalash) mexanizmini faollashtiradi. O‘ziga yangi dunyo qurish orqali, mazkur dunyodan xavfsiz makon sifatida foydalanadi. Faqat televizor ko‘rishi, kompyuter o‘ynashi, soatlab o‘yinchoqlari bilan berilib o‘ynab o‘tirishi yakkalanishga intilish sifatida kuzatiladi.
©️Xadicha Kubro Tongar (Men bolamni urmayman
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Xotira shunday tuygʻuki sukut bilan ham koʻzingni yoshlatadi...
©️Stefan Sveyg
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yiqildingmi?... Koʻzlaringda
Buncha alam,
Buncha alam!
Ustu boshi chang koʻrmagan,
Dard koʻrmagan
Erka bolam!
Shiddatingning shamoliga
Hushing bir zum
Shaydo boʻldi...
Sening ravon yoʻllaringda
Bu tosh qaydan
Paydo boʻldi?
Yoki aqling ketganmidi,
Endi toshlar
Qolmagan deb?
Laʼnatlading, bolam meni
Yoʻldan toshni
Olmagan deb...
Erka bolam, kechir meni,
Oqsuyagim,
Muruvvat qil!
Toshli-toshli bu dunyoda
Maysaday xor
Yashadim, bil.
Toshlar bilan kurash tushdim
Kurash bekor
Ketmagandir,
Qolgan boʻlsa biror zil tosh,
Bolam, kuchim
Yetmagandir...
©️Usmon Azim
Telegram | Instagram | Audiokitob
- Chunki sizning oʻz fikringiz yoʻq... Oʻqimagansiz, asl haqiqatni bilmaysiz... Shunga kim nima desa, ishonib ketaverasiz... Mana, men ikki ogʻiz gapiruvdim, koʻnglingizda shubha uygʻondi... Odam bunaqa boʻlmaydi... Sizning bu feʼlingizdan foydalanuvchilar koʻp boʻladi hayotda... Alam qiladigani, butun xalqimiz shunaqa, sizga oʻxshaydi... U chiroyli soʻzlarga ishonadi. Hushyor boʻling!
©️Ismoil Shomurodov (Qamal
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bu dunyoda qalbi va aqli ila senga mos bo'lgan kishiga do'stlik qilish ma'vo jannatiga teng qiymatdir. Qalbi sendan uzoqda, aqli senga teskari kishi bilan bir yerda bo'lish esa bu dunyoning jahannamidir.
©️Sardor Tunjar (Oshiqlar naylasin?
) kitobidan
⠀
Telegram | Instagram | Audiokitob
"Ular oʻlmaydi, uxlaydi. Zinhor aldanma. Oʻzini oʻlgandek qilib koʻrsatgan shaytonga ishonma! Xushyor boʻl! Sergak boʻl! "
©️Sardor Tunjar (Oshiqlar naylasin?
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Qanday ko'rinishingizdan qat'iy nazar, sizni dunyodagi eng go'zal inson deb biladigan odam doimo topiladi.
©️Fanni Flagg
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hayotingizdagi quvonchli holatlarni hamisha eng avvalo ota-onangiz bilan bo'lishing. Biror ishda sizga ko'mak, maslahat kerak bo'lsa ham, avvalo, ota-onangizga murojaat qiling.
©️G'iyosiddin Yusuf (Ota-onamni yaxshi ko'raman
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ko'zguga qarab, yuzingizga tekkan qora dog'ni ko'rib qoldingiz. Uni darrov artib tashladingiz. Ketdi. Eh, qani endi, yurakdagi dog'ni ham ana shunday osongina artib tashlashning iloji bo'lsa!
©️Erkin Malik (Sajdada orom bor
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
✍🏻 Rustam Jabborov
📙 Jaholat Asirasi
Kanalga a’zo bo’lish
⬇️⬇️⬇️
Telegram | Instagram | Audiokitob
Do’stlaringizga ham ulashing
Alloh isrofni yomon ko'radi, go'zallikni yaxshi ko'radi.
©️Erkin Malik (Yigit va nomus
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Menimcha, turmush qurish har doim iqtisodiy taklif bo'lib kelgan, hatto badiiy adabiyotda ham.
©️Luiza Mey Olkott (Kichkina xonimlar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Odatlar va instinktlarning o'zi yetarli bo'lar ekan, tabiat hech qachon intellektga murojaat qilmaydi. O'zgarish va unga ehtihoj yo'q joyda intellektning bo'lishi mumkin emas.
©️Herbert Uells (Vaqt mashinasi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kichkina bolakay bobosidan so'radi:
— Bobojon, odamlar nega ishlaydi?
— Nega bo'lardi, bolam, non puli uchun-da...
— Unday bo'lsa novvoylar nega ishlaydi?
©️Oilada sevgi suhbatlari kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Odam bu — loyqa seldir. Bu loyqa selni o‘ziga yutib yana toza qilmoq uchun faqat dengiz bo‘lmoqlik kerakdir.
©️Fredrix Nitshe (Zardo’sht tavallosi
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Hayotdagi eng katta baxt bu ular bizni sevishlariga, bizni kimligimiz uchun sevishiga yoki kim ekanligimizga qaramay, bizni sevishiga ishonchdir.
©️Viktor Gyugo
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ichimdim. Sog‘indim seni, shekilli,
Tongim rangi sariq, xasta kunduzim.
Ihrab quyosh chiqar, o‘kchib oy sho‘rlik,
Osima —
Sen kimning qizi!
Ko‘rpaga burkansam, ko‘rpa ilvirar,
Yostiqqa yopishsam, ilvirar yostiq.
O‘y menga sig‘maydi, uy menga sig‘mas,
bosiriq — bosiriq...
Zirillar borligim yursam, yo‘l ko‘nmas,
Qoyaga tirmashsam, puchmayar qoya.
Qarg‘asam, qarg‘ishim duoga o‘xshar,
voooya...
Ichikdim. Sog‘indim seni, shekilli,
Xo‘rligim keltirar g‘alati gina.
Nimaga odamlar shod, xurram, mamnun,
Bizlar odammasmi,
Osima?!©️Abduvali Qutbiddin
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bryussel muzeyida oʻtgan oʻsha vaqt ichida bir haqiqatni tushunib yetdim: narsalarga uzoq vaqt davomida termilsangiz, ular gapira boshlaydi. Ammo tezda gapirishni boshlaganlari haqiqiy hisoblanmaydi.
©️Erix Mariya Remark (Jannatdagi soyalar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Sevganlaring uchun joningdan kechish oson, lekin ular uchun yashashga – ko‘p yillar davomida deyarli har kuni o‘lib-tirilishga – haqiqiy ishqni totganlargina qodirdir...
©️Ravshan Abdullao'g'li (Relslar uzra yotgan odam
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Nima ham deyish mumkin, odamlarga aqlni ato etgan Alloh unga ahmoqlikni ham bergan, ba'zan esa ikkalasini bitta kallada aralashtirib yuborilgandek edi.
©️Garri Kreyg (Hazrati Bilol
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
“Ayriliq faqat ko'z bilan sevadiganlar uchun tegishlidir, dildan sevganlarda ayrliq degan narsaning o'zi yo'q” - Mavlono Jaloliddin
©️Omar Xalil (Jur’at
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Gullardan bahramand bo’l, bolni ranjitma, ko’ngil,
Birgina meva uchun shoxni ranjitma, ko’ngil...
©️Ramazon Demir (Yelkangga ishq qo’nsa
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Balog'at yoshida qiz va o'g'il bolalar o'rtasiga ko'zga ko'rinmas parda tushadi. Bu parda bir so'z bilan aytganda hayo va ibo pardasidir. Pardaning arqog'i mehr, sadoqat, oqibat va muruvvat iplaridan to'qiladi.
©️Erkin Malik (Jannat kaliti
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Inson degani — unutuvchan va xatokor degani. Yaxshi kunlarda yomon kunini, yomon kunida yaxshi kunlarini unutib qo‘ydimi, demak, u xato qiladi. Ajabo, bu dunyoda xato qilmay yashash mumkinmi?
©️Erkin Malik (Duo olgan kelinchak
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Olim odam bilan boshqalarning farqi shundaki, omi odam eshitish bilan kifoyalanadi. Ortiqcha bosh qotirib o'tirmaydi, olim odam bir narsaning oxiriga yetmaguncha tinib-tinchimaydi.
©️Erkin Malik (Ijobat bo'lgan duo
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Inson qismatim deb o‘ylagani ajali bo‘lib chiqishi ham ishqqa bog‘liq ekan.
©️Omina Shenliko'g'li (Ishqqa yengilmayman
) asaridan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Daraxt bir joyda ko'karadi, deyishadi. To'ppa-to'g'ri, bu gap daraxtlarga juda mos tushadi.
Odamlarga emas!
©️Oʻtkir Hoshimov (Daftar hoshiyasidagi bitiklar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob