Boshqa tanlov va yoʻllar hamisha boʻladi.
©️Gay Finli (Voz kecha olmoq
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Vrachlar uchun sening badaning bir labaratoriya.
©️Yasunari Kavabata (Oq gullar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ammo endi, daryolar dengizga shoshayotgani kabi men yolg'izlikka shoshilaman!
©️Frans Kafka
Telegram | Instagram | Audiokitob
Eng aqlli odam, menimcha, oyiga kamida bir marta o'zini ahmoq deb ataydigan odamdir.
©️Fyodor Dostoevskiy (Telba
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ba'zi matematiklar uchun rohatlanish masalani yechimini kashf qilish emas, balki uni izlash jarayonidir.
©️Lev Tolstoy (Anna Karenina
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Pulga qarshi kimning ham kuchi yetardi?!
©️Sabohiddin Ali (Kuyujaklik Yusuf
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy sunʼiy intellekt yordamida o‘z sheʼrini o‘qimoqda.
Huddi jonli ko‘rgandek bo‘lasiz
@Elektron_Kutubxona
Eh umrim, naqadar behuda o’tding sen! Bir marta bòlsa ham borib, qo’ling bilan ravzani silamading...
Eh,umrim...
Qaniydi men ham Ka'bada tiz cho’kib, Allohga munojat qilsam.
Qaniydi…
©️Fotih Duman (Men
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Yashayotgan hayotingizni boricha qabul qilishga majbur emassiz.
©️Gay Finli (Voz kecha olmoq
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Gohida nimagadir ishonishing kerak. Yo'qsa, allaqachon bu yorug‘ olamdan yo'qolib ketgan bo‘lardik.
©️Erix Mariya Remark (Lissabondagi tun
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Umringning oxirigacha nolisang ham, bu hayotning jazosi tugamaydi.
©️Sabohiddin Ali (Kuyujaklik Yusuf
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Taqdir doimo kutilmagan qarorlari bilan seni ojiz qoldiradi. Sen ko‘p narsani rejalashtirishing mumkin, ammo u barcha narsani sening o‘rningga hal qilib bo'lgan bo'ladi.
©️Erix Mariya Remark
Telegram | Instagram | Audiokitob
Ish ayanchli vasvasaga aylanib qoldi. O‘lib-tirilib ishlaymiz, xuddi bir narsa o‘zgaradiganday. Hech qachon hech narsa o‘zgarmaydi. Odamlar hayotlarini do‘zaxga aylantirib yuborishdi. Qarab turib yoqa ushlaysan.
©️Erix Mariya Remark (Uch og‘ayni
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Odam bir-birini qanchalik ko‘p bilsa, anglashilmovchilik shuncha ko‘p bo‘ladi. Qanchalik yaqinlashsa, shunchalik begonalashadi.
©️Erix Mariya Remark (Uch og‘ayni
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Igna aytar emish insonga,
Qadrimga yet, ko'zni och, dermish.
Kiyim tikdim jumla jahonga,
O'zim esa - yalang'och dermish.
Asli unga libos nima g'am,
Bu hasratning sabog'i bordir.
Shu beminnat ignachaning ham
Rahmatga zor qulog'i bordir.
©️Erkin Vohidov
Telegram | Instagram | Audiokitob
Siz dasturlashni o’rganib, oyiga $500-$3000 daromad qilishga ishonasizmi? Mening yuzlab shogirdlarim buni uddaladi!
Men, 6 yillik tajribaga ega sinior dasturchi Berdiyev Javohir, sizga buni qadam-baqadam TEKINga o’rgatmoqchiman.
⏰ Bugun 16-17-fevral kunlari o’tkaziladigan “Dasturlashda 0 dan 1000$ gacha” deb nomlagan ochiq darsimga qo’shiling va barcha sirlarni bilib oling.
🎁 Hozir kanalimizga obuna bo’lganlarga $200 lik chek-list va darslar to’plamini bepul taqdim etamiz. ilk kod yozish va 2025 - yil roodmap darsliklani tekinga olasiz 🥳
👉 Yopiq kanalga BEPUL ulanish
👉 Yopiq kanalga BEPUL ulanish
👉 Yopiq kanalga BEPUL ulanish
MUHOJIR SINGLIM
Yuzlarim qon, har tarafdan otilar o'q,
Yuray desam, tilim bor-u oyog'im yo'q.
Tanam emas, kasal ruhim og'rirdi lo'q,
Cho'kayapman, o'z qonimga qip-qizil to'q.
Ko'z-o'ngimda otilmoqda safdoshlarim,
Ana qo'li, mana boshi... qondoshlarim.
Bayrog'imiz hilpiratgan yigit qani?
Qo'lda bayroq, yotar edi o'lgan tani...
Shahodatni arang so'zlar, botir tilim,
O'zim bilan ovvoraman, yaqin o'lim...
Xira-shira payqab oldi, qon ko'zlarim
Dushman asir olgan edi, Opam-Singlim...
Ooo, bu qanday on, asrlarga tatugulik,
Qon bilan yuvsam ham, o'chmasga o'xshar.
Nahotki, shu Menman? Qanday ko'rgulik,
Ko'minglar! Erligim o'lganga o'xshar...
Bizlar o'ldik... Biz yengildik...
Erkak emas, hezga to'ldik.
Himoyachi, Qalqon emas -
Eng jirkanchli hayvon bo'ldik...
Mulohaza:
Ochiq so'zlar bilan yozaman, hayo qilsangiz o'qimang! O'qisangiz, xolis qarang. Fikirlarim subyektiv, lekin umumiy voqeylikga asoslangan. Balki, inkor qilarsiz oshirib yubording deb, lekin xaqiqat achchiq, uni qancha yashirmang, buloqdek otilib chiqaveradi.
Erkak kishi - ovchi. Unga, har qanday halol kasb qayerda bo'lmasin, qilsa yarashaveradi. Hayotimiz qiziq, va bazi narsalarga majburmiz. Lekin, Opa-Singillarimizni, o'zga yurtlarda, ko'chalarni tozalab yurganini ko'rsam. Supermarket, do'konlarda, ilojsiz begona Erkaklar atrofida, (do'nqayib) pol artayotganini ko'rsam... Xuddi, hayot to'xtab qolgandek. Tamog'imga bir nima tiqilgandek. Erkak kishi bo'lsamda, Xuddi, meni zo'rlashayotgandek. Ha, xuddi meni zo'rlashayotgandek, his qilaman o'zimni. Ishonaman, bunday o'ylaydigan, yolg'iz men emas. Ammo, ichimizda bu xolatga, oddiy qaraydiganlar ham yo'q emas. Ularni sovuq kunlarda chegarada, 2/3 kunlab yotganini, xatto homiladorlari ham bor ularni ichida. Ularga qilinayotgan muomilani ko'rsangiz, Sochlaringizga oq tushadi... Bilaman, imkonsizlikdan kelib, qo'lidan kelganicha, oilasiga yordam berishadi. Lekin, men aytmoqchi bo'lgan narsa shuki, Biz na o'z uyimizda Ayollarimizga yaxshi qaray oldik, na boshqa joyda g'amxo'rlik qila oldik. Ularni, bizga nisbatan ishonchlari o'ldi. Erkak, Boshliq, Himoyachi sifatida ko'rmay qo'ydi, bizni. Xatto, siz-biz qolib, boshqa millat erkaklarga turmushga chiqishayapti. Chunki, kelajaklarini o'ylashyapti. Ayol kishi - nozik, albatda ishonchli, kuchli, yonida turib bera oladigan turmush o'rtog'i bo'lishini istaydi. Bu uchun ularni men ayblamayman. Lekin, hammasiga biz - Erkaklar sababchi. Ularni ishonchini yo'qotsak, yashashdan mazmun bormi hayotda o'zi? Agar bir Davlatni bosib olmoqchi bo'lsang, avvalo ularni Erkaklarini loqayd, ayolsifat, dayus va masuliyatsiz, yengil fikirlaydigan erkakchalarga aylantir deb, bekorga aytilmagan. G'ayurli aka-ukalarimiz juda ko'p, biroq hozirgi xolatimizga, ishoning xatto boshqalar tugul o'zimiz ham havas qilmaymiz. Alloh, har qanday zamonda, faqat va faqat Or - nomuslarini saqlaydigan xalqlarnigina aziz qilgan. Buni bilish uchun, uzoqga emas shunchaki atrofingizdagi bazi bir xalqlarga etibor qiling. O'zlari juda oz, kamchilik bo'lishiga qaramay, Alloh ularni dunyoga tanitib qo'ygan. Ular bilan har bir masalada hisoblashishga majbur qilib qo'ygan. A siz-biz bilan nima ustida bahs yuritib, hisoblashishyapti? Ota - o'z farzandlariga, bee'tibor ekan. Dunyo ostun-ustun bo'laveradi. Shu o'rinda so'ngi so'zlarim:
Agar otam QIROL bo'lsa, Bugun otam so'ygan kunim.
Jigarini sug'irvolib, chaynab-chaynab yutgan kunim.
Joni chiqib ulgurmayin, o'lim raqsin tushgan kunim.
O'z-o'zimni tirklayin, chuqur qazib ko'mgan kunim.
Al Andijoniy
Birinchi marta o'zimni tirik odamday sezib, yengil nafas oldim.
©️Dostoyevskiy (Telba
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Men ahvolimning yorqin tomoniga ko'proq qarashni va qorong'i tomoniga kamroq qarashni o'rgandim va nimani xohlayotganimdan ko'ra, nimadan zavqlanayotganimni o'ylab ko'rdim.
©️Robinzon Kruzo
Telegram | Instagram | Audiokitob
Nimaga oʻlimdan bunchalar qoʻrqamiz bilasizmi?
Chunki hamma Jannatga loyiq emasligini biladi...
©️Mehmet Yildiz
Telegram | Instagram | Audiokitob
Soʻzlar aql bovar qilmas qudratga ega, ammo ularni tanlash va qoʻllash bizning boʻynimizda.
©️Tomas Erikson (Atrof toʻla ahmoqlar
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bu dunyoda ta’masiz yaxshilik qilinmasligini bilib oldim.
©️Sabohiddin Ali (Kuyujaklik Yusuf
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Damlanib qolmaydi o'z-o'zidan choy,
Bu holga yetguncha ko'rar qancha hol.
Orzu-armonlari bo'lar, hoynahoy -
Nozik iltifotlar kutar, ehtimol.
Holbuki, kishilar almashib joyni -
Ketarlar, qoldirib nazardan pana
Va qaytib kelganda - bechora choyni
"Sovibdi" deb ta'na qilurlar yana...
©️Bobur Bobomurod
Telegram | Instagram | Audiokitob
🤩Hurmatli kitobxonlar, endilikda mutolaangiz uchun haq toʼlaymiz!
🎁Mirzajonov's blog kanalida oʼtkazilayotgan "Ommaviy mutolaa" loyihasining navbatdagi soniga Ibni Xaldunning "Muqaddima" asari qoʼyilgan.
➡️Tanlovda qatnashish uchun ushbu postni kimgadir tarqatish, safimizga ishtirokchi taklif qilish yoki kanalga odam qoʼshish umuman kerakmas! Batafsil bu yerda!
📝Roʼyxatdan oʼtish: @Tanlov_uchunbot orqali. Bot "jivoy", unga yozish kerak.
🕐Kitoblarning PDF variantini bir kun oldin joylab boramiz. Loyiha 10-fevral kuni start oladi.
⚠️Bellashuvda 10 kun davomida har kuni bittadan elektron kitob tashlaymiz va ertasiga oʼsha kitob boʼyicha muhokama guruhida quiz test boʼladi. Shu tariqa 10 kunda 10 ta asar oʼqiysiz, quiz testlarda kim koʼproq ball toʼplasa, oʼsha gʼolib.
📍Maqsadli manzil: @Mirzajonovs_blog
Yaponiya sari birinchi qadamni JDU bilan tashlang!
JDU – bu sizni Yaponiyaga olib boradigan imkoniyatlar yo‘lidir! Biz bilan o‘qishni boshlang va orzularingiz sari intiling.
✔️ Hujjatlarni onlayn tarzda topshirish oson va qulay!
✔️ Universitetimiz rasmiy sayti: jdu.uz
📚 Yaponiyada ishlash va malaka oshirish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! Ariza topshiring va Yaponiyada IT sohasida karyera qilish uchun qadamni tashlang!
HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN 👇
Veb sayt orqali | Telegram bot orqali
Qo‘ng‘iroq qiling va ma'lumot oling:
📞 71-200-05-95
Odam (ayniqsa, yoshlik chogʻida) yuz berishi mumkin boʻlgan voqeliklarning masshtabini kattalashtirib yuboradi.
©️Frans Kafka (Labirint
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Menga mening muvaffaqiyatlarimga qarab baho bermang. Necha marta yiqilib, yana o'rnimdan turganimga qarab baho bering.
©️Nelson Mandela
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bir tabibdan "Robbingni nima bilan taniysan?", - deyishdi. U: "Asalari bilan taniyman, bir tarafi bilan asal chiqaradi va bir tarafi bilan chaqadi", - deb javob berdi.
©️Abdulqodir Abdur Rahim (E'tiqod durdonalari
) kitobidan
Telegram | Instagram | Audiokitob
Kalamushvoy,
Kalamush.
Savoding sal
Chalamush.
Yoz desalar
"Temir" deb,
Sen yozibsan
"Kemir!" deb.
©️Anvar Obidjon
Telegram | Instagram | Audiokitob
Bilasanmi, odamga baxtdan tashqari oʻsha baxt miqdoriga tengma-teng baxtsizlik ham zarur.
©️Fyodor Dostoyevskiy
Telegram | Instagram | Audiokitob