fargonakadastr | Unsorted

Telegram-канал fargonakadastr - FARG'ONA KADASTR

621

Murojaat uchun: @fm_fargonakadastr Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling! YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCsWREsJMayIy3mErsyyFhRw Instagram: https://www.instagram.com/fargonakadastr_rasmiy Facebook: https://www.facebook.com/fargonakadastr.uz

Subscribe to a channel

FARG'ONA KADASTR

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗺 FARG'ONADA XATLOV JARAYONLARI

🗓 8-noyabrdan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirganidan xabaringiz bor.

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida xatlov jarayonlari o'tkazilmoqda.

Foto: Farg'ona viloyati Furqat tumani xatlov ishlaridan.
#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

Kanalimizga a'zo bo‘ling va yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling!
🚀Telegram |🎬YouTube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

Эндиликда кўп қаватли уй қуриш учун ерлар аукцион орқали фақат юридик шахсларга сотилади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

Айни пайтда, Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ипотека дастури доирасида 2024 йилда амалга оширилган ишлар ва 2025 йил учун режалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтмоқда.

➡️ Унда, ўтган йилнинг ўзида 100 мингдан зиёд хонадонга эга 2 минг 44 та кўп қаватли уй барпо этилгани қайд этилди. Жон бошига уй-жой ҳажми 19 квадрат метрдан ошди (2020 йилда 16 квадрат метр бўлган). Умуман, 2024 йили юртимизда 21,4 миллион квадрат метр турар жой ва 19,1 миллион квадрат метр нотурар объектлар, жами 40,5 миллион квадрат метр бино-иншоот қурилган.

➡️ Давлатимиз раҳбари ҳокимлар уй-жой қурилишига фақат ижтимоий ёки қурилиш масаласи деб эмас, балки ҳудудини иқтисодий ривожланишида асосий “драйвер” сифатида қараши зарурлигини таъкидлади.

➡️ “Янги Ўзбекистон” массивларини қуриш бўйича мутлақо янги тизим йўлга қўйилиши таъкидланди. Энди “Янги Ўзбекистон” массивига берилган ер бўйича лойиҳалашни 2 ойдан, қурилишни бошлашни 3 ойдан оширишга йўл қўйилмайди. Бу талаб бузилса, ер қайтариб олиниб, қайта аукционга чиқарилади.

➡️ Йиғилишда таъкидланганидек, девелоперлар томонидан объектнинг 50 фоизи қурилганда, фуқаролар кредит ва субсидия олиши мумкин бўлади. Ушбу тартиб нафақат имтиёзли, балки тижорат ипотекаси учун ҳам татбиқ этилади.

➡️ Қурувчи ташкилотлар қурилишни бошлаганидан якунлагунича, лекин кўпи билан 12 ой давомида ер солиғи тўлашдан озод қилинади. Объект муддатида топширилмаса, девелопер ер солиғини 2 карра миқдорда тўлайди.

➡️ Мамлакатимизда 2030 йилгача камида 100 та “Янги Ўзбекистон” массивини қуриш режа қилинган. Бу ишларни ташкиллаштириш учун “Ўз уйим” компанияси ташкил қилинади. Ушбу компания “Янги Ўзбекистон” массивларига ер танлаш, лойиҳалаш, қуриш ва эксплуатация қилишга масъул бўлади.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗣 HUDUDLARDA YANGI QONUN TARG'IBOTI

🇺🇿 "Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida"gi Qonunining (O'RQ-937-son, 05.08.2024-y.) mazmun-mohiyati bo'yicha hududlarda targ'ibot tarbirlari olib borilmoqda.


📍 Rishton tumanida kadastr mutasaddilari va mutaxassislari hamda jamoatchilik faollari ishtirokida tumandagi "Yoyilma" MFY hududida targ'ibot tadbiri tashkil etildi. Yurtdoshlarimizni qiziqtirgan savollariga Qonun doirasida javoblar berildi.

Kanalimizga a'zo bo‘ling va yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling!
🚀Telegram |🎬YouTube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📢 Yangilik! Kadastrda yangi rukn – "Kadastr Intervyu"

⭐️ Kadastr agentligi va 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmalari kuzatuvchilariga yangi formatdagi ruknni taqdim etadi!

"Kadastr Intervyu" rukni nimadan iborat?

Bu ruknda:
Tizimdagi dolzarb yangiliklar va islohotlar,
Kadastr sohasidagi muammolar yechimi,
Mutaxassislar va fuqaro fikrlari – to‘g‘ridan-to‘g‘ri intervyular orqali yoritib boriladi.

Kanalimizga a'zo bo‘ling va yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling!
🚀Telegram |🎬YouTube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗣QONUN IJROSI

⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmalari rahbarlari ishtirokida tizimdagi barcha rahbar, o'rinbosar hamda mutaxassilar bilan birgalikda muloqot o'tlazildi.

Tadbir davomida "Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida"gi Qonun (OʻRQ-937-son, 05.08.2024-y.) ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

❗️ Shuningdek, Korrupsion holatlarni oldini olish borasida olib borilgan ishlar ham ko‘rib chiqildi. Ushbu illatni bartaraf etish choralarini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Kanalimizga a'zo bo‘ling va yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling!
🚀Telegram |🎬YouTube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

❗️❗️❗️ 📣📣📣📣📣 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

❤️‍🔥 22-yanvar kuni: ❤️‍🔥

🟢 Brifing

📄 Mavzu: “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan joylarda o‘tkazilayotgan xatlov ishlari.

🎚️ Vaqti: 12:00

➡️ Ishtirok etadi: Neʼmat Atamuratov,
🌟Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

KORRUPSIYAGA BIRGALIKDA KURASHAMIZ❗️

🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmalari tizimida korrupsion holatlarni oldini olish va bu illatga qarshi murosasiz kurashni kuchaytirish maqsadida joylarda targ'ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

📍 Farg'ona tumanida tashkil etilgan tadbirda Boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining bosh mutaxassislari A.Jo‘rayev, O'.Rahmonov va Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho'basi boshlig'i D.Sattorov hamda boshqarmaning bir qator mutaxassislari ishtirok etdi.


⭕️ Shuningdek, tuman va shahar xodimlarini ish joyiga vaqtida kelib ketishlarini nazorat qilish, xodimlarni funksional vazifalarini to'liq bajarishlari, ichki mehnat tartib qoidalari va obob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, kiyinish madaniyati va boshqa masalalar yuzasidan ham so'z bordi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun mazmun-mohiyati bilan quyidagi havolalar orqali tanishib oling.

✔️ Qonunning 4-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 5-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 6-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 7-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 8-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 9-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 10-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 11-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 12-moddasi haqida


#Kadastr_agentligi #937_son_qonun #qonun_haqida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

KORRUPSIYAGA BIRGALIKDA KURASHAMIZ❗️

🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmalari tizimida korrupsion holatlarni oldini olish va bu illatga qarshi murosasiz kurashni kuchaytirish maqsadida joylarda targ'ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

📍 Uchko'prik tumanida tashkil etilgan tadbirda Boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining bosh mutaxassislari A.Jo‘rayev, O'.Rahmonov va Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho'basi boshlig'i D.Sattorov hamda boshqarmaning bir qator mutaxassislari ishtirok etdi.


⭕️ Shuningdek, tuman va shahar xodimlarini ish joyiga vaqtida kelib ketishlarini nazorat qilish, xodimlarni funksional vazifalarini to'liq bajarishlari, ichki mehnat tartib qoidalari va obob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, kiyinish madaniyati va boshqa masalalar yuzasidan ham so'z bordi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

Президент Шавкат Мирзиёев раислигида инвестицияларни кенг жалб этиш ва экспортни ошириш борасидаги ишлар натижадорлиги ҳамда келгусидаги асосий вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтди.

➡️ 2024 йилда ялпи ички маҳсулот 6,5 фоизга ошиб, 115 миллиард долларга етди, хорижий инвестиция 1,6 баробар ўсиб, 34,9 миллиард долларни ташкил қилди, қиймати 10 миллиард долларлик 242 та йирик ва ўрта лойиҳалар ишга тушди, экспорт илк бор 27 миллиард долларга чиқди.

➡️ Эндиликда инвестиция бўйича янги назорат тизими бўлиши белгиланди. Бунда Бош вазир бу йилги 42 миллиард доллар хорижий инвестиция бўйича ойма-ой режани тасдиқлайди, вилоят, шаҳар ва туман ҳокимлари, тармоқ раҳбарлари ҳафтада икки кун инвестиция билан шуғулланади.

➡️ Президент 2025 йилдаги асосий вазифаларга тўхталди.

➡️ Ҳар бир доллар инвестициянинг самарадорлигини ошириш ҳудуд ва тармоқлар раҳбарларининг асосий вазифаси бўлиши кераклиги таъкидланди.

➡️ Президент инвестиция лойиҳаларида маҳаллий компонентларни кўпайтиришга алоҳида эътибор қаратиш лозимлигини таъкидлади.

➡️ 2025 йил учун 2 миллиард доллар грант олиш бўйича ҳар бир вазирлик, тармоқ ва ҳудудларнинг режаларини шакллантириш топширилди.

➡️ Бу йил халқаро молия институтлари маблағлари ҳисобидан 5,2 миллиард долларлик ишлар бажарилиши режалаштирилган.

➡️ Мамлакатимиздаги 22 та эркин иқтисодий зонада ишга тушган 589 та корхона ўтган йили 42 триллион сўмлик маҳсулот чиқарган.

➡️ Мутасаддиларга ҳар бир тармоқнинг ташқи бозорлардаги имкониятини таҳлил қилиб, уч йиллик экспорт стратегиясини ишлаб чиқиш топширилди.

➡️ Президентимиз инвестиция ва бозорларни эгаллаш учун жаҳонда қаттиқ кураш кетаётганини қайд этди.

Йиғилиш давомида вазирлик ва ҳудудлар раҳбарларининг ҳисоботлари тингланди.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

⚡️Rahbar kadrlarning professional kompetensiyalarini baholash tizimi joriy etiladi

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

KORRUPSIYAGA BIRGALIKDA KURASHAMIZ❗️

🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmalari tizimida korrupsion holatlarni oldini olish va bu illatga qarshi murosasiz kurashni kuchaytirish maqsadida joylarda targ'ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

📍 Buvayda tumanida tashkil etilgan tadbirda Boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining bosh mutaxassislari A.Jo‘rayev, O'.Rahmonov va Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho'basi boshlig'i D.Sattorov hamda boshqarmaning bir qator mutaxassislari ishtirok etdi.


⭕️ Shuningdek, tuman va shahar xodimlarini ish joyiga vaqtida kelib ketishlarini nazorat qilish, xodimlarni funksional vazifalarini to'liq bajarishlari, ichki mehnat tartib qoidalari va obob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, kiyinish madaniyati va boshqa masalalar yuzasidan ham so'z bordi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗓 2024-yil davomida Davlat yer, kadastr va geodeziya nazorati sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun tuzilgan hujjatlar va ular yuzasidan ko‘rilgan choralar to‘g‘risida infografika.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

Bugun Farg‘ona viloyati tashkil topgan kun

Farg‘ona viloyati 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan.

Farg‘ona O‘zbekistonning ko‘hna tamaddun markazlaridan biridir. U Pomir-Oloy va Tyanshan tog‘lari tizimi oralig‘idagi Farg‘ona vodiysida joylashgan.

Bu joyni “Qadimiy sivilizatsiyaning beshigi” deb ham nomlashadi. Viloyatda juda ko‘p qadimiy yodgorliklar, arxitektura qoldiqlari va eski shahar xarobalari topilgan. Qo‘qon, Marg‘ilon, Rishton kabi shaharlar Markaziy Osiyo xalqlarining bebaho tarixiy merosi bo‘lib hisoblanadi.

Farg‘ona viloyati bugungi kunda ulkan iqtisodiy salohiyatga ega hudud bo‘lib, barcha sohalar rivojlangan.

Aholisi: 4,123,629 ming kishi (2024 yil 1 oktyabr holatiga)

Hududi: 6,8 ming km²

Ma’muriy markazi: Farg‘ona shahri

Viloyatda 4 ta shahar, 15 ta tuman mavjud.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

KORRUPSIYAGA BIRGALIKDA KURASHAMIZ❗️

🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmalari tizimida korrupsion holatlarni oldini olish va bu illatga qarshi murosasiz kurashni kuchaytirish maqsadida joylarda targ'ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

📍 Quvasoy shaharda tashkil etilgan tadbirda Boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining bosh mutaxassislari A.Jo‘rayev, O'.Rahmonov va Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho'basi boshlig'i D.Sattorov hamda boshqarmaning bir qator mutaxassislari ishtirok etdi.


⭕️ Shuningdek, tuman va shahar xodimlarini ish joyiga vaqtida kelib ketishlarini nazorat qilish, xodimlarni funksional vazifalarini to'liq bajarishlari, ichki mehnat tartib qoidalari va obob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, kiyinish madaniyati va boshqa masalalar yuzasidan ham so'z bordi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

➡️ Ўтказилган мулоқотларда девелоперларнинг кўпчилиги ер олиш, кредит, қурилишга рухсат, инфратузилма, фойдаланишга топшириш, уйларни сотиш билан боғлиқ масалаларни кўтарган. Мисол учун, ўтган йили 5 минг хонадонли 150 та кўп қаватли уй айланма маблағ етмагани учун битмай қолган. Бу борада банкларнинг хориждан жалб қилинган маблағдан 310 миллион долларни қурувчиларга айланма учун бериш таклифи маъқулланди.

➡️ Мамлакатимизда аҳолига расмий иш жойи бўлмаса ҳам, даромадини декларация асосида ҳисобга олиб, ипотека кредити олиши учун имконият яратилган. Лекин ҳозирда хорижга ишлашга кетганларга “Ўзбекистонда расмий даромади йўқ”, деган важ билан кредит ва субсидия берилмаяпти. Мутасаддиларга хорижда меҳнат қилаётган ва олти ой ичида мунтазам пул ўтказиб келаётган фуқароларимиз даромадини ҳисобга оладиган тизим яратиш топширилди.

➡️ Пудратчиларнинг қурилиш маданиятини тубдан ошириш зарурлиги қайд этилди. Ҳозир пудратчилар қурилишни бошлаш учун ҳужжатларни камида 5 босқичда келишиши керак. Бунга 2 ойгача вақт кетаяпти. Бу жараёнлар соддалаштирилиши эълон қилинди.

➡️ Қурилишга салоҳиятли девелоперларни жалб қилиш мақсадида бундан буён кўп қаватли уй қуриш учун ерлар аукционда фақат ҚҚС тўловчи юридик шахсларга сотилиши белгиланди.

➡️ Жорий йилда 120 минг хонадонли кўп қаватли уйлар қурилиши ҳисоб-китоб қилинган. Бунга қўшимча 15 минг хонадон Янги Тошкентда барпо қилинади ва бу уйларда “яшил” энергиядан фойдаланилади.

➡️ Қуриладиган уй-жойни энергия билан таъминлаш учун қуёш электр станциялари билан шартнома тузган девелоперларга бундай уйлар учун фойда солиғи олинмайди, кредит ставкаси 2 фоиз арзон қилиб берилади.

➡️ Уй-жой қуришда асосий эътиборни эскирган уйлар ўрнида реновация асосида замонавий кўп қаватли уйларни кўпайтиришга қаратиш зарурлиги таъкидланди. Реновация ҳисобига ердан фойдаланиш самарадорлиги 4-5 карра ошади, коммуникация харажати 2 карра камаяди.

➡️ Мутасаддиларга 2025 йилда камида 70 мингта хонадон учун ипотека кредити тақдим этиш, шундан 30 минги учун кредитни бошланғич бадал учун бюджетдан субсидия тўлаб, даромади юқори бўлмаган оилаларга бериш вазифаси қўйилди.

Йиғилиш давомида мутасаддилар ва ҳудудлар раҳбарларининг ахбороти тингланди.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗺 FARG'ONADA XATLOV JARAYONLARI

🗓 8-noyabrdan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirganidan xabaringiz bor.

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida xatlov jarayonlari o'tkazilmoqda.

Foto: Farg'ona viloyati Beshariq tumani xatlov ishlaridan.
#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

Kanalimizga a'zo bo‘ling va yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling!
🚀Telegram |🎬YouTube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Prezidentimiz tomonidan oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratish yuzasidan berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Davlat kadastrlar palatasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

➡️Tadbir avvalida 🌟Kadastr agentligi, 💫Davlat kadastrlari palatasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati va ma'sullari ishtirokida 📄 Davlat kadastrlar palatasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi imzolandi.

➡️Shundan so'ng, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Moliyaviy va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi filialining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

🎞OAV vakillari ishtirokidagi mazkur marosimda yil davomida 250 dan ortiq talabalar uchun dars mashg'ulotlarini olib borishga mo'ljallangan o'quv xonalari hamda ularda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.


➡️Tadbir yakunida esa Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktorligi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilganliklari munosabati bilan 💫Davlat kadastrlari palatasi raisi Valiyev Mohir Kamolovichga falsafa doktorligi PhD ilmiy darajasi berilganligi to'g'risidagi diplom topshirildi.

#Kadastr_agentligi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

✍️ Бугунги кунга қадар 125 131 та кўчмас мулк объекти хатловдан ўтказилди

АОКАда ўтказилган брифингда Кадастр агентлиги Ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов “Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаларига ҳамда уларда қурилган бинолар ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш тўғрисида”ги Қонун ижроси юзасидан маълумот берди:

🔅 Хатлов ишлари икки босқичда - дала ишлари ҳамда камерал ишлар кўринишида амалга оширилмоқда.

🔅 Дала ишларида кадастр муҳандислари томонидан ҳар бир кўчмас мулкнинг бино иншоотларини ўлчаш билан бир қаторда уларнинг конструктив элементларини ҳамда ер участкаларининг амалдаги чегараларини аниқлаш амалга оширилади.

🔅 Камерал ишларда дала ишлари натижаларини тўплаш, таҳлил қилиш, бино-иншоотлар чизмалари ва ер участкаси чегараларини чизиш, топографик хариталарни яратиш ишлари амалга оширилади.

🔅 Қонун ижроси юзасидан жараёнларга 4 500 мингга яқин кадастр ходимлари сафарбар қилинган бўлиб, бугунги кунга қадар 125 131 та кўчмас мулк объектлари хатловдан ўтказилди.

🔅 Хатловдан ўтказилган 55 010 та кўчмас мулк объектларининг хатлов жамланмалари шакллантирилиб, республика ишчи гуруҳига кўриб чиқиш учун тақдим этилди.

🔅 Хатлов жамланмалари тўлиқ шакллантирилган 36 282 та кўчмас мулк объектлари UZKAD тизимига олиб ўтилди.

🔅 Кадастр агентлиги томонидан тасдиқланган режа-график асосида жойларда хатлов ишлари давом этмоқда. Юртдошларимиз мазкур режа-график билан kadastr.uz сайти орқали танишишлари мумкин.

✍️ Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
KADASTR BO'YICHA SAVOL-JAVOB

SAVOL: DXM orqali “Turar-joy obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishga ariza” bergandim rad javobini oldim. Nima sababdan rad bo‘ladi?

JAVOB:
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘RQ-803-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan quydagi hollarda rad etilishi mumkin.

➡️ Batafsil: https://lex.uz/uz/docs/-6297080#-6298444

Kanalimizga a'zo bo‘ling va yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling!
🚀Telegram |🎬YouTube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV O'TKAZILMASLIGI HAM MUMKINMI ?


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan O'RQ-937-sonli qonun asosida ishlab chiqilgan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida"gi uslubiy qo'llanmada mahallalarda xatlov o'tkazish jarayonlarini tashkil etish bo'yicha bir qancha muhim jihatlar aks ettirilgan.

Xususan, nizoli holatlar kelib chiqishini oldini olish va xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi ta'minlash maqsadida mazkur yo'riqnomada xatlov ishlari amalga oshirilmaydigan holatlar qat'iy belgilangan.

➡️ Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I davkadastrpalata">YouTube I Facebook I Twitter

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOVDA
NIMALARNI BILISHINGIZ KERAK?!

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq Davlat kadastrlari palatasi tomonidan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida" uslubiy qo'llanma ishlab chiqildi.

📃 Ushbu yo'riqnoma asosida tayyorlangan mazkur video orqali xatlov jarayonlarida e'tibor qaratish lozim bo'lgan tomonlar haqida batafsil ma'lumotlarni taqdim etamiz.

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I davkadastrpalata">YouTube I Facebook I Twitter

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📃 Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uydan chiqmagan holda my.gov.uz portali orqali ariza berish tartibini bilib oling.

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

1️⃣ Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;

2️⃣ Ushbu xizmat kompozit tarzda ko‘rsatiladi;

3️⃣ Vakolatli organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va YIDXP orqali elektron shaklda talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

4️⃣ Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi;

5️⃣Ariza beruvchi to‘lovlarni amalga oshiradi;

6️⃣Vakolatli organ kadastr pasportini shaklantiradi va YIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko'rsatish muddati:

🔡) kadastr pasportini shakllantirish

🌟Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🟢umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
🟢ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

🔡) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

🟢2 ish kunigacha.

🪙 Xizmat narxi: Ko'chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlari

▶️ Xizmatdan foydalanish 👇

#onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish tartibi takomillashtirildi


🇺🇿 "Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish haqida"gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.01.2025-yildagi 6-son qarori qabul qilindi.

📃 Qaror bilan, Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini yer uchastkasidan asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha notarial idoraga murojaat qilish, bitimni rasmiylashtirish, yer uchastkasini boshqa shaxsga faqat to‘liq hajmda qayta ijaraga berish hamda yerni ijaraga olish shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlarni ijara muddatining qolgan davriga rasmiylashtirish tartibini nazarda tutuvchi Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

◼️Mazkur Nizom yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) tartibini belgilaydi.

◼️Unga ko'ra, Yer uchastkasi qayta ijaraga oluvchiga ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni rasmiylashtirish tartibida o‘tkaziladi (qayta ijaraga beriladi).

◼️Jismoniy va yuridik shaxslar elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga olgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni ijara muddatining qolgan muddatiga qayta ijaraga oluvchiga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin.

◼️Ijaraga oluvchi tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar notarial idoraga (notariusga) taqdim etiladi.

◼️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini qayta ijaraga oluvchiga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) yuzasidan notarial tasdiqlangan bitimga muvofiq qayta ijaraga oluvchi jismoniy shaxs bo‘lsa, u shartnoma imzolash uchun berilgan o‘n ish kuni ichida o‘zining yagona ta’sischiligida tashkil etilgan fermer xo‘jaligi yoki boshqa yuridik shaxs to‘g‘risidagi axborotni yoxud dehqon xo‘jaligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestridan ko‘chirmani davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi tegishli kadastr organiga bevosita yoki elektron shaklda yuboradi.

◼️ Qayta ijaraga oluvchi tomonidan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi axborot yoki dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestridan ko‘chirmani taqdim etgandan so‘ng kadastr organlari tomonidan qayta ijaraga oluvchining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi uch ish kuni ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

◼️ Kadastr organlari tomonidan qayta ijaraga oluvchining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng yer uchastkasining ijaraga oluvchisi o‘zgarganligi to‘g‘risidagi axborot (huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjat ilova qilingan holda) tegishli tuman (shahar) hokimligiga elektron shaklda yuboriladi.


#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I davkadastrpalata/featured">YouTube I Facebook I Twitter

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

❗️❗️❗️
BU JUDA MUHIM. ALBATTA SAQLAB QO'YING❗️

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-sonli Qonun doirasida hozirda Xatlov jarayonlari olib borilmoqda. Kadastr xodimlari belgilangan vakolatlaridan chetga chiqib, tamagirlik qilsa yoki korrupsion harakatlarni amalga oshirsa darhol bizga xabar bering.

Kadastr xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan quydagi raqamlarga qo'ng‘iroq qiling:

📞+998732290270
📞+998936409307

"Sizlardan xatlov jarayoniga turli vositachilarni aralashtirmaslik, kadastr xodimlariga “tezlashtiring, imkonini qilib bering” degan turli vajlar bilan moddiy manfaatdorlikni taklif qilmaslik so‘raladi!"
- deyiladi video murojaatda.


➡️ Batafsil videoda

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

📱 2024 йил давомида 105 10 та (6 421,4 гектар ер участкалари) “Yerelektron” тизимига киритилиши таъминланди

АОКАда ўтказилган брифингда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов 2024 йил давомида амалга оширилган ишлар, 2025 йилдаги долзарб вазифалар юзасидан маълумот берди:

✔️ 2025 йил якунга қадар 2 067 та маҳаллаларда ўзбошимчалик билан эгалланган ер участкалари ва уларда қурилган бино ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш бўйича хатловдан ўтказиш ишларини амалга ошириш режалаштирилган. Шу билан бирга:

28 та туманнинг 6,9 млн. гектар ер майдонларини хатловдан ўтказиш;

Андижон вилояти мисолида республиканинг 6 та ҳудудида 23 744,6 минг гектар ер ресурсларининг ҳисоботдаги ва амалдаги майдонлари ўртасидаги фарқларини ўрганиш;

Ер ва кадастр назорати тадбирларини давом эттириш, шунингдек, 11,4 мингта кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш бўйича белгиланган муддатда мурожаат қилмаган субъектларга нисбатан маъмурий чоралар кўриш;

53,3 мингта ер участкаларини “Yerelektron” ахборот тизимига киритиш;

125 минг кв.км. аэро ва космик суратга олиш ишларини бажариш, 105 минг кв.км. рақамли ортофотопланларни яратиш ва 85 минг кв.км. топографик хариталарни янгилаш;

21,45 минг нусха топографик хариталарни нашр қилиш;

430 та маъмурий-ҳудудий бирликларнинг чегараларини белгилаш;

2 352 та маҳаллалар чегараларини белгилаш;

1 000 та соҳа мутахассислари ҳамда хусусий кадастр муҳандисларининг малакаси ошириш;

3 та фазовий маълумотлар соҳасидаги халқаро стандартларни Ўзбекистон миллий стандарти сифатида қабул қилиш режалаштирилган.

📌 Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

❗️❗️❗️ 📣📣📣📣📣 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

❤️‍🔥 15-yanvar kuni: ❤️‍🔥

🟢 Brifing

📄 Mavzu: 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, 2025-yildagi dolzarb vazifalar.

🎚️ Vaqti: 12:00

➡️ Ishtirok etadi: Neʼmat Atamuratov,
🌟Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

Huquqlarni e’tirof etish shartlari qanday?

❗️ Qonunda huquqlarni e’tirof etishning asosiy shartlari ham aniq belgilangan bo‘lib, Ko‘chmas mulkni qonuniylashtirish uchun ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:

⭕️ yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan bo‘lishi;

⭕️ yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;

⭕️ yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi;

⭕️ muhofaza zonalarida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi;

⭕️ bosh reja talablariga zid emasligi (mavjud bo‘lsa);

⭕️ har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investisiya majburiyati bajarilganligi, shirkat a’zosi hisoblanishi va boshqalar).

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 33 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 33-й годовщиной образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днём защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…
Subscribe to a channel