#infografika
FARG'ONADA KADASTR SOHASIDA MUROJAATLAR TAHLILI
Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi va Virtual qabulxonalari orqali 2023-yil boshidan hisobot davriga qadar, kelib tushgan murojaatlar tahlili bo'yicha ma'lumot.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
DIQQAT E’LON!
▶️ Hurmatli Farg'ona viloyati, Beshariq tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!
🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari Nozimjon Inamov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.
📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil, 21-avgust, soat 11:00 da
⬇️Manzil: Farg'ona viloyati, Beshariq tumani, Beshariq ko'chasi, Yangi hayot MFY, 124-uy, 8-sonli Musiqa va san'at maktab maktabi.
📱 Qabulga yozilish uchun +998 97 965 00 94, +998 73 249 70 77 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐davkadastrpalata4574">YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
#Kadastr #sport_musobaqa
SPORT – BU GʻALABA YOKI SABOQ!
⚡️Kadastr agentligi hamda uning tizimidagi barcha korxona va tashkilotlar o‘rtasida mustaqilligimizning 32 yilligi bayramiga bag‘ishlangan erkaklar o‘rtasida mini-futbol sport musobaqasi uchun Qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
❕Ma'lumot o'rnida musobaqa 21-22-23-24-25-26-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #OAV_biz_haqimizda
🌟Kadastr agentligi mas'ullari ishtirokida mulk huquqiga oid qonunchilikka bag‘ishlangan matbuot anjumani "O'zbekiston24" telekanalining "Yangiliklar24" hamda "Новости24" informatsion dasturida
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
#Tezkor #Mobile_Rakurs
Fargʻonada kadastr sohasi xodimlari oʻrtasida mini futbol musobaqalari oʻtkazildi
/channel/Mobile_Rakurs
/channel/Fargona_trk
Korrupsiya - taraqqiyot dushmani!
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona boshqarmalari boshliqlari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, odob-axloq, tartib intizomi, ijro intizomi kabi masalalar yuzasidan Dang‘ara tumani bo'lim hamda fillial xodimlari bilan profilaktik tadbirlar o'tkazilmoqda.
Kadastr tizimida korrupsion holatlarni oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik borasida samarali ishlar tashkil etilmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
#kadastr #sohada_qullaniladigan_texnikalar
🌟 SOHADA QO'LLANILADIGAN TEXNIKALAR
👌 PTERO G-1 uchuvchisiz havo tizimi haqida umumiy ma'lumot.
⏰ Xususiyatlari:
🟢 UAS uchuvchisiz havo tizimi havodan suratga olish uchun va diagnostika ishlarini amalga oshirish uchun maxsus mo'ljallangan;
🟢 Uzoq parvoz masofasi va sun'iy yo'ldosh orqali boshqarish qobiliyati mavjud;
🟢 Sun'iy yo'ldosh kanali obyektlarni aerofotosuratga olish imkonini beradi;
🟢 Hududning uzunligi va maydoni jihatidan ahamiyatliligi;
🟢 Hududning boshlang'ich nuqtadan sezilarli masofadaligi;
🟢 Chiroqdan foydalanish tungi vaqtda ishlash imkonini beradi;
🟢 Eng so'ngi ma'lumotlarni qayta ishlash, ishlov berish tezligi va xarajatlarni kamayishi
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
#kadastr #huquqiy_axborot
🌍 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini yer egasiga qaytarish tartibi
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi yer kodeksi 91-modda
🏠 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.
🌍Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
📃 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
QUYOSH PANELLARI O'RNATILDI
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmalari binosining tom qismiga 30 kVt quyosh panellari o‘rnatildi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr_agentligi
⚡️HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!
🟢So'nggi vaqtlarda Yer uchastkalarini olish va foydalanish bo'yicha firibgarlik holatlari ko'p uchrab turgani barchamizga ayon.
🟢Shu sababli 🌟Kadastr agentligi fuqarolarimizni ogohlikka chaqiradi.
YER BILAN BOG'LIQ KORRUPSIYA VA TA'MAGIRLIK XOLATLARIGA DUCH KELSANGIZ HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARIGA YOKI 1097 QISQA RAQAMIGA MUROJAAT QILING!
FIRIBGARLARGA ALDANIB QOLMANG!
📌Ogohlik davr talabi!!!
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
YER NAZORATI OLIB BORILMOQDA
🔹 Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimida viloyatdagi yer nazorati va ma’muriy amaliyot borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy qurilmalar qurib olinishi hamda belgilangan maqsadda foydalanmaslik yoki umuman foydalanmay bo‘sh turishi bo‘yicha hududlarda monitoring ishlari olib borilmoqda.
🔹 Quvasoy shahrida o‘tkazilgan monitoring tadbirlarda “K-SAVDO” AAT orqali auksionda sotilgan yerlarda belgilangan talablarga rioya etilmayotganlgi aniqlandi.
🔹 Birgina misol, shaharning “Pakana” MFY yig‘ini hududida “K-SAVDO” AAT orqali auksionda sotib olingan yer maydonida shunday holat aniqlandi. Tadbirkor tomonidan noqonuniy qurib olingan qurilma belgilangan muddatda bartaraf etildi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
#infografika
FARG'ONADA KADASTR SOHASIDA MUROJAATLAR TAHLILI
Kadastr agentligining Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyat boshqarmasiga 2023-yil boshidan shu kunga qadar jismoniy va yuridik shaxslardan jami
1288 ta murojaat kelib tushgan. Bu borada batafsil infografikada tanishib olishingiz mumkin.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
Кеча Президент Шавкат Мирзиёев Фарғона вилоятидаги янги саноат корхоналарини ишга туширди
—
Вчера Президент Шавкат Мирзиёев ввел в строй новые промышленные предприятия в Ферганской области
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент маҳалла аҳли билан мулоқот қилди
—
Президент побеседовал с жителями махалли
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Бешариқда аниқланган ана шу захиралар ҳисобига, жорий йилда 100 миллион долларлик 19 та йирик лойиҳани бошлаш ва қўшимча 10 миллиард сўм солиқ тушумини таъминлаш учун барча имкониятлар бор.
Бу орқали жорий йилнинг ўзида 14 минг аҳоли доимий иш жойи, даромад манбаига эга бўлади.
Президент Фарғонада бошланган ушбу тажрибани барча ҳудудларда йўлга қўйиш учун йил якунига қадар “сафарбарлик” эълон қилди.
Ҳар бир туман учун йил якунигача камида 100 миллион доллардан инвестиция жалб қилиш бўйича аниқ таклифлар ишлаб чиқиш топширилди
Хусусий лойиҳа ташкилотларини олиб келиб, Фарғонадаги барча туманларнинг мастер-режаларини ишлаб чиқиш, ерларнинг бозор қийматини аниқлаб, тадбиркорларга таклиф қилиш вазифаси қўйилди.
Минимал истеъмол харажатлари миқдори 500 минг сўмдан 570 минг сўмга оширилгани сабабли Фарғонада яна 9 минг оила камбағал тоифасига қўшилди. Шу боис мутасаддиларга ушбу оилаларнинг ҳар бирига ҳоким ёрдамчиларини бириктириб, уларнинг даромадини ошириш чораларини кўриш топширилди.
Фарғонада аҳолига деҳқончилик учун аукционга чиқарилиб, талабгор аниқланмаган 1 минг 157 гектар экин ерларини аҳоли учун қулай ҳудудларга алмаштириш, бу ерларда камида 15 минг иш ўрни яратишга кўрсатма берилди.
Шунингдек, давлатимиз раҳбари вилоятда жиноятчилик ва ҳуқуқбузарликларга қарши курашиш масаласига алоҳида тўхталиб, бу борадаги ишлар аҳволи қониқарсизлигини танқид қилди. Фаолиятида йўл қўйган камчиликлар учун Фарғона вилояти ички ишлар бошқармаси бошлиғи М.Жўраев лавозимидан озод этилди.
Йиғилиш якунида ҳудуд ва соҳалар раҳбарларининг ҳисоботи тингланди.
Facebook|Instagram|Twitter
▪️Farg'onada sayyor qabul▪️
⚡️ Ayni fursatlarda, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari Nozimjon Inamov va hududiy boshqarma boshliqlari ishtirokida Farg'ona viloyatining Beshariq tumanida fuqarolarning kadastr borasidagi murojaatlarini ko'rib chiqish maqsadida sayyor qabul o'tkazilmoqda.
◼️ Unda, Beshariq tumanidagi jismoniy va yuridik shaxslarning ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, mutasaddilar tomonidan tegishli yechimlar va huquqiy tushunchalar berilmoqda.
#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐davkadastrpalata4574">YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
YER NAZORATI DAVOM ETMOQDA
🔹 Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimida viloyatdagi yer nazorati va ma’muriy amaliyot borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy qurilmalar qurib olinishi hamda belgilangan maqsadda foydalanmaslik yoki umuman foydalanmay bo‘sh turishi bo‘yicha hududlarda monitoring ishlari olib borilmoqda.
🔹 Bag‘dod tumanida o‘tkazilgan monitoring tadbirlarda “Bardon” MFY hududida joylashgan 177 kv.m yer maydonini fuqaro B.B tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan holati aniqlandi.
🔹 Fuqaroga o‘zboshimchalik bilan egallab olgan ushbu yer maydonini noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirildi.
🔹 Shundan so‘ng fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonidagi noqonuniy qurilma joyning o‘zida bartaraf etildi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
#infografika
E-auksion.uz savdo platformasida Farg‘ona viloyati bo‘yicha
7000 dan ortiq mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarilgan tadbirkorlik uchun yer uchastkalari bilan tanishing!
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
DIQQAT E’LON!
▶️ Hurmatli Farg'ona viloyati, Beshariq tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!
🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari Nozimjon Inamov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.
📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil, 21-avgust, soat 11:00 da
⬇️Manzil: Farg'ona viloyati, Beshariq tumani, Beshariq ko'chasi, Yangi hayot MFY, 124-uy, 8-sonli Musiqa va san'at maktab maktabi.
📱 Qabulga yozilish uchun +998 97 965 00 94, +998 73 249 70 77 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐davkadastrpalata4574">YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
#OAV_biz_haqimizda
▶️ Farg'onada yer nazorati borasidagi ishlar qanday⁉️
💠 Farg'ona telekanalining "Yangiliklar" informatsion dasturida Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi tizimida yer nazorati borasidagi ishlar haqida lavha efirga uzatildi.
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
#infografika
Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi tomonidan yer qonunbuzilish holatlari bo'yicha ko'rilgan choralar tuman va shaharlar kesimida quyidagi infografikada tanishishingiz mumkin.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
#malumot
⚜️YIL BOSHIDAN KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH UCHUN QANCHA ARIZA KELIB TUSHGAN?
🔹Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi tuman, shahar filiallari tomonidan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot.
🔹O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi 1060-sonli qarori asosida Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasiga Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi bo‘yicha yil boshidan
7 oy mobaynida jami 59 896 ta ariza kelib tushgan.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️
📧 SAVOL: Turar joyim 2017-yil davlat ro'yxatidan o'tgan. Yer mulkimda hozirgi kungacha hech qanday o'zgarish bo'lmagan. Lekin men huddi shu uy-joyimga qaytadan ko'chirma olmoqchi bo'lsam xizmat uchun yana pul to'lashim kerak bo'ladimi?
✍️ JAVOB: Murojaatingizga ko'ra, yer mulkingizda hech qanday o'zgarish bo'lmaganligi hisobga olinadigan bo'lsa, ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr pasporti mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar mavjud bo‘lmaganda, kadastr pasporti yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda hamda fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 186-son qaroriga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi.
************
👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.
#DavKadastrPalata #savol_javob
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐davkadastrpalata4574">YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
#Brifing
FARG‘ONADA KADASTR SOHASIGA QANCHA MUROJAATLAR KELIB TUSHGAN?!
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmalarining navbatdagi brifingi.
Unda murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha ma‘lumotlar haqida so‘z yuritildi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
#kadastr #huquqiy_axborot
❌YER UCHASTKASINI NOQONUNIY OLIB QO‘YISH❌
Yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,
🪙 BHMning 200 baravaridan 250 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
➡️ Batafsil o'qish uchun
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Фарғона шаҳрида Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ҳудудларда ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш ва жиноятчиликка қарши курашиш борасидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
—
В городе Фергане под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по приоритетным задачам в области профилактики правонарушений и борьбы с преступностью в регионах.
#Mirziyoyev #videoselektor #huquq #tartibot
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Jarayon
KADASTR BINOSIDA QUYOSH PANELLARI O‘RNATILMOQDA
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmalari binosining tom qismiga quyosh panellari o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
Президент “Қўқон” эркин иқтисодий зонасида “BNBM Building Materials Central Asia” корхонаси фаолияти билан танишди ҳамда Фарғона вилоятидаги янги корхоналарни ишга туширди.
Давлатимиз раҳбари раислигида инвестицияларни жалб этиш, саноат ва тадбиркорликни ривожлантириш масалалари бўйича йиғилиш бўлиб ўтди.
—
Президент ознакомился с деятельностью предприятия “BNBM Building Materials Central Asia” в свободной экономической зоне “Коканд” и ввел в строй новые предприятия Ферганской области.
Под председательством главы государства состоялось совещание по вопросам привлечения инвестиций, развития промышленности и предпринимательства.
#Mirziyoyev #safar #Fargona #korxona #yigilish
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Давлатимиз раҳбари Фарғона вилояти Бағдод туманидаги Хитой маҳалласида бўлиб, аҳоли билан суҳбатлашди.
—
Глава нашего государства посетил махаллю Хитой Багдадского района Ферганской области и побеседовал с жителями.
#Mirziyoyev #safar #Fargona #mahalla
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Давлатимиз раҳбари Бешариқ туманидаги имкониятларни ҳам ишга солиш йўлларини кўрсатиб ўтилди.
Бешариқни Тожикистоннинг Сўғд вилояти билан боғловчи кўприкдаги ишлар якунига етказилса (қурилиш ишлари 70 фоиз бажарилган), йўл 5 баробарга қисқаради. Натижада Бешариқ Тожикистоннинг 500 минг аҳолиси учун транзит ҳудудга айланади.
Бу Бешариқда камида 40 миллион долларлик сервис, савдо, сайёҳлик ва тиббиёт туризми объектларини барпо қилиш учун катта имконият.
Шунингдек, тумандан ўтувчи магистрал автомобиль йўли бўйида савдо ва сервис объектларини ташкил қилиб, камида 500 нафар аҳолини даромадли қилиш бўйича жами 8 миллион долларлик 60 та лойиҳа ташаббускорлари аниқланган.
Сариқамиш кўлида экотуризм масканларини барпо қилиш, овчилик туризмини йўлга қўйиш учун тадбиркорлар 10 миллион доллар инвестиция киритиш таклифини билдирган. Шу орқали Сариқамиш кўли атрофига ҳар йили 50 минг нафар сайёҳни жалб қилиб, туризм хизматларидан қўшимча 5 миллион доллар даромад топиш мумкин.
Тумандаги 6 та маҳаллада жойлашган собиқ минерал ўғит сақлаш омборлари негизида тадбиркорлар 21 миллион доллар инвестиция киритиш ҳисобидан
мева-сабзавотни сақлаш ва қайта ишлашни йўлга қўйиш ташаббусини билдирган.
Facebook|Instagram|Twitter