Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🌎🌎🌎🌎 #Brifing
🗺 FARG'ONADA QANCHA YERLARDA QONUNBUZILISH HOLATLARI ANIQLANDI?!
⭐️Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi tomonidan yer va kadastr nazorati borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Bugun 9 aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun
🇺🇿Buyuk davlat arbobi, o'rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, bobokalonimiz Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat va ta'lim mislsiz darajada yuksaldi.
🔤mir Temur — o’zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug’vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag’ishlab kelayotgan ulug’ siymolardan biridir.
🌐 Sohibqiron tavallud topgan kun mamlakatimizda har yili ko’tarinki ruhda keng nishonlanadi. Bu yil ham ulug’ sarkarda tavalludining 688 yilligi tadbirlari o’tkazilmoqda.
⏳ Ildizlari musaffo buloqlardan suv ichgan nihollar yayrab-yashnab ko’kka bo’y cho’zaveradi. Buyuk ajdodlardan meros qadriyatlar qondan qonga o’tib, avlodlar qalbida yashayveradi. Bugun ham Sohibqironning mardlik, jasorat, adolat, tadbirkorlik, vatanparvarlikka yo’g’rilgan ezgu fazilatlari Prezidentimiz yuritayotgan siyosatda yaqqol namoyon bo’lmoqda.
#DavKadastrPalata #muhim_sana
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I davkadastrpalata">YouTube I Facebook I Twitter
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Bu_muhim
🇺🇿 DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISH TARTIBI YANADA TAKOMILLASHTIRILDI!
➡️Shuningdek,
🏠 Ijaraga beruvchi davlat mulkini ijaraga berishda:
💠 davlat mulkini ijaraga berish jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydi;
💠 ijara shartnomasi shartlari bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
💠 yuridik shaxslar, jumladan, tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarga ijaraga beriladigan davlat mulklari haqida zarur ma’lumotlar (ijaraga beriladigan davlat mulklarining parametrlari, kommunikatsiyalar bilan ta’minlanganligi, fotosurati, davlat mulkidan foydalanish maqsadi, ijara muddati va ijaraga berish shartlari) beradi va zarur amaliy-huquqiy yordam ko‘rsatadi;
💠 ijaraga beriladigan davlat mulklari targ‘ibotini amalga oshiradi.
⚖️ 2024-yil 1-martdan boshlab davlat mulkini ijaraga berish shartnomalari bo‘yicha ijara to‘lovlarini undirish va ularning taqsimoti “E-ijara” elektron tizimi orqali amalga oshirilishini yo‘lga qo‘yish belgilab qo'yilgan.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
🏛 Tuman, shahar hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni dehqon xo'jaligi tashkil etish uchun elektron onlayn auksion savdolariga qo'yiladi.
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining (153-son, 05.04.2024 y.) "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta'minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o'zlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori qabul qilindi.
✅ Qarorga ko‘ra, bir oy muddatda 60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali "mahalla yettiligi"ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro'yxatga kiritilgan yoshlar o'rtasida o'tkaziladi. Bunda:
🪙 yer maydonlarini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari g'oliblari yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi;
💲 zakalat puli bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida belgilanadi;
🫂 Talabgorlarga:
🧅 sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko'katlar, makkajo'xori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga sug'oriladigan ekin yer maydonlari;
🍇 bog'dorchilik-uzumchilik yo'nalishlari uchun ko'p yillik daraxtzorlar yoki samarasiz bog'lar yer maydonlari;
☘️ dorivor o'simliklar yetishtirish, chorvachilik yo'nalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishga mo'ljallangan, lalmi, bo'z, yaylov va yangi o'zlashtirilgan yer maydonlari 30 yil muddatgacha kichik lotlarda "bir massiv - bir mahsulot" tamoyili asosida ijaraga beriladi.
🧊 talabgorlarga ajratiladigan yer maydonlari o'lchamlari "mahalla yettiligi" taklifiga ko'ra aniqlanadi.
❌ Mazkur qarorga muvofiq ijaraga beriladigan yer maydonlarida tura joy, bino va inshootlar qurish qat'iy man etiladi.
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Respublikamizdagi xonadonlar soni
🌟 Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati o'z faoliyatiga doir qiziqarli yillik statistikalarni taqdim etishda davom etadi.
▪️Ko'p qavatli uylar soni : 45 269 ta va ulardagi
▪️Xonadonlar soni: 1 516 423 tani tashkil etmoqda.
📊Batafsil ushbu videoinfografika orqali Respublikamizdagi jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo'lgan ko'p qavatli uylar va ulardagi xonadonlar to'g'risida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.
#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I davkadastrpalata/featured">YouTube I Facebook I Twitter
🌎🌎🌎🌎
HAMKORLIKDAGI YER NAZORATI TADBIRLARI
🌟 Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi va 🇺🇿 viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2022 yildagi "Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 138-sonli qarori ijrosi yuzasidan muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
📍 Bag'dod tumanida yerlardan maqsadli foydalanishi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishda, fuqaro X.I. tomonidan 0.33 gektar sug‘oriladigan yer maydoniga noqonuniy ravishda devor bilan o'rab olinganligi natijasida sug‘oriladigan yer maydonlarining unumdor qatlami yo‘qotilib, davlat va jamiyat manfaatlariga 33 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlanib, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdor shaxslarga nisbatan tegishli javobgarlik qo‘llanilgan.
📚 Jinoyat ishining tergovi davomida, yetkazilgan zarar undirilishi va noqonuniy qurilgan bino va inshootlar buzdirilishi boshlandi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Avval xabar berganimizdek, 🌟Kadastr agentligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarga bir necha turdagi o'lchov qurulmalari hamda dasturiy ta'minotlar yetkazib berildi.
⚙️ Yetkazilgan o'lchov qurulmalari hamda dasturiy ta'minotlar kadastr xodimlari tomonidan amaliyotda sinab ko'rildi va kerakli tushunchalar berildi.
Quyida hududlarda tashkil etilgan seminarlar:
➡️ Surxondaryo viloyati
➡️ Andijon viloyati
➡️ Toshkent shahar
➡️ Farg'ona viloyati
➡️ Xorazm viloyati
➡️ Namangan viloyati
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑
Ipotekani, shuningdek, ijara huquqini, yer uchastkasi boʻyicha servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, garov xatini rasmiylashtirish toʻlov miqdori qancha ❓
📃 Ipotekani, shuningdek, ijara huquqini (yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi bundan mustasno), yer uchastkasi boʻyicha servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda garov xatini rasmiylashtirish uchun toʻlov miqdori Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari (425 000 so'm) etib belgilandi.
📄Asos: 🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2023-yildagi 424-son qarori.
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
"UZKAD" tizimiga o'tish jarayonlari"
⚡️Bugun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida ""UZKAD" tizimiga o'tish jarayonlari" mavzusida matbuot tadbiri bo'lib o'tdi.
🌟Unda Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari boshchiligidagi mutasaddilar yig'ilgan jurnalist va OAV vakillariga aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat turlari, "UZKAD" tizimi va unga o'tish jarayonlari, imkoniyatlar, afzalliklari haqida batafsil tushuntirdilar.
▶️📹Matbuot tadbiri Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasi orqali jonli efirda namoyish etildi.
#DavKadastrPalata #matbuot_tadbiri
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I davkadastrpalata">YouTube I Facebook I Twitter
💻 Kadastr arxivi raqamlashtirilmoqda
⭐️ Kadastr agentligi 🌟 Davlat kadastrlari palatasining bir nechta tuman filiallarida "Namunali arxiv" xonalari ishga tushirilib, arxiv hujjatlari raqamlashtirish ishlari haqida Farg'ona telekanalining "Yangiliklar" informatsion dasturida lavha efirga uzatildi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
💬 KADASTR SOHASI VAKILLARI OCHIQ MULOQOTDA
🇺🇿 Farg'ona viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan "Savol bering, javob beramiz!" davra suhbatida 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi sho'ba boshlig'i Azizbek Erkaboyev ishtirok etdi.
📝 Ma‘lumot uchun bu davra suhbati yaqin kunlarda 🤙 Farg'ona telekanali orqali efirga uzatiladi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Sun’iy yo‘ldosh orqali yer bilan bog‘liq qonunbuzarliklar nazoratga olinadi.
SIIS kompaniyasi 🇰🇷Janubiy Koreyaning 🛰kosmik suratlarni qayta ishlash va shu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi yirik kompaniyalar biri hisoblanadi.
Mamlakatimizdagi soha mutaxassislari Janubiy Koreya Respublikasining yer resurslari boshqaruvi va kadastr tizimi LX Office korporatsiyasi bilan hamkorlik o‘rnatgan. Mazkur davlatning sun’iy yo‘ldoshli yerni kuzatish tendensiyalari, texnologiyalari va istiqbollari va yaqin kelajakdagi rejalari o‘rganildi. Xususan, SIIS – kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan loyihalar bilan tanishib chiqildi.
Ushbu kompaniya...
Batafsil➡️ HUDUD24 maqolasida
Sardor OMONOV,
“Geoinfokom” davlat unitar korxonasi direktori o‘rinbosari.
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-son qarori ijrosini ta’minlash hamda 🌟Kadastr agentligi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotining 2024-yilga mo‘ljallangan ISh REJASIga muvofiq Agentlik markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlaridagi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlari bilan “ZOOM” platformasi orqali yig'ilish bo'lib o'tdi.
💠 Yig'ilishda kun tartibiga muvofiq joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar, yillik ish-reja va takliflari yuzasidan ma'lumotlar tinglandi hamda tavsiyalar va ko'rsatmalar berildi.
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Kadastr muhandisining malaka imtihonlari
⭐️ 🌟 Xabaringiz bor, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida kadastr muhandisiga qo‘yilgan talablarga mos kelishini tekshirish maqsadida komissiya tomonidan malaka imtihonilari o'tkazib kelinmoqda.
◼️Kuni kecha Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida navbatdagi malaka imtihonida 18 nafar talabgorlar test sinovlarida qatnashdi va malaka imtihonlarini topshirishdi.
🔹 Jarayonlar palataning davkadastrpalata/featured">You Tube kanalida jonli ravishda translyatsiya qilindi.
#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I davkadastrpalata/featured">YouTube I Facebook I Twitter
🌎🌎🌎🌎 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Farg'onada “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha" yig‘ilish bo‘lib o‘tdi!
🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlar palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmalarining Oila va xotin-qizlar birlashtirilgan Boshlang‘ich tashkilotini tuzish hamda uning kengash aʼzolarini saylash yuzasidan ZOOM platformasi orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
💠 Yig‘ilishda joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha ish-reja o‘qib eshittirildi, xotin-qizlarning takliflari tinglandi hamda ularga tegishdi tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✅ Shuningdek, boshqarmaning oila va xotin-qizlarni birlashtirilgan Boshlang‘ich tashkiloti Kengashini tuzib, uning aʼzolarini bir ovozdan saylab, tasdiqlab qo‘yildi.
🇺🇿 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-son qarori.
🌟 KADASTR AGENTLIGI FARG'ONA VILOYATI BOSHQARMASI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN YER QONUNBUZILISH HOLATLARI
🔍 Farg'ona viloyatida yer va kadastr nazorati hamda ma'muriy amaliyot bo'limi tomonidan ko'rilgan choralar tuman va shaharlar kesimida quyidagi infografikada tanishishingiz mumkin.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги қарори
—
Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Рамазан хайита"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH BUGUNGI KUNNING DOLZARB MASALASI
🟢 Korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. 🌟Kadastr agentligi tizimida so‘nggi yillarda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, samarali va shaffof yer nazorati tadbirlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan 🔩 “E-yer nazorat” AAT dasturi ishlab chiqildi. “E-yer nazorat” AAT yaratilishi natijasida Yer va kadastr nazorati sohasida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish ishlarini amalga oshirishda huquqbuzarliklarni aniqlashdan bartaraf etilgunga qadar samarali davlat nazorati o‘rnatilishiga erishildi.
➡️ Batafsil o'qish uchun
#Kadastr #murojaat
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
🎙IJTIMOIY SO'ROVNOMA
Kadastr pasportini tayyorlatish uchun qayerga murojaat qilish kerakligini bilasizmi ❓
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #infografika
🌟 Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi tuman, shahar filiallari tomonidan Kadastr pasportini shakllantirish (davreestr.pro) bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot
💳 Bugungi kunda yuridik va jismoniy shaxslardan kadastr pasportini tayyorlatish bo‘yicha buyurtma arizalar elektron ko‘rinishda kelib tushmoqda. Buyurtma arizalar belgilangan tartibda elektron tarzda ijrosi taʼminlanmoqda.
📊 Dastur ishga tushganidan buyon, shu kunga qadar yuridik va jismoniy shaxslardan kadastr pasportini tayyorlatish bo‘yicha jami 268 037 ta murojaatlar kelib tushgan hamda, yil boshidan 4 445 031 600 so‘m miqdorda tushum qilingan.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬
"UZKAD" TIZIMIDA MULK HUQUQINING DAXLSIZLIGI ISHONCHLI HIMOYA QILINADI.
🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida ""UZKAD" tizimiga o'tish jarayonlari" mavzusida matbuot tadbiri bo'lib o'tdi. Ushbu matbuot tadbiri tafsilotlarini Renessans, 😄 ZO'RTV, 😄Sevimli telekanallarida efirga uzatilgan lavhalar orqali bilib olishingiz mumkin.
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
KORRUPSIYAGA BIRGALIKDA KURASHAMIZ❗️
🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmalari tizimida korrupsion holatlarni oldini olish va bu illatga qarshi murosasiz kurashni kuchaytirish maqsadida joylarda targ'ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Rishton tumanida tashkil etilgan tadbirda Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining bosh mutaxassisi A.Jo‘rayev, Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho'basi boshlig'i D.Sattorov hamda boshqarmaning bir qator mutaxassislari ishtirok etdi.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qarori, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qaroriga muvofiq 🌟Kadastr agentligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarga bir necha turdagi o'lchov qurulmalari hamda dasturiy ta'minotlar yetkazib berildi.
➡️Bular:
⏺40 ta - Leica Viva TS07 Elektron taxeometr;
⏺62 ta - STEK SV1,
58 ta - I90 GPS priyomnik (baza+rover);
⏺118 ta - KOLIDA GNSS K7 GPS priyomnik (baza+rover);
⏺100 ta - A6001P GPS (Yerlarni o'lchash uchun);
⏺10 ta - "Stalker" 80-24 Trassa qidirgichlar;
⏺43 ta - GAT platformasi GAT (panarama) dasturiy ta'minotlari.
📍Mazkur texnika va dasturiy ta'minotlardan foydalanish bo'yicha Agentlikning tegishli tuzilmalari rahbar va xodimlari tomonidan o'quv seminarlari o'tkazilib, texnika va dasturiy ta'minotlardan maqsadli foydalanish tushuntirildi.
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
🗺 HUDUDLARDA YER VA KADASTR BO'YICHA MONITORING ISHLARI
🌟 Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimida viloyatdagi yer nazorati va ma’muriy amaliyot borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy qurilmalar qurib olinishi hamda belgilangan maqsadda foydalanmaslik yoki umuman foydalanmay bo‘sh turishi bo‘yicha hududlarda monitoring ishlari olib borilmoqda.
📍 Toshloq tumanida o‘tkazilgan monitoring tadbirlarda Zarkent-F servis MMTP hududidagi “Humoyun bog‘i” bog‘dorchilik fermer xo‘jaligida joylashgan 0,43 gektar yer maydoni fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan holati aniqlandi.
💬 Fuqaroga o‘zboshimchalik bilan egallab olgan ushbu yer maydonini noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirildi.
👤 Shundan so‘ng fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonidagi noqonuniy qurilma joyning o‘zida bartaraf etildi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
IJTIMOIY TARMOQLARDA BAHSLARGA SABAB BO‘LAYOTGAN MAVZU HAQIDA.
“O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda har xil tushunchalar bilan talqin qilinmoqda.
Bu esa ayrim fuqarolarning yer qonun buzish holatlarini sodir etishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shu sabab Qonun loyihasi haqida ayrim maʼlumotlarni berib o‘tamiz:
Qonun loyihasida 8 ta yo‘nalishdagi holatlar ko‘rib chiqishi nazarda tutilgan. Ushbu holatlarning barchasiga huquq eʼtirof etiladi deb tushunmaslik kerak.
Loyihada kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish emas, balki huquq belgilovchi hujjatlari bo‘lmaganligi uchun yer va binolariga huquqni eʼtirof etish masalasi ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga emas, balki tadbirkorlik subyektlariga tuman hokimliklari tomonidan yer ajratilib, viloyat darajasida tasdiqlanmagan holatlar hamda tadbirkorlik subyektlari kichik sanoat zonalariga joylashtirilib, hokim qarori chiqarilmay qolgan holatlar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.
Loyihada kadastr hujjatlari rasmiylashtirmaganlik uchun emas, yerni o‘zboshimcha egallaganligi uchun va ushbu yerga huquqlar eʼtirof etilgan taqdirdagi maʼmuriy javobgarlik masalalari yoritilgan.
Hozirda ayrim yurtdoshlarimiz tomonidan “qurilishi mavjud bo‘lsa eʼtirof etilar ekan” deb bo‘sh yerga tezroq imorat qurish holatlari kuzatilmoqda.
‼️Ogohlantirib aytishimiz kerakki, qonun loyihasida 2018-yil 1-mayga qadar qurilgan obyektlar ko‘rib chiqiladi deb ko‘rsatilgan.
Agarda qurilma o‘zboshimchalik bilan belgilangan davrdan keyin qurilgan bo‘lsa, bunday imoratlar belgilangan tartibda bartaraf etiladi hamda maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Shu sababli, fuqarolarimizdan o‘zboshimchalik bilan yerlarni egallash va unga imorat qurmasliklarini so‘rab qolamiz.
Yana shuni ham eʼtiborga olish kerakki, hozir biz qonun loyihasi haqida gapiryapmiz va loyihaga muhokama jarayonlarida o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
💪 SPORT- SOG‘LIK GAROVI!
⭐️ Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmalarida ishchi xodimlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish va sportga keng jalb etish maqsadida bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
👥Xususan, xodimlar bo‘sh vaqtlarida sport majmuasida jismoniy mashqlarni bajarishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi reyting baholandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlar qay darajada samarali amalga oshirilgani baholandi.
Bunda 95 ta davlat tashkiloti, jumladan, 36 ta davlat tashkiloti ilk marotaba, qolgan 59 tasi esa takroran baholashdan o‘tkazilgan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholandi.
🌎🌎🌎🌎
HAMKORLIKDAGI YER NAZORATI TADBIRLARI
🌟 Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi va 🇺🇿 viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2022 yildagi "Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 138-sonli qarori ijrosi yuzasidan muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
📍 Oltiariq tumanida yerlardan maqsadli foydalanishi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishda, fuqaro M.B tomonidan 3 gektar sug‘oriladigan yer maydoniga noqonuniy ravishda turar joy binolari qurib olinganligi natijasida sug‘oriladigan yer maydonlarining unumdor qatlami yo‘qotilib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1 mlrd 667 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlanib, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdor shaxslarga nisbatan Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
📚 Jinoyat ishining tergovi davomida, yetkazilgan zarar undirilishi va noqonuniy qurilgan bino va inshootlar buzdirilishi ta’minlandi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #infografika
🌟 KADASTR AGENTLIGI FARG'ONA VILOYATI BOSHQARMASI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN YER QONUNBUZILISH HOLATLARI
🔍 Farg'ona viloyatida yer va kadastr nazorati hamda ma'muriy amaliyot bo'limi tomonidan ko'rilgan choralar tuman va shaharlar kesimida quyidagi infografikada tanishishingiz mumkin.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook