fargonakadastr | Unsorted

Telegram-канал fargonakadastr - FARG'ONA KADASTR

621

Murojaat uchun: @fm_fargonakadastr Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling! YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCsWREsJMayIy3mErsyyFhRw Instagram: https://www.instagram.com/fargonakadastr_rasmiy Facebook: https://www.facebook.com/fargonakadastr.uz

Subscribe to a channel

FARG'ONA KADASTR

Кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш чоғида юзага келадиган низоларни судга қадар ҳал қилиш тартиби белгиланди

Унга кўра фуқаролар ва тадбиркорлик субъектларининг кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларини давлат рўйхатидан ўтказиш соҳасидаги низолари бўйича аризалар ва шикоятлар Комиссия ва Апелляция комиссияси томонидан ўн иш кунида кўриб чиқилади.

Комиссия ва Апелляция комиссиясининг мажлисларида комиссия ва Апелляция комиссияси аъзоларининг камида учдан икки қисми (кворум) иштирок этган тақдирда ваколатли ҳисобланади.

Мурожаатлар, шунингдек, Комиссия ва Апелляция комиссияларининг баённомалари электрон реестрда юритилади.

Судларда кўриб чиқилган ёки кўриб чиқилаётган низолар Комиссия томонидан такроран кўриб чиқилмайди.

〰️〰️〰️〰️〰️
Шунингдек, кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш бўйича давлат хизматлари кўрсатиш тартибга солинмоқда.

Жумладан, давлат рўйхатидан ўтказилиб, бу ҳақда гувоҳнома берилган кўчмас мулкларни электрон тарзда давлат реестрига киритиш ва ундан кўчирма бериш, шу жумладан, мазкур хизматларни бепул амалга ошириш бегиланди.

〰️〰️〰️〰️〰️
Кадастр муҳандиси институтини республика миқёсида босқичма-босқич жорий этиш тартиби белгиланмоқда.

2023 йил 1 октябрдан Тошкент шаҳри, Тошкент, Навоий, Наманган, Фарғона ва Хоразм вилоятларида, 2024 йил 1 июлдан республика миқёсида жорий этилади.

Шу билан бирга кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказувчиларнинг малакасини ошириш ва уларни аттестациядан ўтказиш тартиби тўғрисидаги низом тасдиқланди.

〰️〰️〰️〰️〰️

АОКАда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъматжон Атамуратов иштирокида ўтказилган брифингда кадастр хизматларини кўрсатишдаги янгиликлар ҳақида маълумот берилди:

✍️ Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

#OAV_biz_haqimizda

💠 Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Fargʻona telekanalining “Yangiliklar” informatsion dasturida viloyatning kadastr sohasidagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” haqida lavha efirga uzatildi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
DXMdagi xizmatlarimiz

🌟 O'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (Servitut) to'g'risidagi kelishuvlarni davlat ro'yhatidan o'tkazish bo'yicha ma'lumot.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐davkadastrpalata4574">YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

#kadastr #video_roliklar_tanlovi

🌟Kadastr agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Ayoli ulug‘langan yurt” mavzusidagi ijtimoiy videoroliklar ko‘rik tanlovi o‘tkazilmoqda.

Unda Respublikamizning barcha viloyatlaridan 35 nafar ayollar ishtirok etib, o‘z ijod namunalarini tanlov hayʼat aʼzolariga taqdim etdilar.

💠 Mazkur tanlovga taqdim etilgan videoroliklarni tomosha qilishingiz va ovoz berishingiz mumkin.

🎞Tomosha qiling va haqqoniy tarzda ovoz bering.

❗️Eslatib
o‘tamiz, mazkur videoroliklar professional ijodkorlar tomonidan emas, oddiygina kadastrchi ayollarimiz tomonidan tayyorlangan!

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

#infografika
FARG'ONADA KADASTR SOHASIDA MUROJAATLAR TAHLILI

Kadastr agentligining Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyat boshqarmasiga 2023-yil boshidan shu kunga qadar jismoniy va yuridik shaxslardan jami
1 456 ta murojaat kelib tushgan. Bu borada batafsil infografikada tanishib olishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

РАСМИЙ МУНОСАБАТ

Интернет тармоқларида “Фарғонада амалдорлар жиноятни қандай ёпади? Масжид ерлари имомга меросми?” мавзусида видео тарқалди.

Батафсил: https://telegra.ph/RASMIJ-MUNOSABAT-08-24-16

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL ETILDI

🔹Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasida Davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha “UzKad” dasturiga kiritilgan yer maydonlarini yer turlarida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, “Milliy yer hisoboti”ga tayyorgarlik ko‘rish va ma’lumotlarni jamlash yuzasidan filial rahbarlari va mutaxassislarga “ZOOM” orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

🔹Tanqidiy va tahliliy muhokamalarga boy yig’ilishda shahar-tumanlar kesimida olib borilayotgan ishlarga alohida to'xtalib o’tildi.

🔹Mas'ullar ishtirokida o'tkazilgan yig‘ilish davomida davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha amaldagi qonun va qarorlar asosida ish tashkil etish va yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

KORRUPSIYA - TARAQQIYOT DUSHMANI

🔷 Toshloq tumanida kadastr sohasidagi rahbar va xodimlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

🔷 Unda, DKP Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining bosh mutaxassisi A.Jo‘rayev, Kadastr agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Ashurov firibgarlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiste’mol qilish hamda boshqa shu kabi illatlarning ijtimoiy va huquqiy oqibatlariga to‘xtalib o‘tdilar.

🔷 Shuningdek, yig‘ilishda soha xodimlarining ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, kelib tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida sifatli bajarishi yuzasidan Toshloq tumani bo'lim hamda fillial xodimlari bilan profilaktik tadbirlar o'tkazildi

Kadastr tizimida korrupsion holatlarni oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik borasida samarali ishlar tashkil etilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

#kadastr_agentligi #Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏙 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish tartibi belgilandi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (409-son, 22.08.2023 y.) bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

📄 Nizomga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish (har 3 yilda kamida bir marta) 🌟Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Shunga ko‘ra, 🌟Kadastr agentligining 💫Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari malaka oshirish muddati kelishidan 15 kun oldin Markazga xat yuboradi.

📆 Markaz xat kelib tushgan kundan 5 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki uni rad etadi.

❗️O‘quv kurslarining eng ko‘p hajmi 72 soatni tashkil qiladi.

📄 Kurslar tamomlangach, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar test sinovidan o‘tkazilib, testdan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat beriladi.

Malaka oshirish davrida ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi.

📌 Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi (suhbat shaklida).

OTMni tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha 2 yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

YER NAZORATI DAVOM ETMOQDA

🔹 Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimida viloyatdagi yer nazorati va ma’muriy amaliyot borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy qurilmalar qurib olinishi hamda belgilangan maqsadda foydalanmaslik yoki umuman foydalanmay bo‘sh turishi bo‘yicha hududlarda monitoring ishlari olib borilmoqda.

🔹 Dang‘ara tumanida o‘tkazilgan monitoring tadbirlarda “Urganji” MFY hududida joylashgan avtomobil yo‘li va Oqtepa soy himoya hududidan fuqaro B.N tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan holati aniqlandi.

🔹 Fuqaroga o‘zboshimchalik bilan egallab olgan ushbu yer maydonini noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirildi.

🔹 Shundan so‘ng fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonidagi noqonuniy qurilma joyning o‘zida bartaraf etildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

#Kadastr #Aerogeodeziya

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida 🌟Kadastr agentligining ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi Farg’ona hududlararo bo'linmasi hodimlari tomonidan Farg’ona viloyati Bag’dod tumanida xatlovdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

Bag’dod tumanida 31 ta ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari muvjud bo‘lib, shundan 1 ta shahar, 20 ta shaharcha va 10 ta qishloqlarni tashkil etadi. Tumanda ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarida qishloq va shaharchalar chegaralari aniqlanib, xaritalari va chegara tavsifi tayyorlanmoqda.

Xozirda 12 ta hududdagi jami 33381 gektar yer maydonlarining 30857 gektarida deshifrovka ishlari bajarildi va 96 nafar yerdan foydalanuvchi va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarining yer maydonlari xatlovdan o‘tkazildi.

Xatlov ishlari davomida 8 ta holatda jami 4,24 gektar, shundan 2,8 gektar qishloq xo’jaligi va 1,44 gektar qishloq xo'jaligida foydalanilmaydigan boshqa yer maydonlarida o’zgarishlar aniqlanib, qonuniyligi o'rganilmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

#Kadastr #sport_musobaqa
🎉G'ALABA!

SPORT – BU GʻALABA YOKI SABOQ!

🎉 Farg'ona viloyati Toshkent shahar jamoasi ustidan 10:2 hisobda g'alaba qozondi.

⚡️Bugun Kadastr agentligi hamda uning tizimidagi barcha korxona va tashkilotlar o‘rtasida mustaqilligimizning  32 yilligi bayramiga bag‘ishlangan erkaklar o‘rtasidagi mini-futbol sport musobaqasiga start berildi.

🔹Musobaqaga 20 dan ortiq jamolar yetib kelishdi hamda 1-tur mini-futbol sport musobaqasida ro'yhatdagi barcha jamoalar kuch bellashishdi va natijalar e'lon qilindi.

🔹Shu bilan birgalikda Mini futbol-musobaqasining 1-tur o'yini yakunlandi.

Ma'lumot o'rnida musobaqa 22-26-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Barcha jamolarga omad yor bo'lsin!

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

▪️Huquqiy ma'lumot▪️

📃 Ko‘chmas mulkni bo‘lish va bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

◼️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish uning mulkdorining arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi. Umumiy mulk bo‘lgan ko‘chmas mulk uning mulkdorlarining (ishtirokchilarining) o‘zaro kelishuviga ko‘ra bo‘linadi.

👉 Batafsil: https://uzdkp.uz/uz/huquqiy-malumot-110/

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐davkadastrpalata4574">YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

KADASTR BO‘YICHA MUAMMO BORMI?!

Farg'ona viloyati aholisi, Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda muammoga duch kelayotgan bo‘lsangiz +998732497077 ishonch telefoniga yoki @fm_fargonakadastr telegram orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

"YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O'ZBEKISTON UCHUN!"

🔹Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmalarida O'zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan bayrami bo'lib o'tdi.

🔹 Unda sohada faoliyat olib borayotgan bir qator faol xodimlarga Kadastr agentligi direktorining tashakkurnomalari va esdalik sovg'alari taqdim etildi.

🔹 Shuningdek, viloyat tizimida faollik namoyon etayotgan xodimlar ham boshqarma boshlig'i tomonidan munosib rag'batlantirildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

#kadastr_agentligi #qarorga_sharx #vm_424



🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 🏙 "“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi 424-son Qaroriga sharx.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

ISHLAR TAHLIL ETILDI

🔹Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmalari tizimida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔹Muloqot davimida, ijro intizomi, ahololi va tadbirkorlar murojaatlatlari ishlash yoʻnalishi tanqidiy va tahliliy koʻrib chiqildi. Bu borada yoʻl qoʻygan shahar va tumanlardagi mas’ullarga belgilangan tartibda chora koʻrilishi qayd etildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

#kadastr_agentligi #qaror #vm_424

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 🏙 "“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi (2023-yil 25-avgust 424-son).

📄 Qarorning 1-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

😎 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish va yagona hujjatga birlashtirish;

😎jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili;

😎ko‘chmas mulkni bo‘lish, birlashtirish va ularning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili hamda ushbu xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori;

😎davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, bu haqda guvohnoma berilgan ko‘chmas mulklarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va undan ko‘chirma berish, shu jumladan mazkur xizmatlarni bepul amalga oshirish.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

#Kadastr_agentligi #ishonch_raqami #1097

🌟 Kadastr xizmatiga murojaat qilmoqchisiz, lekin vaqtingiz yo'qmi?

📞 Bu muammo emas!

📱1097 ishonch raqamiga qo'ng'iroq qiling va o'z murojaatingizni qoldiring.
Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega.

☎️ 1097 ish vaqti Dushanbadan Jumagacha. Soat 9:00 dan 18:00 gacha.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

☺️☺️☺️☺️☺️

💸 "Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish doirasida kadastr sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasining qarori (VM-411, 22.08.2023y.) qabul qilindi.

🇺🇿Hukumatning PQ–4270-son va PQ–4913-son qarorlariga muvofiq 2020-yil 1 yanvardan 2022-yil 31 dekabrga qadar tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti muvaffaqiyatli joriy etilganligi inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish doirasida kadastr sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2023-yil, 22-avgustda 411-sonli qarori tasdiqlandi.

📃 Unga ko‘ra quyidagilar belgilandi:

▪️ Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti uy-joy fondiga oid ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan:

➡️ 2023-yil 1 oktabrdan boshlab Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida;

➡️ 2024-yil 1 iyuldan boshlab respublikaning barcha hududlarida joriy etiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐davkadastrpalata4574">YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

#OAV_biz_haqimizda
KADASTR SOHASIDAGI SAYYOR QABUL OAV NIGOHIDA

Farg'ona telekanalining "Mobile rakusr" dasturi orqali Beshariq tumanida o'tkazilgan sayyor qabul haqida lavha efirga uzatildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

#kadastr_xalq_xizmatida
Inson manfaatlari yoʻlida!


🔹 Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyat boshqarmasi boshlig'i R.Mirzaxmedov boshchiligida hududiy tuman(shahar) filiallari mutaxassislari bilan birgalikda "Kadastr aholi manfaatlari yo'lida" tamoyili asosida aholi va tadbirkorlarni qiynab kelayotgan masalalarini oʻrganish borasida "Mahallabay", "Xonadonbay" xatlov jarayonlarida ishtirok etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

#Kadastr #sport_musobaqa
🎉 YANA BIR BOR G'ALABA!

SPORT – BU GʻALABA YOKI SABOQ!

🎉 Farg'ona viloyati Jizzax viloyati jamoasi ustidan 4:1 hisobda g'alaba qozonib C guruhda peshqadamlik qilmoqda.

⚡️Bugun Farg'onalik kadastrchi sportchilarimiz Jizzax viloyati jamoasi ustidan 4:1 hisobda g'alaba qozonib 6 ochkoga erishishga muvaffaq bo'lishdi.

🔹 Kecha Farg'onalik kadastrchi sportchilarimiz Toshkent shahri jamoasi ustidan 10:2 hisobda g'alaba qozongan edi.

🔹 Ertaga jamoamiz "Kartografiya DIICHK" jamoasi bilan maydonda bellashishadi.

Ma'lumot o'rnida musobaqa 22-26-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Barcha jamoalarga omad yor bo'lsin!

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

▪️Korrupsiyaga qarshi kurashishda reyting baholash tizimi mavjud▪️

🔷 Prezident qaroriga (PQ–81-son, 12.01.2022 y.) muvofiq, reyting baholash 5 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilangan indikatorlar asosida amalga oshiriladi.

◼️ Tizim eksperiment tariqasida, o‘z faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan 26 ta davlat tashkilotlari faoliyatiga, 2022 yil 1 iyuldan esa barcha davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan.

#DavKadastrPalata #info #korrupsiyaga_qarshi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐davkadastrpalata4574">YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

#infografika
Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi tomonidan yer qonunbuzilish holatlari bo'yicha ko'rilgan choralar tuman va shaharlar kesimida quyidagi infografikada tanishishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

▪️Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida▪️

Fuqaro va tadbirkorlarning kadastr xizmatlari borasida huquqiy bilimlarini yanada oshirish, ularga mavjud xizmatlarimiz haqida kengroq ma’lumot yetkazish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan tashqi OAV larga chiqishlar soni yanada ko'paytirilmoqda.

➡️ Quyida o'tgan hafta davomidagi chiqishlar mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

🆕 Dov-daraxtlarga kadastr pasporti berish bo'yicha "Markaz24" maqolasida;

🆕 Ko'chmas mulk obyekti manzillari haqida Toshkent viloyati hokimligi, Hudud Inform hamda Nurafshon.uz telegram kanallarida;

🆕 Bo‘ka tumanida olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan Nurafshon TV telekanali hamda "Bo'kaliklar24" telegram kanalida;

🆕 Farg'ona viloyatida auksionga chiqarilgan yer uchastkalari haqida "Nuqtai nazar" internet nashrida;

🆕 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar haqidagi ma’lumotlar UzA maqolasida;

🆕 Qashqadaryo viloyati kadastr filiallarida korrupsiyaga qarshi o'tkazilgan targ'ibot tadbirlari haqida "Qashqadaryo xalqi" telegram kanalida;

🆕 Kadastrda raqamlashtirish jarayonlari to'g'risida "Asrnews" telegram kanalida;

🆕 Ko‘chmas mulk obyektlari haqida statistik ma‘lumot "Surxondaryoliklar" telegram kanalida;

🆕 Beshariq tumanida o'tkazilgan sayyor qabul UzA internet sayti hamda "Nuqtai nazar" telegram kanalida yoritildi.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐davkadastrpalata4574">YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

#OAV_biz_haqimizda #Sayyor_qabul
Kadastr sohasidagi murojaatlar yechim topmoqda

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari Nozimjon Inamov va hududiy boshqarma boshliqlari ishtirokida Farg'ona viloyatining Beshariq tumanida fuqarolarning kadastr borasidagi murojaatlarini ko'rib chiqish maqsadida sayyor qabuli haqida maqola e'lon qilindi.

Batafsil: UzA maqolasida

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

РАСМИЙ МУНОСАБАТ
 
Интернет тармоқларида Фарғона туманидаги фуқаронинг мурожаати акс этган пост тарқалди.
 
Кадастр агентлиги Фарғона тумани бўлими мутахассислари томонидан Хонқиз қишлоғи худудидаги “Фарғона” МФЙ Оби-хаёт кўчаси 143-уйда яшовчи фуқаро Қ.К томонидан “Фарғона” МФЙ Мевазор кўчаси 159-уйда жойлашган 0.30 га ер майдонидан ноқонуний равишда фойдаланиб келаётганлиги ҳолати ўрганилди.
 
Ўрганиш жараёнида, Фарғона шаҳар 1-сонли Давлат нотариал идорасининг 26.12.2003 йилдаги турар-жой олди-сотди шартномасига асосан фуқаро С.Мдан  фуқаро Қ.К томонидан сотиб олинган ҳамда Давлат рўйхатидан ўтказилган.
 
2003 йилдаги ховли-жойнинг техник паспортида жами 1810 кв.м. бўлиб, шундан, 72,0 кв.м. қурилиш ости, 1738 кв.м. ховли ости майдонига кадастр хужжати тайёрланган бўлиб, лекин ҳозирда бино-иншоотлар бузиб юборилганлиги аниқланди.

Ўзбекистон Республкаси Вазирлар Махкамасининг 14.04.2022 йилдаги 183-сонли қарорида қонунчиликда белгиланган тартибда ажратилмаган (реализация қилинмаган), шу жумладан, берилган (реализация қилинган) ер участкасининг чегаралари ваколатли органлар томонидан натурада (жойнинг ўзида) белгиланмаган, ер участкасига бўлган ҳуқуқни тасдиқлайдиган ҳужжатлар берилмаган ҳолда фойдаланилган ер участкаси ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаси деб кўрсатилган.

Шунингдек, қонунчиликда белгиланган тартибда қурилиш мақсадлари учун ажратилмаган ер участкаларида қурилган уй-жой, бошқа бино ва иншоот - ўзбошимчалик билан қурилган иморат деб кўрсатилган.
 
Юқоридагиларга кўра, фуқаро Қ.К. томонидан ўзбошимчалик билан автомобил йўли муҳофаза худудининг 3,0*4,0 қисмига ноқонуний қурилма қуриб олганлиги ҳолати юзасидан Ўзбекистон Республикаси МЖтКнинг 60-моддаси 3-қисми билан маъмурий ҳуқуқбузарлик тўғрисидаги баённома тузилиб, 14.08.2023 йил маъмурий жазо қўллаш тўғрисидаги қарор қабул қилинган.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

Farg'onada sayyor qabul

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari Nozimjon Inamov va hududiy boshqarma boshliqlari ishtirokida Farg'ona viloyatining Beshariq tumanida fuqarolarning kadastr borasidagi murojaatlarini ko'rib chiqish maqsadida sayyor qabul o'tkazildi.

Unda, Beshariq, Oʻzbekisron va Furqat tumanlaridagi jismoniy va yuridik shaxslarning ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, mutasaddilar tomonidan tegishli yechimlar va huquqiy tushunchalar berildi.

Sayyor qabul davomida 22 ta murojaat kelib tushdi. Joyning oʻzida 10 murojaat hal etilgan boʻlsa, qolgan murojaatlar ijro etishlik uchun nazoratga olindi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…
Subscribe to a channel