fargonakadastr | Unsorted

Telegram-канал fargonakadastr - FARG'ONA KADASTR

621

Murojaat uchun: @fm_fargonakadastr Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling! YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCsWREsJMayIy3mErsyyFhRw Instagram: https://www.instagram.com/fargonakadastr_rasmiy Facebook: https://www.facebook.com/fargonakadastr.uz

Subscribe to a channel

FARG'ONA KADASTR

Ўтган ҳафта Сурхондарёга ташрифда “плёнка остида парник” ташкил қилиб, экспортбоп сабзавот экинларини экиш имкониятлари кўрсатиб ўтилган эди.

Ҳудудларда бундай усулда экин экишни истаганлар жуда кўп. Лекин улар учун ер олиш мураккаб.

Шу боис, келгуси йилдан экин ери юқори унумли уруғ, кўчат, агро-технология, экспорт кўникмаларига эга бўлганларга аукцион орқали ижара ҳуқуқи билан сотилади.

Мутасаддиларга 2024 йил 1 февралга қадар камида 15 минг гектар ерни лотларга бўлиб, экспортбоп сабзавот етиштириш учун ўртача 1 гектардан аукционга чиқариш, аукциондан ер олган аҳолига уруғ, ўғит, плёнка ва айланма маблағ учун кредит ажратиш, ҳосилдор экспортбоп экинлар уруғини кафолатли етказиб бериш бўйича топшириқлар берилди.

Facebook|Instagram|Twitter

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

Охирги уч йилда соҳани рақамлаштириш ҳисобига 40 миллион гектар ёки жами ерларнинг 90 фоизи кадастрдан ўтказилди.

Энди қолган муаммоли ерларни ҳам тўлиқ кадастр рўйхатидан ўтказиш шартлиги кўрсатиб ўтилди.

Қишлоқ хўжалиги ерларида аэросуратга оладиган замонавий самолёт ва лабораториялар олиб берилди.

Кадастр агентлигига туман ва шаҳар ҳокимлари билан бирга йил якунигача аэросуратга олиш ишларини Тошкент шаҳри, Тошкент ва водий вилоятларида, келгуси йили эса қолган ҳудудларда тўлиқ якунига етказиш топширилди.

Аэросуратлар асосида қишлоқ ерларини мониторинг қилиш тизими йўлга қўйилиши белгиланди.

Facebook|Instagram|Twitter

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ер ресурсларидан оқилона фойдаланиш, ер ҳисобини юритиш ҳамда кадастр хизматларининг сифатини яхшилаш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам рационального использования земельных ресурсов, ведения учета земли и улучшения качества услуг кадастра.

Facebook|Instagram|Twitter

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

#kadastr #xalqaro_uchrashuv

Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha Yevrosiyo tashabbusi (EuraAsia SDI) – 2023


⚡️ Ayni dam, Samarqand shahrida 🌟Kadastr agentligi mezbonligida bo‘lib o‘tayotgan Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha Yevrosiyo tashabbusining navbatdagi konferensiyasi ish boshladi.

◼️ Mazkur хalqaro uchrashuv 21-22- noyabr kunlari 9 ta davlatdan kelgan 40 ga yaqin xorijiy mutaxassislarni o‘zaro fikr va xalqaro tajriba almashishiga imkon yaratadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

👨‍💻 2023 йилнинг 10 ойи давомида 19 359 та географик объект номлари давлат реeстрига киритилди

Бу ҳақда АОКАда ўтказилган брифингда Давлат кадастрлари палатаси ахборот хизмати раҳбари Муножат Йўлдошева маълум қилди.

Шунингдек, ўтган давр мобайнида географик обьектларга ном бериш ва уларни қайта номлаш тўғрисидаги таклифларни давлат экспертизасидан ўтказиш бўйича 46 330 та ном эксперт комиссиясига тақдим этилган.

Шундан, 22 970 та географик объект номларига қонунчилик ҳужжатларига мувофиқлиги юзасидан ижобий экспорт хулосалари берилган, 23 360 та ном қонунчилик ҳужжатлари талабларига номувофиқ деб топилиб, қайта кўриб чиқиш учун ҳудудий комиссияларга қайтарилган.

Шу билан бир қаторда, ҳудудий комиссиялар томонидан ўрганилган ва ҳудудда мавжуд бўлмаган 954 та географик обьект номларини давлат реестридан ўчириш, давлат реестрига киритилган 279 та географик обьектларнинг номларига тегишлича ўзгартиришлар киритиш ишлари амалга оширилди.

📌 Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

⭐️KADASTR AGENTLIGI HAMDA 🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI FARG‘ONA VILOYATI BOSHQARMALARI

💼 Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i: Mashrapov Nodirbek Ro‘ziboyevich

💼 Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i: Mirzaxmedov Ravshanjon Valijonovich

📍 Manzil: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Bobur ko‘chasi 4-uy

📞 Telefon: +998732497077

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

🇺🇿 MUQADDASDIR VATAN BAYROG'I!

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i kabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan samimiy qutlaymiz.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

💬 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BORASIDAGI ISHLAR

🔺Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi Dang'ara tumani bo'limida kadastr sohasidagi rahbar va xodimlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda, Kadastr agentligi korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi mutaxassisi Ilhomjon Tojiboyev, Kadastr agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Ashurov, Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining bosh mutaxassisi A.Jo‘rayev ishtirok etdi.

Korrupsiya bu — jamiyat taraqqiyotiga to'siq bo'ladigan yomon illatdir. Bu illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi. Uni oldini olish yo'lida sohada ham qator chora-tadbirlar olib borilmoqda.

🔺 Shuningdek, yig‘ilishda soha xodimlarining ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, kelib tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida sifatli bajarishi yuzasidan Bag'dod tumani bo'lim hamda fillial xodimlari bilan profilaktik tadbirlar o'tkazildi.

🔺 Kadastr tizimida korrupsion holatlarni oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik borasida samarali ishlar tashkil etilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

👌Dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik liberallashtirilmoqda

📔 “Ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda muhokama qilindi.

🟢 Taʼkidlanganidek, mamlakatimiz hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarining belgilangan tartibda majburiy deklaratsiya qilinadigan tranzitidan tashqari ularni qonunga xilof ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish taqiqlangan. Jazo choralari qatʼiy belgilangan boʻlsa-da, ushbu toifadagi jinoyatlar soni yildan yilga koʻpayib bormoqda. Qonun tashabbuskorlari shundan kelib chiqib, javobgarlikni kuchaytirishni taklif qilmoqda.

📃 Loyihaga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish harakatlarini sodir etganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni nazarda tutuvchi norma bilan toʻldirilmoqda. Shuningdek, Jinoyat kodeksining belgilangan sanksiyalariga muqobil jarima, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash kabi jazo turlari kiritilmoqda.

Xususan, uzoq muddat chet el hududida yashab qaytgan fuqarolar yoki respublikaga birinchi marotaba kirib kelayotgan chet el fuqarolari tomonidan ham bunday moslamalarni olib kirishga taqiq borligidan xabari boʻlmasligi ham huquqbuzarlik sodir etilishiga sabab boʻlayotgani taʼkidlandi. Shundan kelib chiqib, qonunchilikda belgilangan meʼyorlar aholiga tushunarli tarzda ifodalanishi va masʼullar tomonidan tushuntirish ishlari kuchaytirilishi zarurligi qayd etildi.

◾️ Qonun loyihasi fraksiya aʼzolari tomonidan maʼqullandi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

KORRUPSIYA - TARAQQIYOT DUSHMANI

🔺Bag'dod tumanida kadastr sohasidagi rahbar va xodimlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda,⭐️Kadastr agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Ashurov, 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining bosh mutaxassisi A.Jo‘rayev firibgarlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiste’mol qilish hamda boshqa shu kabi illatlarning ijtimoiy va huquqiy oqibatlariga to‘xtalib o‘tdilar.

🔺 Shuningdek, yig‘ilishda soha xodimlarining ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, kelib tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida sifatli bajarishi yuzasidan Bag'dod tumani bo'lim hamda fillial xodimlari bilan profilaktik tadbirlar o'tkazildi.

🔺 Kadastr tizimida korrupsion holatlarni oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik borasida samarali ishlar tashkil etilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

☀️FARG'ONADA KADASTR SOHASIDA QUYOSH PANELLARIDAN FOYDALANISH BO'YICHA MA'LUMOT

🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmalari tizimida quyosh panellarini o'rnatish va energiya tejamkorligi borasidagi ishlar tahlili.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

🌱YASHIL MAKON KADASTR SOHASIDA

🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmalari tizimida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar raqamlarda:

6130 dona ko‘chat ekilishi rejalashtirilgan;
700 dona ko‘chatlar ekildi;
450 dona hududlarga;
250 dona biriktirilgan hududlarga.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining eng koʻp oʻlchami oshirildi


“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining oʻlchamini oshirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–876-son, 09.11.2023-y.) 🇺🇿Prezident tomonidan imzolandi.

📔 Yer kodeksi hamda “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirish va koʻshimchaga koʻra, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Prezident qarori bilan belgilangan ayrim hududlarda 0,06 gektardan 5 gektargacha boʻlgan oʻlchamda yer uchastkalari beriladi.

❗️ Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

#infografika
FARG'ONADA KADASTR SOHASIDA MUROJAATLAR TAHLILI

Kadastr agentligining Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyat boshqarmasiga 2023-yil boshidan shu kunga qadar jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1 986 ta murojaat kelib tushgan. Bu borada batafsil infografikada tanishib olishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

Президентимиз глобал тинчлик ва хавфсизликка жиддий таҳдид солаётган Яқин Шарқдаги Фаластин-Исроил урушига яна бир бор алоҳида тўхталди.

"Минг афсуски, бу қонли низо оқибатида аввало, тинч аҳоли вакиллари, айниқса, аёллар, болалар ва кексалар кўплаб қурбон бўлмоқда. Урушнинг минтақа бўйлаб ёйилиб кетиш хавфи тобора реал тус олмоқда.

Қарама-қаршиликнинг кенг кўламли низога айланиб кетишига асло йўл қўйиб бўлмайди. Биз томонларни зудлик билан ҳарбий ҳаракатларни тўхтатишга, тинч музокараларни бошлаш, оқилона муросага келишга чақирамиз.

Фаластин халқи Бирлашган Миллатлар Ташкилоти резолюциялари билан тасдиқланган ҳуқуққа, яъни, ўзининг мустақил давлатини барпо этиш ҳуқуқига эга, деган қатъий позициямизни яна бир бор билдирамиз
", деди Шавкат Мирзиёев.


Асрлар давомида бизга ён қўшни бўлган кўпмиллатли Афғонистон халқини бугунги мураккаб муаммолари қаршисида ёлғиз қолдириб бўлмаслиги, ушбу мамлакатни минтақавий интеграция жараёнларига фаол жалб этиш барқарор тараққиётимизнинг ажралмас ва зарурий шарти экани таъкидланди.

Давлатимиз раҳбари йиғилганларни афғон халқига гуманитар ёрдам кўрсатишни кўпайтиришга, ушбу мамлакатдаги ўткир ижтимоий-иқтисодий муаммоларни жамоавий масъулият ва мақбул механизмлар асосида ҳал этишга чақирди.

Facebook|Instagram|Twitter

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

Йиғилишда қишлоқ хўжалигида:

- 286 минг гектар ерга бўлган ҳуқуқни тасдиқловчи ҳужжатлар тўлиқ эмаслиги;

- 159 минг гектар ернинг ҳужжатдаги ва амалдаги майдони бир-биридан фарқ қилиши;

- аввалги даврларда доимий фойдаланиш учун ажратилган 460 минг гектар ернинг ҳуқуқий мақоми аниқ эмаслиги қайд этилди.

Оқибатда жами 900 минг гектардан зиёд қишлоқ хўжалиги ерлари кадастр рўйхатидан ўтмасдан турибди. Кадастри йўқлиги сабабли такрорий экинлар учун бу ерларни расман иккиламчи ижарага бериш имкони бўлмаяпти.

Буларни оқибатида камида 300 минг иш ўрни, такрорий экиндан олинаётган маҳсулот ҳамда норасмий ижаранинг ҳисоби юритилмаяпти.

Facebook|Instagram|Twitter

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ер ресурсларидан оқилона фойдаланиш ва ер ҳисобини юритиш масалалари юзасидан йиғилиш ўтмоқда.

Ўзбекистондаги 44 миллион 800 минг гектар ер майдони, 8 миллион 300 мингта бино ва иншоотнинг мулк сифатидаги бозор баҳоси ҳисобланмагани қайд этилди.

Ҳозирда мавжуд бино ва иншоотларнинг шартли кадастр қиймати 70 миллиард долларни ташкил қилади.

Ваҳоланки, уларнинг ҳақиқий бозор баҳоси бундан камида 4-5 баробар кўп.

Бунга ернинг бозор қийматини ҳам қўшса, биласизларми аҳоли ва тадбиркорларда қанчадан-қанча иқтисодий актив бўлади”, - деди Президент.

Бунинг учун, энг аввало, ер ҳисобини жой-жойига қўйиш шарт. Лекин айрим ҳокимлар ва вазирлар буни ҳисоб-китобини ҳали ўйлаб ҳам кўрмагани, ўзига бирор-бир вазифа ҳам белгилаб олмагани қайд этилди.

Facebook|Instagram|Twitter

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

#EuraAsia_SDI_2023

EuraAsia SDI – 2023 konferensiyasi ochilish marosimida 🌟Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Allaberganov Atabek Validjanovichning kirish so‘zi.

BATAFSIL BU YERDA O'QING

EuraAsia SDI–2023 konferensiya 21-22- noyabr kunlari o’tkazilishi rejalashtirilgan. Unda 9 ta davlatdan kelgan 40 ga yaqin xorijiy mutaxassislar ishtirok etmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

⭐️ HUDUDLARDA YER VA KADASTR BO'YICHA MONITORING ISHLARI

🟢 Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimida viloyatdagi yer nazorati va ma’muriy amaliyot borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy qurilmalar qurib olinishi hamda belgilangan maqsadda foydalanmaslik yoki umuman foydalanmay bo‘sh turishi bo‘yicha hududlarda monitoring ishlari olib borilmoqda.

📍 Toshloq tumanida o‘tkazilgan monitoring tadbirlarda “Nayman” MFY hududida joylashgan 55 kv.m yer maydonini fuqaro M.Y. tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan holati aniqlandi.

📝 Fuqaroga o‘zboshimchalik bilan egallab olgan ushbu yer maydonini noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirildi.

🔺 Shundan so‘ng fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonidagi noqonuniy qurilma joyning o‘zida bartaraf etildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

👥 #OAV_Biz_Haqimizda
"Beshariq tongi" gazaetasida kadastr sohasiga nazar

💳 "Beshariq tongi" gazetasining 2023-yil 46-sonida Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi Beshariq tumani bo'limi boshlig'i M.Madaminovning "Qonuniy choralar ko'rilmoqda" mavzusidagi maqolasi chop etildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

👥 #OAV_Biz_Haqimizda
"BUVAYDA KO'ZGUSI"DA KADASTR YO'NALISHI

💳 "Buvayda ko'zgusi" gazetasining 2023-yil 46-sonida "Yer uchaskangiz va bino-inshootingiz kadastr hujjatlari rasmiylashtiring" mavzusidagi maqola chop etildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

🏘 UYNI KADASTR QILDIRISH UCHUN QAYERGA BORISH KERAK?!

🎙 Aholi o'rtasidagi navbatdagi ijtimoiy so'rovnomamiz Kadastr pasportini shakllantirish uchun qayerga murojaat etish kerakli xususida bo'ldi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

#hamkorlik_natijalari
▫️Kadastr sohasida korrupsiyaviy xavflarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Kadastr agentligi o‘rtasida tasdiqlangan 2023-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan hamkorlikda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

➖Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini samarali joriy etish maqsadida 12 tadan ortiq ichki idoraviy hujjat qabul qilindi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” (ISO 37001:2016) joriy etildi hamda 22 nafar xodim xalqaro standart bo'yicha malaka sertifikatiga ega bo'ldi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

#infografika
Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi tomonidan yer qonunbuzilish holatlari bo'yicha ko'rilgan choralar tuman va shaharlar kesimida quyidagi infografikada tanishishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

👥 #OAV_biz_haqimizda
🗣 Farg'onada yer va kadastr nazorati bo'yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?!

Yoshlar telekanalining "Yangi davr" informatsion dasturida ⭐️Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi va hududiy bo'limlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida lavha efirga uzatildi.

📹 https://youtu.be/alvVlJlqxlg

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

🗣 SIZ UCHUN KERAKLI MA'LUMOT

Savol: Kadastr hujjatini o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganligim uchun jarima qo‘llaniladimi?

Javob: Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 68¹-moddasiga asosan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

11-noyabr - Kasaba uyushmalari kuni

💠 Barchamizga ma'lumki, 2020-yil 23-noyabrdagi O‘RQ-648-son Qonuni bilan rasman «11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni» deb belgilangan.

🫥 Kasaba uyushmasi – fuqarolarning mehnat faoliyati yoki oʻqish turi boʻyicha umumiy manfaatlar bogʻlab turadigan iхtiyoriy jamoatchilik birlashmasidir. Ularning maqsadi – oʻz a’zolarining mehnat hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yoqlab chiqish va himoya qilishdir.

🇺🇿 Oʻzbekistonda kasaba uyushmalari kunining belgilanishi, eng avvalo, kasaba uyushmalari tashkilotlarini ma’naviy qoʻllab-quvvatlash, ularning yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, tashkilot fidoyi хodimlarini ragʻbatlantirishga хizmat qiladi. Bu bilan mehnatkashlar huquqlari himoya qilinishi ustidan jamoatchilik nazorati ta’sirchanligini oshirish ko'zda tutilgan.

💐 🌟 Fursatdan foydalanib, Davlat kadastrlari palatasi jamoasi barcha Kasaba uyushmalari xodimlarini ushbu kun bilan samimiy muborakbod etadi. Sizning kasbingizga bo‘lgan mehringiz va fidoyiligingiz, inson manfaatlari uchun qilayotgan mehnatlaringizni qadrlaymiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I davkadastrpalata4574">YouTube I Facebook I Twitter

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

#OAV_biz_haqimizda
SIZ UCHUN KERAKLI MA'LUMOT

"Tochka zreniya - Nuqtai nazar" gazetasining rasmiy veb-sahifasida kasdastr sohasiga oida savol-javob e'lon qilindi.

Batafsil: https://nuqtainazar.uz/archives/9946

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Иқтисодий ҳамкорлик ташкилотининг ўн олтинчи саммитидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на шестнадцатом саммите Организации экономического сотрудничества

Address by the President of the Republic of Uzbekistan H.E. Shavkat Mirziyoyev at the 16th Summit of Economic Cooperation Organization

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

FARG'ONA KADASTR

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Birlashgan Мillatlar Тashkilotining Global Geofazaviy Axborot Boshqaruvining Osiyo va Tinch okeani forumi o'tkazilmoqda


🌱 Joriy yilning 6–10 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali shahrida bo‘lib o‘tayotgan 12- yalpi majlisda "Barqaror dunyo uchun geofazoviy innovatsiyalarni qabul qilish” mavzusida forum a’zolari - Milliy geofazoviy agentliklar, geofazoviy sanoat va Indoneziyaning Bali shahrida yig‘ilgan hamjamiyat uchun qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan tanishishmoqda.

🇺🇿 Mazkur forumda Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev "O'zbekiston rivojlanishida Geofazoviy innovatsiyalardan foydalanish" mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi. Unda dunyo mamlakatlari vakillariga Kadastr agentligi tizimi faoliyati yo'nalishlari, Fazoviy ma'lumotlar Milliy infratuzilmasi, kadastr tizimi moddiy texnik bazasi, Respublikadagi yer fondi toifalari hamda ko'chmas mulk obyektlari haqida ma'lumotlar taqdim qilindi.

⭐️ 🌟 Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi raisi taqdimot so'nggida Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasi va kadastr tizimini yanada rivojlantirish uchun kelgusidagi maqsad va rejalari bilan ham tanishtirib o'tdi.

#DavKadastrPalata #geofazoviy_forum

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I davkadastrpalata4574">YouTube I Facebook I Twitter

Читать полностью…
Subscribe to a channel