💧Qishloq xo‘jaligi suv tanqisligidan eng ko‘p aziyat chekadigan soha!
Respublikamizda yillik sarf etilayotgan o‘rtacha 51-53 mlrd m3 suv resurslarining qariyb 90% qishloq xo‘jaligi sohasida sarflanadi. Sohada suvni tejashga qaratilgan qator islohotlar olib borilayotganiga qaramay, hamon ba'zi bir fermer xo‘jaliklari suv tejamkor texnologiyalardan unumli foydalanishmayapti
🗣"Menimcha" ko‘rsatuvining navbatdagi soni shu mavzuda. Unda sug‘orish uchun ishlatiladigan suv resurslarini asrash, samarali foydalanish haqida so‘z yuritiladi. Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan har bir yurtdoshimiz ushbu ko‘rsatuvni ko‘rib, kerakli xulosa olishi lozim.
🌻To‘qsonbosti uslubida ekilgan sabzavot ekinlarining urug‘lari erta ko‘klamda yerdan juda barvaqt unib chiqadi.
Bu usulda sabzavotlarni yetishtirish uchun noyabr oyining oxiri, dekabr oyining boshida sovuqqa chidamli sabzavot ekinlari
🔺sabzi,
🔺piyoz,
🔺lavlagi,
🔺ko‘katlar (ismaloq, ukrop, petrushka, selderey, kashnich) ning urug‘lari sepiladi.
To‘qsonbosti qilib sepiladigan sabzavot urug‘lar sarfi 20% gacha ko‘proq bo‘lishi kerak.
💠Bu muddatda sepilgan sabzavot ekinlarining urug‘lari qish mavsumida unmaydi, qishki yog‘ingarchiliklar natijasida urug‘lar tuproqdagi namlikka to‘yinadi va havo harorati 4-5°C bo‘lganda ko‘klamda barvaqt begona o‘tlar urug‘laridan oldin yer nami bilan unib chiqa boshlaydi.
☘️Havo harorati 18-0°C bo‘lganda to‘liq unadi, kuzda ekilgan sabzi, piyoz va lavlagining barglari ko‘klamda ekilganiga qaraganda 1,5-2 baravar katta bo‘lib, hosil 25-30 kun oldin yetiladi hamda hosildorligi gektaridan 14-15% gacha yuqori bo‘ladi.
❗️Bunda ushbu ekinlarning erkaklab ketmaydigan navlarini ekish maqsadga muvofiq
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
🌻To‘qsonbosti uslubida ekilgan sabzavot ekinlarining urug‘lari erta ko‘klamda yerdan juda barvaqt unib chiqadi.
Bu usulda sabzavotlarni yetishtirish uchun noyabr oyining oxiri, dekabr oyining boshida sovuqqa chidamli sabzavot ekinlari
🔺sabzi,
🔺piyoz,
🔺lavlagi,
🔺ko‘katlar (ismaloq, ukrop, petrushka, selderey, kashnich) ning urug‘lari sepiladi.
To‘qsonbosti qilib sepiladigan sabzavot urug‘lar sarfi 20% gacha ko‘proq bo‘lishi kerak.
💠Bu muddatda sepilgan sabzavot ekinlarining urug‘lari qish mavsumida unmaydi, qishki yog‘ingarchiliklar natijasida urug‘lar tuproqdagi namlikka to‘yinadi va havo harorati 4-5°C bo‘lganda ko‘klamda barvaqt begona o‘tlar urug‘laridan oldin yer nami bilan unib chiqa boshlaydi.
☘️Havo harorati 18-0°C bo‘lganda to‘liq unadi, kuzda ekilgan sabzi, piyoz va lavlagining barglari ko‘klamda ekilganiga qaraganda 1,5-2 baravar katta bo‘lib, hosil 25-30 kun oldin yetiladi hamda hosildorligi gektaridan 14-15% gacha yuqori bo‘ladi.
❗️Bunda ushbu ekinlarning erkaklab ketmaydigan navlarini ekish maqsadga muvofiq
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
❔Maktabimizda qabul jarayoni qanday kechadi?
O‘zbekistondagi eng yirik fermerlarni tayyorlash maktabida siz qishloq xo‘jaligi sohasida kerakli yo‘nalishlarda ta'lim olasiz👨🏫
👉Buning uchun 18 yoshga to‘lgan, ammo 35 yoshdan oshmagan, kamida o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar ariza topshirishlari mumkin.
🖊Hujjatlarni qabul qilish jarayoni onlayn shaklda amalga oshiriladi.
➡️O‘qish istagini bildirgan nomzodlar maktabning rasmiy veb-sayti va Telegram boti orqali
✔️onlayn so‘rovnoma to'ldiradi
✔️pasport nusxasi ilova qilinishi shart
⏳So‘rovnomalarni qabul qilish o‘qish boshlanishidan 1,5 oy oldin boshlanadi.
✏️So‘rovnomalar Tanlov komissiyasi tomonidan o‘rganilib, nomzodlarning birlamchi ro‘yxati shakllantiriladi.
👫Saralangan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazilib, natijalari bo‘yicha tinglovchilarning yakuniy ro‘yxati shakllantiriladi va o‘quv kursiga start beriladi.
O‘zbekiston — qishloq xo‘jaligini qulay rivojlantirish bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi davlatlardan biridir❗️
🌐Jahon organik qishloq xo‘jaligi statistikasiga ko‘ra, O‘zbekiston meva yetishtirish bo‘yicha qulay sharoitga ega bo‘lgan dunyodagi 10 ta davlat qatoriga kiritilgan. Bunga isbot sifatida mamlakatimiz ham o‘z qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan jahon bozoridan o‘rin egallamoqda. Xususan,
💬2017 — 2019-yillarda jami 1848 tonna organik mayiz yetishtirilib, Rossiya Federatsiyasi, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Italiya va Gretsiya mamlakatlariga mayizning an’anaviy turiga nisbatan 14,7 foizga yuqori narxlarda eksport qilingan va 4,1 barobar ko‘proq sof foyda olingan.
💬 2019-yilda esa AQSH bozorlarida bir tonna organik paxta xom ashyosi an’anaviy turiga nisbatan 155 dollardan 225 dollargacha yuqori narxlarda baholangan.
🗣Shuningdek, ayni vaqtda respublikamizda organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun quyidagi qulay sharoitlar mavjud:
⏺ zaharli moddalar bilan zararlanmagan ekin maydonlari;
⏺ tomorqa xo‘jaliklarida yetishtirilgan organik mahsulotlarni eksport qilish natijasida aholi daromadini oshirish imkoniyati;
⏺ organik ishlab chiqarish bo‘yicha agroklaster, logistika va kooperatsiya tizimlarini rivojlantirish natijasida aholi bandligini oshirish imkoniyati;
⏺ laboratoriyalar, nazorat va sertifikatlashtirish tizimlarini takomillashtirish hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini tahlil qilish imkoniyati;
⏺ genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO)dan holi mintaqalar.
🔹Fermerlar maktabining 11-mavsum tinglovchilari o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlashdi.
Nazariy darslar va amaliyot jarayonlarida faol bo‘lgan, o‘z loyiha ishlari bilan yangi-yangi g‘oyalarni ilgari surgan barcha zukko bitiruvchilarning keyingi ishlarida ham omad yor bo‘lsin💪
🔄Maktabimiz sizning kelajakdagi maqsadlaringiz uchun zamin hozirlaganidan mamnunmiz. Biz keyingi mavsumlarda ham shunday bilimga chanqoq yoshlarni kutib qolamiz.
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami bilan barchangizni tabriklaymiz!
🔹Bugun o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganliga 34 yil to‘ladi. Ona tilimiz xalqimiz tarixi kabi qadimiydir. Uning yanada sayqal topishi va rivojlanishida har birimizning hissamiz bor.
✨Bayram muborak bo‘lsin, azizlar!
♾ 19-20-oktabr kunlari “Fermerlar maktabi” tinglovchilari o‘z Loyiha ishlarini himoya qilishmoqda.
👩💻Bunda tinglovchilarning 1 oy davomida egallagan bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.
💠Yakuniy loyiha ishi himoyasida tinglovchilar o‘quv kursi dovomida egallagan bilimlariga tayangan holda o‘z Biznes loyihalarini asoslab berishlari kerak bo‘ladi.
❗️Jarayonlar qiziqarli va sermazmun kechmoqda. Bo‘lajak fermerlarimizga sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib olishlarida omadlar tilab qolamiz.
Fermerlar uchun imtiyozlar va subsidiyalar haqida bilmoqchimisiz? Boshladik⬇️
❗️Imtiyozlar
🔺 Fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi nasos agregatlari va sug‘orish quduqlarining paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirish uchun sarflangan elektr energiyasi qiymati Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.
🔺Zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlash tadbirlarini amalga oshirishda davlat byudjetidan mablag‘ ajratiladi.
❕Subsidiya
🔺 Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan korxonalarga davlat byudjetidan subsidiya ajratiladi.
🔺Kredit yoki lizing shartlari asosida qishloq xo‘jaligi texnikalari xarid qilinganda xarajatlarning 10 foizdan ortiq qismi Moliya vazirligi huzuridagi "Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash" jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.
🔺Mahalliylashtirish darajasi 25 foizdan kam bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi texnikasi xaridi uchun texnika qiymatining 15 foiz miqdorida subsidiya beriladi.
🔺Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga sotib olingan yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi Davlat byudjetidan qoplab beriladi.
🔺Meva-sabzavot hosilini xavf-xatardan sug‘urtalash xizmatidan foydalanganda to‘langan sug‘urta mukofotining 50 foizi, sug‘urta pulining 1 foizdan ortiq bo‘lmagan qismi qoplab beriladi.
❗️Har qanday olingan bilim, o‘rganilgan nazariya amaliyot jarayonida mustahkamlanadi.
Shu bois Fermerlar maktabida tinglovchilarning amaliyot davriga katta e'tibor beriladi. Bunda ular o‘z yo‘nalishiga doir obyektlarga chiqib, amaliyot o‘taydilar🧑🌾
⚡️Toshkent xududiy markazining Issiqxona xo‘jaligi moduli bo‘yicha amaliyot jarayonlari qizg‘in boshlandi.
Amaliyot Toshkent viloyati Toshkent tumani "Furllant ko‘chatlari" MChJ da bo‘lib o‘tmoqda.
Amaliyot rahbari Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Zafarali Abdiyev tinglovchilarning mazmunli va samarali ish jarayonlariga mas'ullik qilmoqda.
🕵️♀️Bu jarayonda bitiruvchilar nafaqat olingan bilimlarni amaliyotda mustahkamlaydilar, balki o‘zlarining yangi loyihalarini ham sinab ko‘radilar.
Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Esanov Azamat Shernazarovich
"Fermerlar maktabi"ning malakali o‘qituvchilaridan biri.
Azamat Esanov 2021-yildan buyon “Fermer maktabi” MCHJ direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
✔️ U 2008 yili Samarqand qishloq xo‘jalik institutini tamomladi.
✔️2010 yili Toshkent davlat agrar universiteti magistranti bo‘ldi.
Mehnat faoliyati davomida:
🔠Toshkent davlat agrar universitetida katta ilmiy xodim izlanuvchisi;
🔠Qibray qishloq xo‘jalik kasb-xunar kolleji ishlab chiqarish ta’lim ustasi;
🔠Toshkent davlat agrar universitetining Zootexnika kafedrasi assistenti;
🔠Shu universitet Umumiy zootexnika kafedrasi katta o‘qituvchisi vazifalarida faoliyat olib bordi.
❗️Hozirda Azamat Shernazarovich Fermerlar maktabida har tomonlama sifatli va mazmunli ta’lim jarayonlari tashkil etilishiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
"Fermerlar maktabi" o‘zi qanday maktab?
Ushbu maktab:
➡️yoshlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda eng zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanishni o’rgatuvchi;
➡️bilimli va malakali yosh fermerlarni tayyorlash;
➡️qishloq xo‘jaligi sohasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish sirlarini ochib beradigan O‘zbekistondagi ilk loyihadir.
Bu yerda
✔️ Asalarichilik
✔️ Baliqchilik
✔️ Chorvachilik
✔️Parrandachilik
✔️Sabzavot va polizchilik
✔️Issiqxona xo‘jaligi
✔️Uzumchilik
✔️Bog‘dorchilik
✔️Biznes, moliya va huquqiy savodxonlik bo‘yicha ta'lim beriladi.
O‘quv kurslari 1 oylik. O’quv kursimizda mamlakatimizdagi tajribali professor-o‘qituvchilar, taniqli agrar soha mutaxassislari, agrobiznes egalari o’z bilim va ko’nikmalari bilan o’rtoqlashadi.
“Fermerlar maktabi” o‘quv kurslari mamlakatimizning 5 ta hududida tashkil etilgan, ular:
🔠 Toshkent (Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida doimiy ro‘yxatda turganlar uchun);
🔠 Andijon (Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida doimiy ro‘yxatda turganlar uchun);
🔠 Samarqand (Samarqand, Navoiy, Jizzax viloyatlarida doimiy ro‘yxatda turganlar uchun);
🔠 Termiz (Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida doimiy ro‘yxatda turganlar uchun);
🔠 Nukus (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida doimiy ro‘yxatda turganlar uchun).
Xurmoni to‘g‘ri parvarishlash sirlari
⚡️Xurmoning 1500 dan ortiq navlari borligini bilasizmi?
Xurmo qanday ekiladi❓
Ekish uchun bir yoki ikki yoshli ko‘chat tanlanadi. Xurmoni ekish uchun eng qulay mavsum- bahor yoki kuzning sovuq boshlanishidan oldingi dastlabki kunlaridir.
Qayerga ekish kerak❓
Ko‘chatga quyosh nurlari bir xilda tushishini inobatga olgan holda eng quyoshli joyni tanlang. Bundan tashqari, daraxt shamollardan himoyalangan bo‘lishi ham kerak, chunki xurmo daraxti mo‘rt bo‘ladi. Buning uchun shamoldan himoya sifatida yog‘och yoki ihota daraxtzorlardan foydalanish ham mumkin.
Xurmo qanday tuproqni yaxshi ko'radi❓
Uni har qanday tuproqda ham yetishtirib bo‘lmaydi. Xurmo daraxti yetarli darajada drenajga ega bo‘lgan qumloq tuproqlarni yaxshi ko‘radi. Xurmo ko‘chatini botqoqli va sizot suvi yuqori joylashgan tuproqlarga ekish tavsiya etilmaydi.
Xurmo ko‘chatini ekish tartibi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
✔️Ekish chuqurning hajmi kamida 50 litr bo‘lishi kerak. Unga tosh yoki daryo qumi qo‘shiladi.
✔️Gumus qo'shganingizga ishonch hosil qiling.
✔️Tuproqni oyoqlaringiz bilan ezmang, chunki bu ildizlarga zarar yetkazishi mumkin.
✔️Ko'chatlar tuproq yuzasiga nisbatan bir oz balandlikda joylashtirilishi kerak.
✔️Tirkovichni o‘rnatishni unutmang. Ko‘chat lenta yoki arqon bilan mahkamlanadi.
✔️ Bitta ko‘chat uchun 20-30 litr suv kerak bo‘ladi.
✔️ Ekishdan so‘ng doimiy ravishda qarab, tuproq namligi saqlab turiladi.
Sug‘orish qoidalari❗️
Uzoq muddatli qurg‘oqchilik ko‘chat uchun xavflidir. Biroq, haddan ortiq botqoqlanish ham ildizlarning chirishiga olib keladi.
Yozda daraxtni yuqori namlik bilan ta'minlash muhimdir.
Fermerlar maktabi 11-mavsum ochilish tadbirini onlayn tarzda "Fermerlar maktabi"ning Instagram'dagi sahifasida kuzatishingiz mumkin.
Barcha tinglovchilarga kuch-quvvat va g'ayrat tilab qolamiz!
Fermerlar maktabi o'quv kurslarining navbatdagi mavsumi uchun nomzodlarni saralab olish ya'ni suhbat jarayonlari davom etmoqda 🔊
🧑🏫18-sentabrdan maktabimizda yangi mavsum darslari tashkil etiladi. Ushbu mavsumda ham kelajakka katta maqsadlarni rejalashtirgan, fermerlik sohasida o‘z yo‘lini topmoqchi bo‘lgan bilimga chanqoq tinglovchilar saralab olingan.
Shunday ekan, mavsum sermazmun va barcha uchun foydali bo‘lishiga ishonamiz.
Vertikal ferma yoki vertikal qishloq xo'jaligi.
Bilasizmi, vertikal fermalarda an'anaviy dehqonchilikka qaraganda 95% kamroq suv sarflanadi❗️
Ushbu usulda hosil quyosh nuriga to‘yingan ochiq dalalar yoki issiqxonalarda yetishtirish o‘rniga eski va qorong‘i omborxonalarda ultrabinafsha yorug‘lik nuri ostida mahsulot yetishtiriladi. Bu esa suv sarfini tejab, tezroq hosil yetishtirish imkonini berada🌝
❓Qanday qilib deysizmi?
✅Vertikal fermalarda asosan oqimli gidroponikadan foydalaniladi. Ya'ni o‘simliklarning ildizi doimo ozuqa eritmasiga joylashtiriladi. Kerakli vaqtda makro va mikroelementlarni kerakli nisbatda va konsentratsiyada berib turiladi. Har bir o‘simlik o‘z ehtiyojlariga, masalan, yorug‘lik va oziq moddalarga asoslangan o‘sish rejasiga qarab parvarishlanadi
✅Bu an'anaviy dehqonchilik yoki issiqxonadagiga nisbatan bir kvadrat metr joydan ko‘proq hosil olish imkonini beradi
✅Shuningdek, kamroq suv talab qilinishi bilan birga, ekinlar tez yetiladi hamda ba'zi bir davr oralig‘ida emas, butun
mobaynida mahsulot yetishtirish imkoniyati mavjud
✅Fermalarni esa har qanday joyda barpo etish mumkin
Yopiq inshoot ichida o‘simliklarni yetishtirar ekansiz, hosilingizga zarur bo‘lgan omillar ustidan aniq nazorat o‘rnata olasiz. Bu holda o‘simliklarning o‘sishini oldindan taxmin qilish va nazorat ostiga olish mumkin
💡Yorug‘lik diodli lampalarni istakka ko‘ra o‘chirib yoqish mumkin, chunki ular cho‘g‘lanma lampalar kabi ko‘p issiqlik ajratmaydi va ularni yorug‘lik optimal iste'mol qilinishi maqsadida o‘simliklarga yaqinlashtirish mumkin
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
🇺🇿18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun
Davlatimiz ramzlari oʻzbek xalqining shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassam etib, shu yurtda yashayotgan har bir fuqaroga gʻurur, faxr va iftixor bagʻishlaydi.
💥Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etamiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz hamisha musaffo bo‘lsin! Vatanimiz har bir sohada rivojlanib, yurtimiz bayrog‘i osmon qadar mangu hilpirab tursin!
🌻 Fermerlar maktabi jamoasi
Qoramollarni to‘g‘ri boqishni o‘rganamiz🐂
Yosh qoramollarni parvarishlash davrida ozuqaning 35 foizini dag‘al, 30 foizini omuxta, qolgan 35 foizini shirali ozuqalar tashkil qiladi.
✅O‘stirish davrida konsentrat ozuqalar miqdori 39 foizga ko‘paytirish orqali jadallashtiriladi. O‘rtacha kunlik o‘sish 800 grammni tashkil qiladi.
✅Bo‘rdoqilash texnologiyasi bo‘yicha 150 kun bo‘rdoqilanadi.
Bo‘rdoqilash davri ham 3 davrga bo‘linadi.
✅30 kun tayyorlash,
✅60 kun asosiy.
✅60 kun yakuniy.
Ushbu davrda yosh qoramollar vazni kuniga 900-1000 grammdan o‘sadi.
Bo‘rdoqilashning 1-davrida oziqlantirish ratsionining to‘yimliligi bo‘yicha quruq moddaga nisbatan 38 foizni shirali, 19 foizni dag‘al hamda 43 foizni konsentrat ozuqalar tashkil qiladi. 2-davrdan boshlab qora mollarning ratsioniga paxta sheluxasi kiritiladi hamda konsentrat ozuqalar miqdori 44 foizga yetkaziladi.
✅Bo‘rdoqilashning 3-davrida o‘rtacha kunlik o‘sish 1000 gramni tashkil qiladi.
✅Mollarga beriladigan ozuqalar yaxshilab maydalanadi, aralashtiriladi, osh tuzi va mineral tuzlar qo‘shilib omuxta holida beriladi.
✅Ratsionda konsentrat ozuqalar 56 foizga ko‘tariladi, shirali ozuqalar 27 %, paxta sheluxasi 17 foizni tashkil etib, o‘rtacha 13,5 kilogramm ozuqa birligiga yetkaziladi.
✅Dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qora mollarni bo‘rdoqilashda yengil tipdagi binolar va ayvon, bostirmalarda foydalanish hamda oziqlantirishda esa somon, pichan, paxta sheluxasi, shrot, kepakdan foydalanish kerak.
✅Dag‘al ozuqalarning to‘yimliligini oshirish uchun 3-4 sm uzunlikda maydalanadi, pivo va vino bardasi yoki kepak atalasi qo‘shib uvitiladi. 100 kg somonga 100-120 litr 1 foizli tuzli suv qo‘shilib qo‘shib beriladi. Bunday usulda tayyorlangan ozuqa qoramollar oshqozonida tez hazm bo‘ladi va to‘yimliligi oshadi.
⚡️Qishloq xo‘jaligi fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Javxarov Oybek Zulfikorovich “Fermerlar maktabi” bilan doimiy hamkorlikda ishlab kelayotgan malakali o‘qituvchilaridan biri
✅U 1998-yili Andijon qishloq xo’jaligi institutining zooinjeneriya mutaxassisligini tamomlagan
✅Toshketnt davlat agrar universitetining Andijon filiali Chorvachilik va veterinariya meditsinasi kafedrasi katta o‘qituvchisi
✅Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti Chorvachilik va veterinariya meditsinasi kafedrasi dotsenti
✅2018 — 2021-yillarda Samarqand veterinariya meditsinasi institutida mustaqil tadqiqotchi bo‘lgan
✅2018-yili "Busnet" loyihasi bo‘yicha Italiya, Estoniya va Portugaliya davlatlarida malaka oshirgan
✅2017 — 2022-yilllari Germaniyaning GIZ loyihasi doirasida “O‘zbekistonda qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish” dasturi bo‘yicha yetakchi mutaxassisi bo‘lgan
✅Shu kunga qadar uning muallifligida 50 dan ortiq maqolalar, bir qancha monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalar chop etildi
✅Oybek Javxarovning rahbarligida 40 dan ortiq bakalavr bitiruvchilarining diplom ishi, 2 ta magistrlik dissertatsiya ishlari himoya qilindi
⚡️O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda qishloq xoʻjaligida yondashuvlarni oʻzgartirish vaqti kelganini taʼkidladi.
— Joriy qishloq xo‘jaligi mavsumidan to‘g‘ri xulosa chiqarish kerak. Endilikda fermerlarga 2024-yildan boshlab klasterlarni mustaqil tanlash va shartnomada ko‘rsatilgan yetkazib berishni bajarib, ortiqcha hosilni erkin sotish imkonini berish rejalari muhokama qilinmoqda, — dedi prezident.
✅Aytish joizki, hozirda fermerlar bitta klasterga biriktirilgan. Shu sababli ularda paxta yoki boshqa ekinlarning xarid narxini belgilashda noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
👨🎓Loyihalar muvaffaqiyatli himoya qilindi
Xabaringiz bor, kuni kecha Fermerlar maktabining 11-mavsum tinglovchilari o‘z loyiha ishlari himoyasida qatnashdilar.
Bugun esa sizga mamnuniyat bilan ma'lum qilamizki, tinglovchilarimiz bu bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tib olishdi🥳
Loyihalarni ko‘rib chiquvchi maxsus komissiya bo‘lajak fermerlarning kelgusida amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlari, maqsad va g‘oyalarini namunali baholab, ularga omad va kuch-g‘ayrat tiladi💥
❗️Fermerlar maktabi qishloq xo‘jaligi sohasida yangilik yaratishni, ilg‘or texnologiyalarni joriy qilishni maqsad qilgan har bir tinglovchini qo‘llab-quvvatlaydi va qadrlaydi.
📗 Agrobankning "Fermerlar maktabi" loyihasi Londonda o‘tgan forumda e'tirof etildi❗️
18-oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tgan "O‘zbekistonlik" forumi doirasida taqdim etilgan yangi "Uzbekistan's club" jurnalida Agrobank ekotizimidagi bir nechta loyihalar O‘zbekistondagi ijtimoiy bizneslar TOP 7 taligidan o‘rin oldi.
Bankning turli ijtimoiy loyihalari o‘zbekistonliklar tomonidan ko'tarinki kayfiyat bilan e’tirof etildi.
🌻 Jumladan, Agrobankning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda eng zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanishni yoshlarga o‘rgatish, bilimli va malakali yosh fermerlarni tayyorlash bilan shug'ullanuvchi“Fermerlar maktabi” ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘ldi.
💎Ushbu e'tiroflar Fermerlar maktabi jamoasini yanada ruhlantirdi. Maktabimiz faoliyati kelgusida yanada kuch-g‘ayrat va yangi maqsadlar bilan rivojlanib borishiga ishonamiz
👨🏫Maktabimizda o‘qiyotgan tinglovchilar olgan nazariy bilimlarini amaliyot jarayonida tatbiq etishlari va bu jarayonda bor imkoniyatlarini ko‘rsata bilishlari shart.
✏️Qizg‘in va mazmunli kechgan navbatdagi amaliyotda tinglovchilar nimalarni o‘rgandilar?💬
Kuni kecha ular barcha o‘rganlari-yu bevosita ishtirok etgan jarayonlari, ulardan olgan xulosalari, taklif hamda kelgusi rejalari haqida taqdimot qildilar.
⚡️Komissiya har bir tinglovchining ishini baholab, ularga kelgusida oq yo‘l tiladi.
Parrandalarni qanday qilib to‘g‘ri parvarishlash mumkin.
⚡️Dastlab nasldor parrandachilik xo‘jaliklaridan saralangan 1 kunlik jo‘jalar olinadi.
⚡️ Binodagi barcha moslama va inventarlar tashqariga chiqarilib, xonalar aerozol usulida dezinfeksiya qilinadi.
Tayyorlangan xona jo‘jalar keltirilishidan 2 kun oldin 32 daraja qizdiriladi.
☀️Binoning harorati:
✔️birinchi haftada 32-27 °C;
✔️ikkinchi haftada 26-24 °C;
✔️uchinchi haftada 24-22 °C;
✔️to‘rtinchi haftada 22-20 °C;
✔️beshinchi haftalarda 18-16 °C daraja issiq bo‘lishi kerak.
⚡️Yorug‘lik ham yetarli miqdorda bo‘lishi lozim.
✅Buning uchun jo‘ja boqiladigan xonalarning har bir kvadrat metri 3 vatt,
✅katta tovuqlarniki esa 5 vatt darajada yoritilishi zarur.
💡Binoni yoritish rejimi:
✔️1-2 sutkalarda 24 soatdan;
✔️3-10 sutkalarda 20 soatdan;
✔️11-20 sutkalarda 17-18 soatdan;
✔️30-40 sutkaligida 15-16 soat;
✔️Fiziologik yetilganda 13-15 soatdan yoritilishi kerak.
Jo‘jalar o‘sish davrida suvni quruq ozuqaga nisbatan ikki barobar ko‘p ichadi.
❗️Odatda jo‘ja tuxumdan chiqqach 15 soat o‘tgandan keyin oziqlanib boshlaydi.
Dastlab ularga qotirib qaynatilgan tuxum yoki suzma, qatiq (rasionning 10 % miqdorida), makkajo‘xori yoki bug‘doy yormasi aralashtirib berilishi kerak.
Ikkinchi kundan boshlab yuqori konsentratli ozuqalar, tabiiy, vitaminga boy bo‘lgan ko‘k massa, sabzavot va tvorog kabilar berib boshlanadi.
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi haqida bilasizmi?
Markaz 2018-yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida tashkil etilgan.
❔Muassasa qanday ish bilan shug‘ullanadi?
✅Markaz xalqaro me’yorlarga mos “Milliy urug‘chilik siyosati”ni olib boradi,
✅Urug‘chilikni rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqadi.
❗️Markazning maqsad va vazifalari
⚡️ Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida urug‘chilik klasterlari, shu jumladan, kichik urug‘chilik tashkilotlarini tashkil etish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish choralarini ko‘rish;
⚡️ Jahon bozori kon’yunkturasini hisobga olgan holda, respublika tuproq-iqlim sharoitlariga mos qishloq xo‘jaligi ekinlari turlari va navlarini aniqlab, hududlarni ixtisoslashtirish, ularning urug‘liklari va ko‘chatlarini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, “Uzbek seeds” milliy brendini yaratish;
⚡️ Mahalliy va xorijiy seleksiya navlari hamda biotexnologik va noan’anaviy ekin turlari navlarining birlamchi urug‘chiligi hamda ko‘chatchiligini tashkil etish va rivojlantirish;
⚡️ Seleksiya va urug‘chilik sohasida faoliyat yurituvchi sub’ektlarning moddiy-texnika bazasini modernizatsiyalash, xorijiy investitsiyalar va davlat-xususiy sheriklik tizimi imkoniyatlarini jalb etgan holda, resurs tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish;
⚡️ Respublikada qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi bilan shug‘ullanuvchi barcha xo‘jaliklar, shu jumladan fermer xo‘jaliklari, tashkilotlar, korxonalar, firma va tadbirkorlarning urug‘lik maydonlarini monitoring qilishdan iborat.
Qadrli ustoz va murabbiylar! 💐
Yurtimiz ravnaqi va yuksak kelajagida sizning bebaho mehnatlaringiz hissasi ko‘p. Siz bor ekansiz, har birimizning hayotimizga ilm va ma'rifat kirib keladi.
Barchangizga "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" muborak bo‘lsin. Sizga sog‘lik va kuch-g‘ayray tilaymiz!
Hurmat bilan, Fermerlar maktabi jamoasi!
🌻 “Fermerlar maktabi” — qishloq xo‘jaligi sohasida intensiv ta’lim beruvchi unikal loyihadir.
🧑💻Ushbu maktab yoshlarga zamonaviy pedogogik texnologiyalar asosida amaliy va nazariy bilimlarni berib, qisqa vaqt ichida ko‘plab yosh fermerlarni tayyorlab bermoqda.
"Fermerlar maktabi" tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar OAV orqali ham keng ommaga havola etilyapti.
🗣Mazkur maktabning 11-mavsum o‘quv jarayonlari boshlanishi yuzasidan o‘tkazilgan tadbir tafsilotlari “UzReport” va “MY5” telekanallari orqali efirga uzatildi.
Lavhalarni tayyorlashda yaqindan ko‘mak bergan telekanallar ijodiy jamoalariga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz!
🌻 Qishloq xo‘jaligi sohasida intensiv ta’lim beruvchi unikal loyiha — "Fermerlar maktabi" 11-mavsumi o‘quv jarayonlari boshlandi!
Agrobank tashabbusi bilan tashkil etilgan "Fermerlar maktabi" loyihasi 2023-yilda ham mamlakatimiz qishloq xo'jaligi tarmog'ida kadrlarni o'qitish borasida qator tadbirlarni amalga oshirishda davom etib kelmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-iyundagi “Asalarichilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligi ekinlarini asalari bilan changlatishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning yoz oylarida qator mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda hududlar kesimida “Paxta maydonlari va intensiv mevali bog‘larda asalari bilan changlatish agrotexnikasini qo‘llashning iqtisodiy imkoniyatlari” mavzusida keng miqyosli respublika o‘quv-seminarlari o'tkazildi. Mazkur o'quv-seminarlarda paxta toʻqimachilik klasterlari, fermer xoʻjaliklari va intensiv mevali bogʻ egalari boʻlgan 400 ga yaqin ishtirokchilar qatnashdilar.
Bundan tashqari, barchaga ma'lumki, "Fermerlar maktabi" tashkil etilgandan bugungi kunga qadar 1200 ga yaqin yosh fermerlarning qishloq xo'jaligidagi turli yo'nalishlar bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshishiga hissa qo'shdi.
Maktab o'z faoliyatini davom ettirgan holda, bugun o'z tinglovchilari uchun 11-mavsumga start berdi. Yangi mavsumning rasmiy ochilish marosimi Toshkentda, shuningdek, Nukus, Termiz, Samarqand va Andijon shaharlarida bo'lib o'tdi!
Barcha tinglovchilarga kuch-quvvat va g'ayrat tilab qolamiz!
_______________________
Bank matbuot xizmati🔻
@AgrobankPress
Fermerlar maktabining 11-mavsum o‘quv kursiga qabul qilingan tinglovchilar ro‘yxati tasdiqlandi.
Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha tinglovchilarni tabriklaymiz 👏
Mustaqillik bayrami barchaga muborak bo‘lsin!
Aziz vatandoshlar! Fermerlar maktabi jamoasi Sizlarni O‘zbekiston Mustaqilligining 32 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Hamisha yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, oilalarimiz hotirjam bo‘lsin! Vatan obodligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida qilayotgan mehnatlaringiz samarali bo‘lishini tilaymiz!