Chorvachilikning jadal rivojlanishi 🐄
Bugungi kunda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy yoʻnalishiga aylanib bormoqda va bunda chorvachilik hal qiluvchi o‘rinni egallamoqda. Jumladan, Oʻzbekistondagi koʻplab fermer xo‘jaliklari davlat imtiyozlari va ko‘magidan foydalanib, go‘sht va sut mahsulotlari yetishtirishni qanday qilib sezilarli darajada oshirish mumkinligini oʻz ish faoliyatlarida muvaffaqiyatli namoyish etmoqda🥩🥛
Ushbu fermer xoʻjalklarining aksariyati oʻz faoliyatini boshlaganidan buyon yer-mulklarini asta-sekin kengaytirib, yirik shoxli qoramollar sonini ko‘paytirib kelmoqda. Ayni paytda mazkur fermer xo‘jaliklari oʻzining katta maqsadlariga erishish uchun oʻz kasbiy mahoratlaridan foydalangan holda yuksak natijalarga erishmoqda📈
Bu oʻrinda davlat imtiyozlari va subsidiyalari yurtimizdagi fermerlar faoliyatining jadal rivojlanishiga katta turtki beradi. Bugungi kunda ular shunchaki fermer xo‘jaliklarini emas, balki qayta ishlash korxonalari bilan hamkorlikni va yangi sut mahsulotlarni qayta ishlash korxonalarini tashkil etishning uzoq muddatli istiqbollarini o‘z ichiga olgan butun boshli agrosanoat kompleksini tashkil qiladi🔥
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
🔰"Suvchilar maktabi" yangi mavsumni boshladi.
♻️Qishloq xo'jaligi sohasida suvdan samarali foydalanish madaniyatini oshirish va shu orqali yuqori hosildorlikka erishish, innovatsion suv tejamkor texnologiyalarni qo'llash bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni berib boruvchi "Suvchilar maktabi" o'z faoliyatini Qoraqalpog'iston Respublikasi va 12 ta viloyat markazlarida o'z faoliyatini boshladi.
Telegram | Instagram | suvchimaktabi.uz
HURMATLI PROFESSOR-O'QITUVCHILAR ❗️
Fermerlar maktabida yosh tomorqa yer egalarini maxsus o’quv kursida o’qitish bo’yicha yangi — oflayn va onlayn kurslar tashkil etilishi munosabati bilan ma’ruza hamda seminar darslar o’tish bo’yicha tanlov e’lon qilinadi.
Yo’nalishlar:
-Issiqxona xo’jaligi;
-Meva-sabzavotchilik;
-Chorvachilik;
-Tuproqshunoslik;
-Biznes, moliya va huquqiy savodxonlik.
Talablar:
1️⃣Yo’nalishga oid istalgan mavzu bo’yicha 15 daqiqa davomida namunaviy dars ( Demo Class) o’tish;
2️⃣Kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo’lish.
Tanlovda qatnashish uchun ro’yxatdan o’tish 2024-yilning 2-fevraliga qadar davom etadi! Tanlovda g'olib bo’lgan professor-o’qituvchilar soatbay haq to’lash asosida ishga jalb qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun ma’lumotlaringizni quyidagi raqamlarga yoki elektron pochta manzilga yuboring:
📞Mas’ullar
Xoshimov Zafarjon 91-654-69-87
Mullajonov Mashhurbek 99-007-80-01
Esanov Azamat 97-342-49-77
🌐 Fermermaktab@mail.ru
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
🌱 Nega dehqonlar tuproq tahlilini amalga oshirishlari kerak?
🔬 Tuproq tahlili - bu fermerlar uchun zarur bo'lgan eng muhim jarayonlardan biridir. U yer maydonlarining samaradorligini oshirishda kalit rol o'ynaydi. Tuproq tahlili orqali, fermerlar tuproqdagi ozuqa moddalari haqida to'liq ma'lumotga ega bo'ladilar va shu asosda hosildorlikni yaxshilash uchun zarur choralarni ko'radilar.
🌿 O'simliklar o'sishi va rivojlanishi uchun 17 ta muhim ozuqa moddalarga muhtoj. Bular orasida, azot (N), fosfor (P), kaliy (K) kabi moddalar juda muhim hisoblanadi. Bu elementlar tuproqdan olinadi va har bir o'simlik turiga ko'ra ularning talabi farq qiladi.
👨🔬 Nemis olimi Yustus fon Libig 19-asrda “Minimum qonuni”ni taklif qildi. Unda oʻsimlik uchun zarur boʻlgan ozuqa moddalaridan biri yetishmasa, boshqa barcha muhim oziq moddalar koʻp boʻlsa ham oʻsimlik oʻsishiga taʼsir qilishi taʼkidlangan. Bu qonun tuproq tahlilining ahamiyatini yanada oshiradi, chunki u fermerlarga o'simliklarning to'liq o'sishiga zarur bo'lgan ozuqa moddalarini ta'minlashga yordam beradi.
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
Oʻrmon daraxtlari zararkunandalariga qarshi kurashish! 🌻
Oʻrmon — har bir daraxt ekotizimni saqlashda muhim rol oʻynaydigan biosfera hisoblanadi. Biroq, bizning oʻrmondagi "doʻstlarimiz" har doim ham oʻzlarini zararli organizmlardan himoya qila olmaydi. 🌲🐜
Oʻrmon daraxtlari zararkunandalariga qarshi kurash oʻrmon xoʻjaligining muhim vazifasidir. Tabiiy kurash usullaridan foydalangan holda, yetakchi olimlar va oʻrmonchilar oʻrmon oʻsimliklarining salomatligi va xilma-xilligini saqlab, zararkunandalarga qarshi kurashmoqda. 🌳🌿
Bu metodlar biri — zararli turlarning sonini tabiiy ravishda tartibga soluvchi parazit hasharotlarni qoʻllash boʻladi. Shuningdek, zararkunandalarni tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish uchun zararlanishni monitoring qilish va erta aniqlashning zamonaviy texnologiyalaridan ham foydalanilmoqda. 🦋🔍
Keling, oʻrmonlarimizni zararli organizmlardan asrash, ularning gullab-yashnashi uchun sog‘lom muhit yaratish va tabiatimiz go‘zalligini asrash yo‘lida birgalikda harakat qilaylik! 💚
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni!
Ushbu tantanali bayramda sizga har doim jasur, dovyurak va kuchli boʻlib qolishingizni, shuningdek, sihat-salomatlik, muvaffaqiyat va omadlar tilab qolamiz!
Hurmat bilan,
Fermerlar Мaktabi 🌻
Suv hisoblagichlari va tejamkor texnologiyalarni oʻrnatgan fermerlar ragʻbatlantiriladi! 🌍
Ishingizni yanada samarali va ekologik jihatdan ham toza boʻlishini taʼminlab beradigan bir ajoyib yangilikni siz bilan boʻlishishdan mamnunmiz!
Prezident suv iste’molchilari uchun to‘lovlarni tabaqalashtirilgan asosda tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Xususan, 2025-yildan boshlab suv hisoblagichlarini o‘rnatgan va tejamkor texnologiyalarni joriy etgan fermerlarga nisbatan pastroq soliq koeffitsienti, aksincha bunday texnologiyalarni qoʻllamagan fermerlarga esa, oshirilgan soliq koeffitsienti qo‘llash ko‘zda tutilmoqda. Shu bilan birgalikda, suv taʼminoti xizmatlari uchun toʻlov bekor qilinadi.
Endi har bir litr suv hisoblanib, baholab boriladi. Oʻz fermer xoʻjaligingizda aqlli suv hisoblagichini oʻrnating, sugʻorish jarayonini optimallashtirish imkonini beradigan zamonaviy texnologiyalardan foydalaning hamda sayyoramiz va kelajak avlod uchun gʻamxoʻrlik qiling! 🌿
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
✅Erkin changlantirish orqali olingan urug‘lar.
Bu usulda urug‘ olishda maxsus chatishtiruv ishlari amalga oshirilmaydi va bu usul eng arzon hisoblanadi.
✅F1 duragay urug‘lari.
Sunʼiy chatishtirish natijasida olingan urug‘lar. Onalik o‘simliklar odatda toza tizimlardan tanlanadi. Bunday urug‘lar oddiy urug‘larga nisbatan qimmat hisoblanadi.
✅Drajelangan urug‘lar.
Tuproq yoki boshqa material bilan qoplangan urug‘lar. Bunday urug‘larni sepish juda qulay, unib chiqqan nihollar ham bir tekis sepilganligi bois kuchli yagonalashga muhtoj bo‘lmaydi.
✅Zararsizlantirilgan urug‘lar.
Sanoat sharoitida qadoqlashdan oldin fungitsidlar bilan yoki bir vaqtning o‘zida ham fungitsid, ham insektitsid bilan ishlov berilgan urug‘lar.
✅Vakumli qadoqlarga joylangan urug‘lar.
Ichki paketi folgadan bo‘lgan vakum paketchalarga qadoqlangan urug‘lar. Bunday urug‘larning unuvchanligi oddiy idishlardagiga nisbatan ancha uzoq saqlanadi.
✅Undirilgan urug‘lar.
Sanoat sharoitida undirilgan va suv shimmaydigan paketlarga qadoqlangan urug‘lar. Bunday urug‘lar xarid qilingan zahoti ekilishi lozim.
✅Ishlatilmagan urug‘lar.
Odatda ekishdan so‘ng urug‘larning maʼlum bir qismi ortib qoladi. Bu urug‘larni ham ekish uchun ishlatish mumkin.
✅Shaxsiy bog‘dan olingan urug‘lar.
Tomorqada pishib yetilgan ekinlardan urug‘ olish ancha qiziqarli hisoblanadi, ammo bu ko‘p hollarda yaxshi natija bermaydi.
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
🥒Bodringni issiqxonada yetishtirish bo‘yicha sizga bir qancha tavsiyalarni taqdim etamiz.
➡️Tuproqni tayyorlash. Bodring ko‘chatlarini ekishdan oldin issiqxona tuprog‘i ekishga tayyorlanadi. Ekishga mo‘ljallangan maydon kasallik va zararkunandalardan hamda begona o‘tlardan tozalash maqsadida shaffof polietilen plyonka bilan yopib qizdiriladi. Bunda tuproq usti yopilgan holatda 1-1,5 oygacha turadi. So‘ngra plyonka olib tashlanib, issiqxona tuprog‘i tekislanadi va tomchilatib sug‘orish quvurlari yotqiziladi.
➡️Ko‘chatini ekish. Issiqxonada yetishtirish uchun bodringni ko‘proq ko‘chatidan foydalangan maʼqul. Chunki ko‘chatidan ekilsa, o‘simlik kasallik va zararkunandalardan holi bo‘ladi.
⚡️Ko‘chatlar jo‘yaklarga ikki qator qilib oldindan tayyorlangan chuqurchalarga (uyalarga) o‘tqaziladi. Uyalar dastlab iliq (22-25 °daraja) suv bilan sug‘oriladi.
🎍Ko‘chatlar tik holatda, kubik yoki tuvakchalarining 3/4 qismi uyalarga kiritib o‘tqaziladi. Meʼyordan ortiq o‘sib ketgan ko‘chatlar qiyalatib o‘tqaziladi.
❗️Ko‘chat o‘tqazilgandan so‘ng jo‘yaklar orqali suv beriladi.
👨🌾Ekishdan bir hafta o‘tgach, tuproq yuzasini yumshatish va begona o‘tlarni tozalash, uni kislorodga to‘yinishi uchun chopiq qilinadi.
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
🌷Mamlakatimizda parvarish qilinayotgan gullarning o‘ziga xos zararkunandalari mavjud.
Ularning asosiylari quyidagilar👇
1️⃣Shiralar (Aphidinea).
2️⃣O‘rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch.).
3️⃣Trips (Thrips tabaci Lind.).
4️⃣Komstok qurti (Pseudococcus comsrocki Kuw.).
5️⃣Tilla qo‘ngiz (Cetonia aurata L.).
✅Gullarni zararkunandalardan himoya qilish, o‘simliklarning zararkunandalarga chidamliligini oshirish va zararkunandalarning rivojlanishini bartaraf etishga qaratilgan agrotexnik va kimyoviy tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish, zararkunandalarga chidamli navlarni yaratish bo‘yicha seleksion ishlarni talab etadi.
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
👨🏻🔬Kasallik va zararkunandalarga qarshi kimyoviy pestisidlarni qo‘llash.
Zararkunandalar, begona o‘tlar, kasalliklar tufayli dunyoda yiliga 24% gacha hosil nobud bo‘ladi🐛
Zararkunandalar, begona o‘tlar, kasalliklardan o‘simliklarni qilish maqsadida jahonning turli mamlakatlarida 1000 ga yaqin turli kimyoviy moddalar ishlatilmoqda. Pestisidlarni qo‘llash yiliga 100 ming tonnalab hosilni asrab qolishga yordam beradi 🌻
Kimyoviy vositalarni qo‘llash usullari turlicha:
👁Purkash usuli – eritma, emulsiya yoki suspenziya holidagi zararli preparatlarni ishlov beriladigan sathga sepishdan iborat. Ishlov berish jarayoni maxsus texnikalar orqali amalga oshiriladi.
👁Samolyotlar yordamida kichik hajmda purkash (UMO) – Juda kichik hajmda purkash natijasida samolyotlarning ish unumi to‘rt barobargacha ortadi.
👁Fumigatsiya – ombor zararkunandalarini yo‘qotishda hamda karantin choralari kabi ko‘chat va meva mahsulotlarini zararsizlantirishda keng qo‘llaniladigan usuldir.
👁Zaharlangan aldamchi yem - ishlatilganda asosan ichdan ta'sir qiladigan zaharlardan foydalaniladi. Zaharlangan aldamchi oziqalar asosan kemiruvchi hasharotlarga qarshi qo'llaniladi.
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
Qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent Zokirjon Bo‘stonov – “Fermerlar maktabi” bilan hamkorlikda ishlab kelayotgan malakali o‘qituvchilaridan.
➡️1991-yili Andijon qishloq xo’jaligi institutini O’simlikshunoslik mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.
➡️Mehnat faoliyatini 1991-yili Andijon qishloq xo’jaligi instituti sirtqi ta’lim uslubchisi sifatida boshlagan.
➡️2000-yili “Agronomiya” fakulteti dekan muovini, 2003-yili Ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha prorektor, 2014-yildan “Intensiv sabzavotchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik va issiqxona xo‘jaligi kafedrasi” mudiri bo‘lib faoliyat yuritgan.
🌍 U “GIZ”, “BusNet”, EROSMUS+” va “USAID” xalqaro dasturlarida ishtirok etib, Xitoy, Isroil, Qirg‘iziston, Rossiya, Moldaviya, Polsha, Germaniya va Korea davlatlarida tajriba almashib qaytgan.
✏️Shu kunga qadar Xalqaro jurnallarda 100 dan ortiq maqolalari, bir qancha monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalari chop etilgan.
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
Suvni tejash bo‘yicha favqulodda ish tizimiga o‘tiladi
💧Mamlakatimizdagi suv resurslarining 20 foizi o‘zimizda, katta qismi qo‘shni davlatlarda shakllanadi. Iqlim o‘zgarishi oqibatida suv manbalari yil sayin kamayib bormoqda.
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 29 noyabr kuni qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda davlatimiz rahbari bir yil davomida suvni tejash bo‘yicha favqulodda ish tizimiga o‘tilishini ta’kidladi.
1️⃣ muhim vazifa – kanal va ariqlarni betonlash. Hisob-kitoblarga ko‘ra, betonlanmagan irrigatsiya tarmoqlarida yiliga o‘rtacha 14 milliard kub metr yoki 36 foiz suv hech qanday iqtisodiy samarasiz isrof bo‘layapti.
Shu bois suv xo‘jaligida “kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil” e’lon qilindi. Kelgusi yilda 1 ming 500 kilometr, ya’ni bu yilgiga nisbatan 4 barobar ko‘p yirik kanallarni betonlash vazifasi belgilandi.
2️⃣ muhim vazifa – suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish.
Mamlakatimizda 4,3 million gektar sug‘oriladigan yer bo‘lib, shundan 30 foiziga suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan. Bunday klaster va fermer xo‘jaliklarida suv 30-40 foizga, o‘g‘it va yoqilg‘i 25-30 foizga tejalishi bilan birga hosildorlik oshgan.
3️⃣ muhim vazifa – suvni yetkazish xarajatlarini qisqartirish.
Bugungi kunda klaster va fermerlarga yetkazib berilayotgan har 1 kubmetr suvga o‘rtacha 212 so‘m xarajat qilinayapti
Shu bilan birga, suv xarajatining 63 foizi nasos stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Xususan, sug‘orish uchun yiliga 7 milliard kilovatt soat elektr energiyasi sarflanadi. Chunki suv nasoslarining 80 foizi eskirgan, energiya sarfi yuqori
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
🎆Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!
🌻 Har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasida qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni nishonlanadi!
Hurmatli dehqon va fermerlar, agrar soha vakillari– barchangizga bayramingiz muborak bo‘lsin! Siz borsizki, har bir xonadon dasturxoni sarxil noz-ne'matlar bilan to‘la, siz borsizki, yurtimizning barcha go‘shasida qut-baraka, to‘kin-sochinlik bor.
❗️Yurtimiz ravnaqi yo‘lida qilayotgan mehnatlaringiz uchun tashakkur! Hamisha bilagingiz kuchga, xirmoningiz barakaga to‘la bo‘lsin!
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
🌻Ayni kunlarda ko'pchilik fermerlarni bog'ni qishga tayyorlash borasidagi tadbirlar band qilayotgan bo'lsa kerak. Shu bois bu borada bir qancha tavsiyalar berishni lozim topdik.
➡️Bog‘ qator oralari 25-30 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. Shudgordan oldin gektariga 5-10 tonna mahalliy o‘g‘it solinadi. Yangi bog‘ va tokzorlar barpo etish maqsadida ajratilgan yerlarga 30-40 tonna mahalliy o‘g‘it hamda 300-400 kg fosfor va kaliyli o‘g‘itlar ham solish zarur
💦Qishki sug‘orish dekabrda bir gektarga 1500-2000 m3 suv sarflab, 4-5 kun davomida amalga oshiriladi
☀️Ob-havo issiq kunlari katta yoshdagi mevali daraxtlarga shakl berib butash ishlarini boshlasa ham bo‘ladi. Birinchi navbatda katta yoshdagi olma, nok, urug‘ mevali daraxtlar butalanadi
🍒Sovuqqa chidamsiz bo‘lgan danakli mevalar: o‘rik, gilos, shaftoli, olxo‘ri, olcha, tog‘ olcha va subtropik mevalardan xurmo daraxtlari bahorga yaqin, fevralning ikkinchi yarmi – mart oyi boshidan shakl berish, butash ishlari olib boriladi
🍁Kuz-qish mavsumida barcha mevali daraxtlar, ayniqsa, shaftoli, olxo‘ri, o‘rik, gilos daraxtlarining tana va ona shoxlari oqlanishi zarur. Bunda 10 l suvga 2 kg tuproq, 1,5 kg ohak eritilib qalin qilib daraxt tanalariga surtib chiqiladi
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
Begona oʻtlarga qarshi kurash: hosildorlikni oshirish boʻyicha kompleks yondashuv ❗️
Fermerlar begona o‘tlarga qarshi samarali kurashish va tuproq unumdorligini saqlash uchun kompleks usullardan faol foydalanmoqda. Mexanik usullar, masalan, kultivator va pluglardan foydalanish, dastlabki bosqichlaridayoq begona oʻtlarni yoʻq qilishga imkon beradi. Bu esa nafaqat resurslar uchun raqobatni kamaytiradi, balki shunday urugʻlarning tarqalishining ham oldini oladi. 🌱
Bunga parallel ravishda fermerlar begona oʻtlarning oʻziga xos turlariga moslashtirilgan gerbitsidlardan foydalangan holda kimyoviy usullarni joriy qilmoqda. Ushbu yondashuv ekin oʻsimliklariga salbiy taʼsirni minimallashtirgan holda, begona oʻtlar populyatsiyasini tartibga soladi. Mexanik va kimyoviy usullarning optimal kombinatsiyasi begona oʻtlar ustidan har tomonlama nazorat qilishni taʼminlaydi. 🌿
Integratsiyalashgan yondashuvning muhim elementi, foydali organizmlarni qoʻllash kabi biologik usul hisoblanadi. Zararkunanda hasharotlar va begona oʻtlarning boshqa tabiiy dushmanlarini jalb qilish agroekotizimda muvozanatni saqlashga yordam beradi. Keng qamrovli strategiyalardan foydalanish fermerlarga turli xil begona oʻtlar turlari bilan samarali kurashish va tuproq unumdorligini saqlash imkonini beradi. 💡
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
Bizning Faxrimiz: Karimova Gulbaxor Abdusattarovna🌟
🎓 "Fermerlar maktabi"ning yorqin yulduzi, Andijon hududiy markazimizda Biznes innovatsiya va Moliyaviy savodxonlik moodullaridan dars beruvchi Karimova Gulbaxor Abdusattarovna. U 2003 yilda Angliyaning Lids Universitetida Iqtisodiyot va moliya bo'yicha Magistr darajasini olgan.
👩🏫 Gulbaxor opa nafaqat Andijon muxandislik va iqtisodiyot institutida, balki Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutida ham yuqori lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan. Uning bilimlari va tajribasi bizning talabalarimiz uchun beqiyos manba hisoblanadi.
🌍 Xalqaro darajadagi tajribasi bilan ham tanilgan: Gulbaxor opa ko'plab mamlakatlarda seminar va treninglarda qatnashgan.
🏅 "Umid" va "Iste'dod" jamg'armalari granti sovrindori bo'lgan.
Biz Karimova Gulbaxor Abdusattarovnani "Fermerlar maktabi"ning muhim a'zosi sifatida faxrlanamiz!
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
Qishloq Xo'jaligida Yangi Imtiyozlar: Samaradorlikni Oshirish Yo'lida!
O'zbekiston hukumati qishloq xo'jaligini qo'llab-quvvatlash uchun yangi imtiyozlar joriy etmoqda. Fermerlar, dehqonlar va agrofirmalar uchun yer ijarasi uchun 50 million so'mgacha kreditlar va limon plantatsiyalarini tashkil etish uchun 300 000 so'mgacha subsidiyalar taqdim etilmoqda. Bu mablag'lar fermerlarning xarajatlarini qoplashga va yangi daromad manbalarini yaratishga yordam beradi, shuningdek, qishloq xo'jaligini yanada rivojlantiradi 🌱
Bundan tashqari, paxta terimi va chorvachilik bilan bog'liq soliq imtiyozlari kabi turli yo'nalishlardagi qo'llab-quvvatlash choralari, fermerlarning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Bu ko'p qirrali yondashuv fermerlarga qishloq xo'jaligi sohasida yangi imkoniyatlardan foydalanish va faoliyatlarini kengaytirish imkonini beradi💡
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
💙Ayni vaqtda Agrobank ATB bosh ofisida Suv xoʻjaligi vazirligi tuman "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasalari rahbarlari, havza boshqarmasi mutaxassislari, bankning tuman filiali boshqaruvchilari va boshqa ishchi guruhlarga oʻquv seminari boʻlib oʻtmoqda.
♻️Oʻquv seminarida quyidagi mavzular koʻrib chiqilmoqda
🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 yanvardagi PQ-5 sonli "Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida"gi Qarori mazmun mohiyati;
🔹"suvkredit.uz" elektron tizimi orqali fermer xoʻjaliklarga kreditlar ajratish tizimi;
🔹"Suvchilar maktabi" 2-bosqichida fermer xoʻjaliklari, loyihachilar va tashkilotchilarni oʻqitish dasturlari;
⚜️Oʻquv seminarida suv xoʻjaligi sohasida boshqa masalalar yuzasidan savol-javob va muhokamalar boʻlib oʻtmoqda.
Telegram | Instagram | suvchimaktabi.uz
Organik oʻgʻitlar - unumdor tuproq siri! 🌱
Qishloq xoʻjaligida organik o'g'itlardan foydalanish nafaqat anʼana, balki tuproq sifatiga gʻamxo'rlik qilishning strategik muhim bosqichi ham hisoblanadi. Organik oʻgʻitlar har doim yodda tutish lozim boʻlgan koʻplab foydalarga ega. 🚜💪
Kuz-qish davrida yirik donаli organik oʻgʻitlarni yerning butun yuzasi boʻylab 1 kvadrat metrga 10 kg nisbatda sochish tuproqni zarur oziq moddalar bilan taʼminlaydi. 🌿
Goʻng ishlab chiqarish uchun qishloq xoʻjaligi hayvonlariga ega boʻlishning iloji boʻlmagan hollarda, fermerlar kompost tayyorlashlari mumkin. Kompost tayyorlash jarayoni oʻsimlik qoldiqlari, oshxona chiqindilari, poxol va boshqa komponentlardan foydalanishni oʻz ichiga oladi. Bu jarayon nafaqat tuproqni ozuqa moddalari bilan taʼminlaydi, balki oʻgʻitlarni sotib olish boʻyicha xarajatlarni ham kamaytiradi.
Har yili organik oʻgʻitlarni qoʻllashni esdan chiqarmaslik kerak, chunki bu tuproq tuzilishini yaxshilashga, namlik samaradorligini oshirishga va uni kerakli ozuqa moddalari bilan boyitishga yordam beradi 🌻
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
👍 Sabzavot yetishtiruvchi fermerlar yerga ishlov berish vaqti va urug'larni ekish usulining ahamiyatini yaxshi bilishadi.
Masalan, ulardan biri "To‘qsonbo‘sti" usuli hisoblanadi. ☝️
"To‘qsonbo‘sti" usuli — noyabr oyining oxiri va dekabr oyining birinchi o‘n kunligida sabzavot ekinlarini ekish hisoblanadi. Bu orqali erta hosil olish va hosildorlikni oshirish imkoniyatini ochiladi.🌱
Bu davrda sabzi, piyoz, lavlagi, karam va har xil turdagi ko‘katlar yetishtiriladi. Ushbu usul tuproqdagi qishki namlik tufayli urugʻlarning erta unib chiqishiga sharoit yaratib beradi. Maydonlarni mulchalash va ularni plastik plyonkalar bilan qoplash jarayonni tezlashtiradi, shuningdek, hosilni 25-30 kun oldin yigʻib olish va hosildorlikni 15-20% ga oshirish imkonini beradi. 🌧
"Toʻqsonbosti" usulida nav tanlashda ekinlarning erkaklab ketmaydigan, yaʼni o‘zak va gulpoya hosil bo‘lmaydigan navlarini ekish maqsadga muvofiq. 🌻
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
⚜️ "Suvchilar maktabi" ikkinchi bosqichga tayyorgarlik jarayonlaridan lavha.
♻️ 1-bosqichda Respublikamizning 60 mingdan ortiq fermer va miroblari kursni muvaffaqiyatli yakunlashdi. Ikkinchi bosqichda Respublikamizning har bir viloyatida zamonaviy "Suvchilar maktabi" tashkil etilmoqda.
🔹2-bosqichda respublikada yiliga 10 mingta tinglovchilarni oʻqitish reja qilingan.
🔹Oʻquv xonalari 13 ta hududda tashkil etilmoqda.
🔹Har bir hududda yomgʻirlatib, tomchilatib, diskret, yer ostidan sugʻorish uchun moʻljallangan 15-20 gektarlik tajriba maydonlari tashkil etilmoqda.
💧Suvni birgalikda tejaymiz!
Telegram | Instagram | suvchimaktabi.uz
🌲Yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin!
Azizlar, barchangizni kirib kelayotgan 2024-yil bilan samimiy muborakbod etamiz!
O‘tgan davr mobaynida qilgan mehnatlaringiz, amalga oshirgan islohotlaringiz, yerga qadagan har bir ekiningiz – barcha-barchasi sermahsul bo‘lsin! O‘tayotgan yil siz uchun qanchalik yutuq va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lgan bo‘lsa, kelayotgan yilda biz sizga bundan ham ko‘prog‘ini tilaymiz!
Barchangizga Yangi yilda yangi omad va zafarlar yor bo‘lsin, xonadoningizdan tinchlik va osoyishtalik arimasin!
🎆🎆🎆🎆
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
🌻Fermerlar maktabi: yangi yildan yangi formatda
🔔Fermerlik yo‘nalishida o‘qimoqchi bo‘lganlarni ajoyib yangiliklar kutmoqda✅
Maktabimiz tez kunda siz uchun ko‘plab yangi va qiziqarli imkoniyatlarni taqdim etadi.
👫Biz yangi ta'lim yo‘nalishlarini ishlab chiqmoqdamiz, buning uchun ko‘p yillik tajribaga ega malakali o‘qituvchilar jalb qilinadi.
📢Sizga yaqin kunlarda barcha yangiliklar haqida to‘liq ma'lumot beramiz. Biz bilan qoling va faoliyatimizni kuzatishda davom eting!
✔️Unutmang, Fermerlar maktabi bilan yorug‘ maqsadlaringizga yetasiz. Biz bir joyda to‘xtab qolmaymiz, faqat oldinga intilamiz.
Biz bilan birga harakatlaning!
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
🐐Qo‘y va echkilarning ozuqa hazm qilish tizimi boshqa chorva hayvonlarinikidan keskin farq qiladi.
Qo‘y va echkilar uchun qish faslida quyidagi ozuqalar ishlatiladi:
👉 har xil o‘tlar pichani, silos, ildiz mevali ekinlar hamda sanoatdan olinadigan omixta yemlar, antibiotiklar va vitaminlar.
📌Qo‘y va echkilarni oziqlantirishda ularning tirik vazni, yoshi, jinsi, mahsulot berishi, yo‘nalishi, fiziologik holati, hamda yilning mavsumi inobatga olinib, maxsus me’yorlar belgilanishi lozim.
🐏Naslli qo‘chqor va takalarni ko'paytirish mavsumida oziqlantirishga juda katta e’tibor berish kerak.
🌾Ularga kuniga o‘rtacha 2,0 kg har xil o‘tlar pichani, 0,9 kg omixta yem, 0,3 kg paxta shroti va 1,0 kg sabzi berish tavsiya etiladi.
🐑Naslli bo‘g‘oz sovliqlarni homiladorligining so‘nggi 1,5-2,0 oyligi bu homilaning ona qornida eng tez yetiladigan, qo‘zi tug‘ilgandagi tirik vaznining 70 foizini ta’minlaydigan davrdir. Yaxshi ozuqa egiz tug‘adigan sovliqlar uchun muhimdir.
Homiladorlikning so‘nggi davrida 50-60 kg tirik vaznli ona qo‘yga bir kunda 1,0 kg sifatli pichan va 1 kg aralash ozuqalar beriladi. Sovliqlar tuqqandan keyin esa 3 kg har xil o‘tlar pichani, 0,4 kg arpa yormasi, 0,4 kg makkajo‘xori yormasi va 0,15 kg osh tuzi beriladi.
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
🌾Dukkakli ekinlarning zararlkunanlariga qarshi kurash choralari
🌻 Almashib ekish - tuproqqa o‘z vaqtida puxta ishlov berish sog‘lom va chidamli o‘simlik o‘stirishning zarur sharti. Yer sho‘rini yuvish uchun kuz-qish oylarida yaxob suvi beriladi. Bu orqali tuproqda nam to‘planadi, zararkunanda va kasalliklarga chidamli sog‘lom nihollar bir tekis unib chiqadi.
✔️Yerni 30 sm. chuqurlikda (begona o‘tlar ko‘p bo‘lgan dalalarda 32-35 sm) ag'darib shudgorlash zararkunanda va begona o‘t urug‘lari, kasallik qo‘zg‘atuvchilar miqdorini kamaytiradi.
Urug‘likni tayyorlash va ekish muddatlari. Dukkakli don ekinlarini ekish qalinligi, 1 m.kv maydondagi nihollar soni zararkunandalarning shu agrobiosenozdagi miqdoriga va ularning o‘simliklarni zararlash darajasiga ta'sir qiladi
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
Havoning anomal isib yoki sovib ketishi bir qancha bog‘-tokzorlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu holatlarni inobatga olib, bog‘-tokzorlarda o‘z vaqtida mavsumiy agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish talab etilmoqda.
🌻Jumladan, kuz-qish mavsumida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur.
🍂Bog‘-tokzorlardagi to‘kilgan barglarni yig‘ib, daladan tashqariga chiqarib tashlash;
✅Bog‘ va tokzorlarning atrofini 25-30 sm chuqurlikda ag‘darish;
🎋Mevali daraxtlarning kasallangan, qurib qolgan, singan novdalarini kesib tashlash;
😀Bog‘ qator shudgorlash ishlarini amalga oshirish;
🌤Yog‘ingarchilik bo‘lmagan kunlari daraxtlarning barglari 70-80 % to‘kilgan bog‘larni monilioz, parsha va boshqa kasalliklarga qarshi Fitalovin+Farmoyed (10 l suvga 20 g + 5 g) yoki karbomidning 6 yoki bordo suyuqligining 3 foizli eritmasi bilan jiqqa ho‘l qilib yuvish;
⛈Noyabr-dekabr oylarida daraxtlarga yaxob suvi berish.
Ushbu agrotexnik tadbirlar vaqtida amalga oshirilsa kelgusi yilda sifatli mo‘l hosil olishga erishiladi🌳
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
Fermerlar maktabida o‘qishni yakunlagach, qishloq xo‘jaligining qaysi yo‘nalishida ish boshlamoqchisiz?
🍓Sizni bog‘da turli-tuman sarxil mevalarni yetishtirish qiziqtiradimi yoki katta dalada sabzavot yetishtirib, keng xosil olmoqchimisiz🥬?
🍋Balki issiqxonada mahsulot parvarishlash yo bo‘lmasa, chorvachilik bo‘yicha rejalaringiz bordir?
Aziz tinglovchilar, kelajak rejalaringizni biz bilan bo‘lishing! Izohlarda javobingizni kutamiz👇
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan barchangizni samimiy tabriklaymiz!
Yurtimiz o‘tgan vaqt davomida o‘z Konstitutsiyasi va mustaqilligiga ega suveren davlat sifatida katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi
❗️Bu yutuqlarni teran anglab, his eta olgan har bir vatandoshimiz uchun ushbu qutlug‘ sana cheksiz g‘urur va iftixor bilan nishonlanadigan unutilmas kundir
🎆Qutlug‘ sana barchangizga muborak bo‘lsin, azizlar! Vatanimiz tinch, osmonimiz hamisha musaffo bo‘lsin!
🌎Fermermaktab.uz📱Instagram📱Facebook📺Youtube
Issiqxonada shirin qalampir yetishtirish
🫑Shirin qalampir inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan vitaminlarga boy qimmatli sabzavotlardan hisoblanadi
💡Issiqxonalarda shirin qalampir o'simliklarini qalinligi bo'yicha joylashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi.
🖇Toshkent davlat agrar universiteti O‘quv-tajriba xo‘jaligi issiqxonalarida olib borilgan tajribalarga ko'ra, shirin qalampirning 60 kunlik ko‘chatlari turli oraliqlarda ekildi va natijalar shuni ko'rsatdiki, ko'chat oralig’i qancha uzoq bo’lsa, kasallikka chalinish kam kuzatilar ekan
✔️Fenologik kuzatishlarda ko‘chatlarning qalinligi ekinlarning o‘sishi va rivojlanish bosqichlarining o‘tashiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi aniqlandi.
✔️Qiyg‘os gullash (70×50 sm) oraliqlarida joylashtirilgan o‘simliklarda 86-88 kunda, zich joylashtirilgan (70×20 sm) maydonlarda esa 72-82 kunda sodir bo‘ldi.
✔️Hosil tugish davrida o‘tkazilgan biometrik kuzatishlar siyrak joylashtirilgan (70×50 sm) o‘simliklar zich ekilgan (70×20 sm) o‘simliklarga nisbatan 14-16 donaga ortiq barg hosil qilishi aniqlandi.
✔️Eng yuqori erta va umumiy hosildorlik o‘simliklar qalin joylashtirilgan maydonlardan, ya’ni taqqoslovchi usulga nisbatan (0,4-0,9 kg/m2) hosil olindi.