Maktubni kecha o‘qiboq, ichimga titroq kirgandi. Qizig‘i undagi qahramonlarni har biringiz taniysiz, ular shundoqqina atrofingizda, mahallangizda va xatto oilangizdayam bo‘lishi mumkin. Faqat ular ham Madinaning maktubi kabi ichidagi gaplarni ichiga ko‘mgan, ORQA FONda qolgan, oqibat taqdirlari, orzulari boy berilgan. Shuchun ham balki ularni payqamagansiz...
Orqa fon loyihasi aynan shunday, jamiyat tomonidan bilib-bilmay rad etilgan, soyada qoldirilgan, ma'nan va jisman O‘LDIRILGAN INSONlar taqdiri haqida sizga so‘zlab beradi!
Loyihani qo‘llab-quvvatlashni, kuzatib borishni tavsiya qilaman! Balki atrofingizda payqamayotgan ko‘plab INSONlarni his qilishingizga ko‘mak berar u!
Madina, maktub uchun rahmat, o‘tganlarning oxirati obod bo‘lsin...
O‘qing: https://telegra.ph/Or%D2%9Ba-fon-Madina-Norchaeva-maktubi-03-03
8-martni boshlavordik) Zakovatning xotin-qizlar o‘rtasidagi respublika bosqichi - Intellekt va go‘zallik uyg‘unligidagi o‘yin!
Omad tilab turing! ☺️
Xayol
To‘yib yig‘lasang...
birov bilmasa,
Robbingdan bo‘lak.
Uyg‘onib ketsa umid,
og‘riqlar yuziga
urilsa tarsak.
Boshing oqsa baxt
tomon,
o‘zing bilmas yerlar
chorlasa...
ketsang!
Ketaversang...
va baxtlarga adashib
qolsang.
Qulog‘ingni o‘pib
xushxabar,
Muhabbatdan kelsayu
shotir.
To‘rt tomoning Uni
eslatsa
va qaytishga
yo‘lni unutsang...
Hech kim unutmasa,
sen sog‘inmasang...
(c) Xonzodabegim
Sen meni uyg’otding bahorlar bilan,
Gullarni keltirib hovuchlaringda.
Ko’zimdan to’kilgan yaproqlar kabi
Yashilga aylandim osmonrang kunda.
Sen meni bahorga yetaklab bording,
Yo’limiz nur edi, yo’limiz osmon.
Yoʻllar adogʻiga yetmoqlik uchun
Kerak bo’lar yana yuz minglab zamon.
Sen bahor yaratding kechikkan kuzdan,
Yomg’irlar, shamollar, iforlar bilan.
Lahzada,
Larzada,
Necha ming bora,
maysadek mayinlik sezayotganim
Bir Xudo bilar-u, bir men bilaman…
Osmon xayolini yig’maydi bizdan,
Kuyga aylanmoqda butun koinot.
Sen bahor keltirgan o’sha mag’ribdan
Ishq uygʻonib kelar har tong umrbod!
Sen bahor yaratding qirmizi kuzdan...
2023.
@FeruzaXayrullayeva
Anorbooks nashriyoti yaxshi loyiha boshlabdi. Kitoblar haqidagi podkastlar, kontentlar qancha ko‘p bo‘lsa shuncha yaxshi. Obuna bo‘lib, kuzatib borish ular uchun eng katta motivatsiya bo‘ladi hozir.
Loyihaning bu galgi soni Lev Tolstoy asari haqida ekan. Istasangiz hozir yoki keyinroq vaqt ajratib ko‘rishingiz uchun havolasini qoldiryapman:
https://youtu.be/qIw7i2BlBzA?si=sLr219CaV6fncNaj
Salom, do’stlar!
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi o’zbek tili rivoji uchun o’z hissasini qo’shmoqchi bo’lgan ko’ngilli yoshlar harakatini yo’lga qo’ydi.
Hozirda:
–Jahonning tan olingan eng sara kitoblarini o’zbek tiliga tarjima qilishga qaratilgan 1000KITOB loyihasi;
– O’zbekcha Vikipediyada sifatli va foydali kontentlarni ko’paytirishni maqsad qilgan “WikiStipendiya” marafoni;
– Iste’dodli shoirlarni kashf etishga yo’naltirilgan “Duel”tanlovi va boshqa hali e’lon qilinmagan bir necha mega loyihalarimiz faoliyatini boshladi.
Safimizga qo’shilish istagida bo’lsangiz, ushbu so’rovnomani to’ldiring:
https://forms.gle/EwM5P1GFFpAS1fUa7
Postni do’stlaringizga ulashishni unutmang.
@tilimizuchun
O‘sha kungi ko‘rsatuv yaxshi bo‘lgandi. Vaqt kamlik qilgandi desam to‘g‘riroq bo‘lar balki. Ko‘rmaganlar bo‘lsa bu havolada https://youtu.be/J6zgV1QS7j8?si=BInR2zk21S3fSVsi ko‘rib olishsa bo‘ladi.
Ko‘rsatuvda o‘zim ishtirok etganim uchunmas, yaxshi gaplar gapirilgani va bunday gaplar davom etishi, ko‘proq kishi ko‘rishi uchun ham ulashyapman havolani.
Milliy kontent - bu shunchaki urf-odatlar haqidagi ko‘rsatuv yo g‘arbni butunlay inkor qilishmas, ana shunday o‘zlikni anglashga, kamchiliklarimizni ko‘rsatishga va yaxshilanishimiz uchun chora axtarishga qaratilgan materiallar degani. Telekanal rahbariyatiga rahmat. MTRKda Gulmira opa va Safarali akadek millat uchun qayg‘uradigan jurnalistlar ko‘payishi kerak.
@FeruzaXayrullayeva
kim?
Qamariddin Ortiqov (Artua)
- teatr arboblari uyushmasi a'zosi, teatr mutaxassisi
- ssenariynavis, tanqidchi, tarjimon, televideniye va radio jurnalisti
- «Shams-i-Qamar» teatri muallifi va badiiy rahbari
nima?
ma'ruza § Malevich jumbog'i
nima uchun?
- san'at nazariyasi bilan tanishish
- Malevichning «Qora kvadrat» kartinasiga asoslanib uning misolida san'at asarlarining xilma-xil talqinini tushunish
- san'at ob'ektida qanday tushunchalarni topish mumkinligi haqidagi nosan'atshunoslik tadqiqoti
qachon?
03.03
14:00
qanday?
kirish 50k, oldindan ro'yxatdan o'tish orqali @moc_support (Telegram) / direkt @moc__org (Instagram)
_____________
кто?
Камариддин Артыков (Артуа)
- член Союза театральных деятелей, театровед
- сценарист, критик, переводчик, теле- и радиожурналист
- создатель и художественный руководитель театра «Шамс-и-Камар»
что?
лекция § Казус Малевича
зачем?
- поговорить о влиянии картины Каземира Малевича «Черный квадрат» на развитие абстракционизма как художественного направления
- разобрать на примере «Черного квадрата» разнообразное прочтение произведений искусства
- провести неискусствоведческое расследование того, какие концепции могут быть обнаружены в объекте искусства
когда?
03.03
14:00
как?
вход 50k, по предварительной регистрации
@moc_support (Telegram) / direct @moc__org (Instagram)
Бугун “Жазда фақат қизлар” жамоасида “Заковат” аёллар турнирида қатнашдим.
Ўйин зўр бўлди, саволлар ўтган йилги турнирга нисбатан жуда қизиқарли, менга шахсан жуда ёқди. Катта раҳмат!
Тошкентдан ҳудудлар ичидан энг кўп- 95 та жамоа қатнашди. Ва унда ғолиб бўлган 3 та жамоа республика босқичига ўтди. Мен “Енгил кавалерия”, “Библиосмиа”, “Экспромт” жамоаларини ғалаба билан табриклайман.
“Жазда фақат қизлар” жамоаси 36 та саволдан *28 та топди, 95 жамоа ичидан 7-ўрин бўлди.
Жамоамиз Ташкилий Қўмитага таклиф билан чиқяпти, мана бу ерда тўлиқ ёзилган ва мен ҳам бу фикрга қўшиламан. “Заковат” турнири Низомига кўра, келиб тушган аризалар сонига қараб, Ташкилий қўмита ҳудудий саралаш босқичларида ғолиб бўлган фақат 3 та ғолиб жамоадан ташқари қўшимча ўринлар ҳам ажратиш мумкин экан.
Бошқа вилоятларда 20-40 тагача жамоа қатнашган. Тошкентда қатнашчилар сони кўп бўлгани ҳам Низомдаги чорани қўллаш имконини беради, деб ўйлайман.
Ташкилотчилар бу таклифни ўрганиб кўрсалар, яхши бўларди.
“Жаз…” балки қўшимча ўринга тушмас, бироқ яхши натижа кўрсатган рейтинг юқорисидаги жамоалар учун ҳам адолатли бўларди.
Xurshid DAVRON
QAYGʻUM MANIM
Qayg‘um manim,
bir umrlik jo‘ram manim
Yuragimning ich-ichida hujram manim
Oynasidan oyning nuri tushib turgan
Qafasdagi bulbuldayin uchib yurgan
Qayg‘um manim.
Qayg‘um manim
Tug‘ilmishdan soyamdayin yonimdasan
La ilaha illallohday yodimdasan
Har dam manim jonimdasan qonimdasan
Yillar oylar kunlarimu onimdasan
Qayg‘um manim.
Qayg‘um manim
Onam to‘kkan ko‘z yoshlarda ko‘rdim seni
Mozorining boshlarida ko‘rdim seni
Yuragimni tilib-tilib muz tig‘laring
Qo‘shilishib “Onam” deya sen yig‘lading
Qayg‘um manim
Qayg‘um manim
Unutayin desam kimni ismin aytding
Tark etayin deganimni olib qaytding
Yonimdasan izdihom-u yolg‘iz paytim
Navoiyning devonida suygan baytim
Qayg‘um manim.
Qayg‘um manim
Bolaligim tashlab ketdi sen ketmading
Ilk sevgi shodliklarim unutmading
Bamisoli kuzakdagi bargixazon
Bamisoli qorlardagi subhi azon
Qayg‘um manim
Qayg‘um manim
Musichaday derazamda qo‘nib turgan
Onamdayin hamma gapga ko‘nib turgan
Ayni sahar shamchiroqday so‘nib turgan
Yuragimga shabnamdayin inib kirgan
Qayg‘um manim.
Qayg‘um manim
Umrim bo‘yi xayr demay salom demay
Bo‘ldi yetar endi bari tamom demay
To‘ylarimda biron marta non tuz yemay
Otamdayin qarab turgan bir so‘z demay
Qayg‘um manim
Qayg‘um manim
Yillar ketar oylar ketar qaramaysan
Belim bukik sochim oq sen qarimaysan
Kunlarimni sarmast etgan qari maysan
Qayg‘um manim
Qayg‘um manim
Qayg‘um manim
Bir kun kelar hayotimning guli so‘lar
Mozorimning dunyoday keng bag‘ri to‘lar
Yuragimdan unib chiqib chechak bo‘lar
Qayg‘um manim
Qayg‘um manim
Qayg‘um manim
@FeruzaXayrullayeva
Bir qish kechasida to‘satdan
Mendan ilhom ketdi.
Ketganin sezganimda
Gapirolmay qolgandim
Olib ketgandi bari so‘zlarni
O‘zi bilan.
Menga yig‘ilarni qoldirdi faqat
Har tun she'r yozgim kelardi
Har kun baqirgim,
Har on yolvorgim kelardi Xudoga
Biroq so‘zlar yo‘q edi:
Toqatsizlik!
Baxtsizlik!
So‘zsizliiiik!
Oh, bu ne balo ediki,
So‘zlarim uning tomirlarida
Sargardon yugurib yurardi
Iltijo qilardi bizni qaytar deb!
Sizifning toshidek so‘zlarim,
Tegirmon toshidek so‘zlarim
Boshimni yanchardi oqshomlar
Tushlarim ichida aylanib,
Yozmoqchi bo‘lardim uyg‘onib,
Ammo barisi abas...
Bir kuni yozishni o‘rgandim
Ko‘z yoshning shovqini,
Shamolning isi,
Yomg‘irning notalari-la
So‘zlarsiz go‘zalroq edi she'rlarim.
Ularni ilardim har sahar
Kir ilgich dorlarga.
Va har sahar ularni qushlar
O‘qib berar edi daraxtzorlarga.
Nihoyat bir kuni
Men so‘zga do‘ndim
O‘zim!
Xudoning aytgan Bitta so‘ziga!
Huddi sizlardek,
Huddi gullardek,
Huddi dunyodek
Hechkimsa o‘qimas
Bahaybat
So‘zga!
2024.
@FeruzaXayrullayeva
Kun go‘zal o‘tdi, ammo juda charchabman. Musiqa eshitib, ko‘zlaringni yumib, tin oladigan kayfiyat...
Читать полностью…Shu hafta ichi bloger, ijodkorlar birin-ketin o‘quvchilari donat qilishlari uchun sahifa ocha boshlashdi. Ko‘pchilik buni samimiy, to‘g‘ri qabul qilgan bo‘lsa, ba'zi negativ fikrlar ham bo‘ldi, xatto tilanchilikka yo‘yganlar ham topildi hazil-chin aralash. Ammo bu jahon tajribasida bor amaliyot, siz o‘zingiz yoqtirgan sifatli kontent egasiga sahifa davom etishi uchun qanchadir pul ajratasiz. Bu huddi kinoteatrga, konsertga bilet sotib olganingiz kabi jarayon. Qolaversa, donat tizimi kam sonli o‘quvchisi bor, ammo sifatli, foydali kontent qiluvchilar uchun yaxshi variant. Chunki mavzusi zo‘r bo‘lsayam, o‘quvchisi kam bo‘lgan blogerning sahifasiga kompaniyalar reklama berishni istayverishmaydi doim ham, marketing qoidasi shu.
Xullas, siz donat qilish-qilmasligingiz majburiy emas, ammo bu tilanchilik deganiyammas.
Gap muddoasiga kelsak, shuncha gapni menga donat qilinglar, deb yozdim aslida desammi))
Shunchaki, agar oramizdagi shoirlar, nosirlar, ijodkor, rassom, dizayner, umuman ijodkorlar ham donat uchun hisob ochishsa, buni to‘g‘ri qabul qilishingizni istardim. Balki o‘zim ham ocharman hisob, pul, urf yo boshqa narsa uchunmas, buni to‘g‘ri deb bilganim, tabiiy jarayon deb qaraganim uchun ochaman.
Chunki donatlardan aslidayam boyib ketmaydi kishi. Shunchaki bu unga mas'uliyat va yoqimli his, kayfiyat berishi mumkin.
Ustoz Xurshid Davronning "Bahordan bir kun oldin" kitobi auksionda 230 $ ga sotilibdi. Rosti juda istagandim sotvolishni, ammo ajratgan byudjetim kamroq edi. Ammo kitob arziydi, bundan ko‘piga ham arziydi! Jontemirning auksionlariga ba'zilar salbiy qarashyapti. Ammo uning auksionlari bizga ijodkor boy bo‘lishi kerakligi, ijodning qadri baland bo‘lishi kerakligini, ijod millionlardan baland turishini eslatib, anglatib beryapti! Nafaqat kitoblar, balki suratlar, dizayn ishlari, fotograflik ishlari sotilishi kerak aslida. Niyat qilamanki, bizlar ham eng qimmatli asarlarni ming, million dollarga sotib olaylik, asarlarimiz ham millionlarga sotilsin! Va o‘sha kunlarni o‘zimiz ham ko‘raylik)
Читать полностью…Bo‘g‘zimdagi og‘riqdan vaqtincha bo‘lsayam qutilishning boshqa iloji yo‘q edi, shuchun she'rlar yoza boshladim.
Читать полностью…Shu kunlarda ruhiy sabab bilan yaqinlarimni ko‘p bezovta qildim. Bilardim hammagayam yoqmasligini, lekin bir o‘zingga og‘irlik qiladigan narsalar bo‘larkan. Yelka tutganinggiz, avaylaganingiz uchun rahmat. Ba'zan hech kutmagan insonlaring najot bo‘lishi esa yoqimli.
Читать полностью…O‘zimcha o‘z yog‘imga qovurilib o‘tirgandim. To bu videoni ko‘rmagunimcha. Men yomg‘irni yaxshi ko‘raman, deydi-ya! Ichkari tashqaridan sovuq bo‘lgani uchun chiqdim deydi-ya! Bu qizaloqning qaltirabgina turgan jussasi, nigohlari uchun qiyomatda ne derkanmiz, bilmayman! O‘zidan o‘zga iloh yo‘q! Yo, Rabbim, o‘zing qutqar ularni. Chunki ikki milliard musulmon bir bo‘lib, qutqarolmadik birortasini...
Mag‘lubman, mag‘lubmiz nafs balosida, nafs o‘yinlarida. Kechir, bizni qizaloq, kechir...
https://x.com/karvoniy/status/1762853599657283835?t=afPOuuNPeK0Cxij-RR6x9Q&s=35
Бахтыяр Серекеевni taniganimdan buyon Qoraqalpog‘istonga borganimda suratlarini ko‘rib kelishni niyat qilib yurgandim. Niyatim xolis, ularning o‘zlari Toshkentda ko‘rgazma o‘tkazarkan. Bugun soat 18:00 da Ilhom teatrida o‘zingiz uchun yangi bir tafakkurni kashf qilishingiz mumkin.
Читать полностью…Hayot faqat bir tuyg‘udan iboratmas. Ha, yashading, kechdi, og‘riq beradi, bitadi. Qolgani katta hayot. Uyog‘ida ota-onang, karera, do‘stlar, ijod, sayohatlar, butun dunyo kutib turibdi!
Shunchaki baxtli, to‘kis yashamoqchi eding, bo‘lmadi. Bunga urinib ko‘rishga haqqing bor edi sening.
Endi qolgani o‘zingsan. Kimdandir nimandir kutmaydigan, ne istasa Xudodan so‘rab, o‘zi yetishadigan O‘zing!
Qish tugayapti. Tushunyapsanmi, qish!..
P/s: Buyoqda Buxoroni buzishyapti, buyoqda maktab ta'limi rasvo, buyoqda til masalasi. Xullas, juda siqilging kelyotgan bo‘lsa mana shuncha mavzu)
Nima bo‘lgandayam kuchli bo‘l. Hammasi o‘tadi.
- Men seni sevgan va xotiningdan farqli o'laroq evaziga sendan hech narsa so‘ramagan yagona ayolman!
- Yo‘q, yo‘q, yo‘q! O'zingni xotinim bilan solishtirma. Uni ismini aytishga haqqing ham yo'q. U men bilan hatto cho'ntagimda bir pyeso bo'lmagan paytda ham birga bo'lgan. Sen shunday paytda birga bo'larmiding? Agar samaliyotlarim, sayohatlar, Nyu Yorkdagi qimmatbaho liboslar bo'lmagandachi? Birga bo'larmiding? Gapir! Menimcha yo'q!
"Eskobar" 2017
“Biz kundalik muomala munosabatlarida ham o‘zimizni, o‘z millatdoshimizni hurmat qilmaymiz. Chunki, bizda milliy gʻurur yetishmaydi”.
Feruza Xayrullayeva, jurnalist.
📺 “Agar...”
@mm_telekanal
Ba'zan qabul qilish kerak. Ba'zan ko‘nish kerak. Ba'zan shunisi to‘g‘riligiga ishonish kerak. Og‘ir bo‘ladi, og‘riq ham, ammo qaqragan yerda o‘solmaysiz. Farzandlaringizni kuchli qilib tarbiyalang, qachonki, yolg‘iz yashay oladigan darajada ham sinib qolishmasin. Qachonki, yiqilgan joyidan turib keta olishsin. Qachonki, noxaqlik qilgan insonning yuziga jilmayib, mag‘rur keta olishga kuchi yetsin. Qachonki, o‘z foydasi uchun boshqalardan foydalanadigan darajada orsiz bo‘lmasin. Ammo, bu uchun o‘zingiz ham kuchli bo‘ling...
@FeruzaXayrullayeva
Tindim.
Hotirjam yomg‘irni kuzatmoq istagim xolos.
Xudoyim, rahmat
Dengiz qadar ko‘zyoshlar uchun.
Juda uzoq yurdim
Barisi go‘zal:
Odamlar, shahar.
Qishdan omon chiqyotgan nihol...
Sokinman.
Huddi kemasi ketib
O‘zi kech qolgan musofir
Dengiz ko‘piklarin kuzata turib
"Hayriyat" degani misol...
Nihoyat tindim.
@FeruzaXayrullayeva
Prezidentimiz Qozon shahrida “Kelajak o’yinlari” birinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida o’zbek tilida nutq so’zladi.
🇺🇿 Rahmat, janob prezident!
Qaysi film?
Unutganlar juda omadli bo‘lishadi, chunki xatolarining og‘rig‘ini chekmaydilar.