feruzaxayrullayeva | Unsorted

Telegram-канал feruzaxayrullayeva - Feruza Xayrullayeva

334

She’rlar, kechinmalar...

Subscribe to a channel

Feruza Xayrullayeva

Ba'zi suratlarning juda go‘zal hikoyalari bo‘ladi.

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

***
Ba’zida shunchaki charchaysan,
Ko’zingdan qon oqar, shunchaki.
Nafratdan o’lardek yashaysan,
Joningni ishq yoqar, shunchaki.

Suv eding aslida, erkin suv,
Ta’qiqni, to’siqni istading.
Kuz kabi to’kilging kelaru,
Bahordek gullamoq – qismating.

Oyoqqa qalqasan qaytadan,
Bekordir yengildim deganing.
Yodingga tushadi daf’atan
Sevgiling yodida ekaning…

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

📣 Kim?
Qachon?
Qayerda?!


🔥 Biz shunday – kutilmaganda paydo bo‘lamiz!

Jamoamiz: hayajon, tuyg‘u, muhabbat, olov!

Mudragan yurakni lovullatmay o‘tmaymiz. Shubha qilganlar xotira g‘aladonini titkilab ko‘rsin.

Balki unutgandirsiz?!

Ha, eslayapsiz – o‘sha, xuddi o‘zi!

Ehtimol bu gal shunchaki tomoshabin emas, ishtirokchilar safida bo‘lishni istarsiz? Unday bo‘lsa bizni kuzatib borishda davom eting. Do‘stlaringizga ham ulashing.

👉 @duelloyihasi

Bizning sahifalarimiz: Facebook / Instagram / Duelloyihasi?si=oM0eSa3F4ygabeuF">You Tube / Twitter / duelloyihasi?_t=8kiqbnceTQ7&_r=1">Tik Tok

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Kanalda biroz tanaffus bo‘ladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Birinchi donat o‘sha vaqtdayoq tushgan ekan, endi ko‘ribmaaan.

Mehr uchun rahmat kattakon, Mehrinoz🫶Izohga yig‘lagim keldi🥹

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

"Барча умидларингдан жудо бўлмоқ эркинликдир."

Jang klubi, Chuck Palahniuk

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Ishon, Xudo kechirmaydi!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Boshingdan tuproq sochib o‘zingning o‘zing
Sazoyi qilging kelar,
Yashalmagan umr,
Qayg‘ular uchun!
Uzr so‘raging kelar har kech
Ko‘ksing aro yoyilgich
Sanchiqlar,
Afsuslar
Og‘riqlar uchun.
Va o‘lging kelar
Shunchaki
Bir bahor kechasi
Yig‘ining ta'mini
Bir kecha bo‘lsa-da tuymaslik va
Har kuni qaytadan o‘lmaslik uchun

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

https://youtu.be/gdFVBaZ3EXo?si=i0OCIcbSbCyjy8r9

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Balki boshingga kelganlarga loyiq eding,
Balki bu dunyo senga noloyiq edi...

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Hech qachon bayramlar muhim bo‘lmagan. Kimdandir nimanidir kutishni to‘xtatganimdan buyon shunday. Va bu eng to‘g‘risi, eng go‘zali. Bu sizga eng kichik narsalardan ham quvona olish imkonini beradi. Shunda gulni kimdir bergani yoki o‘zingiz sotib olganingiz muhim bo‘lmaydi, uning gul ekani go‘zallik bo‘ladi, quvonch beroladi.

Tilagim, hech bir qiz, hech bir ayol 8-martni kutib yashamasin, balki uni yaratsin har kun! Shunday bo‘lsayam bayram muborak! 🌷

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Ertalabdan o‘zim yaxshi ko‘rgan, havas qilib ko‘rsatuvlarini ko‘radigan opam bayram bilan tabrikladi🥲 Munosib qilsin ilohim.

Go‘zal qalbli odamlarning borligi naqadar yaxshi🫠

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

AYRILIQ

Yana bir shaharda yuzma-yuz keldik,
Nachora, boshqa bir shaharimiz yo‘q.
Ehtimol, biz baxtli bo‘la olardik,
Ehtimol, baxtlimiz,
xabarimiz yo‘q.
Oradan shuncha yil o‘tib ko‘rganda –
Taniy olmadim men,
meni kechirgin.
O‘ylardimki, sensiz o‘lib qolarman,
Men o‘lmadim sensiz,
meni kechirgin!
“O‘lmadim…” – deyapman, ne bilay, axir,
Ehtimol, men sensiz o‘lib qolganman,
Qabrsiz, kafansiz o‘lib qolganman.
Ehtimol, biz unda ayrilmasaydik,
Na men endigiydim,
na sen endigi –
Ayrildik, shaytonni kuldirdik unda:
Bu yilning,
bu oyning,
bu kunnidagi
Mana shu ko‘chaning shu burchidagi
meni ham, seni ham o‘ldirdik unda.
So‘limiz, sog‘imiz odamga to‘la,
Qo‘l ushlashib erlar, xotinlar o‘tar.
O‘zidan xabarsiz,
umrida ming bor
O‘zini o‘ldirgan odamlar o‘tar,
O‘tar o‘z qoniga botgan odamlar.
Darvoqe, qon qani?
Qon, axir, yo‘qdir…
Hamma gunohkordir dunyoda,
ammo
Dunyoda hech kimning gunohi yo‘qdir.
Bizsiz bitilmishdir bu tole, bu baxt,
Palahmondan uchgan bir juft toshmiz biz.
Balkim, bu dunyoda
o‘n-o‘n besh yilmas,
Bundan ming yil avval ayrilmishmiz biz.
Halol yo‘limizni qo‘yib,
ne uchun
Adashdik, bir o‘zga yo‘ldan ketdik biz.
Balkim, ming yil avval sahv tushib nedir,
Ming yillik xatoga qurbon ketdik biz.
Almashdi o‘rnini, balkim, qish-bahor,
Qorishdi dunyoning shahari, kenti.
Balkim, o‘z ichida o‘gay onalar
O‘gay bolalarni ko‘tarar endi.
Umrim boshdan oyoq yolg‘ondir, balkim,
Toleim o‘zgadir rostdan ham mening.
Huv yo‘ldan o‘tgan qiz
onamdir, balkim,
Ehtimol, o‘g‘limdir bu o‘g‘lon mening.
Bu yolg‘on umrimda
sen o‘zing nesan?
Balkim, hech sevgilim emassan mening.
Onamsan,
singlimsan,
momomsan,
kimsan?!
Faqat Alloh bilar, kimimsan mening.
Bizni kim ayirar bu ayriliqdan,
Yetmas dodimizga na yo‘l, na ko‘prik.
O‘liksan, tiriksan, har nesan, to‘xta!
To‘xta, hech bo‘lmasa, qo‘lingdan o‘pay…
Degaysan: “O‘lganman men, o‘likni o‘pma…”
Qo‘limning kaftida
qo‘ling uvushar.
Degaysan: “Xayringni bersin, qo‘limni o‘pma,
qaragin, qo‘limdan qon isi kelar…”

Ramiz Ravshan

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Yaxshi bo‘ldi sendan ayrildim,
Ketmog‘im chun topib berding yo‘l.
Bu dunyoda seni topdim deb,
Yo‘qotibman o‘zimni butkul.

Yaxshi bo‘ldi yechildi bugun,
Oyog‘imdan bu zanjir, bu g‘ul.
Ikki dunyo seni shohim deb,
Qul qilibman, o‘zimni butkul.

Yaxshi bo‘ldi yomon bo‘lsa ham,
Yuragimni ezsa ham darding.
Men aqlini topgan telbaday,
Poylaringdan boshim ko‘tardim.

Kechir, ozor berib mehrimla,
Zeriktirdim, men sodda, men go‘l.
Bu dunyoda seni borsan deb,
Boshqalardan kechibman butkul.

Xudoyimning jazosi qutlug‘,
Sendan ketdim, ey qahrli gul.
Shukr, shukr seni yod etib,
Unutmabman Xudoni butkul.

Shuning chun ham omon bo‘l endi,
Men bariga silkib qo‘ydim, qo‘l.
Angladimki seni yo‘qotsam,
Xudoyimni topaman butkul.

Endi xayr, endi alvido!
Bari ro‘yo, bari sarob, kul.
Dargohingga sig‘maganimday,
Yuragimga sig‘massan butkul.

Men mehrmand, telba go‘dakday,
Ko‘z yoshimga yomon toyrildim.
Yaxshi edi… seni topganim,
Yaxshi bo‘ldi… Sendan ayrildim.

Guljamol Asqarova

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Hayot – san'at.

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Mehrinozdan uzr so‘ragan holda, shu ikki qatorni o‘zimga moslayman:

Bahordek gullaging kelar-u,
Kuz kabi to‘kilmoq qismating...

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Ba'zi so‘zlar, ba'zi istaklar ichingda qolishga mahkum bo‘lishadi bir umrga.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Nimani boshlayotganimizni taxmin qiling-chi?)

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Shukrki, go‘zal kunlar boshlanyapti. Ramazon muborak bo‘lsin barchamizga! Alloh qalbimizni, umrimizni poklasin ilohim!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Ijodkorlarga donat qilish haqida yozgandim avvalroq. Va nihoyat o‘zim uchun ham tirikchilik.uzda sahifa ochdim.

Endi quyidagi havola orqali sevimli sahifa va shoiringizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin: ))

https://tirikchilik.uz/firuze

Va mablag‘ qancha bo‘lmasin, albatta, izoh yozib qoldirishingizni so‘rardim. Odamga kayfiyat, mas'uliyat va ishonch beradi bu.

Umid qilamanki, kanalda donatni tilanchilikka yo‘yadiganlar yo‘q)

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Ichingdan bo‘rtayotgan tikonlarga
O‘sma deyolmaysan,
Ular esa o‘sib-o‘sib
Senga aylanadi
Na quchib bo‘ladi seni,
Na egib.
Na gul bo‘lasan sen,
Na qul.
Ichingdagi tikonlar
O‘sa-o‘sa alafga aylanar,
Isidan bo‘g‘ilib,
Ko‘milib yashaysan
Million yil.
So‘ng ichingdagi tikonlar bilan
Ko‘milasan.
Qabringdan o‘sib chiqar oxiri
Kesilgan ovoz...

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Yig‘isiz o‘tadigan bir kecha-kunduz uchun umringning yarminida berishga rozi bo‘lasan ba'zan

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Hayot - nafs,
Umr - nafs,
Ayol - nafs.
Ammo sen meni
Nafas deysan,
Men tomon qararkansan,
jismim emas
Ismim harorati kirib borar nigohlaringga.
Mening lablarim emas,
So‘zlarim yondirar qadd-u bastingni.
Bilaman, sochlarim silashni emas,
Og‘riqlarimga malhamlik istar barmoqlaring,
Har gal yiqilarkanman, qo‘llaring uzatib
Opichlab olging kelar
Bu uzun vodiydan o‘tmoqlik uchun.
Suyansam yelkangni tutging keladi,
Sog‘insam yuzlaring,
Kulsam ko‘ksingni.
Uy qurging keladi harir matodan,
Gullarga burkangan
Nurli, samoviy.
O‘stirging keladi to abad birga
O‘rtamizga ekib majnuntollarni...
Ishongin! Ishongim keladi juda
So‘zlaring tuyib,
Ayol nafs emas,
Nafasligiga.
Biroq
Labimni kuydirgan jahannam suvi
Bir ayol umrini kuydirib
Ayol bo‘lmoqlikka ko‘nmaydi sira...

Umr - nafs
Hayot - nafs
Ayol - nafs
chunki!..

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Bir qiz qachon xotin bo’ladi?
9, 14, 18?
Kurtak ochgandami yoki oğochlar?
Bir qiz qachon ayol bo’ladi?
Otasi o’lgachmi?
Onasi o’lgach?
Xotin degani nima?
“Xo..” - “Tun” mi?
Nega Kun emas?
Quyosh emas?
Nur emas?
… nim pushtiligida barmoqlar uchi,
Erkak va ayolni anglamagan payt.
Birga o’ynar edi hamma bolalar!
Avval inson edi hamma barobar.

***
Xudo yaratdi.
Xudo ayolni o’ziga o’xshatibroq yaratdi.
Ayol ham yaratdi.
Rahmonligi bor edi - ona bo’ldi,
Sobirligi bor edi - sabr qildi.
Rahmligi bor edi- kechirdi.
Sevdi!

(c)Nafisa OMON

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Mustaqil ijodkor yoshlar birlashmasi, Book.uz hamkorligidagi

Ochiq mikrofon loyihasining bayram sonini kutib oling!

🔥 Kecha mehmonlari

Xosiyat Rustamova
Go‘zal Begim
Mehrinoz Abbosova
Go‘zal Ro‘ziyeva
Bashorat Otajonova
Tillaniso
Feruza Xayrullayeva
Nozima Xabibullayeva
Kumush Abdusalomova
MohiRa
Nilufar Ergasheva

Keling, tinglang, his qiling! O‘z she’r va hikoyalaringiz bilan ishtirok eting.

⏰ 9-mart, 17:00
📌 Book.uz (Qatortol)

/channel/ochiq_mikrofon

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Бу дунёда биргина аёл бор бўлгандаям дунёда муҳаббат бор, демак ҳаёт бор, деб куйлаган эди беназир озарбайжон шоири.

ХУРШИД ДАВРОН
АЁЛ ВА МУҲАББАТ ҲАҚИДА ШЕЪРЛАР

https://kh-davron.uz/ijod/sherlar/ayol-muhabbat.html

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Do'stlar, opalar, singillar! Ertaga bayram uchun kimgadir atagan sovg'angiz pulini, ziyofat bazm pulini shu inson sog'lig'i uchun atang. Sizga kimdir sovg'a beraman desa, pulini shu insonga bersang, olganday bo'laman deng, bir safarlikcha. Bayram muhimi ko'nglimizda bo'lsin. Bir ayol hayotida bayram sodir bo'lishi hissa qo'shaylik, qattiq so'rayman barchangizdan.
Yordamga muhtoj inson mening opam. Anchadan beri kasalligini o'ylab ko'nglim alag'da bo'ladi . Ilohim tezroq tuzalib ketsin. Sizu biz ham sabachi bo'lib qolaylik.
O'zim ham bayram kunlari uchun ataganimni beraman. Sizdan ham o'tinaman

SOS!

Имкон қадар тарқатинг!

Азиз дўстлар! Бир ижодкор синглимиз оғир синов қаршисида қолган. Сал кам бир йилдан бери саратон хасталиги билан курашяпти. Шу кунларда дард яна зўрайган кўринади. Шифокорлар “Химияни жигарингиз кўтаролмайди”, дейишибди. Ўрнига “Цетуксимаб (Эрбитукс)” деган дори олиши керак экан. Бу дорининг 1 донаси 868 доллар тураркан! Ваҳоланки, беморга бу доридан зудлик билан 5 дона керак! Йиллар давомида бундай хасталик билан олишиш ҳар қандай оилани ҳам ҳолдан тойдиради. Ҳозирда бу синглимизга моддий ёрдам керак.
Азизлар, Аллоҳнинг розилиги учун шу синглимизга имкон қадар ёрдам берайлик! Ёрдам берганларга Аллоҳнинг Ўзи ёрдамчи бўлсин!
Ижодкор одамнинг ғуруридан бошқа нарсаси бўлмайди, дўстлар. Бу эълоннинг рухсатини мажбурлаб олдик. Кўпнинг дуоси, ҳиммати хирмон бўлади. Меҳрибон Аллоҳ таолонинг раҳматидан умидвор азизлар, муборак Рамазонга ҳиммат билан кирайлик! Истаганлар, бемор синглимиз билан ўзлари боғлансинлар! Мана, телефон рақами ва пластик картаси!

8600 0207 7896 8797
Имомназарова Ш.Х

Тел: (+998 99) 798-70-80SOS!

Имкон қадар тарқатинг!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Hurlik istab... – bir ayol yozig‘i

Agar bu dunyoga “ayol” tamgʻasi bilan kelmaganimda, oddiygina oliygohda oʻqish istagim uchun bunchalar qattiq kurashmagan, isyonning iztirobini uzoq yashamagan va har bir orzuyim uchun boshqalarning ruxsatini olishga yuragimni hovuchlab turmagan boʻlardim.

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/article/2561

Audio: http://oyina.uz/uz/multimedia/audio

Rasmiy
sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube |X

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Opa, Xudo insonga cheksiz kuch berarkan. O‘sha kuchni men zarbalardan so‘ng yig'lashga, siz esa kula olishga sarflab yashayotgandekmiz... Ko'p narsa yozgim keldi, lekin shusiz ham bir-birimizni tushuna olishimizni o'yladim. Dunyodagi eng yaxshi tilaklarni va o'zimga istaydigan bir niyatni-da sizga tilayman: atrofingizda faqat sizni samimiy, manfaatlarsiz seva oladiganlargina bo'lsin ilohim!.. 

Baland, go'zal yo'l bosing, sizdan Zulfiyani olganimdek, ularniyam ovolishim uchun ko'proq narsaga erishing yanayam,(o‘zimizning gap)))

Ichki dunyoyingizga kiritganingiz uchun rahmat. Sizni yaxshi ko'raman🤍

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Bugun xotin-qizlar o‘rtasidagi Zakovat o‘yinining Respublika bosqichida imkonimiz bo‘la turib g‘olib bo‘lolmadik afsuski. Batafsil bu yerda yozilgan nega yutqazganimiz)

Ammo o‘yin shiddatli, go‘zal bo‘ldi anchagina. Zakovat bir bo‘lagimga aylanib boryapti.

Bolalikda uydagilar bilan birga o‘tirib, televizordagi o‘yinda berilgan savollarga javobni jamoa bilan birga o‘ylardik. Topsak, quvonib qarsak chalvorardik. Ayniqsa, dadam to‘g‘ri javob topsalar quvonib ketardim men. O‘shanda juda istardim, Jobir Ahmedov, Bobur Yoqubov, Rustam Jabborov, Furqat akalar guruhida o‘ynashni. Nasib bu ham amalga oshib qolar. O‘sha kunlar, bugungi kunlar uchun minnatdorman Tangridan.

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…
Subscribe to a channel