feruzaxayrullayeva | Unsorted

Telegram-канал feruzaxayrullayeva - Feruza Xayrullayeva

334

She’rlar, kechinmalar...

Subscribe to a channel

Feruza Xayrullayeva

yomg'ir yog'ib o'tgan, ammo ifori qolgan kabi go'zal bir tuyg'u - xotira.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Ichkarida ham, tashqarida ham shom.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Sevgilingizni mahkamroq quching,
Chunki bir kuz kechasi
Kulib turgancha
Xushdan ketib yiqilar
Va uyg‘onmas abadga.
Xayrlasharkansiz,
Uning sovuq lablaridan
Yig‘iga to‘la ko‘zlarining
Ta'mi kelar:
Kuzak yaproqlarining mazasidek
Achqimtil,
Namchil
Va
Nim yoqar negadir.

Sevgilingiz kunlarida baxtli yashar,
Orzulari mo‘l.
Uy, mashina,  sayohatlar,
Har kunlik shopping.
Ammo ishoning bir kun u
Yo‘lda ketarkan,
Baridan voz kechar
Va qayg‘uni quchgancha
Yig‘lay boshlar yosh bola misol.
Bu uning emas
Armonli hayotning yoshlari bo‘lar,
Hech qachon boqiyga do‘nmas hayotning,
qismatiga bir umr fanolik yozilgan Va
Yerga mahkum qilingan hayotning.

Titrab turar mag‘lub bo‘lgan kurashchi misol
Sochlari moviy Sevgilingiz,
Siz uni "sochlari dengizim" deysiz,
U esa o‘zini atar:
"Osmonrang maysa".
Va bir kuni quvray boshlar
Shafaq rangida.

Mahkamroq quching Sevgilingizni
Kuz yaproqlarin shitirlatib o‘tar kechada...

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Bolaligimda hech kasal bo‘lmasdim. Ba'zan maktabga borgim kelmay, ba'zan tobi qochgan ukamga girdikapalak bo‘ladigan anam(buvim) ga qarab, yolg‘ondan ko‘rpa-to‘shak qivolardim. Xastalik sabab gunohlar to‘kilarkan, degan gapni o‘qiganim yo eshitganimdan keyin Allohdan kasal bo‘lishimni so‘rardim. Yaqin-yaqingacha hatto, yaqinlarim yaxshi biladi buni))

Ammo hozir oddiygina shamollashniyam ko‘tarolmay qoldim yoki mehribon anam yo‘qligiga, xasta bo‘lishni istamayman hech. Gunohlarni esa faqat xastalik bilan yuvib bo‘lmasligini anglayotgandirman balki...

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Abdullajon, shakarsan, shakar))

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

#Tavsiya.

Boshlavoldim nihoyat.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

/channel/update_ur_playlist

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Yana sendaman,
Yana qaytdim man,
Na gullar, 
na odamlar
Va na gunohlar
Huzur bermay qo‘ygach
Xayollarimga.
Dunyoni ag‘darib,  poy-u piyoda,
Gungday kelaverdim
Yana qarshingga.
Sendan uzoqlashgan barmoqlarimga
Ilingan halqalar og‘rig‘i bilan.

So‘zsizman,
aybsiz,
gunohsiz
Dor ostiga borgan muhojir misol.
Xolbuki,  johillik bo‘yimdan baland,
Xolbuki holsizman,
osmonni quchib
Bir makon topmagan turnalar misol...

Nihoyat tugadim, nihoyat to’ldim,
Bir siltov,
Bir yo’qlov,
bir so’zdir ilinj.
Sokin qil,
faqat sen qodirsan, axir,
tizlarimga botgan yantoqlarimni
Bir bahor keltirib gullatganingdek,
Yomg‘irlar yuborgin, yig‘layin
Qamalgan ruhimni senga qaytarib.

Yana keldim Senga,
Yana Sendaman...

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Ba'zan endi yashayman deganingda, hayotdaligingni eslatib qo‘yishadi)

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Odatda bunaqa narsalarni o‘tkazib yuborardim. Lekin o‘zimdagi va atrofimdagilarning ba'zi holatlariga to‘g‘ri kelyotgandek.
Iltimos, o‘zingizni yashang, o‘tmishni emas...

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Bilasizmi, nega jamiyat qoliplar, qoidalardan voz kecholmaydi? Chunki ular ba'zan ba'zilar uchun najot bo‘ladi. Oson axir, o‘zining ojizligini tan olishdan ko‘ra, jamiyatga aybni ag‘darish.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Inson hamma narsani yolg‘onga o‘rashi mumkin. Ammo tuyg‘usi tugaganini emas.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Toliqib ketgan ruhni ovutish qiyin.

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Derazani ochib qo‘yib, bahor yomg‘irining shitir-shitir yog‘ishini eshitib, hidini tuyib uxlashdek go‘zal saodat bor dunyoda🌝

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Topildi) Rahmat, noyabr🕊

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Istisno

Sen hamma narsadan tashqaridasan
savobdan, gunohdan, do’zax, jannatdan.
Taqdir sukutidan qulog’im batang,
Nafasim tiqilar…hayratdan.

Labingni havoga chizar ekanman–
barmog’im kuyadi, o’t ketar ko’kka.
“Nega?”, “Nechun?”, degan savolim bilan
Tangrining ko’ziga boqaman tikka.

Holimizga boqib, ho’ngraydi samo,
Tunlarni g’ajiydi sog’inchim – qashqir,
Bilmayman yakunda ne kutar ammo,
Bizga ham Xudoning aytgani bordir.

Sevgilim, mum tishla o’sha kungacha,
Go’zal ayriliqqa ichamiz qasam.
Borliging istisno erur ungacha
sen hamma narsadan tashqaridasan.

✍️MehrNoz

Rejissiyor va montajchi: Muhammadxon Yusupov

Tasvirchi: Marjona Xidirova

@mehrnoz_abbos

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Yomg‘ir, Sevara va ming o‘ylarni unutib, yetishilgan hotirjamlik...

Bundan go‘zal kun bo‘lishi mumkinmas shu kunlarda!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Marhamat, 👉 Duel_2021 final bosqichining to‘liq videosini tomosha qilishingiz mumkin.

Do‘stlaringizga ham ulashing.

@duelloyihasi

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Seni menga betob dedilar,
Bu so‘z yomon, bu so‘z ko‘p og‘ir.
Seni menga betob dedilar,
Oqdi yoshim misoli yomg‘ir.

Seni menga betob dedilar...
Menga dunyo hazin tuyuldi.
Bulutlarga to‘ldi osmon -
Achchiq-achchiq yoshi quyildi.

Seni menga betob dedilar...
Lekin kelding, kelding sen o‘zing,
Qora bulut tamom yo‘qoldi.
Holbuki men...Yig‘laydi ko‘zim.

Rauf Parfi

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Президент матбуот хизмати сайтига анчадан бери кирмагандим. Наврўз муносабати билан келган табриклар ҳақида 21 март куни берилган хабарни қизиқиб очдим – шу кунларда давлатимизга кимлар кўпроқ дўстлигини мана шунақа хабарлардан билиш мумкин, деб ўйладим-да эски ақидаларга таяниб. Кимнинг исми биринчи келса, биз ўша билан дўст бўлишдан уялмаймиз, аксинча, шундай дўстларимиз борлигидан фахрланамиз, дегандек.

Биринчи Хитой раҳбари Си Цзиньпин, иккинчи АҚШ президенти Жо Байден, учинчи-тўртинчида Саудия подшоҳи ва валиаҳд шаҳзодаси, бешинчи туркиялик Эрдўғон бобо. Булардан кейин атрофимиздаги қўшниларимизнинг табриклари – Қозоғистон, Қирғизистон, Тожикистон, Туркманистон; кейин Озарбайжон президенти ва БАА вице-президенти табриги. Улардан кейин Эрон ва Покистон раҳбарларидан табриклар ва “қутловлар келиши давом этмоқда”. Бўлди.

Мен ҳам ҳайрон бўлдим. “Бўлдими, бор-йўғи шуми?”, дедим. “Халқ сўзи”ни, “Янги Ўзбекистон”ни ҳам варақлаб кўрдим (қуйида – скриншот). Ростдан ҳам бори шу экан. Энг ҳайрон қолганим - табрикловчилар рўйхатида одатда Хитой раҳбаридан ё кейин, ё олдин (одатда олдин) турадиган “давримизнинг энг буюк тарихчиси ва стратеги”нинг йўқлиги бўлди. Қараб чиқсам, у дабба бизни ҳеч қачон Наврўз билан табрикламаган экан (2018, 2019, 2020, 2021, 2022, 2023).

Ҳай – ўзи киму, табриги нима бўларди. Ўзбекистонни умуман унутворса ҳам розиман. Йўқолиб кетсин!

PS. Наврўз эмас, Мустақиллик байрамидаги табриклар рўйхатига қараш экан ким дўстроқ, яқинроқ, қадрдонроқ эканлигини тахмин қилиш учун.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Iftorlikdan keyin mana bu yerda bo‘layotgan suhbat desert sifatida o‘tsa kerak she'rsevarlarga.

"Duel" nafaqat iste'dodlarni, balki qalbdagi muhabbatlarniyam olovlantiradigan loyiha) 🔥

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

/channel/update_ur_playlist

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Men ham

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Ba'zi filmlar tugamasligini istaysan

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Ey, yashab, dunyoni yengayotgan odam,
Ey, bolasiga bo‘zdan libos tikyotgan odam,
Ey, rizqini erta sahar ekyotgan odam,
Sen bilanman!

Ey, tizida gunohin yuvyotgan odam,
Ey, osmonni ko‘zida yuvyotgan odam,
Ey, so‘zidan sevgini quvyotgan odam,
Sen bilanman!

Ey, yerga sajdalar qilyotgan odam,
Ey, aqlini qaychilab ko‘myotgan odam,
Ey, yaproqdan libos tikib kiyyotgan odam,
Sen bilanman!

Ey, Allohga yukinib, o‘lyotgan odam,
Ey, o‘ziga o‘t qo‘yib, so‘nyotgan odam,
Ey, qush bo‘lib tug‘ilib, qulayotgan odam,
Sen bilanman!

Ey, baxtdan basirlikka do‘nyotgan odam,
Ey, baxtsizlikni ko‘ksiga o‘yyotgan odam,
Ey, jimgina mozorini ko‘myotgan odam,
Sen bilanman!

Sen bilanman,
Sen bilanman,
Sen bilanman!

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

* * *
Ichikdim. Sog'indim seni, shekilli,
Tongim rangi sariq, xasta kunduzim.
Ihrab quyosh chiqar, o‘kchib oy sho‘rlik,
Osima —
Sen kimning qizi!

Ko‘rpaga burkansam, ko‘rpa ilvirar,
Yostiqqa yopishsam, ilvirar yostiq.
O‘y menga sig‘maydi, uy menga sig‘mas,
bosiriq — bosiriq...

Zirillar borligim yursam, yo‘l ko‘nmas,
Qoyaga tirmashsam, puchmayar qoya.
Qarg'asam, qarg'ishim duoga o‘xshar,
voooya...

Ichikdim. Sog‘indim seni, shekilli,
Xo‘rligim keltirar g‘alati gina.
Nimaga odamlar shod, hurram, mamnun,
Bizlar odammasmi,
Osima?!

Abduvali Qutbiddin

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Bir kuni sezdirib qo‘yar baribir,
Bu yo‘lda yolg‘izsan, yolg‘iz bir umr.
Yomg‘ir tinar bahor ketar chog‘ida
Yozga yetolmaydi  qaqragan suruv.

Dasht ham huvillaydi mozor misoli
Azangga kelgandek shamol uvillar.
Baxtsiz ko‘zyoshingning isini olib
Qaydadir och, daydi qashqir irillar

Xatar,
Xatar,
Xatar har soniyangda
Bundan buyon faqat qolgani kutuv:
Qachondir baribir yolg‘iz qolasan,
Baribir yolg‘ondir,  bari yolg‘ondir...

Nimadir o‘rmalar,
Ongim,  o‘ngimda
Nimadir tirnalar,
Yuzim,  ko‘zimda.
Nimadir sudralar
Manov ichimda
Jonmi u?
Qonmi u?
Ishqmi,
Umrmi?
Ishonchmi?
Orzumi?
Tongmi?!
Yolg‘onmi?!!!

Baribir ketasan, 
sezdim shu lahza,
Baribir ketasan, 
o‘ldim bu lahza.
Endi yamalmaydi singan bu ko‘za
Endi bo‘lolmaydi osmon feruza...

Yana olddan chiqar yolg‘izoyoq yo‘l,
Yana qismat bitar: yolg‘iz,  yolg‘iz bo‘l...

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Navro‘z muborak bo‘lsin🌷

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Onam kaftlaridek mayin, yoqimli
Bahorning lahzalik yomg‘iridan so‘ng
Yengil nafas olyotgan shahar misoli
Sokinlik inadi ko‘nglimga.

Ko‘zlarim yumib huzur qilaman
Bu namxush lahzadan.
Kokillarimda o‘ynayotgan shamol
Bolaligimdagi yerning isi
Qitiqlar xotiralarni -
Shu qadar go‘zal.

Yaramdek eng yaqin do‘stlarim
Achigan yaramga malham bo‘lgani
Tinganim,
Ko‘nganim,
Yonganim
Va
So‘ngra
Jiiimgina so‘nganim
Yaproqdek to‘kilar zaminga
Shu qadar yengil...

Hech kimga aytilmas og‘rig‘im,
Hech kimga aytilmas izhorim
Va yig‘im,
Va sevgim,
Va gunohlarim.
Va savoblar-u
Va javoblarim
Va kechmishim
Va o‘tmishim
Va Tangrim
Barisi bir bo‘lib labimdan uchar:
Shunchalar go‘zal!

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Bir qo‘shiqni topishda yordamingiz kerak, nominiyam, ijrochisiniyam bilmaskanman, qidirb topay desam.

O‘tmishim balki zulmatdir,
Oldinda bo‘ladi nur...
degan so‘zlari bor edi adashmasam. Ancha avval eshitgandim, miyamga o‘rnashib qoldi shu kunlarda. Bir eshitvomasam, ketmayapti xayolimdan)

Kimdir bilsa nomini yozib qoldiring, iltimos.

Читать полностью…
Subscribe to a channel