feruzaxayrullayeva | Unsorted

Telegram-канал feruzaxayrullayeva - Feruza Xayrullayeva

334

She’rlar, kechinmalar...

Subscribe to a channel

Feruza Xayrullayeva

🍃

Сен мени ишонтир эртакларингга,
Мангуга кетишинг билсам-да атай.
Дегилки, бир тола сочим қолдиргум,
Куйдиргин, шу лаҳза ёнингга қайтай...
🍃
/channel/Aytolmagan_dilim

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Eslatma: Avvaldan telefon qilib, joy band qilishingiz kerak boʻladi.

Baʼzi kunlarda spektakl kunlari oʻzgargan boʻlishi mumkin.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Shunaqa siqiladigan ashulalar tashlab ketinglar izohga. Negadir kayfiyatim osmonida bulutlar-u, yomg'irlar suzib yuribdi😐

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Қишлоқда жаноза бўлди. Яна бир қабр дўппайди.

Мозор жимжит. Худдики сув қуйгандек. Шундоққина пастда ҳаёт қайнаб ётибди. Инсонлар турли ташвишлар билан банд, кимдир пул, машина, яна кимдир битмай қолаётган чала иморатини ўйлаяпти. Маошгача оз қолгани, нафақа пули келишини ўйлаётганлар ҳам бор.

Қабристон тепаликда жойлашган. У ердан қишлоқлар намоён бўлади. Ўтлар сарғая бошлабди. Қушлар сайрайди. Ҳақиқий май ойи бўляпти.

Бугун кўмилган одам кечагина биз қатори тирикчилик қилиб юрганди. Энди эса йўқ. Чархпалак айланишда давом этмоқда.

Айрим қабртошларда инсонларнинг вафот этган йиллари ёзилган. 2010, 2012, 2014 йиллар... Ие, худди кеча вафот этгандайку, дейман назаримда. Мана бу ака 2010 йил баланд жойдан тушиб кетиб вафот этганди... Ёнидаги қабрда ётган бобо урушда қатнашган. Хассага суяниб, кўчадаги ўриндиқда ўтирарди. Ўтиб кетганига 11 йил бўлибди.

Демак вақт шиддат билан ўтяпти. Ўн-ўн беш йиллар аввалги вақт худди кечадай туюлиб қолмоқда бизга.

Ҳаво айнаб кела бошлади. Жала қуяди шекилли. Нафасни бўғадиган, нам иссиқ...

(с) Улуғгбек Орипов

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

✉️ Qabul jarayoni davom etmoqda. Tanlovning viloyat bosqichlari boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi!

💫Sizda hali ishtirokchilar safidan joy olish uchun vaqt bor! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

🗺Loyiha haqida chekka hududlardagi iste’dodlar ham xabar topishi uchun o‘z hissangizni ayamang. “Duel” maydoniga eng munosiblarni chorlang!


📱Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Duelloyihasi?si=oM0eSa3F4ygabeuF">YouTube

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Yigʻladim. Katta sanʼatkor oʻzidek katta qalbli farzand qoldirgan ekan...

https://youtu.be/JS9IAACZK1o?si=rndMugFPW6vQdtW-

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Na orzu,
Na xayol,
Na umid, na baxt.

Na hayrat,
Na ishonch,
Na hayot, na tun.

Na yigʻi,
Na ogʻriq,
Na alam, na tush.

Na qargʻish,
Na oʻtmish,
Na kun, na sarhush.

Na umr,
Na sabr,
Na oʻzim, hech kim.
Shunchaki
Hech narsa,
Hech narsa!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

#Duel_dublyaj

Biz sheʼrlarni, shunchaki, chiroyli ekanligi uchungina oʻqimaymiz. Biz insoniyat vakili boʻlganimiz uchun ham sheʼriyatga ehtiyoj sezamiz!

▶️Oʻlik shoirlar jamiyati” filmidan

📱Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Duelloyihasi?si=oM0eSa3F4ygabeuF">YouTube

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

#yordamberaylik

Hech kim farzandi bilan sinalmasin!

Uning ismi Eldor, 5 yoshda. U soppa-sog' tug'ilgan. O'tgan yili 4 yoshligida juda kam uchrovchi SSPE kasaliga chalingan. Davolatish uchun oyiga 25-30 mln so'm pul ketarkan. Davlat bola davolanishi uchun kompensatsiya ham, moddiy yordam ham bermayapti. Uning dori-darmonlari uchun pul kerak, ota-onasining bor puli ham hozir tugagan. Iltimos, qo'ldan kelgancha yordam bering🙏

P.S. Birinchi marta yordam so'rab post qo'yishim. Uning onasi bilan 2 kun oldin syomka vaqtida tanishgandik. SSPE kasalligi bo'yicha material tayyorlayotgandim, onasi hozir muolajalarni deyarli to'xtatib qo'ydik, pulimiz tugadi, ovqatini ham tejab beryapmiz, och qolib yig'lagan kunlari bo'ladi degani uchun yordam so'rayapman. Bola yashashi kerak.

9860120164759595

Dinora Yo'ldasheva

©Mohinur Mamatova


P/s:. Bolakayni yo uyidagilarni tanimayman, ammo uning koʻzlariga shunchaki qarolmadim. Iltimos, imkoni boricha tarqating, duo qiling. Hech kimning farzandi kasal boʻlmasin ilohim.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Xabaringiz bor, “Duel” loyihasining yangi mavsumi allaqachon boshlangan.

Sizda ariza topshirish uchun 29-maygacha vaqt bor.

Yo‘nalishlar: kattalar va bolalar she’riyati

Ishtirokchilar 15–30 yosh oralig‘ida bo‘lishi kerak.

Kattalar sheʼriyati yo‘nalishi 1-o‘rin egasi – 50 mln. so‘m; 2-o‘rin – 40 mln. so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Xuddi shunday:

Bolalar she’riyati yo‘nalishi 1-o‘rin sohibi – 50 mln. so‘m; 2-o‘rin – 40 mln. so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Respulika bosqichi ishtirokchilari – 5 mln. so‘mdan rag‘batlantiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish: @duel_ariza_bot

Loyiha haqida chekka hududlardagi iste’dodlar ham xabar topishi uchun o‘z hissangizni ayamang. Tanlov e’lonini shaxsiy sahifalaringizda ulashing.


Batafsil: @duelloyihasi

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Menga doim Sanghyuk yoqqan negadir.

https://youtu.be/sdFFaFiIXMg?si=2BrfmgPqrK7vdcm4

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Izohlarda yozishyapti: "Talab bo‘lmaganida, taklif bo‘lmasdi" deb. Bir tomondan bu fikrga qo‘shilmaslikning iloji yo‘q, lekin mana shunday paytda jamiyatning katta qismida siyosiy savodxonlik, o‘zligini tanish, suverenligini anglash degan tushunchalar oldinga chiqadi.

Taqqoslash uchun: ayni paytda Gruziyada #NoToRussianLaw harakati (RF'da hukumatga yoqmagan biror OAV, media vakili, blogerni tamg‘alash uchun chiqarilgan chet el agentlari haqidagi qonun endi Gruziyada ham Kremlga simpatiyali hukumat tomonidan ma'qullanish arafasida, xalq bunga qarshi) avj olgan.

Deyarli butun Tbilisi va mamlakati kelajagiga, uning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga befarq bo‘lmagan erksevar gruziyaliklar ko‘chalarga chiqishgan. Ijtimoiy tarmoqlar ularni qo‘llab-quvvatlashga to‘lgan.

Men doim hayron qolaman – nega bizda istilochilar biqinidagi Z-propagandachilar kelishi oylar oldin aniq bo‘lsa, yuzlab "takrorlay olamiz"chilar Sovet bayrog‘ini ko‘tarib, Stalinni olqishlasa, boshqa tomondan tan olinmagan DXR rahbari O‘zbekistonga kelib shartnomalar qilib yursa, OAV va media vakillar, inflyuenserlar-u qorako‘z blogerlarimiz jimgina mum tishlab o‘tirsa.

Nimaga? Biz 37 millionmiz, gruzinlar 3,7 million...
Ozodlik, o‘zlik ular uchun qadrliroqmi?


Kadrda Tbilisi'dagi Yevropa maydoni yuqoridan / Mtavari TV.

@mirzo_zominiy

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Yana bir Z-artistga to‘rimizni beramizmi?

Rossiya Mudofaa vazirligi Jamoatchilik kengashi a'zosi hamda Ukrainadagi urushni faol qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ashaddiy propagandachi Nikolay Rastorguyev boshchiligidagi "Lyube" guruhi 20-sentabrda O‘zbekistonda konsert berishi aytilyapti.

Urushni romantizatsiya qilish, harbiy harakatlarni oqlab-ko‘klashga mo‘ljallangan qo‘shiqlarni tinglash va o‘zini imperialistik davraga yaqinligi, simpatiyasini ko‘rsatish narxi – 400 000 so‘mdan 2 500 000 so‘mgacha turadi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri tomonidan bir paytlar RF anneksiya qilgan hududlar tan olinmasligi aytilgandi, Rastorguyev rus istilolarini doimo qo‘llab-quvvatlab kelgan, kelmoqda.

Ishonamanki, suveren yurtimizdagi mas'ul tashkilotlar bu kimsa (va bunga o‘xshaganlarning) bemalol kelib, konsert qo‘yishi davlatimizning xolislik, betaraflik imijiga jiddiy salbiy ta'sir ko‘rsatishini yaxshi tushunishadi va jamoatchilik, OAV, blogerlar konsertning bekor bo‘lishiga erishadi.

#LyubeKerakmas

@mirzo_zominiy

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Albatta, didlar borasida baxslashilmaydi. Musiqadayam yaxshimasman, aniq, Lekin manov rasvo(manchun) narsani qanday eshitishyapti hayronman. Kamiga "Ovoz"dayam bittada tanlashibdi. O'zi shu "Ovoz" borasidayam savollar ko'paygandan ko'payib, ba'zi hakamlarning shuncha yil yiqqan obro'si tushib ketyotgandek.

Xullas, qo'shiqqa qaytsak, ovozi Otabek Muhammadzohidning ovoziga o'xshash bittasi shedevr klassikani qabrga tiqibdi. Tanlangan musiqa-ku, qaysidir o'xshamay qolgan qo'rqinchli filmdan kesvolingandek. IMHO

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

#Kinotavsiya: "Togʻa" filmi.

Film mashhur shaxmatchining hayotida muhim rol oʻynagan togʻa haqida hikoya qiladi. Koʻpgina oʻzbek filmlaridan farqli, bosh qahramonni boshdan-oyoq ijobiy obrazda koʻrmaymiz. Tomoshabin togʻaning yaxshi-yomon tomonlarini kashf qilib boraveradi film davomida va yakunda uni yaxshi yoki yomon koʻrishni ham oʻzi hal qiladi. Kartinani oʻzbek kinosidagi eng yaxshi filmlardan biri deyish mumkin.

Senariy muallifi va rejissyor: Rashid Malikov
Rollarda: Bobur Yoʻldoshev, Abbos Nigʻmonov, Nigora Karimboyeva va boshqalar.

Rasmiy
sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube |X

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

#Эълон

СОТУВ

Раҳматли шоиримиз Зариф Султоний (тахаллуси Беназир Муҳаммад) китобини академнашр нашриётида бостирган эдик. Ва ҳали тириклик чоғлари сотувга қўйиб, анчасини тарқатгандим. Хуллас ўша китобдан 150 тача қолган. Агар олувчилар бўлса, бемалол манга (фейсбук, телеграм, твитер, инстаграм орқали) алоқага чиқишингиз мумкин.

Маълумот учун тел: 912206126

Китоб нархи: 100 минг сўм.
Тошкентда китоб. Етказиб бериш хизмати текин эмас. Почтадан юборамиз, йўл ҳақини тўлаб олиб қоласиз.

Китоб нархини тўғридан тўғри раҳматли Зариф Султоний пластик карточкасига ўтказасиз.

Аввало бу китоб, ундаги шеърлар оригинал ва топилмас, бошқа тарафдан шоир оиласига қурбимиз етганича ёрдам кўрсатган бўламиз.

Эслатиб ўтаман китоб нархи 100 минг сўм.

Карта рақам:
8600 0610 5516 2274
( G‘afurov Zarif Hikmatovich)

Жонтемир

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Ne goʻzal odamlar bor:
Sevgan, sogʻingan, kutgan,
Xiyonat ne - bilmagan, oshiq boʻlolgan.
Va ayollar-da bor
Bunday odamlarga hech duch kelmagan...

Jamal Suraya

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

#shunchaki yoqib qoldi

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Тонино Гуэрра

1. Ёмғир шивирини бирга тинглайдиган шерик қидира бошлаган пайтингиз келади.

2. Нозиклик. Гўё капалак сизни силагандек ёки елкангизга ўтиргандек.

3. Ёлғизлик ҳам шерикликдир.

4. Севганингизда, сиз оддий одам бўлишни тўхтатасиз, лекин хушбўй ҳидга айланасиз. Сиз ерда юрмайсиз, балки унинг устида юрасиз. Севгининг бу ҳолати ҳаётдаги асосий нарсадир. Ва нимага ошиқ бўлишингиз муҳим эмас - аёл, иш, дунё ёки ҳаёт.

5. Мен қор ёғса, буни илоҳий деб биламан... Ёмғир ёғганда, дарахтларда барглар шитирлаганда эса – буларнинг барчаси илоҳий ҳодисалар, буларнинг барчаси мўъжизалар, булар инсон ҳаётидаги улуғвор дақиқалардир. Илоҳий дақиқалар. Ва агар ўлим ачинарли бўлса, айнан мана шу илоҳий кўринишлар туфайлидир. Бу ҳаётнинг ижроси, ҳаётнинг ўзи илоҳий иноятдир.

Таржимон М.Мусаллам

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Turon teatrida qoʻyilayotgan "Hamma qoʻshiq ishq haqida" spektakli...

Tuygʻular bu qadar inja, goʻzallik va ogʻriq qorishuvida berilgan spektaklni avval koʻrmagandim. Ayolning hislari tana harakatlari, raqslar bilan shu qadar teran ochib berilganki, har qanday soʻz, dialog ortiqchalik qilardi chindan. Jamiyatdagi eng ogʻriqli mavzuni olib chiqqan ijodkorlar sizga spektakl boshidayoq ogohlik qoʻngʻirogʻini chalishadi:

"Yolgʻiz qoldirgan ayoldan har qanday vaxshiylikni va juda katta sevgini kutish mumkin...

Spektakl soʻz aytish uchun chiranish, jimjimador soʻzlar ortiga berkinish yo buyuk ajdodlar siymosiga yukinish shartmasligini isbotlagan. Hammaga, hammaga tavsiya qilardim tomosha qilishni.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Sheʼr emasligi aniq. Shunchaki nimadir.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Koʻringiz, tarqatingiz! Va kinosini ham koʻring, kitobini ham oʻqing!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

To‘ldimi, albatta tosharkan u jom,
Mudom to‘lmaslikka o‘zni o‘rgatdim.
Qoraysa, qorayib kelaversin shom,
Oson o‘lmaslikka o‘zni o‘rgatdim.

Yashasam-da, bog‘ning giyohlariday,
Kuch, qudrat yashirin qiyoqlarimda,
Toptalsam-da to‘fon tuyoqlarida,
Sinib, so‘lmaslikka o‘zni o‘rgatdim.

Bilmam, qayda o‘sdim, qanday o‘sdim, bas,
Bu zer, zabar matoh – mening po‘stimmas,
Ko‘kdan tusholmaslar mening do‘stimmas,
Men pastlik, xaslikka o‘zni o‘rgatdim.

Jumlaga, jumladan, menga ham rivoj
Bersin qodir xudo, ammo, yupun, och,
Baxtsizning oldida yarqiratib soch
Baxtli bo‘lmaslikka o‘zni o‘rgatdim.

To‘ldimi, albatta, tosharkan u jom…

Halima Xudoyberdiyeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Yomg'ir yog'ar, shig'alab yog'ar...

manba

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

“O‘zbekistonda yashayotgan barcha millatli vatandoshlar o‘zbek tilini bilishlari shart”.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodinning mamlakatga kelayotgan ishchilar rus tilini bilishi kerakligi haqidagi fikriga munosabat bildirdi.

Volodin plenar majlisda Rossiyaga ishga kelayotgan ishchilar rus tilini bilishi, mamlakat an’analari va madaniyatini hurmat qilishi kerakligini ta’kidlagan.

So‘zsiz, Rossiyaga ishga borayotganlar rus tilini bilishlari shart, lekin bu O‘zbekistonda yashayotgan ruslarni o‘zbek tilini bilishlari shart emas degani emas!

O‘zbekistonda yashayotgan barcha millatli vatandoshlar o‘zbek tilini bilishlari shart.

O‘zbek tilini bilmaydigan inson nafaqat davlat xizmatida ishlashi, balki davlat xizmatlaridan foydalanishi ham mumkin bo‘lmay qolishiga erishishimiz kerak, — dedi bunga javoban Alisher Qodirov.

Rahmat, Alisher aka!🤝

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Xudbin

Kelmang, yaqinlashmang, olmang xavotir,
Sizga ham yuqmasin kuyindi isi.
Bilmam, qachon bo’lgan bu yong’in sodir,
Men bir yonib ketgan uyman, azizim.

Sevgilim achindi va ketdi tashlab,
Ammo mahshargacha sovimaydi cho’g’.
To’g’ri, endi menda bo’lmaydi yashab,
Shukr, uning boshqa boshpanasi yo’q.

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Jonga tegishdi! Qachondir, kimlardir o'zini vazifasini bajararmikin?! O'tgan gal jamoatchilik noroziliklari bilan bekor qilingandi shunaqa konsertlar. Bu safar ham jim turmasligimiz kerak! Maksimal repost qilishingizni so'rardim.

#Lyubekerakemas

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Yuqoridagi "ashula"ni ulashib, quloqlaringiz qarg'ishiga qolganim evaziga haqiqiy asarni opkeldim. Ko'zlaringizni yumib, mazza qilib eshiting!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

— Я согласна любить тебя по четвергам только с одним условием.
— С каким?
— Быть любимой в пятницу, субботу, воскресенье, понедельник, ну и, пожалуй, во вторник.
— А в среду?
— По средам у нас будет санитарный день. Будем отдыхать друг от друга. Ты в своей среде, я в своей.

Ринат Валиуллин, «Где валяются поцелуи»

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Tilla aytgandek, rostdanam har yerda "Dardisar".
Uyda, koʻchada, miyamda😁

Читать полностью…
Subscribe to a channel