feruzaxayrullayeva | Unsorted

Telegram-канал feruzaxayrullayeva - Feruza Xayrullayeva

334

She’rlar, kechinmalar...

Subscribe to a channel

Feruza Xayrullayeva

Buning baxtini bilgan biladi🫠

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

🔥Va nihoyat! Bugunning eng yaxshi xabari boʻldi man uchun!

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul deb topuvchi qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

❗️ Qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston xalqining sha’nini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi, davlatlararo, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni keltirib chiqaruvchi harakatlar sodir etgan shaxslar mamlakatda bo‘lishi nomaqbul deb topiladi.

✅ Bunday shaxslar O‘zbekistondan deportatsiya qilinadi va besh yil davomida O‘zbekistonga kirish, banklarda hisobvaraq ochish, ko‘chmas mulk sotib olish, davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etish, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarga kirishishi taqiqlanadi.

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Bu fikrga nima deysiz?)

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Oʻtgan gal “BIZ YURGAN OYDIN KECHALAR”ga borolmaganlar uchun imkon!

“TURON” davlat harbiy teatrida shu nomli musiqiy kompozitsiya
23-iyun 19:30 da qayta toʻldirilgan, yangilangan tarzda oʻtkaziladi.

Joylar soni cheklangan, bilet 50 000 so’m.
Murojaat uchun: +998900034616

P/s: Konsertda siz sevgan va umuman kutilmagan goʻzal qoʻshiq-sheʼrlar jonli ijro qilinadi. Ayniqsa, yoshligini yana bir bor his qilishlari uchun ota-onangizga bilet hadya qilishni ham tavsiya qilaman.

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Abduvali Qutbiddin - oʻzingdan uzoqlatib, oʻzingga keltiradigan ulkan shoir. Oxiratlari obod boʻlsin ilohim

* * *
Эрталаб мусича нолалар чекди,
Гўёки даҳшатда ўтгандай туни.
Нотинч хаёлларим бўғзимга етди,
Кўксимга урилди
оҳларинг сени...

Иссиқ ҳаволарнинг тафти куйдирди
Қақраган дилимнинг ҳоли забуни.
Жонимни бешбаттар сиқиб туйдирди,
Кўксимга урилган
додларинг сени...

Бурқсир димоғимда таҳлика ҳиди,
Теграмда англанмас азоб тутуни.
Сокин ҳисларимни маломат еди,
Кўксимга урилди
қўмсашинг сени...

Қабоғим қабарди, ваҳима бурди
У энди бир умр ҳасратнинг ини
Барча  ўйларимни тортиб суғурди,
Кўксимга урилган
тушларинг сени...

Кўксимга урилган
оҳларинг сени..

Абдували  Қутбиддин

@abduvali_qutbiddin

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Бугун шоира қизим Феруза Хайруллаеванинг туғилган куни. Чин юракдан қутлайман, умринг узоқ, ҳаёт ва ижод йўлинг порлоқ бўлсин, Феруза!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Hasbunallahu va ni'mal vakiyl.
Alhamdulillah!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Toza suv- Suvi yo’q qishloqlarda quduq qazib, suv tozalash stansiyasini o’rnatish loyihasi.

1000 so’mdan bo’lsa ham xayrli ishga bosh qo’shing🙏.

Payme’ dan “Ona foundation” orqali “Toza suv” loyihasiga pul o’tkazish mumkin.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

OYINA.UZ’DAN “HAYITLIK” – 66 MILLION SOʻM VA QIMMATBAHO SOVGʻALAR!

🗓Календарь Taqvimni oching!
15-iyundan 2-sentabrgacha bo‘lgan muddatni belgilang – 80 kun!

Mana shu 80 kunni qanday o‘tkazish bo‘yicha bizda daromadli taklif bor:
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 15-iyun sanasidan sovrin miqdori 66 mln soʻm boʻlgan (qimmatbaho sovgʻalar ham bor) “Kitoblararo 80 kun” marafoniga start bermoqda!

Marafon 4 bosqichdan iborat va har bir bosqich 20 kun davom etadi. Ishtirokchilar har bir bosqichda 2 tadan kitob o‘qishadi va yakunida onlayn sinovdan o‘tadi.

Xullas, bor-yo‘g‘i 8 ta kitobni o‘qib, katta pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar yutib olishingiz mumkin!

Ha, aytgancha, yaqinlaringiz va do‘stlaringizni ham marafonga taklif qiling!

Toʻliq ma'lumot va marafonda ishtirok etish uchun bot: @oyinatanlovbot

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Oila – bu hamma narsang...

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Kemtik she’r

Salom, birinchi dunyo,
birlashgan qirollik.
Sirtdan ko’rinsam-da baxtli xonimdek
Ichimda bo’zlaydi birlashmagan el.
Mayin tabassumla kutib olding lek,
Donishmand qushlaring sezdi ko’zimdan,
Mo’ysafid daraxtlaring his qildi zimdan
uchinchi dunyodan kelganligimni…

Aldab nima qildim sizni, dunyodosh,
Qora yolg’onlarni ko’chirmam oqqa.
Umrimiz yonmoqda*, tugamoqdamiz.
O’tni o’chirmadi ko’z yoshlarimiz.
Biz ham haqli edik baxtli bo’lmoqqa.
Biz ham haqli edik har narsaning eng oliysiga,
oliy navli orzuga, oliy navli hisga,
oliy navli lazzatga, oliy navli og’riqqa.

Men ham ishonardim, qo’ygandim ixlos
Jannat deb atalmish bir illuziyaga.
Jek London shivirlar quloqlarimga:
“Dunyoga kuchlilar chiqadi ega”
Egam, kuchsizlarni yaratding nega?
Sira g’azabingni keltirmaydimi
benihoya qashshoq mamlakatlarning
pulni xudo qilgan amaldorlari?
Senga ham ayyorlik qilularmi, yo
yodingdan chiqqanmi uchinchi dunyo?

Zarra to’g’ri so’zga yo’qdir toblari,
Ko’rdim, ko’zlaridan firib quyilar.
Quruq va’dalari,
bejalgan so’zlari,
arzon niqoblari,
Mudom o’z fojelarini yashirmoqqa urinishlari
televizorga chiqishimni ta’qiqlashganidek
kulgili va mantiqsiz tuyilar.

Har ne bo’lganda ham vatan begunoh,
shundoq ham imkonsiz sevmaslik uni.
men shoir sho’rlikni kechirgil illo,
Erkni istamagan badbaxt tutqunim.

Qafasga qaytaman shodmonu hurram,
Qo’l silkir birinchi dunyo vakili:
“Faqat va’da bergil qaytib kelmoqqa”
O’ksinar, xo’rsinar qaroqlari nam:
“Biz ham haqli edik baxtsiz bo’lmoqqa…”

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Gʻalati. Hech narsa qolmabdi.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Mana bu video ostiga oʻzimizning qorakoʻzlarimiz oʻzbekni yomonlab, ustidan kulib yozyapti. Daxshatlisi, video oʻzbekning ustidan kulish uchun qoʻyilgan atay. Biznikilar boʻlsa oʻtin boʻlib berishyapti. Nega bunchalar orsiz bu odamlar! Xoʻrligi keladi odamning. Xoʻp, holat shunaqa boʻlgan, lekin bu millating ustingdan kulyotgan odam oldiga borvolib, maʼqullab oʻtirish kerak deganimas-ku!

https://www.instagram.com/reel/C7tv43WKnKF/?igsh=MXNrZ25oaDRrb29oaw==

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

“Bahodir Yalangtoʻsh” filmi ishonchni oqladimi? – Mutaxassislar nima deydi?

Oyina.uz audio suhbatlar tashkil etishda davom etadi. Navbatdagi chat Kinematografiya agentligi hamda Samarqand viloyat hokimligi hamkorligida suratga olingan “Bahodir Yalangtoʻsh” badiiy filmining tahliliga bagʻishlanadi.

Audio-chat ertaga – 1-iyun, soat 21:00 da Oyina.uz telegram kanalida boshlanadi.

Audio-chat mehmonlari:

Baxtiyor Yoqubov – San‘atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Maftuna Muhammadaminova – sanʼatshunos, jurnalist
Hasan Toshxoʻjayev – “Bahodir Yalangtoʻsh” filmi senariy muallifi

Moderator: Feruza Xayrullayeva – Oyina.uz jurnalisti

‼️Oyina-chatda faol qatnashing.


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube |X

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Duelga topshirsammi, topshirmasammi, deb vaqtni o'tkazvorganlar, talabalikdan qolgan odat bo'yicha dedlaynga taqab, oxirgi kun telefonining quvvati tugab qolganlarga yana bir imkon berilyapti))

Duelda arizalar qabul qilish muddati 10-iyunga qadar uzaytirilibdi!

Endi tezroq topshiringlar, duel boshlanib, kim kimni "otarkan" deb shunaqa kutib oʻtiribman qachondan buyon😁

Ariza topshirish👉 @duel_ariza_bot

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Nihoyat "Bahorsiz umr" ochiq tarmoqqa qoʻyildi.

Shokir Xoliqovning hamma odamlari haqiqiy. U hech kimni yasamaydi, aldamaydi, shunchaki bizning nazarimizdan chetda qolgan yo koʻrib koʻrmaganga olgan, ammo yashayotgan insonlar haqida hikoya qiladi.

Filmni birinchi marta koʻrganimda ichim titilib ketgandi. Shu soʻzni, tuygʻuni his qilish uchun olingandek film ham.

Shokir aka insonni insoniylikka qaytarib turadigan filmlar uchun rahmat! Aytgancha, bayram muborak. Bizning jurnalistikamizda ham haqiqiy odamlar yashasin doim!

Filmi toʻliq koʻrish:
https://youtu.be/eJ7Y0aC0uuo

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Aytgancha, kanal guruhida "Daho" filmiga oʻxshash kino tavsiya qiling, deyishgandi. Esimdan chiqib ketaverardi hal gal. Bugun Shohrux Abdurasulning kanalida shu postni koʻrib yodimga tushdi yana.

"Tafakkur oʻyinlari" haqiqatda katta film. "Old"lar yaxshi biladi asli, televizorda koʻp berilardi, qayta eslatay dedim)

Oʻzbekchasi bor, albatta koʻring ❤️

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

#Kinotavsiya: "Zaytunzor oralab" filmi (Eron).

Rejissyor va senariy muallifi: Abbos Kiarostami
Rollarda: Husayn Rizo, Farhod Heradmand, Muhammad Ali Keshavarz va boshqalar.

Umurtqa pog‘onasi tekis filmlar hech qachon tugamaydi. Ya’ni film namoyishi tugagandan keyin, u boshlanadi. “Zaytunzor oralab” ham shunday filmlar sirasiga kiradi. Oddiy, hech qanday yuk bermaydi. Nafis. Zulm qilmaydi. Falsafa yoki aql o‘rgatmaydi. Nimadir demoqchilikdan yiroq. Shundan uning jozibasi yarq etib ko‘rinadi.

Murod Chovush, yozuvchi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Feruza, sokin va cheksiz parvoz tilayman. Umring goʻzal ohanglarga toʻlsin❤️


***
Na orzu,
Na xayol,
Na umid, na baxt.

Na hayrat,
Na ishonch,
Na hayot, na tun.

Na yigʻi,
Na ogʻriq,
Na alam, na tush.

Na qargʻish,
Na oʻtmish,
Na kun, na sarhush.

Na umr,
Na sabr,
Na oʻzim, hech kim.
Shunchaki
Hech narsa,
Hech narsa!

/channel/FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Феруза қизим, шу кеча бир шеър қоралаган эдим. Ўша шеърни сенга бағишладим.


***

Нима бор соғинчимнинг ичида,
нима бор? -
озгина қувончу
улкан кема бор -
қайғуларимни олиб олисга ҳорғин
сузиб бораётган қора кема бор!

Бу кема кун келиб
ўзидан юксак
қайғу қоясига урилиб синар
ва чўкар
юраклардан тўкилган сирлар,
инсоният армонлари чайқалган
поёни йўқ уммон қаърига -

Озгина қувончим
оппоқ чорлоқларга айланиб
чарх уражак замини йўқ очун устида...

Хуршид Даврон
19. 06. 2024

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Феруза Хайруллаева шеъри

“Нимадир узилди” -
Қаҳрамон ўлди.
Мен ботиб кетдим кўлмакли кунга.

Дада,
қаҳрамоним ўлдирдингиз жим
ҳеч раҳм қилмай
бурдалаб
кўзларингиз
қонаётган нигоҳларингизда
мен, болалигим, момом,
эртаклар, ҳайратлар, орзулар бор эди.

Сиз бўғаётган қаҳрамон
ҳаётга,
манови ланъати ҳаётга
бардош бермоқ учун
суянчиқ эди.
Бобомнинг таёғи каби
мен чўлоқ юрганда суяндим мудом
бугун у синди
пайраҳалари
сочилди
қадалди бўғзим
кўксимга
ва мен айландим
рангсиз шовқинга.

Дада,
сиз айтган эртаклар тугади бугун
Бари сохта экан
малика, шоҳлар
Минг бир кеча жонни сақламоқ учун
Бу халққа эртаклар
сўзлолмайман мен.

Дада, сиздаги қайғу
Менинг елкамдаги чандиғим бўлди.
Бу чандиқ шунчалар чуқур эдики
Битмайди ўлимим билан ҳам балки…

Худога қандай бораман энди
Не дейман бу қайғу
бу кўз ёшини
Қарғалган, қайралган
ханжар бўлдим мен
ўзимга,
кўнглимга
умримга.

Дада,
Мен уммон бўлмадим
мен тоғ бўлмадим
Ўғил бўлмоқчидим
балки билмадим…
Аммо остонангдан учиб кетгувчи
Бир қушдек бўлмадим,
бўла олмадим.

Мен энди дунёни нетаман, дада
Ҳайратлар қолмади, ҳаёт қолмади.
Мен эртак айтмайман боламга энди
Бугун ичимдаги қаҳрамон ўлди…

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Bugun oʻzimga erkinlik berib, random qilib kino tanlagandim. Omadsiz boʻldi))

Aslida yaxshi film, ammo hozir koʻradigan vaqti emasdi man uchun balki. Lab chetida miyigʻida jilmayish bilan tomosha qildim harholda))
Ammo, liboslar, kadrlar va ijro ajoyib.

Xotira kundaligi: Hayotida hamon muhabbat saqlayotganlar uchun yaxshi melodrama boʻloladi.

Kinodagi eeeng yoqqan joyi:

https://youtube.com/shorts/uMwWjGsXQnI?si=CwCkaKE5KXkfKJ9p

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Qurbon hayitimiz muborak boʻlsin! Alloh qurbonliklarimizni qabul qilsin ilohim.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Baxt faqat oʻzingniki boʻlishi kerak!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Ogʻriqli suhbat boʻlgan. Qaniydi shu oʻqituvchidek jon kuydirsa tegishli odamlar. Millatni yoʻqotmoqchi boʻlishsa, sifatsiz taʼlimning oʻzi yetadi. Eng yomoni, bu ishni ichimizdagi odamlar qilayotgani alamli judayam.

https://oyina.uz/uz/article/2784

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Фаришталик оғир эмасми?!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Esiz millat! Esiz Vatan! Yaxshiki, shunaqalarga kunimiz qolmagan!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Tillajon, tugʻilgan kuning muborak boʻlsin! Adabiyot, sheʼriyat uchun koʻp yasha, koʻp-koʻp yoz va bugungidek goʻzal yoz doim!


***
Men seni kutdim,
Baxt va baxtsizlikning hijronida jim...
Sen kelsang, senga joy bermoqchiydim
Qalbimning "yaxshi va yomon" joyidan.
Suvlar oqqan yashil va loyqa
Hali hech kim tinglamagan joyidan.
Suvlarda yuvilgan shomlar qayg'usi,
Va o'sha shomlarning mushtoqligi ham.
Yuvilgan, yuvilgan shomlarga tashlab ketilgan xotir va dardlar,
Aytilmagan, bekatlarga tashlab ketilgan gaplar.
Yuvilgan, yuvilgan, yuvilgan hijron.

Men seni kutdim
Ruhimning beqaror qayg'usida jim.

Tillaniso

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Bolalikni sogʻinadigan, bolalarcha yashaydigan va ichida bolaligini asrab qololgan hammaga bayram muborak!

https://www.instagram.com/reel/C7qj3c7NCKl/?igsh=MTNlNzBmczdoM292MA==

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

#Kreativ

Mazza qilib ko'rdim, bo'larkan-ku!)

Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston harbiy-havo kuchlari faoliyatiga oid videorolikni namoyish etdi.

Читать полностью…
Subscribe to a channel