feruzaxayrullayeva | Unsorted

Telegram-канал feruzaxayrullayeva - Feruza Xayrullayeva

334

She’rlar, kechinmalar...

Subscribe to a channel

Feruza Xayrullayeva

juda balanddan
qulab tushayapman
o‘z ichimga

buncha tez
buncha chuqur

toyib ketdim chog‘i
sen haqingdagi
toshga do‘ngan xayollarimga

arqon tashlab ovora bo‘lma

© Aziz Said

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Yaqin orada bunaqa rost matn o'qimagandim:

U shaharga choponining yengida qishlogʻining choʻlogʻi-yu, beva xayollari bilan kelgan – Jontemirga maktub

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

SAMARQAND VILOYATI HOKIMLIGI, YOZUVCHILAR VA JURNALISTLAR UYUSHMALARI VILOYAT BO‘LIMLARI DIQQATIGA!

2019-yil may oyida ustoz Mahmud Sa'diyning sog‘lig‘i yomonlashdi.
2019-yil iyun oyida ustoz Mahmud Sa'diyga "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni berildi.
2019-yil iyul oyida ustoz Mahmud Sa'diy tavalludining 80 yilligini nishonladik.
2019-yil avgust oyida ustoz Mahmud Sa'diy Yozuvchilar uyushmasiga a'zo bo‘ldi.
2019-yil sentabr oyida ustoz Mahmud Sa'diy bilan so‘nggi bor muloqotda bo‘ldim, telefonda. "Ishga yaramay qoldim. Meni bo‘shat" dedi. "Bo‘shatmayman!" dedim...
2019-yil noyabr oyida ustoz Mahmud Sa'diy chin dunyoga ketdi...
Bularni eslaganim sababi — qo‘limga bir kitob tushib qoldi: "Samarqand ijodkorlari". Varaqlab birinchi ustoz Mahmud Sa'diyni izladim. Yo‘q!
Bunday qarab chiqsam, Suvon Meli, Shomirza Turdimov, Shuhrat Sirojiddinov, Shukur Sodiq, Asliddin Boliyev ham yo‘q.
Ustoz o‘zi bo‘lganida bunday narsalarga qiziqmasdi, e'tibor ham bermas edi! Lekin, farzandlari, nevaralariga, shogirdlariga, adabiyot, jurnalistika muxlislariga qiziq, kerak.
O‘zi Samarqand — Xudoning nazari tushgan joy shekilli, har bir qishloq, ovul, mahallasidan hech bo‘lmasa bir ijodkor yetishib chiqqan. Mamlakat miqyosida dovruq qozonganlari qancha?!.
Lekin yaqin yillarda, masalan, Noqis(1868), Fozil Yo‘ldosh(1872),  Hoji Muin(1883), Saidrizo Alizoda(1887), Qutbiddin Muhiddinov(1900), Vohid Abdullo(1912), Nuriddin Shukurov(1930), Boturxon Valixo‘jayev(1932), Samariddin Sirojiddinov(1932), Isomiddin Salohiy(1933), Ma'ruf Jalil(1936), Ahmadjon Muxtorov(1936), Barot Boyqobilov(1937), Mahmud Sa'diy(1939), Mashrab Boboyev(1941), Qambar Ota(1941), Mamatqul Hazratqulov(1947), Asad Dilmurod(1947), Otayor(1947), Azim Suyun(1948), Safar Oston(1948), O‘tkir Rahmat(1948), Ahmad A'zam(1949), Murod Muhammad Do‘st(1949), Yo‘ldosh Eshbek(1950), Sharof Boshbekov(1951), Abdusaid Ko‘chimov(1951), Suvon Meli(1951), Xurshid Davron(1952), Orziqul Ergash(1953), Shomirza Turdimov(1957), Ravshan Fayz(1959), Abduvali Qutbiddin(1960), Karimberdi To‘ramurod(1960), Murtazo Qarshiboy(1961), Karim Bahriyev(1962), Abduqayum Yo‘ldosh(1962)larning yubileyi nishonlanganini eshitmadim.
Yoki shu yil So‘fi Olloyor(1644), Siddiqiy-Ajziy(1864), Po‘lkan shoir(1874), Islom shoir(1874), Abdulhamid Majidiy(1904), Kibriyo Qahhorova(1914), Habib Temir(1954), Abdurauf Qorjovov(1954)larning yubileyi nishonlanishiga tayyorgarlik ko‘rilayaptimi?..
Bugun ustoz Mahmud Sa'diyning tavallud kuni. Shu bahona shu o‘ylar o‘tdi boshimdan.
Oxiratingiz obod bo‘lsin, Ustoz!
@karvonli

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Senga ishonib aytilgan gap omonat. Omonatga xiyonat ham xiyonat hisoblanadi...

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Hududiy bosqichlarni kutayotganlar uchun maxsus

Duelchilar isyoni

(Ruhlar Isyoni)

Bu yerda duel boʻlishi mumkin
(Bu yerda hamma narsa boʻlishi mumkin)

Yosh duelchining iztiroblari
(Yosh Verterning iztiroblari)

Dueldan duelgacha
(Mendan "men"gacha)

Gʻarbiy duelda oʻzgarish yoʻq

(Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq)

Qani, davom ettiramiz

@duelloyihasi

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Duel tinmayapti. Jamoaning kreativligi rosti adabiyot yoʻnalishidagi loyihalar, rasmiy kanallar uchun oʻrnak boʻlarli.  Har gal yangi narsa oʻrganish mumkin. Masalan, mana shu chorlov ham zoʻr, qatnashib koʻring, aniq noodatiy suratlar yubora olasiz dunyoqarashingizdan kelib chiqib. Manam nimadirlar oʻylayman oʻqiyotgan kitobimdan kelib chiqib endi))

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Tez kunda...

@bookuzbekistan

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Xullas, kecha koʻp siqilvoribman. Hammasiga aybdor kinolar. Shuchun bitta man qiynalamanmi, deb shanba oqshomingizga oʻsha film tavsiyasini opkeldim, hozircha bittasini))

Xullas, film har bitta oʻqituvchi, har bitta ota-ona, har bitta jamiyat va har bitta ODAM koʻrishi kerak boʻlgan kinolardan biri. Unda hamma narsa bor. Biz hozir jarlikning labida turganimizni koʻrsatib beradi. (Shu yerda aksirvordim oʻziyam 🤦‍♀) Ha, azizlar, biz hali jarlikka qulamadik, lekin shu zayl ketsak, jamiyat jahannamning oʻziga aylanadi. Bu fim esa boʻm-boʻsh odamlar haqida, bolalar, taqdirlar, kasal jamiyat haqida. Avval koʻrganlar boʻlishi tabiiy, chunki oʻzimam anchadan buyon rejaga kiritgan filmlaridan biri edi. Xullas, mazza qilib tomosha qiling, aytgancha, kino jirkanch jamiyat haqidaligini hisobga oling...

Film nomi esa Zahiradagi oʻqituvchi (Detachment).

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Furug‘ Farruxzod

* * *

ko‘nglimga qil sig‘mas
ko‘nglimga qil sig‘mas

ayvonga chiqaman
barmoqlarim-la
silayman kechaning
tarang vujudin

aloqa nurlari porlamas
aloqa nurlari porlamas

meni quyosh bilan
tanishtirmaslar
eltmaslar
chumchuqlar ziyofatiga

parvozni eslab qol
qush esa o‘lar

B.Otajonova tarjimasi

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Kitob oʻqiyotgan Goʻroʻgʻli

Albatta, koʻring:

https://youtu.be/CV1ZPF12WQ0?si=Js_ckXvjA-JFxSC9

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Дождь на фоне, город тонет
Люди-клоны, птицы-дроны, скажи, кто мы?
Перед Богом, скажи, кто мы?
Скажи, кто мы?

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Ayol...

https://www.youtube.com/watch?v=qdDP-7KSz5I

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

ҚУРБОН

Сен ҳам кетасанми энди шимолга,
мунгли кўзларинга жойлаб ватанни.
Ўсмирлигинг пуллагани,
ғишт қилиб тергани истеъдодингни
қонимиз ичганлар остонасига.
Шеърингда куйлаган афсонали юрт —
ҳубоб
ёрилдими ниҳоят тиғ ургач
очлик ваҳми?
Билдингми қанчалар туллак ўйинчи
бўлсангда,
қашшоқлик қўлида туз чиллик.
Нон — авлиё,
ош — пайғамбар,
Тангримиз — тирикчилик,
Тангримиз — тирикчилик.
Коинот кимнинг қорни?
Бошига тушганми қурт?
Чайнар тоза руҳларни,
икки елкада манқурт.
Тангрига ёқарми ё
ёлғон саҳна кўриниш.
Бунча севмаса дунё
истеъдодли чўрини!
Тиланмагин, бефойда,
хирмонбоши — каламуш.
Гул тилин тушунмас у,
англамайди қуш тилин.
Кўримлар кўчасида
ягона тил — гўшт тили!

Кетасанми маъюсгина синиқчеҳра гўдагим,
бўсанг изи қолмай туриб бирор қизнинг бўйнида.
Телбалигинг бузмай ҳали сокинларнинг тушини,
пўрим-пўрим мижиқилар оғзига урмай сўзинг,
опичлаб нафрат чаққан хотирни — узуқ-юлуқ
кетасанми:
сизга ватан, бизга эса йўл қуллуқ!
Кетаётган сен эмас,
укамни кузатяпман,
отамни кузатгандим,
боламни кузатябман.
Мени сотсанг бир чақага
арзимайман, на қилай?
Шеър билан ёнмас ўчоқ,
шеър билан тўлмас илик.
Заххоксан тирикчилик!
Заххоксан тирикчилик!

Хайр, абжир ёшлигим,
Хайр, чалғи сатрлар.
Хайр, чалма замонни
қўпаргувчи қудратим.
Мункиллаган ҳафсала,
хайр, қалбим чиритган
жаннатчеҳра сафсата!

Бир тарафдан хурсандман,
бунда хушрўйдан хушрўй
капалаклар ёдингни
қуршаб олганли виж-виж.
Энди ватан ҳақида
ёлғон ёзолмайсан ҳеч,
ёлғон ёзолмайсан ҳеч...

Бунча севмаса дунё
истеъдодли чўрини!

Жонтемир

@Jontemir_t

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Kechagi bir holatdan keyin ichimda aylanayotgan gap:

Shavkat Rahmon tirik boʻlganda, bu qadar boʻlmasdi(k)...

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Vallining suratga olinganiga 16 yil boʻlibdi. Betakror multfilm. Bugun kechga nima koʻrishni bilmayotganlar uchun tavsiya. Multfilm faqat bolalar uchunmas, koʻproq kattalar uchun ishlangan. Yoqimli tomosha.

Xotiralar va taassurotlar uchun rahmat, Valli❤️🥹

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Hayotimda oʻqigan eng birinchi qoʻrqinchli oʻzbek hikoyasi kino tiliga koʻchdi. Shohrux yaxshi rejissyor, shuchun juda qiziqib ketyapman filmga. Bu gal Mutolaada haqiqiy film koʻramiz nasib!

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Sanoqli daqiqalardan so’ng Oyina.uz portalining telegram kanalida audio-chat boshlanadi. Mavzu: O‘zbek nasri muammolari

Audio-chat mehmoni: Nazar Eshonqul – Yozuvchi, senariynavis

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

😊Dahshat”li premyera!

Mutolaa” loyihasi “Kitob-kino” rukni asosida tayyorlangan navbatdagi film katta ekranlar yuzini koʻrishga tayyor!


Atoqli yozuvchi Abdulla Qahhorning "Dahshat" hikoyasi ilk bor yosh rejissyor Shohrux Norqulov tomonidan  ekranlashtirildi.

“Unsin” qisqa metrajli film o‘zbek xotin-qizlarining erk va iroda kuchining betimsol qo‘shig‘idir.

🎥 Film premyerasini 26-iyul, soat 18:00da “Mutolaa films” YouTube kanalimizda tomosha qiling.

👉 mutolaafilms?feature=shared">Havola

Telegram | Instagram | Ilova

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

ruhimda jon berdi bir hazin vatan
qalamim tiyg’ida quladi sabrim
zaxmdor bitiklar – jismimga kafan
dardlardan sarg’argan qog’ozlar qabrim

© Benazir Muhammad
Sariosiyo, 1989

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Abdumannonning rasmlarini yaxshi ko'raman, she'rga o'xshaydi xuddi. Yana uning eng yoqadigan jihati – chiranmaydi, ko'rsatib qo'yaman, deb rasmga olmaydi, shunchaki ko'ngilga tegib ketadigan lahzalarni ko'ra oladi va rasmga oladi. Uning rasmlarini asrab yuraman, toki mos biror matn chiqquncha. Avvalroq bir suratidan Sherbek Boboqulovning Opamni axtaribi uchun foydalangandim.

Bu gal Elyor Haydarovning Tuxumni sindirish g‘ujuri materiali uchun oldim. O'qib chiqing, balki sizgayam yoqar: https://oyina.uz/uz/article/2877

P/S: Abdumannonning boshqa rasmlarini bu yerdan topasiz: @nur_izi
Elyorning kanali esa buyoqda:
@Elyor_Haydar

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Haqiqiy kino va haqiqiy sevgini his qiling!

Yaxshi kino topib keldim yana. Koʻpchilik allaqachon koʻrgandir, ammo koʻrmaganlarga tavsiya qilaman: "Bo'sh uy" (2004)
Kim Ki Duk / Janubiy Koreya

🎬 18/07
🕒 19:00
Buyuk Turon 77 ● Moc Hub

Kirish oldindan ro‘yhat orqali @moc_support (Telegram)

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Men ming yil baxtli bo‘lmadim,
Keyin ikki ming,
So‘ngra uch ming yil.
Keyin o‘rgandim baxtsizlikka ham.
Osmonning olisligiga
Odamlarga.
Farishtalar yerda bo‘lmasligiga.
Farishta emasligimga.
Faqat
Ko‘zguga boqib yig‘lamaslikni
Sharbat tayyorlashni,
Non yopishni,
Qo‘shiq aytib,
She'r o‘qishni
Va yana o‘rganolmadim
Baxtli bo‘lishni.

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

ALBINOSLAR
(Do‘stlarimga bag‘ishlayman)
Boshqalarga o‘xshamas aslo
Terimiz, ko‘zlarimiz,
Qosh-u kipriklarimiz rangi
Quyoshga tik qarolmaymiz ular singari
Ulg‘aygan chog‘da ham
Farq qilmaymiz dunyoning sof va ojiz go‘daklaridan,
Quyoshning ozurda bolalarimiz.
Odamzotning borki kulfatida bizni ayblagaylar –
Qachonki yetilsa bir isyon,
Qachonki haddidan oshsa bir zulm,
Qachonki bir qurbonlik ehtiyoji tug‘ilsa,
Bizga qadalgaydir hadaflar,
Nayzalar bizga to‘g‘rilanar,
Kamonlar tortilar biz tomon.
Biz bo‘lsak
Aniq ko‘rolmaymiz ovchilar yuzini,
Hujum qay tomondan bo‘lishini chamalay olmaymiz hatto:
Shu bois go‘daklarning ko‘zlariday
Ma’sum ko‘zlarimizni yarim ochgancha
Kutamiz, so‘ng lahzani jim kutamiz...
Zotan, bizlar tug‘ilishdayoq
O‘limni bo‘yniga olganlarmiz
Hayotga jon-jahdimiz bilan
Tarmashib olmaymiz boshqalarday
Uni ozod etajakmiz
“Qo‘yib yubor” degan zahoti!
Odamlar bizdan nafratlanar,
Biz odamlarni qattiq sevamiz.
Odamlar bizdan jirkanishar,
Biz qattiq intilamiz ularga.
Bir-birovga jo‘r bo‘lgancha
Qayta-qayta o‘tinamiz odamlardan:
- Go‘daklarni chavaqlamang!
Qizchalarni zo‘rlamang!
Shaharlarni yoqmang!
Rahmingiz kelsin har shom
Shahid Gʻazo rangida botayotgan Shafaqqa ...
Dahl qilmang mazhablarga, e’tiqodlarga...

Yaxshisi, bizni tanlang qurbonlik uchun
Ovchi yo‘llang ortimizdan Afrika shamanlariday
Zotan, bizlar odam emas –
Albinoslarmiz!

13.07.2024

© Gulnoz Moʻminova

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

''Qarang, koʻzimdagi qayg'u qatra qatra suvga aylanar"... Farruxzod she'ri

@Farruxzod

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Namangan qishloqlarida adashib yuribman)
Lekin bu adashish yoqyapti, huzur, mayinlik bor atrofda🤍

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

#fors_taronalari

Sokin dedinglar, mana sokinidan

@usmonosphere

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Yalangtoʻsh filmiga oshiqlarga bagʻishlanadi))

Kino faqat grafika degani emas – “Bahodir Yalangto‘sh” filmidan keyingi mulohazalar

Bu yerda oʻqing:
https://oyina.uz/uz/article/2841

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Badali shuncha ogʻirmi baxtning...

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

***

So‘zlab yurar g‘o‘r dunyo aro,
Ming xil quvonch, ming bitta g‘amlar.
Yig‘i, hasrat, g‘azabnok kulgu
Va sog‘inchrang, alag‘da damlar.
So‘zlar xatto ekran,
go‘shaklar,
Ochiq qolgan deraza ichi,
Hu-uv to‘rtinchi qavat tokchasi,
Kimdir esdan chiqarib qo‘ygan
berkilmagan jo‘mrak,
O‘chmagan lampa,
Uxlamagan daraxt,
Tinmagan ariq,
Xatto tun ham so‘zlayveradi
Eskirmagan ertaklarini.
Faqat eski bu dayr aro,
Faqat jimmiz biz
faqat ikkimiz...

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Va nihoyat bizdayam ijodkorlarga metsenatlik qilish boshlandi!

Boshlanganda ham kontrakt boʻlib qolsa, yuragi dukillab, oʻqitisharmikin, deb koʻzlari jovdirab turadigan qizlar uchun!
Boshlanganda ham ijodkor qizlar uchun!

Xullas, sheʼr yo hikoya yozadigan, uydagilariga ogʻirligini tushirmay oʻqishni istayotgan ijodkor qizlar beshtadan ijodiy ish va oʻzi haqida maʼlumotlarni 1-iyuldan 1-avgustgacha @Mehrnozbot ga yuborishlari kerak.

Mehrinoz bu haqda yozganda, katta odam boʻlsam, boshlayman degandim, boʻlmasdan ham boshlayverdim, degandi. Lekin aslida shuncha boshqa narsalar turganda, ijodkorni qoʻllash uchun metsenatlik boshlagani - katta odam boʻldi degani, men uchun.

Bu borada Mehrinozning yoʻlini bersin hammamizga! Katta odamlarimiz koʻp boʻlsin!

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…
Subscribe to a channel