***
Odamlar poyezdga tezroq, shoshilib chiqishga harakat qilishadi, ammo ular ayni damda nimani qidirayotganliklarini bilmaydilar. Shu sabab ularning halovati yo‘q. O‘zlarini u yo‘ldan bu yo‘lga urishadi. Lekin hammasi bekor…
***
Sen o‘z harakatlaring bilan yashayapsan, jisming bilan emas… Sen – o‘zingni harakatlaringdasan, sendan boshqa sen yo‘q. Shunday qat'iy qoida bor: ertalab uyg‘ondingmi, yuz–qo‘lingni yuv, o‘zingni va o‘z sayyorangni tartibga keltirib qo‘y.
***
Bir kuni men quyosh botishini 43 marta tomosha qildim. Bilasanmi, agar seni qayg‘u bossa, quyosh botishini tomosha qilish qanchalar maroqli…
***
Siz chiroylisiz, ammo hammadan holisiz, – so‘zini davom ettirdi kichkina shaxzoda, – ammo siz uchun hech kim jonini bermaydi.
(c) Kichkina shahzoda
Shu kunlarda men tinglayotgan eeennnggg shirin qo’shiq…
Sadarayhon soyasiday
so’ndi tuyg’u, so’ndi sezgi.
Chor atrofga boqmoqdaman,
Xazonrezgi, xazonrezgi…
@mehrli_kuy
Mehrinoz yana bitta kanalcha ochvolibdi. U yerdagi hajviyalarni o’qib, qorningiz og’rib qoladi kulaverganingizdan😅
Hammamizning atrofimizda qovog’idan qor yog’adigan, qarasang, kayfiyating tushib ketadiganlarimiz, ko’ngilga qil sig’mas zamonlarimiz bor-ku a?Shunaqa vaqti shu kanalga kirib, aji-buji yozuvli, lekin to’ppa to’g’ri hayotdan tikkasiga chopilgan hajvchalarni o’qib, dunyoning ustidan baralla kulib ketaversangiz bo’ladi)) Chunki kanal egasi shunaqa qiladi doim. Buning todini totgan odam sifatida sizga rostini aytsam, buning mazzasi bo’lak😂
Menimcha, hayot Mehrinozga hazil qilishni, u bilan bolalarcha hazillashishni sevadi, shuchun shunaqa hech kimning hayotida uchramas, telba-teskari hollar u bilan yuz beraveradi))
Gapni indallosi bir ishkal bo’lmasin desanglar, ishkalchi xonimning kanaliga ulanvoliglar)))
Havolasi mana bu: @mehrli_ishkal
Yana adashib boshqa joyga o’tib ketmanglar)))
@FeruzaXayrullayeva
"Otang yomg’irda qolgan mitti qushdek ko’rindi" – Otalarni bo'zlatma, Tangrim, bolalarni bo'zlatma, Tangrim!..
Читать полностью…Мансур Жумаев. Шеърлар. Шоирнинг ўзи ўқиган. / Mansur Jumayev. She’rlar. Shoirning o‘zi o‘qigan. https://www.youtube.com/watch?v=aGhQ3WGuKRs&t=203s
Читать полностью…Seni sog’indim.
Boshqa ne ham derdim,
Garchi so’z odamiman.
Ammo ba’zan yordam bermaydi so’zlar
Rangsizlikni tasvirlamoqqa.
Oq-qora emas, to’liq rangsizlikni aytayapman men.
Va senga yetkazmas so’zlar
yuragimdagi sovuqlikni,
Garchi desam-da
Qor yog’yapti qalbim ustiga.
Faqat suratingga termulmoq mumkin,
O’rmonda ho’l shabbalardan o’t yoqqan ovchining ko’zlarini achitgan misol tutun,
Ko’zlarim achishar keyin.
Faqat kuzakni kezib,
Xazonni bosib,
Yomg’irni simirmoq mumkin,
Ichingdagi o’tni so’ndirmoq uchun.
Ammo she’r yozib bo’lmas
Seni sog’inganim haqda.
Shuningchun oddiygina qilib
“Sog’indim”, deyman.
Balki sen ham
Ayni dam bu so’zni o’qib,
“Sog’indim”, dersan
Va dengiz yonidan
Qaytarsan
Sigara yoqib…
@FeruzaXayrullayeva
KAMBAGʻALNING SHODLIGI
Sen yangi botinka kiyib kelgan kun,
Eski botinkangdan qutulgan kuning...
Xotiningning chehrasidagi
Ship-shiydon kuz gulladi birdan.
Bir zarbda gulladi, botinka emas,
Go‘yo sog‘in sigir keltirganday sen.
Gapdon bo‘lib qoldi mungli xotining
Sholipoya uzra och chumchuq kabi.
O‘, erkak, yig‘lama, o‘zingni tutgin,
Shodlikdan gullagan xotin qoshida.
Shu kech yozilmadi kechki dasturxon,
Ko‘zlarni to‘ydirdi yangi botinka.
Tun...
Xotining och, shirin uxlar qo‘yningda,
Yuragingni esa g‘arch-g‘urch tepkilar
Yap-yangi botinka.
1988-yil
Eshqobil SHUKUR
bir odaming bor:
o'ylaganingda iching to'kilib ketadi.
yomg'ir yog'ganida,
sentimental kino ko'rganingda,
musiqa eshitganingda,
she'r o'qiganingda,
yozganingda yodingga kelaveradi takror,
orziqib ketasan.
lekin nimadir ushlab qoladi,
qaysidir xotira,
qaysidir so'z,
qaysidir his.
va teran anglaysan:
ortiq u odaming emas.
(She'rga aylanolmagan yasham)
“Haqiqat shunaqa narsa ekanki, qaysi tuzumda yashashingizdan qat’i nazar, siz yozib ketsangiz, yozganlaringiz qachondir nashr qilinar ekan. “O‘sha davrda ham shunaqa o‘ylaydigan, shuni bilgan, shuni qalamga olgan insonlar bo‘lgan ekan-da”, deb yuragingiz larzaga keladi”, - Hilola Nazirova.
Manba
Oʻlimimdan keyin menga yozilgan sheʼrlarni jamlab, kitob qilib chiqaringiz)))
Kamoliddin, goʻzal sheʼr uchun rahmat, sen yaxshi doʻst, yaxshi uka, suyanmoqchi boʻlsam, ulkan togʻsan, hech qachon choʻkma!
🍂Necha kundan buyon shu qo'shiqning "Senden uzakta hep bir şeyler eksik" misrasi aylanib yuribdi miyamda. To‘liq so'zlari esimda yo'q. Topib eshitvoldim, endi ketadi, harholda nazariyada shunaqa – qaysidir ashulaning biror satri miyangizga "yopishib" olsa, to‘liq eshitvorish kerak...
@Feruzaxayrullayeva
Тил масаласида шовинист бўлиш тарафдориман. Бугунги шароитда она тилини асраб қолишнинг бошқа йўли йўқ. Бугун кўра-била боласини рус боғчаси ёки рус мактабига етаклаган, оила даврасида рус тилида гаплашишдан фахр туядиган "ўзбексимон"лар билан тилни ривожлантириб бўлмайди. Афсуски, тил номусини асраш ҳақида жон куйдирганлар, куйдираётганларнинг фарзандлари она тилини тузукроқ билмайди, набиралари ҳақида-ку гапирмасаям бўлади. Ўзбек тилининг улкан жони миллионларча кичик жонларга бўлиниб, ҳар биримизнинг ичимизга ўрнашган. Бу жоннинг тирик қолиши - сиз-у бизга боғлиқ. Шоир, адиб ё таржимонмисиз? Унда тобора унутилаётган сўзларни матнларда қўлланг, ўқувчига уларни эслатинг - сўзларни ҳаётга қайтаринг.
Читать полностью…Siz «Izlam»ga qanday ta'rif berasiz?
Madina Norchayeva: «Izlam — rangli ohanglar yozilgan plastinka».
Xurshid Abdurashid: «Izlam bu xuddi Kolumb kabi Amerika ochish uchun safarga otlangan 9 ta kema. Maqsad-u muddao uni qaytadan kashf etish emas, yangi bir dunyoni ochishdir».
Tillaniso: «Izlam - o'zing bilan to'lish, "men ham yashayapman", deb aytish va yashayotganingni oqlash sharti!»
Jontemir: «Oxirgi 20 yildan buyon jamiyat, odamlar ruhiyati qay ahvolda ekanini shu to‘qqiz kitobni o‘rganib chiqqan odam bemalol anglaydi, zamonga tashxis qo‘ya oladi».
Rafiq O‘zturk: «Izlam ong va his-kechinmalar sohibi o'laroq o'zini va dunyoni tanishga bo'lgan ishtiyoq bo'lsa kerak. Hayratga ko'milgan shoir ichidan qaynab chiqayotgan tuyg'ularini taftish qilib, uni so'zlar yordamida oqqa ko'chiradi va o'zi ko'rib turgan tashqi olam bilan bo'lishadi».
Azizbek Norov: «Izlam - qoliplar, chegaralar, to‘siqlarni yorgan kichik tuynuk... Bani odamzod AZALda ham, ABADda ham izlagan, izlayapti, izlaydi, izlayveradi... Izlashdan to‘xtalgan kun esa ma’nan hayot va uning mohiyati umri bitgan kun. To‘xtamang!»
Mirzohid Muzaffar: «Izlam bu men uchun yangilanishdan charchagan ruhning bir to‘xtab, nafas rostlab olishini eslatadi. Aynan mana shu nafas rostlash paytidagi baridan voz kechib, xo‘rsinishdir Izlam».
Muhammad Siddiq: «Izlam – qalb va xayolot qa’ridagi g‘amgin xulosa, nekbin xotiralar qirindisidan taralib, yuz berajak voqellikka akssado qaytarayotgan nola».
Feruza Xayrullayeva: «Izlam — aytish, ko'rish, bilish, yashash istagi...»
📚 @akademnashr | #IZLAM
Bugun dugonam bilan muhabbat haqida suhbatlashdik.
Hamma narsa ichimizdagi kibrning kattarishiga, o’sishiga xizmat qiladi. Ilm, iste’dod, boylik, mansab, shuhrat…hammasi. Muhabbat– istisno.
Mubabbatgina kibrni ildizi bilan qo’poradi. Muhabbat hamma narsadan katta qudrat, muhabbat hamma narsadan buyuk kuch. Muhabbat tilayman hammamizga.
@mehrli_kuy
Bugun shu kinoni yana qayta tavsiya qilgim keldi. Ko’rmaganlar bo’lsa, dam olish kuni uchun ajoyib film.
Читать полностью…Ba’zan jonim hech nima istamay qoladi. Tuppa tuzuk yurib, sal avval kulib gapirib, birpasdan keyin o’zidan o’zi yig’lay boshlaydigan anam esimga keladi shunaqa vaqtlar…
Читать полностью…Marsiya
Mansur Jumayevga
Toshkentdan Qarshi qadar yomg‘ir yog‘ib borodur,
O‘n bir dilpora do‘sting esdan og‘ib borodur,
Kuygan ko‘kay kuydirgi ko‘zni sog‘ib borodur,
Yo‘l ham bizga qo‘shilib, zorlanib borar, do‘stim.
Qatordan kamni sanab, kuzak hayron boqodur,
Yulduzini uchirgan osmon vayron boqodur,
Sen kutgan fasl* kelib, vale giryon boqodur,
Qilmishidan qismating orlanib borar, do‘stim.
Oldinda bir ulov bor, ichida ikki murg‘ak,
So‘lg‘in bitta gul bordir - sen sevgan o‘shal yurak,
Kim bosh bo‘lar ularga, kim bo‘lar endi tirgak?..
Orzular xazon yanglig‘ xorlanib borar, do‘stim.
Buncha uzun bu yo‘llar, buncha bag‘ri yag‘irdir,
O‘n bir yo‘ldosh boradur, bari yag‘ir bag‘irdir,
She'rlar qoldi shoirsiz, nahot she'r ham sag‘irdir?..
Lek shoiri Tangriga yorlanib borar, do‘stim.
Derazadan termulsam, otilib chiqib oting,
Xayolimda siniqqan surating turar qotib,
Tark etdi deb ingrasam, battar o‘rtabon yoding
Borgan sari dunyoda borlanib borar, do‘stim.
*''Biz kutgan fasl'' kitobi
Hayot shumi? Yaqinda ko'rgan, gaplashgan, hazillashgan odamingning vafoti haqida bugun o'z qo'llaring bilan xabar yozishmi? Shumi hayot?! Mansur aka, bizni kechiring! Oxiratingiz obod bo'lsin!
Читать полностью…MEZON OQSHOMLARI QUYILGACH TUNGA,
qayg‘ular uyg‘onar ko‘ksimda nogoh.
BOQAMAN, DARAXTLAR SINGAR OSMONGA,
anglayman: yashamoq oniy bir nigoh.
KUN KELAR, QUSHLARNING TO‘DASI UZOQ
aylanar osmonda va o‘char sasi –
bahor – tashna qushlar intilgan tuzoq,
kuzak – sindirilgan qushlar qafasi.
Xurshid DAVRON
Video
@FeruzaXayrullayeva
Shu kinoni qayta ko'rgim kelyapti negadir. Lekin yana o'sha og'riqni his qilishdan qo'rqyapman
Читать полностью…Bugun ukam, "bir yerliyim", ajoyib ijodkor Kamoliddin tug'ilgan kun! Hislaring va so'zlaring doim o'zingniki bo'lsin bugungidek! Tabriklayman! Go'zal yasha!🎉🎉🎉
his meniki,
soʻz — Xudoniki,
sheʼr — oʻrtada tuzilgan bitim.
men va Tangri oʻrtasi omon,
siz orani buzmasdan oʻting.
tugʻilganman — yukim yelkada —
baxt — sizniki, ulushim — anduh.
Masih misol oʻlik soʻzlarga
nafas berib, solayapman ruh.
oqartirdim tong va sochimni
oq qogʻozga tunlar termulib.
chorlab qolsa Tangrim qoshiga
koʻtarilgum Arshga sheʼr boʻlib.
siz baribir tushunmaysiz, bas,
taʼbirlardan uvishar etim.
his — meniki,
soʻz — Xudoniki,
sheʼr — oʻrtada tuzilgan bitim.
siz orani buzmasdan oʻting...
(c) Kamoliddin Azzam
@FeruzaXayrullayeva
Ertalabdan go'zal she'r o‘qish biram go'zal!
***
manov chinor bobomning
azonini eshitgan
shoxidagi chumchuqlar
uchib tushgan behishtdan
momom
farishta momom
poyidagi supada
chalqancha tushlarini
o‘ngarolmay ichikar
men
shamolning zuryodi
bu beqadr dunyoda
shataloq otgancha mast
tobora uzoqlashib
boryapman ildizimdan
ehe he ye ye
tog‘lar aks sado bermas
yig‘layapti quluning
toshliging rostmi
hisor
yer aylanar
juvoldiz
yurib
bir gul uzvoldim
endi izlab ketyapman
uni hidlagan hurni
bobo
chinor
momo
gul
yomg‘irdan darak yo‘qku
nega yirtiq yoqam ho‘l
(c) Jontemir
Mehrinoz opa aytganidek, Feruza opamga sheʼr yozmagan tirik shoir qolmadi hisob. Oʻzimni bir yilcha avval bu roʻyxatga qoʻshgan ekanman. Mana oʻsha :)
Sen yigʻlagin.
Koʻzlaringdan
ishq tomchilar
mayda-mayda
yolqin-yolqin.
Xayolingni
olib uchgan
argʻamchilar
yelkasida
baxtga borgin.
Sen yigʻlagin.
Koʻz yoshlaring
yashil-yashil
etib yerni.
Oʻylamagin,
men — bir daydi.
Xudo urgan
Paygʻambarning
asosiga turtinaman.
Aytar boʻlsam
rostmi-hazil,
boʻri yermi,
jonim oʻzim
uchun aziz
oʻxshamaydi.
Sen yigʻlagin,
qarogʻingni oʻpib shabnam,
koʻzlaringdan shafaq tomsin
gul yuzingga.
Qoʻlingni tut,
ishq toʻkilib duoyimdan
silqib-silqib
jonim koʻchsin
yulduzingga.
Sen yigʻlagin.
Xijolatdan
koʻzi kuyib,
sharoratdan tonsin dunyo.
Sen yigʻlagin,
yashilligim,
yigʻla toʻyib,
va yoshingdan
bir tahorat olsin dunyo.
19.06.2023
Birinchi surat 1898-yil Urgutda olingan. Ushbu chorchinor tanasi ichida madrasa xonasi bo‘lib, Eshoni Qutbiddinxon o‘n-yigirma chog‘li bolaga shu yerda dars bergan. Ayni vaqtda u zotning manoqibi – Urgutlik eshon nomasi Sankt Peterburgda saqlanarkan. Eshoni Qutbiddinxon buyuk shoir Abduvali Qutbiddinning bobosi bo‘lgan.
Ma'lumot Karim Baxriyev sahifasidan olindi.
P/S: Ikkinchi suratda ustoz shoir Aziz Said va chinorning bugungi ko‘rinishi.
@FeruzaXayrullayeva
Baʼzan koʻzyoshsiz oʻtmaydi kuning:
https://youtu.be/sts9rLMUZ20?si=3rh9KJ_-4Sa9Q_XV
“Izlam”ning 2-fasli keyingi haftadan sotuvga chiqadi, inshaAlloh. Bu safar 16 nafar muallif saralab olindi. Yoʻnalishlar roʻyxati ham kengaydi: nasr, nazm, adabiy tanqid va publitsistika.
Mualliflar orasida adabiyotimiz uchun kashfiyotlar ham borligiga ishongim keladi. Allaqachon oʻz ovozi va oʻz oʻquvchisini topib ulgurgan ijodkorlar ham bor roʻyxatda. Oʻz syurprizi – “Istisno”si ham bor ;).
1-faslda boʻlganidek asosli-asossiz tanqidlar boʻlishi tabiiy. Va 1-faslda boʻlganidek adabiy jarayonni yana bir qalqitib yuborishidan ham umidvormiz.
@akademnashr
Telegram | Instagram | Facebook
🔥"Izlam"ning ikkinchi faslini kutayotganlar bormi? Keyingi faslda kimlar chiqishini men bilaman, siz ham bilmoqchi boʻlsangiz, mana bu boshqotirmani yechib koʻring)
Topgan boʻlsangiz, izohga yozing)
Aytgancha, Akademnashr, seni yaxshi koʻraman!🩷