feruzaxayrullayeva | Unsorted

Telegram-канал feruzaxayrullayeva - Feruza Xayrullayeva

334

She’rlar, kechinmalar...

Subscribe to a channel

Feruza Xayrullayeva

❗️Oyina.uzda yangi loyiha: Oyina podkast

Podkastning ilk sonida o‘zbekcha toponimlar va ularning o‘zgarishi qanday oqibatlarga olib kelishi haqida suhbatlashamiz.

Mehmonlarimiz: Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari Anvar Bo‘ronov va Rustam Jabborov

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

#tilimiz_uchun

🔥Shaxsan men uchun quvonchli xabar. Yapona Mama shu eʼtirozlardan keyin uzr sifatida izoh yozib, oʻzbekcha post joylashni boshlabdi. Boshqa brendlarga ham dars boʻlgani tabiiy. Biz istasak, hammasini eplaymiz, ishonavering.

Choʻlpon aytgandek:
Xalq dengizdir, xalq toʻlqindir, xalq kuchdir!

https://oyina.uz/uz/posts/24866

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Mezonlar alvido aytib keldilar,
Koʻzlaring qaʼridek qoraydi osmon.
Yomgʻirlar shivirlab yigʻlab berdilar,
Bu oqshom izingni izladim – armon.

Shamolga sochlarim boylandi – majnun.
Nurga belanmadi yuzlarim sensiz.
Sensiz qonayverdim,
Sensiz oʻlmadim,
Sensiz ucholmadim,
Osmonim huzun...

U kech bari-bari rost edi jonim:
Mening iqrorlarim,
Sening soʻzlaring.
Ayriliq shu qadar goʻzal boʻlarmi:
Yig’ladim, yig’ladim, yig’ladim!

Mezonlar alvido aytib keldilar,
Qoʻshiq kuylab berding vidodek uzun.
Biz ketdik dunyodan u kuz kechasi
Xazondek toʻkilib ketmaslik uchun...

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Toshkentda yangi ochilgan Art house Hamsa haqida eshitgan bo'lsangiz kerak. Ajoyib ijodkorlar yig'ilgan jamoaning ilk spektakli qo'yilyapti. Imkon topib, albatta boring. Balki uchrashib qolarmiz)

Spektakl haqida to'liqroq bilishni istasangiz, bu yerda yozilgan.

Joy band qilish uchun posterda yozilgan raqamlarga telefon qilishingiz mumkin.

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Ishon,
go’zalroq yashamoqchi edim sen bilan,
Baxtliroq,
Hotirjam.
Qora yomg’irlarga parvo ham qilmay.
Yashamoqchi edim betinim.
Negadir eplolmayapman,
Negadir…
Halal berayotir
ijtimoiyligim.
Kimningdir sovuqdan o’lgani,
Kimningdir pulsiz qolgani,
Kimnidir aldab tashlab ketgan
erkak ismini aniq bilishim
manzilim kabi.
Kimdandir qarzligim
Kimgadir bergan va’damning
Xotiram ko’chalarida mudom izg’ishi.
Aslida faqat ular ham emas,
Baxtsizlikka bo’lgan oshuftaligim…
Ayblama,
iltimos!
Axir meni sug’orishgan shu suv bilan
va
O’rab qo’yishgani yodimda
Chegaralarga qadar
O’zbekligimga…

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Masalan, dengiz kerak baʼzan
Sevgingni aytish uchun
Koʻzlariga qarab.
Uning dolgʻalaridek
Gupirayotgan yuraging
Sasini bosib turishchun.
Toʻlqinlari keltirayotgan hovurdek
Huzurni koʻzlarida koʻrganingda
Taqqoslamoqchun
(Qay biri goʻzalroq?!).

Dengiz kerak baʼzan
Sevishmoq uchun
Har neni unutib,
Kenglikka boqib.
Qirgʻoqda quyoshning botishin
Tomosha qilayotib
Iching ishqqa toʻla
Ekanin anglamoq uchun!

Dengiz kerak axir
Sevishmoq uchun!
Sohilga sening isming yozarkan
Toʻlqinlar yuvib ketishin bilib tursang-da
Boladek quvonib, yayrashing uchun.
Va hovuchga solib chigʻanoqlarni
Umrini, qalbini, ishqini qoʻshib,
Kaftingni toʻldirib bermoqlik uchun!

Dengiz kerak baʼzan
Sevishmoq uchun...

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Asli hech narsaga ishonmaganingda...

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Bizda savod masalasi shu darajaga yetganki, uni hozir biror ilmiy daraja bilan o'lchab bo'lmaydi. Ish jarayonida takror-takror duch keladigan holatimdan bilamanki, bugun ayrim ilm odamlarining o'zi savodga, qayta ilm olishga muhtoj. Achinarli.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Dunyo baxtsizlarga to’la
Biri tug’ilgandayoq
Biri yashamay turib,
Biri yasholmay baxtsiz!
Nafratlangum shu qop-qora,
Sim-siyoh gullardan.
Ichingdagi yolg’izlikdan,
Tabassumlardan,
Yig’ilardan
Kimningdir oldida javob berishdan
O’ylashdan
Erk haqida ishxonam kompyuterida yozishdan!
Umrimni kunma kun sotishdan
Ko’tarasiga olgani kimsa bo’lsaydi
Bir yutum nafasga alishar edim!
Sevgi haqda yozgan kimsaning
Irganch nigohlaridan
tegmanozik ko'ngillardan,
nozikliklardan,
Bolalarini o’stirarkan,
o’ziga o’xshatayotganlardan,
baxt so’zini o’ylab topganlar,
hastaligi uchun o’zidan boshqa
hammani ayblaydiganlardan
bilasizmi nima, hammasi bir qo’rg’oshin bilan tamom bo’lgulik!
Ammo siz men kabi qo’rqoqsiz!
Yutmaysiz zahar!
Ammo odamlarning zaharli nigohlarida
Yashaverasiz kecha-yu kunduz!
Dunyo – nafrat!
Unda undan o’zga hech narsa bo’lmagan asli!
Chunki hammamiz nafratdan yaralganmiz,
muhabbatdanmas!
Aldamang o’zingizni, hech qursa bir on
Tan oling, shunchaki yolg’on umringiz!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Sen borsan.
Bir kunim jannat
Bir kun jahannam.
Bir lahzam farah
Ming lahzam osiy.

Sen borsan.
Yelkang baland togʻ
Zabt qilgim kelar butun umrga
Koʻksingga bosh qoʻymoq-
Goʻzal riyozat.
Lainning Xudoga sevgisi misol
Hech kimga bergim kelmaydi
Tuygʻularingni.
Quvgʻinga uchrayman shu uchun
Balki
bir kuni
nigohlaringdan.

Peshonam - otash, qismatim misol,
Peshonam - gʻadir-budur,
Tekislagim kelar lablaring bilan.
Koʻzimni yumaman, muhabbatingdek
Tilsimga aylanar koʻzlarim ichi.

Boʻgʻzimni qonatar har kecha,
"Kel" degan xanjar,
Yutaman, sengacha bormasin deya -
Qoʻrqaman, lahzada qoʻpguvchi qiyomatlardan.
Soʻng...
Titrayman har saboh
alamli koʻz yosh ichida -
Nega kelmading?..

Sen borsan:
Har kunim jahannam,
Har kunim jannat.
Meni sekin-sekin,
Lahzama-lahza
Maydalayotganin sezaman
Bu ogʻir qismat.
Yelkam yara boʻlgan,
Barmoqlarim ham.
Davosi oʻlim.
Sochlarimga osilgan
Gunoh laʼnatin
Yashirish uchun
Koʻzimni yumaman...
Koʻrmaysan sen ham...

Ammo baribir, sen borsan!
Qachondir ketsang,
Hech qachon kirmagan eshiging
ochiq qolar.
Ichkaridan uchib chiqqan qush
Bir kun tushlaringga kirishi uchun.

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Kun xabari

Baʼzi xabarlarga odam mazza qivoradi😎SSSRning tiklanishidan haliyam umidvorlar uchun ajoyib yurish😁

Eng qizigʻi, amaki "Vatanparvar" tashkilotida ishlagan ekan. Daxshatli paradoks!🤦‍♀

Shunaqa yaxshi xabarlar koʻpaysin.
🇺🇿Ozodligimiz abadiy boʻlsin.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Бугун ўзбек шеъриятидаги катта шоир Йўлдош Эшбек таваллуд топган кун (1950 йил, 1 cентябр)

...Йиғламоқ тиларман, қайнаб йиғлагин,
Тишларингаи секин қайраб йиғлагин!
Ўнта мард ўғлонинг бўлгунча йиғла!
Юзта мард ўғлонинг бўлгунча йиғла!
Мингта мард ўғлонинг бўлгунча йиғла!
Паймонанг тўлгунча, тўйгунча йиғла!
Улар лаззатхўрлар, қароқчилардир,
Умрлари узун, соб бўлмас, эсиз!
Бу дунё – аслида алдоқчилардир!
Бу дунё – аслида йиғлаётган қиз!

Расмий саҳифаларимиз👇

Telegram | Facebook | X | Instagram

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Sevimli rejissyorim Majid Majidiy Oʻzbekistonga kelarkan ❤️

Mana buni yangilik desa boʻladi, ishlasa boʻlarkan-ku)

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Mustaqillik bayrami arafasida ajoyib "hadya".

Ichimizda qulligini qumsaydiganlar haliyam bisyor. Ayanchlisi, ular oddiy aholi emas...

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Тошкентда юрган, адабиётсеварлар, бугун соат 14:00 да миллий боғ ичидаги ёзувчилар уюшмаси биноси рўпарасидаги музейда устоз, халқ шоири Хуршид Даврон билан ижодий суҳбат бўлади. Келинглар!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Odamlardan, odamlarning yolgʻonchiligidan charchaydi odam. Eng koʻp oʻzingning yolgʻonlaringdan. Boshingga bir dunyo gʻam kelishini bilib ham oldinga yuraverasan-u yana qanday Atoning farzandi ekaningni rad qilasan?
Nega bu qadar qiyin yashashni tanlayverasan aylanib kelib. Nega hech kimga osonmasligini bilsang ham butun dunyo seni ezyotgandek ezilaverasan?
Asli dunyoni sen bilan ishi yoʻq. Neki qilsang oʻzingdan. Balki xatto dunyogayam arzimassan...

Baxt yoʻqlik, ammo baxtsizlik mudom bor!

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Mehrinoz podkastini hech narsa haqda gaplashib, hamma narsa haqda suhbatlashdik, deb izohlagan ekan. Avvaliga men ham shunchaki ikki o'rtoqning odatiy suhbati deb o'ylagandim rosti. Lekin hozir ko'rib tugatganimdan keyin bir narsaga amin bo'ldim, ha, podkast hech narsa va hamma narsa haqda!

Unda o'zing o'ylab ham ko'rmagan savollar va javoblar bor. Bo'ladi-ku shunaqa vaziyatlar, o'zingni o'zing tushunmaysan, nima bo'layotganini, nega bundayligini. Va bilmagach, savol ham berolmaysan, savol bo'lmasa javob-yechim ham bo'lmaydi. Va qayerdadir, nimadir "taq" etib paydo bo'ladi-yu, holingni anglatadi. Menda shunday bo'ldi – suhbatda bir joyi bor, o'zingni tamom qilib, o'ldirib, yangidan yarata olishing kerak, deyiladi. Men yo yaralish yo o'lim yoqasidaligimni tushunib qoldim...

Xullas, podkastda bunaqa joylar ko'p, finishlar, g'iybat, tariqat, erkinlik, umuman, o'tirib olgancha nima haqda aqllilik qilish mumkin bo'lsa hamma narsa bor))) Ammo farqi bu gaplarning, anglamlarning hammasi yashalgan, shunchaki kitobdan o'qilmagan, ba'zilariga o'zim ham guvoh bo'lganim uchun ishonch bilan aytolaman buni.

Aytgancha, Yaratgan doim g'olib, hayot – yuq ekani haqdagi fikrga respect!

Balki siz uchun undagi gaplar doim aytilgan, doim eshitgan fikrlaringiz bo'lishi mumkin, (Ba'zilari haqda esa umuman o'ylab ham ko'rmagan bo'lib chiqarsiz balki) ammo bir karra yana o'ylab ko'rishga arziydi. Bir nafas to'xtab olib, nima qilyapman, qanday yashayapman, qanday yashamoqchidim, hayotimning qaysi nuqtasidaman, deyish uchun ham ko'rish kerak bo'lgan suhbat bo'libdi. Shu savollar va samimiyat uchun rahmat, xonimlar!

Podkastni to'liq ko'rish va ko'rganda birinchi yodingizga tushgan insoningizga uzatish uchun havola: https://www.youtube.com/watch?v=iiAMstp0v_c

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

😀
Kamola Rahmonova:

“Ulg‘aygan sari, ranjigan paytlarda, bolalik kezlariga qaytar ekansan.

Ba’zida, xayollaring kapalakdek ko‘z oldingda paydo bo‘lib, yuzingda shirin tabassum uyg‘otadi. Shu xotiralarga suyanib, chuqur xo‘rsinib, yana hayotingni davom ettirasan. Menda shunday holatlar ko‘p bo‘ladi.

Dadamning hayot bo‘lgan kunlari, ayamning yosh bo‘lgan paytlari… Dadamni ishdan kutishimiz, eshik “zvonogini” bir xil tarzda chalishlari, “Dadam keldi...” deb yugurib eshik ochishimiz, oila davrasida bezatilgan stol atrofida birga ovqatlanishimiz, o‘yin-kulgu, maosh olgan kunda dadamning o‘yinchoqlar olib kelishi, ota-onalar majlisidan dadam bilan birga mazza qilib gaplashib qaytishimiz, kechasi bilan tinmaydigan yozuv mashinkasining tiqillaydigan tovushi, xonada ota-onamizning bir-birlari bilan maroqli suhbati, ta’tilda birga O‘shga borishimiz – xullas, shunga o‘xshagan biram shirin damlarni ko‘p eslaymiz.

Og‘rigan qalblarga malham bo‘ladigan ham bolalikdagi shirin xotiralar bo‘lar ekan aslida. Shirin xotiralarimiz uchun ham ularga hurmatimiz cheksiz.

Bugun, dadajonim Shavkat Rahmon hayot bo‘lganlarida, katta dasturxon atrofida 74 yoshlarini nishonlagan bo‘lar edik.
Joylari jannatda bo‘lsin.


(Rasmlar sun’iy intellekt yordamida jonlantirilgan)

😄Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Turkiy mamlakatlarning umumiy alifbosi qabul qilindi

Yagona alifbo 34 harfdan iborat boʻlib, ular turkiy tillarda mavjud turli fonemalarni aks ettiradi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/24753

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Anchadan buyon bunaqa yaxshi maqola oʻqimagandim. Anchadan buyon shu mavzuni opchiqishni, opchiqqandayam shunday asosli berishni oʻylab yurgandim. Bu mavzuni allaqachon koʻtarish kerak edi. Endi davomli boshqalar ham yozishsa, zora oqibat oʻylansa. Joy nomlari oddiy narsa emas, bu xalqning bir boʻlagi, tarixi va tegishlilik belgisi chindan ham. Maqoladagi shu gaplar juda yoqdi:

Qadriyatlar inson uchun zarurat o‘laroq shakllanadi. Moddiy bo‘lsin, ma’naviy bo‘lsin zarurat bo‘lishi shart. Unga tegib yoki daxl qilib bo‘lmaydi. Qadriyatning eng ulug‘i Vatandir. Toponimlarga o‘zgartirishga bo‘lgan urinishlar aslida Vatanga, millatga tahdid sifatida ko‘rilishi kerak.

Xullas, oʻqishni, tarqatishni tavsiya qilaman. Chunki oʻzlikni anglashga qaratilgan har qanaqa yangilik, manba qadrli boʻlaveradi buyogʻiga.

Maqola: https://oyina.uz/uz/article/3012

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Ижодкор ўзбек аёл-қизларининг телеграм ўзанларига марҳамат!

Алия Темурийзода - @umidimsendan
Аржумандбегим - @arjumandbegim
Бахтинисо Маҳмудова - @baxtiniso
Башорат Отажонова - @bashorat_otajonova
Гулжамол Асқарова - @guljamol_asqarova
Гули Нигор Авазова - @guliinigor
Гулноз Мўминова - @dil_siniqlari
Гулрух Худоёрова - @gulrux_xudoyorova_ijodi
Дилора Холиқова - @aytolmagan_dilim
Дилором Абдураҳмон - @Dilorom_ABDURAHMON
Дилором Эргашева - @diloromergashevaijodlari
Дурдона Бобомурода - @durdona_bobomurodova
Зулхумор Орифжонова - @zulxumor_orifjonova
Зебо Мирзо - @zebo_mirzo
Ирода Умарова - @garashalikungil
Ирода Холбекова - @gullayotganyurak
Кумуш Ўсарова - @oykumushingiz
Кумуш Абдусаломова - @kumush_abdusalomova
Лайло Собир қизи - @Tongqizi_11
Лобар Хайруллаева - @xayrliuz
Мадина Норчаева - @madina_norchayeva
Мажнуна - @majnuna_mirzayeva
Манзура Абдуллаева - @ichki_men
Маҳлиё Умурзоқова - @mahliyoxon_umurzoqova
Меҳриноз Аббосова - @mehrnoz_abbos
Моҳира Эшпўлатова - @altruistning_qizi
Наргиза Асадова - @nargiza_asad
Наргиза Одинаева - @nargiza_odinayeva_ijodi
Нафиса Омон - @nafisaomon
Нодира Назар - @nodiranazar
Нодирабегим Иброҳимова - @mittihaqiqatlar
Нозима Хабибуллаева - @nozima_habibullayeva
Нигора Ғаниева - @bir_finjon_qahva
Паризода Рўзибоева - @parizodaruziboyeva
Рахшона Аҳмедова  - @raxshonaahmedova
Райҳона Камолова - @ijodhona
Ситорабону Шомуродова - @sitorabonu_audiolar
Тилланисо - @tillanisoen
Феруза Хайруллаева  - @feruzaxayrullayeva
Хосият Рустамова - @xosiyat_rustamova
Ҳалима Худойбердиева - @halima_xudoyberdiyeva_ijodi
Шабнам Қувонч - @mavhumf
Шоҳсанам Нишонова - @shohsanam_nishonova
Эъзоза Обиджонова - @ezoza_obidjonova
Юлдуз Абдулҳакимова - @yulduzabdulhakimova

барчасига аъзо бўлиш: /channel/addlist/uDD61qDEtSZhNTky

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Tavbaga ehtiyojim bor,
Haqim yoʻq.
Haddim yoʻq.
Holim yoʻq.
Boʻgʻzimni boʻgʻyotgan qoʻllarni
Bagʻrimga bosmoqni istayman.
Ammo qoʻllarim quchishdan koʻra
Boʻgʻishni sevishar hayotni.
Meni sevmay qoʻygan Tangriga boqib
Jilmayaman telbalar misol.
Jonimdan toʻydim degancha
Svetoforning yashil chirogʻin kutayotgan bandasiga qarab
Jilmayar u ham.
Anglaymiz bir-birimiz...
Oʻpkamdan chiqib ketadi ginam.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Sen borsan:
Har kunim jahannam,
Har kunim jannat.
Meni sekin-sekin,
Lahzama-lahza
Maydalayotganin sezaman
Bu ogʻir qismat.
Yelkam yara boʻlgan,
Barmoqlarim ham.
Davosi oʻlim.
Sochlarimga osilgan
Gunoh laʼnatin
Yashirish uchun
Koʻzimni yumaman...
Koʻrmaysan sen ham...

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Bu amakiga mana bu kinolarni majburan koʻrsatish kerak:

https://oyina.uz/uz/article/2996

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Hayot - nafs,
Umr - nafs,
Ayol - nafs.
Ammo sen meni
Nafas deysan,
Men tomon qararkansan,
jismim emas
Ismim harorati kirib borar nigohlaringga.
Mening lablarim emas,
So‘zlarim yondirar qadd-u bastingni.
Bilaman, sochlarim silashni emas,
Og‘riqlarimga malhamlik istar barmoqlaring,
Har gal yiqilarkanman, qo‘llaring uzatib
Opichlab olging kelar
Bu uzun vodiydan o‘tmoqlik uchun.
Suyansam yelkangni tutging keladi,
Sog‘insam yuzlaring,
Kulsam ko‘ksingni.
Uy qurging keladi harir matodan,
Gullarga burkangan
Nurli, samoviy.
O‘stirging keladi to abad birga
O‘rtamizga ekib majnuntollarni...
Ishongin! Ishongim keladi juda
So‘zlaring tuyib,
Ayol nafs emas,
Nafasligiga.
Biroq
Labimni kuydirgan jahannam suvi
Bir ayol umrini kuydirib
Ayol bo‘lmoqlikka ko‘nmaydi sira...

Umr - nafs
Hayot - nafs
Ayol - nafs
chunki!..

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

BEPUL onlayn turk tili kurslari qachon boshlanadi?

⏳ Noyabrda — bu guruh maydagi milliy sertifikat sinoviga tayyor bo‘ladi va javoblar chiqqach hujjat topshirishga bemalol ulgurasiz.

Kurs davomiyligi qancha?

1 oy: Siz bunda A1 saviyani to‘liq mutlaqo BEPUL tugatasiz. Shu muddatda bizga ishonsangiz, turk tili bilan kelajagingizni ko‘rolsangiz, birga davom etamiz.

BEPUL darslar haftada 6 kun bo‘ladi.

Dushanba, chorshanba, juma kunlari — grammatika darslari.
Seshanba, payshanba, shanba kunlari — so‘zlashuv darslari.

💰 Qolgan darajalar-chi?

A1 daraja bepul yakunlanadi.
A2 daraja uchun jamoa ishiga O‘ZINGIZ NARX QO‘YASIZ — 1 oy davom etadi.
B1 daraja — 150 ming so‘m — muddat 1 oy.
B2 daraja — 200 ming so‘m — 1 oy o‘tiladi.

Darslarga qatnashmoqchi bo‘lsangiz, izohlarda “+” belgisini qoldiring.

👉 @Binafshaning_oyisi

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Dramalarni yaxshi koʻraman. Lekin har gal ularni koʻrib tugatgach, ichimga tosh qamaladi. Bu xuddi bilib turib barmogʻingni kesishdek ogʻriqli.

Urushlar tugamaydi, tugadi degandan keyin ham undan omon qolgan insonlar hayotida qiyomatdek davom etadi, uning farzandlari umriniyam qoʻporib tashlaydi. Film shu haqida. Hozir ham hazm qilolmayapman bu ayol qismatini. Hazm qilgulikhammas aslida. Urushdan, dindan, odamlardan foydalanuvchilar sizlar shunchaki inson emassiz, sizlar razil hayvonsiz! degim kelyapti baqirib. Agar ogʻir kayfiyatni koʻtara olmasangiz, koʻrishni tavsiya qilmayman.

Men turk tilida koʻrdim, oʻzbekchaga oʻgirilmagan boʻlsa kerak.

https://hdfilmcehennemi.so/icimdeki-yangin/

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Sevish emas, aslida, voz kecha olish kuchli qiladi ayolni.

Читать полностью…

Feruza Xayrullayeva

Seni sogʻindim,
Senga koʻrsatmoqchi boʻlgan dengiz qarshisida turib.
Shu qadar sevdimki
Oxir-oqibat koʻzlarimdan oqmagan
Soʻng koʻzyosh boʻlib
Ichimga qamalding.
Xuddi
Xudoning yerga tomgan yoshi - dengiz misoli.

Seni sogʻindim,
Baliqchi daqiqa sanab kutarkan,
Qarmogʻiga ilingan baliq berajak
Baxt qadar muhtasham sogʻinch boʻldi bu.

Hech bir lahzamda oʻylamay turib,
Hayotimning har boʻlagida boʻlishni qanday eplaysan,
Bilmayman.
Gohida tushlarimdan,
Gohida kitobim sahifalaridan chiqarsan
Unutilgan gullar, maktublar kabi.

Mana hozir ham dengizga boqib
Seni sogʻindim.
Yelkangni,
koʻzlaring
Va
lablaringda
shamoldek shivirlangan
Muhabbatingni.
Yaxshiki yoʻqsan,
boʻlsayding
Bu qadar sevmasdim seni.
Sogʻindim...

Foto by @mehrnoz_abbos

@FeruzaXayrullayeva

Читать полностью…
Subscribe to a channel