Eksklyuziv she’riy spektaklga marhamat!
Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “MUTOLAA’DA SHE’RIYAT” nomli teatrlashtirilgan nazm kechasini taqdim etadi.
• Dastur qahramoni: taniqli shoira Kumush Abdusalomova
• Dastur mehmoni: taniqli aktyor va shoir Erkin Bozorov
📝 So‘z va adabiyot muxlislarini 22-oktabr (kuni) soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutib qolamiz.
👇 Ro’yxatdan o’tish uchun:
https://forms.gle/AnpwbeD8A2Qs2h398
BU UNUTILMAS KECHA BO‘LADI!
Telegram | Instagram | Mutolaaxona/">YouTube
Samarqandlik boʻlaturib, hali oʻzim Samarqand haqida bunaqa goʻzal sheʼr yozmagandim. Hasad ketdi)))
Ammo, biz yozmasak, bizga yozarlar, deymi🤣 Yaxshiki, shu yomgʻirli, goʻzal kunda boribsan, Rahmaaaat, MehriNozim❤️🥲
@FeruzaXayrullayeva
***
Seninla yaşalmayan çok hislerim var,
Mesela,
Yağmurlu günde
Sen kitap okurken,
Dinlesem ve
Uyusam,
Saçlarim okşarkensen
Hisetsam nefesin...
Ama kitap okumayı sever misin, san?
@FeruzaXayrullayeva
Masofalarni sevmam,
Ogʻriq berar ular mudom:
Osmon va yer orasi,
Oʻtmish va kelajak,
Bolaligim va bugun,
Bobomli va bobomsiz yillar,
Endi boʻlsa
Sen va mening oramizdagi yoʻllar...
Har ne oʻzgardi-
Turmagim,
Garderobim,
Doʻstlarim,
Dunyoyim,
Ammo
Qoʻrquvlarim yoʻqotolmadim,
Mudom ortimdan ergashib yurdi ular,
Mudom yelkamda edilar,
Yigʻlasam, kulib,
Kulsam, yigʻlab.
Va oqibat baxtdan qoʻrqar odamga aylandim men.
Baxtni koʻrsam qochaman endi,
To tushganicha oramizga minglab kilometrlar.
Soʻng
Har nedan uzoqlab,
Choʻkkalab oʻtirgancha yigʻlayman Xudoyim bilan:
"Sevgidan qoʻrqaman, sevdirma, deya..."
Masofalarni sevmam,
Qoʻrquvlarimdek uzun ular.
Qoʻrquvlarimdek doim men bilan-
Sen va mening oramizdagi yoʻllar misoli...
@FeruzaXayrullayeva
Allaqachon yakunlangan kuy qalbingda davom etyaptimi? Tabriklayman! Ichidan ishq taralib turadigan oshiqlar safiga xush kelibsan…
@mehrli_kuy
* * *
Мен бир ҳайрат эдим –
Чексиз самони
Чангитиб югурган,
Ўйнаган, кулган
Ва ногоҳ уйғониб,
Дод солиб, ёниб,
Ўнгидан тонгану юрагин юлган!
Мен эдим –
Энг ширин тушлар қаъридан
Бўзлаб чиқиб келган норасида жон.
Дунёнинг энг баланд теракларидан
Қарайман, қайда деб ўшал каҳкашон?!
На шон керак менга, на-да хонумон,
Дармон йўқ дилимнинг пораларига.
Фақат армон чўккан –
Ҳар кез, ҳар қачон,
Қат-қат йилларимнинг ораларига.
Тағин хокисорларим ботганда ғамга,
Дарак йўқ соғинчим чораларидан.
О, чопиб борсаму хаста бобомга
Берсайдим сочимнинг қораларидан!
Бу илинж қўйнидан қушдай учсайдим,
Яна ҳидларига тўйиб қучсайдим,
Бир пайтлар...
Кўтариб юргандай мени –
Отамни опичлаб сувлар кечсайдим!
Мен ҳам истар эдим –
Бир ниҳол каби
Унмоқни боғларнинг этакларида,
Ахир, ишонардим ҳар кеч онамнинг
Хайрли, сеҳрли эртакларига...
Бир кун келса эди –
Дуркун, серфусун,
Кулиб боқармиди толе юлдузим?!
Унгача тунларинг ёритсин ҳеч йўқ,
Кўзимнинг нурин ол, эй мунчоқ кўзим!
Яна қанча ҳасрат бордир лойимда –
Синиқ жилмаяман,
Кўкка қарайман,
Бир кун етиб борсам
Тангри пойига,
Неларни сўрайман?!
Билмайман...
© Муҳаммад Сиддиқ
@FeruzaXayrullayeva
QARG’ALAR uchsa qaraylik,
Marg’ilonning yo’liga!
(Xalq og‘zaki ijodi)
Rejissor, rassom, tasvirchi va montajchi:
Elnur EGAMOV
Qo’shiq:
FOZIL guruhi
Cho’lpon she’ri ijrochisi:
Erkin BOZOROV
——————————————————
Qo’shiq 1875-yildagi Marg’ilon qatliomi haqida. 1938-yil 4-oktabr esa millatimiz oydinlari qatag’on bo’lgan kun. Bugun qonli tariximizni yodga oldik. Hurriyat yo’lida jon berganlar yodi barhayot!
————————————
@mehrnoz_abbos
Dışarıya yağmur,
Yüreğime hasret,
Fikrime sen.
Nasıl yağıyorsunuz üçünüz birden
Bir bilsen.
-Cemal Süriya
Nega avval koʻrmaganman bu filmni?!)
Ütopik asarlardagi kabı bir olam. Farengeyt boʻyicha 451° va 1984 asarlarini esga soldi. Balki taʼsirlanilgandir ham. Hissiyotlarsiz qanday yashardik, yasholarmidik?..
Ijro sanʼat darajasida. Dam olish oqshomi uchun ajoyib film: Ekvilibrium.
Oʻzbekcha tarjima uchun "Kinoteatr" kanaliga rahmat.
Bir ayol haqida xotira
Sen tong isin qo‘shib pishasan kuvi,
Oftobni timdalab uyasan g‘aram.
Berilgan jamiki orzuni tugib
Egangdan bir marta kutasam karam.
Bolangning qorniga mehr joylaysan,
E'tibor bosasan xojang shimiga.
Kech kirar, oy to‘lib, eshik poylaysan
Qo‘lingda dastro‘mol... Ivigan.
“O‘zingdan ko‘paygur...”
Har ikki yilda
Shu duo haqqini olib qaytasan.
Siydik isi kelgan qurbaqako‘lda
Alla aytasan.
Va ko‘zing ochasan subhi sodiqda,
Mezana nazarin olar yashirib.
Tushlaringni joylab eski sandiqqa,
Tandir qizdirasan xamir oshirib.
Kuvdoning tubida ezilar xayol,
Panshaxadek tegar sochingga taroq.
Dardlarni tergilab hormagan ayol
Nega senga og‘ir “baxt” deb so‘zlamoq?
Kamol Azzam
@FeruzaXayrullayeva
Yetuk yoshda baxtlilik
Psixologik adabiyotlarda uncha tilga olinmaydigan bolalarning bir ehtiyoji bor — yetuk yoshdagilarning yaxshi hayot kechirayotgani namunasini kórish. Ulg'ayish ham ajoyib ekani — 30-40-50 yoshlarda ham sevib-sevilish, yangi hayotiy qarorlar qabul qilish, ishidan lazzatlanish, sayohatlar qilish kabilar mumkinligini kórish bolaga katta tayanch beradi, ulg'ayishga xohishni kuchaytiradi.
Hayot farovonligi past mamlakatlarda albatta bu ehtiyojni qondirish kópincha imkonsiz. Hech bólmasa bitta sohada xotirjam, muvaffaqiyatli bólgan insonni atrofda topish ham katta gap.
Balki shuning uchun ham 20-30 yosh oralig'ida kóp narsaga erishib qolishga qattiq harakat qilish keng tarqalgan. Góyo 30 yoshdan keyin kuch qolmaydiganday. Axir 30 yoshdan kattalarning bari taqdirga kóngan, sólg'in, qoliplar ichiga órnashib olganiga guvoh bólganmiz. 30 yoshdan kattalarni faqat farzandlari baxtli qiloladiganday — kichikligida yoqimli qiliqlari, keyinroq maktabdagi yutuqlari, sóng esa moddiy farovonligi/turmush qurgani bilan.
Ongsiz ravishda shu ssenariy kutib turganini bilgani uchun ham bugungi yoshlarda 30 yoshgacha kóp narsaga erishib qolish istagi, natijada esa shu yoshlarda ózidan eng to'g'ri qarorlarni ("turmush órtoq/kasb tanlashda adashmaslik") qabul qilishni talab qilish holati kópdir.
Biroq psixologik jihatdan yetilgan, moddiy va ijtimoiy imkoniyatlarimiz kengaygan paytlar 30 yoshlarga to'g'ri keladi. Ózimizni ancha anglagan, ongliroq yashashni boshlagan bólamiz. Oila, ish, hayotni yashash tarzi borasidagi qarorlarimiz reallikka mosroq bóladi.
Bundan tashqari, hozir avvalgi avlodlardan kóra yetuk yoshlarda baxtliroq, farovonroq yashash imkoni kóproq. Informatsiyaga ega bólish, tanani va ruhiyatni sog'lomlashtirish osonroq.
Shu sababdan ham, yetuklik davriga pozitivroq qarashni taklif qilgan bólardim. Atrofda bunga misollar topish qiyin bólsa, serial va filmlardan ilhom olishingiz mumkin. Masalan, "Emily in Paris"dagi Sylvie xarakteridan👠
Spektakl haqida nima yozishni uzoq oʻyladim. Drama, melodrama, tragediya yoki shunchaki sokin oqayotgan hayotimizning ilgʻanmas bir boʻlagi deyish mumkin balki.
Hech narsaga qaramay, muhabbatni asrab qololgan qismatlar kam. Shungami huzunimiz moʻl. Har narsani bahona qilolamiz oʻzimizga. Ammo qismat shundayki, bunga tayyor boʻlganingda ham hammasini tortib oladi osonlikcha. Hech narsa kelmaydi qoʻlingdan.
Sahna dekoratsiyasi, topilmalar, musiqa, ijro hammasi goʻzal. Roma bu gal asarda yasholgan, Ilmira opa esa doimgidek, sezdirmay qalbga kirib oladi.
Kamchiliklar bor, balki biri sahnadagi asarni shunchaki kuzatib turasiz...
Xullas, hamma narsadan toliqib, bir hüzün qoʻshiq axtarib yurgan boʻlsangiz, albatta borib koʻrishni tavsiya qilaman.
Bugun seans bor. Posterdagi raqamlarga qoʻngʻiroq qiling
@FeruzaXayrullayeva
#Shaxsiy_xona
Hozircha shaxsiy xonam yoʻq. Kafe, koʻcha, ishxona, xullas, oʻzimni qayerda qulay, ogʻriqli va tin olishim kerak, deb his qilsam, oʻsha yerda yozaveraman. Ammo baribir Vulf yozganidek, shaxsiy xona kerak va u tez orada boʻladi manda. Oʻshanda yana shu kitob bilan rasmga tushib, shu yerga joylayman. Ungacha, shu rasm))
Aytgancha, sizning shaxsiy xonangiz qayer?
@FeruzaXayrullayeva
Bugun soat 20:00da Toshkent shahri Yapon bogʻi, Sakura cinemada taniqli italiyan rejissyori Juzeppe Tarnatorening "Malena" (2000) filmi rus tilida namoyish etiladi. Chiptalar uchun pastdagi raqamga murojat qiling. Bilet kishi boshiga 70ming.
+998 88 322 37 40
Goʻzal opa
Beqasam - one love🩷
Hamma goʻzallikni sevish mumkin🫠
Shohrux, Unsinning reklamasini bilsangiz, bilarsiz))
#kundalikdan
Firuzamga
Ming yillarki, takror yog’adi yomg’ir,
Samarqand yomg’iri har doim birinchi marta yog’adi.
Ming yillarki, takror chiqadi quyosh,
Samarqand quyoshi har doim birinchi marta chiqadi.
Ming yillarki, qo’shiq kuylayman –
nafasim yetmas Samarqand notasiga.
Ming yillarki, ishlayman suvrat,
chala qolar mudom Samarqand.
Ming yillarki, qo’limda qalam –
botinmayman
“Samarqand” so’zini yozmoqqa.
Ming yillarki, “Sherdor” naqshlariga termulaman,
Ko’zlarimga to’lib qolgan Registon.
Ming yillarki, firuza tushlarda yashayman,
uyg’onaman firuza gumbazlar yurtida.
Ming yillarki, qadim og’riqlar bilan
Samarqandsiz tonglarimning badalini to’layman.
Ming yillarki…
Foto muallifi: Samarqandlik Marjona🫶🏻
@mehrnoz_abbos
Yomgʻir ostida koʻzlaringni yumilib, yolgʻiz koʻchalarni kezib eshitadigan goʻzal qoʻshiq.
@FeruzaXayrullayeva
***
Ko’p yig’labman shekil seni deb,
Yomg’irdan keyingi havodek
yeeengilman hozir.
Jonni yoqmas kutuv, gina, kek,
Sendan butkul roziman, rozi…
Shubhali darajada sokin bo’laolaman–
topilmas gapim
uchrasang gar shu on yo’limda
Avtobusdan tushib qolgan yo’lovchi kabi
qachon tushib qolding
ko’nglimdan?
Nima bo’lgan, nimalar o’tkan?
Topilmadi aytarli sabab.
Har kuni qayerdadir unutib qoldiradigan
buyumlarim orasida
bormiding…tavba…
Azob yutgum, sevgum pinhona,
tuyg’ularda bo’lmaydi yakun.
Farqi nima, borsan yo yo’qsan?
Yashirmayman… yomg’ir bahona
qayg’u chekdim…tamakitutun
singib ketdi havoga go’zal…
✍️MehrNoz
@mehrnoz_abbos
ПРЕМЬЕРА!!! ❤️⚡️🎭
“ҲАММА ҚЎШИҚ ИШҚ ҲАҚИДА!”
12-13-октябрь // 19:00 да!
Чипталар учун: (93) 145 80 80
Мен бир ҳайрат эдим –
Чексиз самони
Чангитиб югурган,
Ўйнаган, кулган
Ва ногоҳ уйғониб,
Дод солиб, ёниб,
Ўнгидан тонгану юрагин юлган!
Мен эдим –
Энг ширин тушлар қаъридан
Бўзлаб чиқиб келган норасида жон.
Дунёнинг энг баланд теракларидан
Қарайман, қайда деб ўшал каҳкашон?!
Bir shahar qoldi ortimda,
Shamolli koʻyi
Farahli isi
Va
Qosh-koʻzi ukamniki kabi
Bolalarini
Quchgancha.
Bir shahar qoldi ortimda,
Yashalmagan sevgi,
Toʻkilmagan yosh,
Aytilmagan izhor-la
"Sevgilim",
deya pichirlagich nigohlar bilan.
Bir shahar qoldi ortimda,
Togʻlar ustida
Togʻlardek
Tabriz sogʻinchida
Qorabogʻni bagʻriga bosib,
Hazar-la yosh toʻkkan bola misoli.
Bir shahar qoldi ortimda,
Qaytsam,
Bir dunyo baxt bergich,
Bir dunyo qaygʻu.
Turonda yurib,
Turon sogʻingich
Chumchuqlarning
chugʻuriga toʻlgan.
Bir dunyo baxt qoldi
Va qoldi koʻzlarim ortimda...
@FeruzaXayrullayeva
Сиз қарғайсиз тақдирингизни,
Ҳам айтасиз унга ташаккур:
— Биз йўқ қилдик бир-биримизни...
Биз йўқ қилдик...Худога шукур!...
Сиз юракни қилмайсиз тежам,
Олгин! — борни тортиқ қиласиз.
Сўнгра хафа бўласиз мендан —
"Қайтмайман", деб йиғлаб кетасиз.
Излаб яна келасиз бир кеч,
Жилмаясиз: — Бахтлиманми, боқ!...
Кулгингизга ярашмагай ҳеч,
Хитобингиз ўртаган титроқ.
Ҳижрондан сўнг саволлар теран,
Ҳижрондан сўнг жавоб — даъфатан...
Мен ҳаммадан пинҳон сақлаган
Шеърларимни сизга айтаман.
Айбламаймиз бир-биримизни,
Тилда сўзлар туғилади — ҳур.
...Қарғамайсиз тақдирингизни
Ва айтмайсиз унга ташаккур.
Усмон Азим
@FeruzaXayrullayeva
🔥Sheʼr va musiqa kechasi. Gʻoya muallifi Maftuna Muhammadaminova. Goʻzal kecha boʻladi, kelinglar.
Qolgan maʼlumotlar bu yerda.
@FeruzaXayrullayeva
Boʻm-boʻshman.
Ichimda qolmagan hech biri:
Na kuz
Na bahor.
Faqat
Oʻyilgan yaraning oʻrni bor
Koʻksim ostida.
Balki qachondir yuragimni yulib oldim-u,
Ongim yetkazmadi menga bu holni.
Yigʻlolmasdim baribir
Qolmagan kuchim.
Chekishni bilsaydim
Chekib tugatardim kimlarnidir
Tutunga qoʻshilib havo oqimida suzishin kuzatmoq qanday maroqli boʻlardi odamning...
Negadir har kuni ochman,
Har lahza
Toʻydirib boʻlmaydi balki endi
Doʻstidan,
Ishqidan,
Oʻzidan kechgan odamni.
Boʻm-boʻshman...
@FeruzaXayrullayeva
Feruz sheʼrni kuyga solibdi. Chiroyli ijro boʻlgan. Asli shu, istak boʻlsa har neni qilsa boʻladi. Kutmasdan nimalarnidir. Rahmat, Feruz!
@FeruzaXayrullayeva
Bilet narxiga boqqa tekin kirish ham kiradi(kirish narxining oʻzi 30 ming)
Bogʻ dam olishlik joy, vaqtliroq borib, piknik qilib, aylanib yursayam boʻladi.
Ertaga uzoq kutilgan kitob taqdimoti. Boramiz, eshitamiz va kitob(lar)ni sotvolamiz, xoʻpmi?)
Nega sotvolishim kerak desangiz, bu havoladan sizga "Shaxsiy xona" nega kerakligi haqda oʻqisangiz boʻladi.
Koʻrishamiz, xullas)